DAN - Dzyudoda sportchining mahorat darajasini bildiruvchi atama. Kyudan farqli o'laroq, danlar 1 dan boshlanadi va kyu tizimidan murakkabroq. 1- va 2-danga ega dzyudochilar sempay deb atalish huquqiga ega bo'ladilar. 3- va 4-danga ega sportchilar sensey deb ataladi. 5-dan egasi sixan deb nomlanadi. 6- va 7-dan egalari ham shunday nomlanadi, ammo qizil-oq belbog' taqishadi.
DE - Dzyudoda 'oldinga' ma'nosini bildiruvchi atama.
DE ASHI HARAY - Raqibning oldiga chiqilgan oyog'idan chalib yiqitishdan iborat usul. Bu alohida hujumni amalga oshirish uchun yoki usullar kombinatsiyasini boshlash yoki tugatishda samarali qo'llanishi mumkin. Ushbu tezkor usul katta jismoniy kuch talab etmaydi. Uni bajarish uchun qulay fursatdan foydalanish kifoya. De ashi haray dzyudo bo'yicha kyu 5 darajasini egallash imtihonida bajarish kerak bo'lgan majburiy element hisoblanadi.
DO - Dzyudoda tamoyil, ta'lim, yo'l tushunchalarini ifodalaydigan atama.
DO JIME - Raqib tanasini oyoqlar bilan changallashdan iborat taqiqlangan bo'g'uvchi usul.
DODZYO - Dzyudo mashg'ulotlari o'tkazadiladigan joy. Avvaliga ushbu atama Yaponiya buddaviyligi va sintoizmida meditatsiya va ruh bilan bog'liq boshqa amaliyotlar bajariladigan joyni anglatgan.
DORI - Dzyudoda jang, kurashni ifodalaydi.
DZYUDO - Yaponiyada asos solingan yakkakurash turlaridan biri bo'lib, raqib hujumida himoya usullari va uning xatosidan foydalanish tamoyiliga ko'ra boshqa jang san'atlaridan farqlanadi. Kurash kam kuch sarflab, katta natijaga erishish asosiga quriladi. Dzyudoga 1882-yilda Dzigoro Kano tomonidan jiu-jitsu asosida asos solingan, u 21 yoshida Tokiodagi birinchi maktabga asos slogan. Olimpiada o'yinlari dasturiga dzyudo ilk bor 1964-yildagi Tokioda kiritilgan, 1992-yildan esa ayollar o'rtasida ham dzudyo musobaqalari Olimpiada dasturidan o'rin olgan.
DZYUDOCHI - Dzyudo sport turi bilan shug'ullanadigan sportchi.
DZYUDOGI - Dzyudochining yaktak, ishton va belbog'dan iborat ko'k yoki oq rangdagi libosi.
FUSEN GACHI - Dzyudochilar kurashida raqibning kelmagani sababli dzyudochilar biriga g'alaba e'lon qilinadigan vaziyat.
GACHI - Dzyudochi sportchilardan birini g'olib deb e'lon qilinadigan hakam qarorlaridan biri.
GOLDEN SKOR - Kurashning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmagan holatda belgilanadigan qo'shimcha vaqt. Bunda kurash birinchi baho yoki birinchi ogohlantirishgacha davom etadi. Asosiy vaqt tugashi va golden skor boshlanishi orasida dam olish vaqti berilmaydi.
GOSHI - Son.
GURUMA - G'ildirak ma'nosini ifodalovchi va aylantirishdan iborat usullarni nomlashda qo'llanadigan komponent.
HAJIME - Gilam hakami dzyudochilar kurashni boshlashi mumkinligini bildiruvchi termin.
HANSOKU - Qoidabuzarlik uchun dzyudochi diskvalifikatsiyasi.
HANSOKU MAKE - Qoidani buzgani uchun dzyudochiga diskvalifikatsiya e'lon qilish.
IPPON - Jangdagi eng yuqori baho. Raqib tezkor va aniq usul bilan yelkaga yotqizilganda ippon bahosi beriladi. Shuningdek, ikkita vaza-ari bahosi ipponga tenglashtiriladi.
JAMOAVIY DZYUDO MUSOBAQALARI - Dzyudochilar bir jamoaga birlashib kurashadigan musobaqa shakli. Bunda musobaqa ishtirokchilari vazn toifalariga ajratiladi, ularning soni reglament va sportchilarning yoshiga qarab belgilanadi. Jamoaning har bir sportchisi raqib jamoa sportchisi bilan bellashadi va jamoaga ball keltiradi. 1994-yildan boshlab jamoalar o'rtasida jahon chempionatlari o'tkazila boshlagan. Ular oldin har to'rt yilda o'tkazilgan, 2006-yildan esa har yili o'tkazib kelinadi.
KAESHIVAZA - Qarshi hujum, raqibning texnikasiga javob berish uchun ishlatiladigan usul.
KAKE - Otish, ushlab turish kabi texnikani bajarish.
KAMI-SHIHO-GATAME - Bosh tomondan ushlab turish usuli.
