AKSEL [ing. - axel jump] - Figurali uchish bo'yicha oltita standart sakrashdan biri; qovurg'a sakrash, faqat oldinga siljish paytida bajarilgan. Norvegiyalik figurali uchuvchi Aksel Paulsen sharafiga nomlangan.
ARABESK - Qaldirg'och elementining boshqa nomi.
ARCHA - Asosiy qadamlar bilan bir xil element
ASOSIY QADAM - To‘g‘ri harakatdagi qadam turi. Chiroyli element bo'lmagani uchun figurali uchishda u ilk o'rganuvchi konkida uchishni o'zlashtirishi uchungina ishlatiladi.
AYOLLARNING YAKKALIK FIGURALI UCHISHI - Faqat xotin-qizlar ishtirok etadigan figurali uchish yo'nalishi.
BADAVIY SAKRASH - Kapalak elementining boshqa nomi.
BALIQCHA [rus.– karasik, ingl.– fish] - Ikkita konki birin-ketin bir qatorda joylashtirilgan harakatlanish turi
BAUER (Ina Bauer) [ing. - Ina Bauer] - Konkilar parallel joylashgan sirpanish: biri oldinga, ikkinchisi orqaga yo'naltirilgan. Nemis figurali uchuvchisi Ina Bauer sharafiga nomlangan.
BAYROQ [ing. – Y spirali] - Bir oyog‘i ko‘ndalang ko‘tarilgan va shu holatda ushlab turiladigan spiral.
BESTI [ingl. – besti squat] - Tizzalar egilgan, sherik tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan "qayiq" elementining ko'rinishi. Sovet figurali uchuvchisi Natalya Bestemyanova sharafiga nomlangan.
BILMAN [ingl.- biellman spin] - Figurali uchuvchining pozasi (va bu pozada aylanish), bo‘sh oyoq boshdan yuqoriga ko‘tarilib, qo‘llar bilan konkidan ushlab turiladi. Ko‘pchilik ayollar tomonidan ijro etilgan, bir nechta erkaklar bu elementni bajara olishadi. Shveytsariyalik figurali uchuvchi Denis Bielman sharafiga nomlangan.
BIR AYLANISHLI SAKRASH [ingl.– single jump] - Bir aylanish bilan sakrash (aksel sakrash uchun bir yarim aylanish).
BOG‘LOVCHI ELEMENTLAR - Murakkab harakatlarni dasturga birlashtiruvchi elementlar.
BORT - Muz maydonining panjarasi.
BURAMA KO‘TARISH [ingl.-twist lift, rus.-подкрутка] - Juftlik uchish texnikasi bo‘lib, sportchi sherigini havoga uloqtirib ushlab oladi.
BURILISH [ing.- pivot] - Sportchi bir konkining tig’i bilan muz ustida tayanib, aylanalarni tasvirlash uchun ikkinchi konkidan foydalanadigan holat.
CHALA AYLANISH [ing. – cheat, underrotation; rus. – недокрут] - Ko‘p aylanishli sakrashlarni bajarishda sportchi havoda kerakli miqdordagi aylanishlarni amalga oshirmay, muzga tushgandan keyin burilishi.
CHAP TARAF FIGURIST - Soat miliga teskari aylanish bajarish qulayroq bo‘lgan atlet.
CHAYQALUVCHI LIBELA [ingl. – illusion spin, windmill spin] - Aylanishning bir varianti, gavda va erkin oyoq qiya tekislikda aylanib, aylanish bilan oldinga va orqaga tebranadi. Bazasiz pozitsiyada aylanish ko‘rinishi hisoblanadi.
CHINYAN [ingl. – flying sit spin] - Tepaga sakrash.
CHIROQLAR [ingl. – swizzles] - Orqaga qarab uchishni o‘rganish uchun eng oddiy mashqlardan biridir; o‘rganuvchi oyoqlarini yoyib, keyin ularni birlashtirib harakat qiladi.
CHOKTAU [ingl. – choctaw turn] - Oyoq, konki qovurg‘asi va yo‘nalish o‘zgarishi bilan bajariladigan qadam. Murakkabligi tufayli u asosan raqs dasturlarida qo‘llaniladi.
