24 SONIYA QOIDASI - Agar o‘yinchi maydonda jonli to‘p ustidan nazorat o‘rnatsa, uning jamoasi 24 soniya ichida raqibi savati tomon to‘p otishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik qoidaning buzilishi hisoblanadi.
5 SONIYA QOIDASI - To‘pni egallab turgan hamda raqib tomonidan yaqindan taʼqib qilinatgan o‘yinchi 5 soniya ichida to‘pni sheriklariga uzatish, savatga otish, yumalatish ѐki to‘pni olib yurish harakatlaridan birini bajarmasa, qoida buzilgan hisoblanadi. Maydon tashqarisidan to‘pni o‘yinga kiritishga, shuningdek, jarima to‘pini otishga ham 5 soniya vaqt beriladi. Agar ushbu qoida buzilsa, to‘p qoida buzilgan joyga yaqin bo‘lgan ѐn (yen) chiziq tashqarisidan o‘yinga kiritiladi.
8 SONIYA QOIDASI - Agar o‘yinchi o‘zining orqa zonasida jonli to‘p ustidan nazorat o‘rnatsa, uning jamoasi 8 soniya ichida to‘pni o‘zining old zonasiga albatta o‘tkazishi kerak. (agar raqib o‘yinchisi to‘pni maydon tashqarisiga urib chiqarsa, u holda 8 soniya boshidan sanaladi, 24 soniyali vaqt esa davometaveradi.). Agar to‘p old zonada turgan sherigiga ѐki old zonaga tegsa, to‘p jamoaning old zonasiga o‘tgan hisoblanadi. Qoida buzilganda to‘p qoida buzilgan joy yaqinidagi ѐn (yen) chiziq tashqarisidan o‘yinga kiritish uchun raqib jamoasiga beriladi.
ALLEY-UP [ingl. alley-oop] - Bir vaqtda oshirilgan to‘pni qabul qilish va bitta sakrashda otish. Bunda o‘yinchilardan biri to‘pni havoda baland ko‘tarib, ikkinchisiga otadi. To‘p tusha boshlaganda, ikkinchi o‘yinchi sakrab, uni ushlaydi va savatga tashlaydi. U bularning barchasini bitta sakrashda bajaradi. Qabul qilish boshqacha tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Agar o‘yinchi shitga juda yaqin bo‘lsa, unga bunday harakatni amalga oshirish uchun to‘pni pastdan oshirish ham mumkin bo‘ladi.
ALMASHINUV - Himoya manevrlaridan biri; unda ikkita himoyachi o'zlari qo'riqlayotgan o'yinchilarni almashtiradilar. Bunday almashinuv qisqa vaqt ichida, odatda, bitta o'yin epizodi uchun amalga oshiriladi.
ASSIST [ingl. assist – yordam ko‘rsatish] - Natijasi to‘pni savatga tushirish bilan yakunlanadigan uzatma. Buni futboldagi gol uzatmasi bilan taqqoslash mumkin. Faqat basketbolda bunday holatlar ko‘proq sodir bo‘ladi. Agar o‘yinchi to‘pni raqibidan olgan bo‘lsa va muvaffaqiyatli zarba bergan bo‘lsa, bu assist hisoblanmaydi.
AUT [ingl. out – tashqarida] - To‘pning o‘yin maydonchasidan tashqariga chiqishi. Shuni ta‘kidlash kerakki, basketbolda autlarni talqin qilishning o‘z qoidalari mavjud. Masalan, agar to‘p maydonchadan tashqarida bo‘lgan o‘yinchiga tegsa, u aut hisoblanadi. To‘pning o‘yin maydonchasi orqasidagi polga, shuningdek, maydon tashqarisidagi har qanday obyektga tegishi ham aut sifatida qayd etiladi. Agar to‘p o‘yin maydonchasidan tashqariga chiqsa, lekin hali polga tegmagan bo‘lsa, u rasmiy ravishda aut hisoblanmaydi Autdan keyin to‘pga egalik qilish huquqi to‘pga uning maydonchadan tashqariga chiqishdan oldin oxirgi marta tegmagan jamoaga beriladi.