KATA GATAMI - Raqibni yonboshdan yaqin turgan qo'l bilan boshni ham birga quchoqlab ushlash usuli.
KATA GURUMI - Yelka oshirib tashlash, tegirmon, yelka osha g'ildirak.
KATA HA JIME - Yoqadan ushlab qo'lni yelka tagidan kiritib orqadan bug'ish usuli.
KATA JUJIJIME - Raqibni o'ng qo'l bilan o'ng yoqa, chap qo'l bilan chap yoqadan ushlab bug'ish usuli.
KATA TE JUME - Uzoqroqdagi yoqadan ushlab yelka bilan bug'ish usuli.
KATA VADZA - Ushlab turish, bug'ish va og'ritish kabilarni o'z ichiga oluvchi raqibni harakatsizlantirish texnikasi.
KATTA DUBULG'A TURNIRI - Dunyoning turli davlatlarida o'tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar seriyasi. Ushbu musobaqalarda reyting ochkolar beriladi va ularda reytingi yuqori dzyudochilar va olimpiada g'olibilari ishtirok etadi. Musobaqalar Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi.
KEN DU - Namoyish qilish san'ati.
KINZA - Bellashuv bahosi bo'lib, eng kichik texnik ustunlik. Ushbu baho ko'rsatilmaydi, e'lon qilinmaydi.
KODOKAN - Dzyudo olamini boshqaruvchi tashkilot. 1882-yilda dzyudo asoschisi – Dzigoro Kano tomonidan tashkil etilgan. Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan. Dzigoro yaratgan dzyudo usulini nomlashda ham ko'pincha kodokan so'zi ishlatiladi. Ushbu usul an'anaviy dzyudo usuli bo'lib, unda shug'ullanuvchilar o'z oldlariga 3 ta maqsadni qo'yadilar: jismoniy tarbiya, qo'l jangiga tayyorgarlik, tafakkurni rivojlantirish.
KOKA - Dzyudoda beriladigan eng kichik baho, 3 ballga teng. 2009-yilda qabul qilingan yangi dzyudo qoidalarida bu baho olib tashlangan.
KOSHIVAZA - Uloqtirishda tananing son qismi ishlatadigan texnika.
KOSI - Son.
KOSI GURUMI - Bo'yinni changallab son orqali tashlash usuli, bel ishtirokidagi g'ildirak.
KUDZURE - Texnikaning betartib versiyasi.
KUDZURE-KETSA-GATAME - Yon tomondan teskari ushlab turish usuli.
KUDZUSI - Raqib muvozanatini buzish texnikasi.
KUMIKATA - Dzyudoda ushlash texnikasi.
KYU - Dzyudoda shogirdning darajasi, egallangan mahorat bosqishi.
MAITA - Raqib 'mag'lub bo'ldim', 'taslim bo'ldim' ma'nosini beradigan ishora. Bunda sportchi qo'li bilan, oyogi bilan ikki marta uradi yoki ovozda 'maita' deydi. Bunday ishora raqib jarohat olishining oldini oladi.
MATE - Jangni to'xtatish buyrug'i. Mate buyrug'ini hakam ovoz bilan e'lon qiladi, shuningdek, kaftini yozib qo'lini hakamlar stoli tomon cho'zish orqali ishora bilan bildiradi.
MOKUSO - Ko'zlarni yumib diqqatni jamlash.
MOROTE SEYONAGE - Orqadan oshirib tashlash usuli bo'lib, bir qator yelkadan oshirib tashlashlar yoki orqaga ag'darilgan holda tashlashlardan (seyonage) biri. Bu usulni bajarish uchun yelka raqibning qo'ltig'i ostidan (uki) o'tkaziladi.
NAGEVADZA - Uloqtirish texnikasi.
NAMI - Qoniqarli, yaxshi degan ma'noni bildiradigan baho. Odatda o'qituvchi tomonidan ovoz bilan e'lon qilinadi. Shogirdning o'rgatilayotgan harakatning yaxshi darajada bajarilayotganini bildirish uchun mashg'ulot davomida qo'llanadi.
NE V AZA - Raqibni yerda kurashishga majburlaydigan texnika.
OBI - Bel, belbog'.
OBI OTOSI - Raqibni belbog'dan ushlab aylantirib tashlash usuli.
OGOSHI - Uloqtirish va tashlashda songa urg'u beriladigan usul.
OSAEKOMI - Jangda g'alaba qozonish uchun raqib orqasini tatamida ushlab turish. Ushlab turish 20 soniya davom etsa, ushlab turishni bajarayotgan sportchiga ippon beriladi, bu esa g'alabani ta'minlaydi.
REY - Dzyudoda raqib bilan salomlashish shakli, ta'zim.
ROKI - Olti.
RYO TE DZIME - Qo'llar bilan bug'ish.
SAMURAY - Jangchilar nasabi.
SAN - Uch.
SEMPAY - Murabbiy yordamchisi.
SENSEY - Murabbiy, ustoz.