DUPEL [so‘zlashuv] - Ikkitali aksel sakrash.
EGILISH [ing. – layback spin, rus. – заклон] - Ayollar plastikasiga moslashtirilgan element, gavdani kamon qilib, boshni orqaga tashlab aylanish.
ELEMENTNING QIYINCHILIK DARAJASI - Maxsus mezonlar bo‘yicha texnik guruh elementni B (asosiy), 1, 2, 3 yoki 4 darajasiga belgilaydi va asosiy ball jadval yordamida aniqlanadi.
ERKAKLAR YAKKALIK FIGURALI UCHISH - Erkaklar tomonidan bajariladigan figurali uchish turi.
ERKIN UCHISH - Yakkalik va juftlik uchishning odatiy ko‘rinishi.
ERKIN DASTUR - Yakkalik va juftlik (sport) konkida uchish bo‘yicha musobaqaning ikkinchi qismi; erkaklar va juftliklar uchun to‘rt yarim, ayollar uchun to‘rt daqiqa davom etadi. Qisqa dasturdan farqli o‘laroq, bajariladigan elementlar soni faqat yuqoridan cheklangan.
ERKIN OYOQ - "Bir oyoqli" elementlarda, ko‘tarilgan oyoq.
ERKIN RAQS - Qoidalar faqat konkida uchuvchilardan ma’lum elementlar to‘plamini bajarishni talab qiladi – ritm, musiqa va dastur ularning ixtiyorida. Kattalar uchun to‘rt daqiqa, o‘smirlar uchun uch yarim daqiqa davom etadi.
FEN [ing. – fan spiral] - Bo‘sh oyoq vertikal yuqoriga ko‘tarilgan spiral, sportchi tanasi doira markaziga og‘adi.
FLIP [ing. – flip jump] - Oltita standart sakrashlardan biri; chap konkining ichki qovurg‘asidan bajariladigan tig‘li sakrash.
FLUTZ [ing.- flutz] - Lutzni bajarishda xatolik, konki beixtiyor ichki qovurg‘asiga tushishi, flip sakrashga aylanadi.
FLUTZBERGER - Lutsni bajarishda xatolik, konkida uchuvchi ichki qovurg‘aga o‘tib, ikkinchi oyog‘ini muz ustiga qo‘yadi va uchish paytida qovurg‘adan foydalanadi.
FOKSTROT POZITSIYASI (shuningdek, ochiq pozitsiya) - Juftlik uchishda, sheriklar yonma-yon joylashgan va bir xil old tomondan konkida uchadigan pozitsiya.
FRONT - Harakat yo‘nalishi (oldinga yoki orqaga).
GIDROSPIRAL [ing.- hydroblading] - Bitta konkining tig’ chekkasida aylana bo‘ylab sirpanish. Sportchi tanasi muzga deyarli parallel bo‘lib, qo‘llaridan biri aylana markazidagi muzga tegib turadi (“yakkalik todes”ga o‘xshaydi).
HAKAMLAR KENGASHI - Konkida uchish maydonchasining uzun tomoni, uning yonida hakamlar joylashgan. Dasturlar (ayniqsa, juftliklar) sportchilarning kuchli tomonlarini ko‘rsatish va zaif tomonlarini yashirish maqsadida hakamlarning pozitsiyasini hisobga olgan holda tuziladi.
HAMKORLIKDA AYLANISH - Juft aylanish bilan bir xil.
HAVASKORLAR - 16 va undan katta yoshdagi havaskor figurali uchuvchilar. Ular muz shoularida yoki reyting musobaqalarida qatnashmaydilar. Havaskorlar uchun musobaqalarda murakkab elementlarga emas, balki sirpanishning aniqligi va go‘zalligiga e’tibor berilib, sakrashlarning aylanishlari cheklangan. Yakkalik/juftliklar bitta qisqa dasturni, raqqoslar ikkita (majburiy va erkin) raqslarni ijro etadilar.
HOP [ing. – hop, rus. – подскок] - Yarim aylanishdan oshmagan sakrash ko‘rinishi.
IKKITALI SAKRASH [ing.- double jump] - Iikki marta aylanish bilan sakrash (aksel sakrash uchun ikki yarim).