AYLANMA USULI, kryuk - To‘pni qo‘l bilan bir oz orqaga tortib, so‘ngra aylanma harakat bilan basketbol savatiga tashlash. Bunda to‘p yuqori traektoriya bo‘ylab uchib ketganligi sababli, uning to‘g‘ridan to‘g‘ri halqaga tushishi uchun yaxshi imkoniyat bor. Bu ba‘zida hujumda muqobil yechim sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, bu to‘pni halqa ichiga tushirishni bajarish qiyin bo‘lgan vaziyatda qulay yo‘l hisoblanadi.
BAHSLI TO‘P - Raqib jamoalarning ikki o‘yinchisi to‘pni mahkam ushlab, talashib, tortishib qolgan paytlarda yoki birontasi to‘pni ota olmaganda; ikkala jamoa o‘yinchilarining qo‘llari to‘pga birdaniga tegib, to‘p chiziqdan tashqariga chiqib ketganda; shuningdek, agar to‘p bilan harakatlanayotgan o‘yinchiga qattiq qarshilik ko‘rsatilayotganida u 5 soniya ichida to‘pni olib chiqa olmaganida yoki sherigiga uzata olmaganida; hakam to‘pning qaysi o‘yinchidan chiqqanini bilolmay qolganda; to‘p halqa va shchit orasida qisilib qolganda hakam tomonidan beriladigan to‘pni egallash imkoniyati. Bunda vahsli to‘p maydondagi uchta aylanadan birida to‘pni otish orqali amalga oshiriladi. Bunda raqib jamoalarning ikki o‘yinchisi hakamga yaqinlashadi va hakam tomonidan vertikal ravishda havoga tashlangan to‘p uchun kurashadi. Agar to‘p o‘yinchilarning qo‘liga tegmay, qaytib polga tushsa, unda to‘p qaytadan tashlanadi.
BASKETBOL [ingl.basket – savat+ball – to‘p] - Beshta o‘yinchidan iborat ikkita jamoaning to‘pni raqib tomon savatiga qo‘l bilan tashlash orqali ochko to‘plashga harakat qilib, bir-biriga qarshi o‘ynaydigan sport turi. 1891-yilda amerikalik Djeyms Neysmit tomonidan ixtiro qilingan.
BASKETBOL MAYDONCHASI - Basketbol maydonchasining o‘lchamlari standartlashtirilgan va Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) qoidalari bilan tartibga solinadi. Platforma to‘rtburchak shaklida bo‘lib, markaziy chiziq bilan teng qismlarga ajratilgan. Basketbol maydonchasining o‘lchamlari quyidagicha belgilangan: uzunligi – 28 metr (xalqaro musobaqalarda) yoki 26 metr (milliy musobaqalarda). Kengligi –15 metr. Maydoni – 420 kvadrat metr. Maydon chizmasini belgilovchi barcha chiziqlar eni 5 sm bo‘lgan oq bo‘yoq bilan chizilib, aniq ko‘rinib turishi lozim. Maydonning uzun tomonlarini belgilovchi chiziqlar yon chiziqlar, qisqa tomonlarini belgilovchi chiziqlar esa en chiziqlar deb ataladi.
BASKETBOL O‘YINI VAQTI - Basketbol o‘yini to‘rt taymdan iborat bo‘lib, har qaysi taym 10 daqiqadan iborat. O‘yin quyidagi ketma-ketlikda bo‘lib o‘tadi: 10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; 10 daqiqa o‘yin, 15 daqiqa tanaffus; 10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; 10 daqiqa o‘yin. Agar o‘yinning ikkinchi yarmi tugallanishida durang natija bo‘lib qolsa, yana qo‘shimcha 5 daqiqa vaqt beriladi.
BASKETBOL SAVATI - Basketbol maydonchasining ikki tarafi tepa qismiga o‘rnatilgan, to‘p tushirish uchun mo‘ljallangan, halqa va to‘rlardan iborat sport anjomi. Halqa qattiq metalldan tayyorlanadi, uning ichki diametri kamida 450 mm ga teng bo‘ladi va to‘q sariq rangga bo‘yaladi. Halqa metallining qalinligi kamida 16 mm ga teng bo‘lib, 20 mm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Basketbol to‘rlari oq kanopdan tayyorlangan bo‘lib, halqalarga 12 ta ilmoqlar orqali o‘rnatilgan bo‘ladi. To‘rlarning uzunligi 400-450 mm ga teng bo‘ladi.
BASKETBOL SHITI - Basketbol halqasi o‘rnatiladigan to‘rtburchak yoki kvadrat shakldagi panel.