SHIDO - Dzyudo musobaqalarida qoidabuzarlik uchun ogohlantirish. Bunday ogohlantirish odatda sportchiga sustkashlik, kurashdan qochih, soxta hujum kabi holatlarda beriladi. Sportchi ikki marta shido olganda, raqibga yuko bahosi beriladi, uchinchi shidodan so'ng raqibga vaza-ari bahosi beriladi, ammo ikkinchi qoidabuzarlik uchun yuko bahosi olib tashlanadi. Raqib to'rtinchi marta shido olsa, unga avtomatik ravishda o'yindan chetlatiladi va hansoku-make e'lon qilinadi.
SHIMEVAZA - G'alaba qozonish uchun bug'ish usullarini qo'llash texnikasi.
SINTAY - Harakatlanish texnikasi.
SISEY - Qomat holati.
SONOMAMA - Kimirlamang' ma'nosini bildiruvchi buyruq. Dzyudo mashg'ulotlarida sportchilar egallagan holatida qotishi uchun ovoz bilan beriladigan buyruq.
SUTEMIVAZA - Dzyudo chi texnikani yakunlash uchun o'z pozitsiyasidan voz kechish usuli.
TACHI REY - Tik salomlash.
TACHIVAZA - Tik tur gan holda bajariladigan texnika.
TATAMI - Polimer materiallardan tayyorlangan, dzyudochilar kurash tushadigan gilam. Tatami turli rangga bo'yalgan ikki hududdan iborat. Tatami markazida kamida 8m х 8m va ko'pi bilan 10m х 10m o'lchamidagi to'rtburchak bo'lib, ishchi hudud deb nomlanadi va bitta rangga bo'yaladi. Tashqi qismi havfsizlik hududi deb nomlanib, boshqa rangga bo'yaladi va perimeter bo'ylab 3m uzunlikka ega. Ishchi hududning markaziy qismida bir-biridan 4 m uzoqlikda 10 sm enlikdagi va 50 sm uzunlikdagi oq va ko'k chiziqlar chizilgan bo'lib, kurash oldidan sportchilar egallashi kerak bo'lgan joylarni anglatadi.
TAY-OTTOSHI - Oldindan chalish bo'lib, raqib sonlariga tegmasdan qo'llar yordamida bajariladi. Tezlikka va inersiya kuchiga asoslangan usul bo'lgani sababli, undan kichik vazndagi va gavdasi yirik bo'lmagan shogirdlar har qanday o'lchamgayirik va baquvvat raqiblarga qarshi muvaffaqiyatli qo'llashi mumkin.
TE - Qo'l (bilagigacha).
TEVADZA - Uloqtirish uchun qo'llar bilan bajariladigan texnika.
TOKETA - Raqiblardan biri ushlab turish holatidan muvaffaqiyatli chiqib ketishni ifodalovchi termin.
TORI - Dzyudochining hujum qilish texnik harakati.
TSUKURI - Texnikaga tayyorgarlik.
UCHI-MATA - Oyoq tagidan foydalangan holda bajariladigan usullar toifasiga kiradigan usul bo'lib, mohiyatan ichkaridan ko'tarib yuborishdan iborat. Sportchi (tori) sonning orqa qismini shunday olib kirib, raqib sonining ichki qismiga tegishi zarur. Uusulni raqib oyoqlarini keng ochgan holda past turish holatini egallagan paytda qo'llash maqsadga muvofiq.
UDE - Qo'l.
UDEGARAMI - Qo'l tugun qilishdan iborat og'ritish usuli.
UKE - Hujumga uchragan sherik.
UKEMI - Yiqilish jarayonida o'zini himoyalash usuli.
VADZA - Teknika.
VAZA-ARI - Ahamiyatiga ko'ra bellashuvdagi ikkinchi baho. Ikkita vaza-ari ippon ga teng.
XALQARO DZYUDO FEDERATSIYASI - Dunyoda dzyudoning oliy boshqaruv organi. XDF 1951-yilning iyun oyida tashkil etilgan. Avval XDFga Yevropa va Argentina davlatlarining milliy dzyudo federatsiyalari kirgan. Tashkilot shtab-kvartirasi Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan. XDF dzyudo musobaqalari qoidalarini belgilaydi va qit'a va jahon chempionatlarini o'tkazadi. Hozirda XDF ga 198 ta milliy dzyudo federatsiyasi kiradi.
XIKIVAKE - Rasmiy musobaqalardagi durang.
XON-KESA-GATAME - Qo'l va boshni ushlab turgan holda yon tomondan ushlab turish usuli bo'lib, dzyudoni o'rganishni endi boshlaganda qo'llanadi.
YUKO - Tashlash yetarlicha kuch va tezlikda bajarilmaganda, ammo raqib orqasi bilan yiqilib, aksariyat qismi tatamiga tekkanda, yoki tashlash yetarli darajadagi kuch va tezlikda bajarilib, raqib orqasining ozgina qismi tatamiga tekkanda beriladigan baho. Raqib 15 soniya ushlab turilganda ham yuko bahosi beriladi.
ZA REY - Tiz cho'kib amalga oshiriladigan rasmiy salomlashish shakli.