ILGAK [rus. – крюк, ing. – rocker] - Qovurg‘a chetini o‘zgartirmasdan bir oyoqka burilish.
ILON IZI [ing. – serpentine, edge pull, rus. – перетяжка] - Konkini boshqa qovurg‘asiga o‘tkazish; konki izi “ilon izi”ga o‘xshaydi. Bu element tezlikni oshirishga imkon beradi.
ILONCHA [ing. – wiggle, rus. – змейка] - Konki tashqi qovurg‘asi tig‘ida sirpanishni o‘zlashtirish uchun eng oddiy mashqlardan biri; o‘rganuvchi konkilarni parallel chapga va o‘ngga siljitadi.
ISU - Xalqaro konkida uchish ittifoqi.
JAMOA MUSOBAQALARI - Kimning maktabi kuchliroq ekanligini aniqlashga qaratilgan bahslar. Ikkita dastur to‘rtta asosiy yo‘nalishda (erkaklar, ayollar, juftliklar, raqqoslar) bahslashadilar.
JIM - Juftlik uchishda erkak atlet ayol sportchini qo‘llari bilan ko‘tarishi.
JUFTLIK AYLANISH - Ikkala hamkor birlik sifatida aylanadigan juftlik uchish texnikasi.
JUFTLIK UCHISH - Figurali uchishning bir turi bo‘lib, unda erkak va ayol juftliklari musobaqalashadi.
KANTILEVER [klimkin qayig‘i, ing. – cantilever] - Atlet tanasi gorizontal holatda bolgan “qayiq” elementining ko‘rinishi.
KAPALAK [ing. – butterfly] - 1. Aylanma sakrash, bunda sportchi gavdasi muzga parallel bo‘lib, oyoqlari baland yoy hosil qiladi. 2. Ko‘p aylanmali sakrashda sportchi shpalda qolmaganida xatolik; natijada u muddatidan oldin “ochiladi” va bitta aylanmali sakrash hosil bo‘ladi.
KASKAD (sakrash kombinatsiyasi) - Oraliq qadamlar yoki qayta guruhlashlarsiz ketma-ket bajariladigan sakrashlar.
KAUFMAN - Aksel sakrashi bilan chetga chiqish.
KERRIGAN - "Qaldirg‘och" pozitsiyasida spiral, erkin oyoq tizzadan ushlab turiladi. Ushbu harakat amerikalik figurali uchuvchi Nensi Karrigan sharafiga nomlangan.
KESIB O‘TISH [ing.– crossover, rus. – подсечка] - Orqaga burulishda tezlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan oddiy qadam ko‘rinishi.
KILIAN - 1) Majburiy raqslardan biri; 2) Juftlik uchishdagi holati, ikkala sherik ham bir tomonga harakatlanganida, ayol sportchi oldinda bo‘ladi.
KO‘TARISH [ing. – lift, rus. – поддержка] - Juftlik uchish texnikasi bo‘lib, sportchi sherigini ko‘tarib, uni shu holatda ushlab turib, muz ustiga qo‘yadi. Ko‘tarish elementida har qanday akrobatik harakat taqiqlanadi. Sport raqslarida sherikni yelkadan balandga ko‘tarish kerak, juftlik raqslarida esa aksincha, yelkadan yuqori ko‘tarish taqiqlanadi.
KO‘Z YOSHLARI VA BO‘SA BURCHAGI [ing.- kiss and cry] - Konkida uchuvchining hakamlar bahosini kutayotgan joyi.
KO‘ZGU JUFTLIK - Sheriklardan biri “chap”, ikkinchisi “o‘ngda” bo‘lgan sport juftligi; ular bir xil sinxronlashtirilgan elementlarni bajaradilar.
KROSBILMAN [ing. – cross bielmann rus. – перекрёстный бильман] - Konkida orqada ko‘tarilgan erkin oyog‘ini qarama-qarshi qo‘l bilan ushlab turadigan sportchining pozasi.
KVAD (so‘zlashuvda) - To‘rtta aylanishli sakrash.