BASKETBOL TO‘PI - Basketbol o‘yini uchun muljallangan, charmdan, rezina yoki sun‘iy xomashyodan tayyorlanadigan, aylanasi uzunligi 749-789 bo‘lgan, og‘irligi 567-650 g bo‘lgan, maxsus tasdiqlangan qizg‘ish rangli to‘p.
BASKETBOLCHI - Basketbol bilan shug‘ullanuvchi, basketbol o‘ynovchi shaxs.
BESHINCHI RAQAM, markaziy o‘yinchi - Basketbolchining basketbol jamoasidagi pozitsiyasi. Basketbol jamoasidagi eng baland o‘yinchi (zamonaviy markaziy o‘yinchilarning balandligi odatda 210-220 sm dan iborat bo‘ladi). Uning asosiy vazifasi halqa ostida o‘ynash, to‘pni egallashdir. Markaziy o‘yinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri halqa ostida o‘ynaydigan eng baland basketbolchi hisoblanadi. Hujum va mudofaada faol ishtirok etadi. Yuqori bo‘yi tufayli bu o‘yinchi to‘pni halqa ichiga yuqoridan tushirishidan iborat usulni ham amalga oshirishi, shuningdek, bu usuldagi harakatni to‘sib qolishi mumkin.
BIRINCHI RAQAM, himoyachi - Basketbolchining basketbol jamoasidagi pozitsiyasi. Birinchi raqam o‘yinchisi jamoaning himoyachi o‘yinchisi hisoblanadi. Birinchi raqam o‘yinchisi sheriklariga to‘pni juda aniq oshirish, yonida o‘ynaydigan raqib futbolchilarini nazorat qilish, jamoaning yakuniy hujumlarida ishtirok etish, uzoq masofadan to‘pni halqa ichiga tushirish harakatlarini amalga oshiradi.
ETALON TEXNIKA, model texnika - Basketbolning muayyan harakat (usul) texnikasiga o‘rgatishda eng samarali na‘munaviy texnikaga mo‘ljal qilish zarurligini anglatadi.
FOL [ingl. foul pley – adolatsiz o‘yin] - Basketbol o‘yini qoidalarga rioya qilmaslik. U qoidani buzgan o‘yinchi nomiga yoziladigan va qoidaning moddalari shartlariga muvofiq munosib darajada jazolanadigan raqib bilan shaxsiy muloqotni ѐки sportchilarga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
HAKAMLIK ASOSLARI - Basketbol o‘yinida hakamlar tarkibi (hakamlar, kotib hakamlar va komissar) o‘yinni FIVAning rasmiy qoidalariga muvofiq tarzda o‘tkazishlari lozim. Ular dastlabki qoidalarga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emaslar. Hakamlar obro‘-eʼtiborga ega bo‘lishlari bilan birga, og‘ir-vazmin hamda xushmuomala bo‘lishlari ham talab etiladi. Basketbol hakamlari, boshqa sport o‘yinlaridan farqli tarzda, maydonda o‘yin yo‘nalishiga qarab harakat qiladilar. Hakamlarning o‘yin vaqtida maydonda yuzaga kelgan vaziyatlarga to‘g‘ri baho berishlari, qoidabuzarliklarni xatosiz aniqlashlari, yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari, basketbol texnikasi, taktikasi va qoidalari yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishliklari taqizo etiladi. Kulrang ko‘ylak, uzun qora shim, qora noski va qora poyafzal hakamlarning libosi sifatida qabul qilingan.
HARAKAT TEXNIKASINING AERODINAMIK ASOSI - Aniq bir maqsadga qaratilgan harakatni amalga oshirishda tana va tana qismlarini faol bukib-yozgan holatda inersion kuchni yaratish va undan foydalanish.
HARAKAT TEXNIKASINING BIOMEXANIK ASOSI - Muayyan harakatni amalga oshirishda tana va tana qismlarining og‘irlik markazlarini o‘zaro muvof iqlashtirgan holda shu harakat aniqligini ta‘minlash.
HARAKAT TEXNIKASINING MORFOFUNKSIONAL ASOSI - Muayyan tana uzunligi, vazn va qaddi- qomatga ega bo‘lgan basketbolchining aniq maqsadga qaratilgan harakat koordinasiyasining markaziy nerv tizimi va analizatorlar tomonidan boshqarilishi.