LASSO [fr. – lasso; ispan. lazo – tugun] - Juftlik uchishda, “qo‘l-qo‘l” turiga tayanish, sherik sherikning tanasi atrofida aylanadi. Qo‘llashlarning eng qiyini. Kovboy lassosining harakatiga o‘xshashligi uchun shunday nomlangan.
LUTZ [ ing. – Lutz jump] - Oltita standart sakrashdan biri; chap konkining tashqi tig‘idan bajariladigan tig‘li sakrash. Avstriyalik figurali uchuvchi Alois Lutz sharafiga nomlangan.
MAJBURIY FIGURALAR - Sportchilar muzda standart figuralarni chizishadi.
MAJBURIY RAQS [ing. – compulsory dance, pattern dance] - Konkida uchishning eskirgan talabi. Har bir mavsum uchun ISU uchta standart raqsni belgilaydi, tashkiliy qo‘mitasi qur’a tashlash orqali bittasini tanlaydi.
MARKAZLASH - Konkida uchuvchining yon tomonga “harakatlanmasdan” bir joyda aylana olish qobiliyati (yoki qobiliyatsizligi).
MAXSUS FIGURALAR - XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida figurali uchishda konkida uchuvchining nimalarga qodirligini namoyish qilishi (chiroyli figuralar chizishi yoki murakkab harakatlar bajarishi). Keyinchalik erkin dasturga aylantirildi.
MIKROELEMENT - Alohida element bo‘lmagan texnika. Masalan, qadam.
MOUXOK [ing. – mohawk turn] - Oyoq va font o‘zgarishi bilan bajariladigan qadam. Harakatning old qismini o‘zgartirishning eng oson yo‘li.
MUZ USTIDAGI RAQSI (ice dancing) - figurali uchish yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, murakkab qadamlar va aylanishlarga asoslangan. Raqslar erkak va ayolning juftlik uchishi tomonidan ijro etiladi; unda yelkadan yuqoriga ko‘tarilish, sakrash va boshqa “akrobatik” elementlar taqiqlanadi.
OCHIQ POZITSIYA 1) Erkin oyoq harakatda orqada turgan holat. Elementlarda ochiq/yopiq chiqishdagi joylashuv bilan belgilanadi. 2) Juftlik uchishda – fokstrot pozitsiyasi bilan bir xil. -
OLTI BALLI TIZIM - Figurali uchuvchilarning chiqishlarini baholash tizimi bo‘lib, unda har bir hakam 0,0 dan 6,0 ballgacha baho beradi. 1901-yildan 2004-yilgacha ishlatilgan.
ORIGINAL RAQS - Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan raqs ritmi belgilanib, sportchilar musiqa va dasturni tanlaydigan raqs ko‘rinishi.
OTISH [ing. – throw, rus. – выброс] - Juftlik uchish elementi bo‘lib, sportchi – ayol sherigini yuqoriga otadi, u havoda aylanadi va va o‘zi mustaqil muzga tushadi.
O‘NG TARAF FIGURIST - Soat millari yo‘nalishi bo‘yicha aylanishlarni bajarishi qulay bo‘lgan sportchilar. Bundaylar sportchilarning taxminan o‘n besh foizini tashkil etadi.
O‘QOTAR [ing. – shotgun spin, rus. – расстрел] - Erkin oyoq oldinga cho‘zilgan holda aylanish.
O‘RDAK [ing. – duck, rus. – пистолетик] - Sportchi bir oyog‘ida ikkinchisini oldinga cho‘zib bajaradigan harakat ko‘rinishi.
O‘RDAK AYLANISH [ing. – sit spin, duck spin: rus. – волчок] - O‘rdak holatida aylanish.
PARALLEL AYLANISH - Sinxron aylanish bilan bir xil harakatlar orqali bajariladi.
PARALLEL SAKRASH - Ikkala sherik bir vaqtning o‘zida bir xil sakrashni amalga oshiradigan juftlik uchishdagi texnika.
PROFESSIONAL - Bu ISU tomonidan taqiqlangan manbalardan pul oladigan konkida uchuvchi. Bunday atletlar ISU musobaqalarida qatnasha olmaydilar.
QADAM - Qo‘llab-quvvatlovchi oyoq, tayanch qirrasi va/yoki yo‘nalish o‘zgarishiga olib keladigan har qanday harakat.
QADAMLAR YOLKASI [ing. – step sequence] - Musiqa ritmiga monand bajariladigan qadamlar va burilishlar kombinatsiyasi.
QALDIRG‘OCH [fr. – arabesque; ital. – arabesco – ar.; rus. – ласточка] - Spiral, unda atlet tanasi gorizontal holatda joylashgan va bo‘sh oyoq orqaga yotqizilgan holda bajariladi.
QARQARA - Bir oyoqda bajariladigan eng oddiy mashqlardan biri.
QAVS BURILISH [ing. – bracket turn] - Konki qovurg‘asi o‘zgarishi bilan bir oyoqda bajariladigan nisbatan murakkab burilish. Sportchi tomonidan chizilgan belgi jingalak qavsga o‘xshashligi sababli shunday nomlanadi.
QAYIQCHA [ing. – spread eagle, rus. – кораблик] - Tovonlari bir-biriga qaragan ikkita konkida sirpanish holati.
QISQA DASTUR - Konkida uchishning yakkalik va juftlik (sport raqslari) ikki yo‘nalishidan birinchisi; ikki yarim daqiqagacha davom etadi va muayyan majburiy elementlarni bajarishni talab qiladi.
QISQA RAQS - Raqs dasturining ikkita talablaridan biri; ikki yarim daqiqa davom etadi va ijodiy talqin bilan majburiy raqs ketma-ketligini birlashtiradi. 2010-2011-yilgi mavsumdan boshlab u majburiy va original raqslarni almashtirdi.
QOPLAMA - 1) Muzga chiqqanda konkini himoya qiluvchi plastik qoplamalar. 2) Kostyumga qo‘shimcha sifatida, shuningdek, issiq bo‘lishi uchun konki ustiga tortilgan mato/trikotaj qoplamalar.
QOVURG‘A [ing. – edge, rus. – ребро] - Konki tig‘ining uchli qismidan biri. Bir qovurg‘a ichki deb ataladi, ikkinchisi – tashqi.
QOVURG‘ALILIK [ing. – edge, rus. – ребро] - Ba’zi elementlarda konkining qaysi qovurg‘asida sirpanish talabiga muvofiqligi (yoki nomuvofiqligi).
QO‘ZIQORIN TERUVCHI [jargon.] - Nomaqbul yol bilan yuqori ball olgan figurali uchuvchi.
QO‘ZIQORINLAR [jarg.] - Konkida uchuvchilar uchun asossiz berilgan yuqori ballar.
RIPPON - Sakrash paytida qo‘llar boshdan yuqoriga ko‘tariladi. Figurali uchuvchi Adam Rippon sharafiga nomlangan.
RITTBERGER [ing. – loop jump] - Oltita standart sakrashdan biri; o‘ng konkining tashqi tigi‘idan (chap taraf figurist tomonidan) amalga oshiriladigan qovurg‘ali sakrash. Aylanish tanani burish va chap oyoqni yuqoriga va orqaga silkitish orqali erishiladi. Kaskaddagi ikkinchi sakrashda qo‘llaniladi. Nemis figurali uchuvchisi Verner Rittberger nomi bilan atalgan.
RITTBERGER UCHLIGI - (RBO) → uchta (RFI) → yopiq mouxok (LBI) → oyoqning o‘zgarishi (RBI) kombinatsiyasi, rittbergerga olib boruvchi mashq.
SAKRASH ELEMENTI - Sakrash, kaskad yoki sakrashlar kombinatsiyasiga nisbatan aytiladi.
SAKRASHLAR - Figurali uchish qoidalari faqat ko‘p burilishli sakrashlarni “sakrash” deb hisoblaydi: oltita standart (salxov, rittberger, aksel, tulup,flip, luts) va yana bir nechta nostandart (valley, oyler)larni qamrab olishi kerak.