HARPASTUM - Qadimgi Rimda o‘ynalgan basketbolga o‘xshash o‘yin.
HIMOYACHI 1 - 1. O‘z maydonini himoya qilayotgan jamoa o‘yinchisi. Basketbolda himoyada aniq o‘ynaydigan futbolchilar yo‘q. Hujum va himoya bu yerda butun jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Himoyachini maydonning yarmini himoya qilayotgan jamoada o‘ynaydigan o‘yinchi deb taʼriflash mumkin. U o‘z rolini qayerda bajarishi kerak bo‘lsa, o‘sha joyda o‘ynaydi.
2. Orqa hujum chizig‘ining o‘yinchisi. Qoida tariqasida, bu jamoadagi eng past o‘yinchilardan biri bo‘lib, uning vazifalari sheriklargа uzatishni tashkil qilishdir. Uni futboldagi pleymeyker bilan taqqoslash mumkin. Ba‘zan bunday o‘yinchi o‘zi zarbalarni amalga oshirishi mumkin.
HUJUMCHI, forvard q. ikkinchi raqam. q.uchinchi raqam q.to‘rtinchi raqam. -
IKKINCHI RAQAM, hujumkor himoyachi - Basketbolchining basketbol jamoasidagi pozitsiyasi. Basketbol o‘yinida hujumkor himoyachining ikkita asosiy vazifasi bor – hujum qilish va hujumda xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqib o‘yinchilariga faol to‘sqinlik qilish. Ushbu pozitsiyadagi o‘yinchi, odatda, to‘pni yaxshi boshqaradi, shuningdek, u hujumlarni o‘zi yakunlashi va ochko to‘plashi mumkin. Ko‘pincha basketbolda hujumkor himoyachilar o‘z jamoalariga ochko to‘playdigan asosiy o‘yinchilarga aylanishadi. Hujumkor himoyachi pozitsiyasida o‘yinchining o‘rtacha balandligi 190-200 sm ni tashkil qiladi, ammo ba‘zida bu pozitsiyada bo‘yi bundan pastroq bo‘lgan o‘yinchilar ham o‘ynashlari mumkin.
JAMOA TARKIBI - Muayyan basketbol jamoasining barcha o‘yinchilari. Har bir basketbol jamoasining o‘ziga xos tarkibi bor. Jamoa tarkibi o‘n ikki yoki undan ortiqroq bo‘lishi mumkin, lekin maydonda faqat 5 kishi o‘ynashi mumkin. Har bir jamoaning asosiy tarkibi eng kuchli o‘yinchilarni o‘z ichiga oladi. Odatda, o‘yin vaqtida nisbatan kam tajribali, yosh o‘yinchilar zaxira sifatida skameykada o‘tirishadi. Murabbiylar ularga qiyin raqobat sharoitida o‘yin amaliyotini o‘rganish uchun o‘ynashga ruxsat berishadi.
JAMOAVIY FOLLAR - Jamoa hisobiga yoziladigan qoidabuzarliklar. Jamoaning har qanday basketbolchisining shaxsiy qoidabuzarligi avtomatik ravishda jamoaviy qoidabuzarlik sifatida qayd etiladi. Bu turli xil qo'shimcha jazolarga olib kelishi mumkin. Jamoaviy qoidabuzarliklar har chorakda hisobga olinadi. Agar jamoa 5 ta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ysa, bu jarima to‘plari sonining ko'payishiga olib keladi. To'pni tashlamoqchi bo'lmagan raqibga nisbatan qoidabuzarlik qilinsa, to‘pni raqib jamoaga o'tkazish jazo sifatida belgilanadi. Agar jamoa bir chorakda beshdan ortiq qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan bo'lsa, raqib mutlaqo har qanday qoidabuzarlik uchun ikkita jarima to‘piga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi.
JARIMA TO‘PI - Hujum vaqtida raqib jamoaning o‘yinchilariga nisbatan qo‘pol harakatlar (turtish, qo‘liga urib yuborish va b.) sodir qilinganida belgilanadigan to‘p tashlash. Jarima to‘pi hakam tomonidan shaxsiy follar va texnik follar uchun belgilanadi. Bunday jarima to‘pini tashlashni ko‘pincha qo‘pollikka uchragan o‘yinchining o‘zi bajaradi. U to‘pni jarima chizig‘ini bosmay, xohlagan usulda tashlashi mumkin. Tashlangan to‘p halqa, savat yoki shchitga borib tegmaguncha o‘yinni boshlash mumkin emas. Shuningdek, mazkur qoidani bajarishga boshqa o‘yinchilar xalaqit bermasliklari lozim. Agar to‘p trapetsiya chizig‘idan o‘tguniga qadar o‘yinchilar uni bosib o‘tsalar, to‘p qayta tashlattiriladi.