SAKRASHLAR KOMBINATSIYASI [ing. – jump sequence] - O‘tish ketma-ketligini birlashtiruvchi elementlar (qadamlardan tashqari) bilan ajratilgan bir necha sakrashlar ko‘rinishi. Bundan tashqari, istisno sifatida, har qanday standartdan keyingi aksel, masalan, ilmoq-aksel kombinatsiya hisoblanadi. Bu bittali sakrash elementi bo‘lib, ikkita eng yaxshi sakrash 0,8 koeffitsienti bilan baholanadi.
SALTO - Bosh orqali aylanib sakrash. Musobaqalarda salto sakrash taqiqlanadi. Ingliz tilida: old salto uchun “somersault”, orqaga burilish uchun “backflip” atamasi mavjud.
SALXOV SAKRASH - Oltita standart sakrashdan biri; qovurg‘ali sakrash (chap taraf figurist tomonidan) chap konkining ichki qovurg‘asidan amalga oshiriladi. Aylanish o‘ng oyoqni oldinga va pastga silkitish orqali amalga oshiriladi. Shvetsiyalik figurali uchuvchi Ulrix Salxov sharafiga nomlangan.
SHARLOTTA [ing. – Charlotte spiral] - Bo‘sh oyoq vertikal yuqoriga ko‘tarilgan va gavdani qo‘llab-quvvatlovchi oyoq tomon pastga egilgan spiral. Ushbu harakat nemis figurali uchuvchisi Sharlotta Oelshlagel sharafiga nomlangan.
SHASSE - Bir oyoq bilan surish bilan bajariladigan raqs qadami. Uning uchta turi bor: oddiy shasse “simple chasse”, kesishgan shasse “crossed chasse” va sirpanuvchi chasse “slide chasse”.
SINXRON AYLANISH - Juftlik uchishda ikkala sherikning sinxron aylanishi.
SINXRON FIGURALI UCHISH - Figurali uchishning bir turi; muz ustida 8-20 kishidan iborat jamoa chiqish qiladi.
SOF AYLANISH - Bir holatda, sakrash yoki oyoqlarni almashtirmasdan aylanish.
SPIRAL - Bir konkida aniq belgilangan qovurg‘ada uzoq yurish, ikkinchi oyog‘i esa ko‘tariladi. Ayollar va juftlik konkida uchishning majburiy elementi bo‘lib, u kamdan-kam hollarda erkaklar tomonidan amalga oshiriladi.
SPORT JUFTLIGI - Raqs juftligidan farqli ravishda juftlik konkida uchish intizomidagi juftlik uchish korinishi.
TANO - Sakrash paytida bir qo‘l boshdan yuqoriga ko‘tariladi.
TESKARI SPIRAL [ing. – inverted spiral] - “Qaldirg‘och”ning analogi, sportchi tanasi gorizontal holatda orqa tomonini pastga tushirib – “qaldirg‘och” elementini bajaradi.
TEXNIK MUTAXASSIS - Elementning nomi va murakkabligini qayd etuvchi hakamlar hay’ati a’zosi.
TIG‘LI SAKRASH - Sakrash ko‘rinishlaridan biridir. Sakrashni bajarish uchun atlet konki tig‘ining uchi bilan muzga tayanadi. Odatda tulup, flip, lutz sakrashlari tig‘li sakrash turkumiga kiritiladi.
TODES [ing. – death spiral] - Juftlik uchish elementi, sherigining qo‘lidan ushlab, atrofida aylanalarni tasvirlab, muzga parallel ravishda tanasini kamaytirgan holda, aylanish.
TOZA BAJARILISH - Element yoki dasturni ballarni olib tashlashga olib keladigan xatolarsiz bajarish.
TO‘RT QIT’A CHEMPIONATI - Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniyaning qo‘shma chempionati (Yevropadan tashqari dunyoning qolgan qismi ishtirok etadi).
TO‘RTTALI SAKRASH - To‘rt aylanishli sakrash (aksel uchun 4,5 aylanish).
TUGUN [ing. – loop, rus. – петля] - 1) Sporchi bir oyog‘ida konki qovurg‘asini ham, old qismini ham o‘zgartirmasdan, o‘z-o‘zidan kesishgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan bir muncha murakkab harakat ko‘rinishi; 2) loop bilan bir xil.
TULUP [ing. – toe loop jump] - Oltita standart sakrashlardan biri; o‘ng konkining tashqi qovurg‘asidan amalga oshirilgan tig‘li sakrash. Ko‘pincha kaskad sakrashda ikkinchi sakrash elementi sifatida ishlatiladi.
TVIZL [ing. – twizzle] - Harakatdagi aylanish.
UCHTALI BURILISH [ing. – three turn] - Qovurg‘a o‘zgarishi bilan bir oyoqka burilish. Konki muz ustida “3” raqamini chizganligi sababli shunday nomlangan.
UCHTALI SAKRASH - Uch aylanishli sakrash (aksel sakrash ushun uchun 3,5ta aylanish).
VALLEY [ing. – walley jump] - Chap konkida uchuvchi tomonidan o‘ng oyoqning ichki chetidan bajariladigan bir aylanishli (kamdan-kam hollarda ikkita) nostandart sakrash. Amerikalik figurali uchuvchi Neyt Uolli sharafiga nomlangan.
VALS HOLATI - Juftlik konkida uchishda sheriklar bir-biriga yuzma yuz joylashadilar, shunda biri oldinga, ikkinchisi orqaga qarab harakatlanadi.
VALSDA SAKRASH [ing. – waltz jump, rus. – перекидной] - Oddiy, lekin chiroyli sakrash turi. Yarim burilishda aksel sakrashi. Birlashtiruvchi element sifatida ishlatiladi.
VINT [ing. – upright spin, scratch spin] - Tik turgan holatda aylanish.
XALQARO KONKIDA UCHISH ITTIFOQI - Konkida uchish, short-trek va figurali uchish sportlarini boshqaradigan xalqaro tashkilot.
XUSUSIYAT [ing.- feature] - Ba’zi elementlarda (aylanishlar, ko‘tarishlar, todlar, burilishlar) texnik guruh rasmiy mezonlar asosida aniqlaydi: aylanish standart versiyaga qaraganda ko‘proq kuch yoki moslashuvchanlikni talab qiladi. Texnik guruh bu kabi xususiyatlarni qanchalik ko‘p hisoblasa, element darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
YAKKALIK UCHISH - Figurali uchishning bir yo‘nalishi bo‘lib, unda sportchi musobaqada biro o‘zi qatnashadi. Erkaklar va ayollarning yakkalik chiqish dasturlari mavjud.
YANGI HAKAMLIK TIZIMI - Figurali uchish bo‘yicha chiqishlarni baholashning yangi tizimi. Odatda har bir Olimpiya mavsumida, ya’ni to‘rt yilda bir marotaba, hakamlik tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi.
YARIM BILMAN [ing. – half bielmann, rus. – полубильман] - Muzda bo‘lmagan oyoqni ushlagan holda bajariladigan spiral elementining ko‘rinishi.
YOPIQ POZITSIYA - 1) Harakatda oyoq oldinda bo‘lgan holat. Elementlarda ochiqlik/yopiqlik chiqishdagi joylashuv bilan belgilanadi. 2) Juftlik uchishda – vals pozitsiyasi bilan bir xil.
YOY [ing. – lobe, rus. – дуга] - Bitta konkining chetida sirpanish. Spiraldan farqli o‘laroq – chiroyli holatda bitta konkida davomli sirpaniladi. Yoy mustaqil element emas.
YUGURGILASH [rus. – перебежка] - 1) Bir elementdan ikkinchisiga oddiy qadamlar bilan yugurish. 2) Kesishmaning umumiy nomi.
YUGURISH QADAMI - Burilishda oldinga tezlikka erishish uchun ishlatiladigan eng oddiy qadamdir. Bundan tashqari, tezlashtirish uchun emas, balki dekorativ qadam sifatida ishlatiladigan yugurish qadamining “orqaga” versiyasi ham mavjud. Ingliz “crossover”i oldinga yugurishni anglatadi.
ZAYAK QOIDASI - Uch aylanishli sakrashni ketma ket uch martta bajarish mumkin bo‘lmagan qoida; ikki marta bo‘lsa – bir marta kaskad yoki kombinatsiya tarkibida amalda oshirishni nazarda tutadi. AQSHlik figurali uchuvchi Elayn Ketrin Zayak nomi bilan ataladi.