JARIMA TO‘PI MAYDONI - O‘yin maydonining yuqorisida yarim doira bo‘lgan trapesiya shaklidagi qismi. Trapesiyaning asosi old chiziqda joylashgan bo‘lib, 6 metrni tashkil qiladi. Uning jarima to‘pi otiladigan tepa qismining kengligi 3,60 metr dan iborat. Jarima to‘pi maydoni halqaga yaqinlashganda kengayadi. Maydonning yuqori qismida doira chizilgan. Uning diametri 3,60 m, bu aylananing o'rtasida joylashgan jarima chizig'i bilan bir xil. Ushbu maydon basketbolchilar jarima to‘pini amalga oshiradigan chiziqni aniq belgilashga imkon beradi.
JONLI TO‘P - Вasketbol o‘yini vaqtidagi to‘p o‘yinga kiritiladigan vaziyatlar. O‘yinchilar yoki hakam to‘pni o‘yinga kiritishga tayyor bo‘lgan barcha holatlarda to‘p jonli hisoblanadi. Jonli to‘p o‘lik to‘pning teskarisidir. Basketbolchilar jonli to‘p uchun kurashadilar, sheriklarga oshiradilar, savatga tashlaydilar va hokazo.
KO‘PSONLI FOL - Bir jamoaning bir nechta futbolchilari tomonidan bir vaqtning o‘zida sodir etilgan qoidabuzarliklar. Masalan, ikkita o‘yinchi bir vaqtning o‘zida raqibga qarshi qoidalarga muvofiq harakat qilmasligi mumkin. Bunda jabrlangan tomon 2 ta erkin otish huquqini oladi va huquqbuzarlarning har biriga nisbatan fol belgilanadi. Ba’zan bitta basketbolchi bitta raqibni, ikkinchisi boshqasini ushlab turishi mumkin. Bunday holda har ikkala basketbolchi ham ikkalasi ham shaxsiy ogohlantirish oladi.
KROSSOVER [ingl. crossover – kesishma] - Basketbolda qo‘llanadigan manevrlardan biri bo‘lib, unda to‘pni olib yurish vaqtida o‘yinchi to‘pni bir qo‘ldan ikkinchisiga keskin olib, harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan holda oldinga yoki yon tomonga siljiydi. Ushbu chalg‘ituvchi harakat himoyachini ortda qoldirib o‘tib, oldindagi bo‘sh joyni egallash imkonini beradi. Krossoverni amalga oshirishda harakat tezligi va texnik mahorat muhim ahamiyatga ega. Krossover, odatda, himoyachilar va hujumchilar tomonidan turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin, shuning uchun bu texnikaning ko‘plab variantlari mavjud.
MAQBUL TEXNIKA, ratsional texnika - Aksariyat sportchilar uchun maqbul bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan o‘zlashtirilgan, muayyan harakat (usul) texnikasiga o‘rgatishda undan asosiy namuna sifatida foydalaniladigan texnika.
MAXSUS FOL - Basketbol o‘yini qoidasini ataylab buzish. Bunday qoidabuzarlik ongli ravishda amalga oshiriladi. Eng yorqin misol – to‘pni savat ichidan urib chiqarish. Bir nechta qasddan qilingan qoidabuzarliklar o‘yinchini maydondan chetlashtirishga olib kelishi mumkin.
NATIJALI UZATMA, assist - Bu shunday uzatma hisoblanadiki, u amalga oshirilganidan so‘ng to‘p savatga muvaffaqiyatli tashlanadi. Natijali uzatmani futboldagi gol uzatmasi bilan taqqoslash mumkin. Faqat basketbolda oo‘yin davomida bunday uzatmalar ko‘proq sodir bo‘ladi. Bunda to‘pning to‘g‘ri va aniq hamda o‘z vaqtida uzatilishi, tezligi, bu uzatmaning raqiblar uchun kutilmagan vaziyatni yuzaga keltirishida to'p uzatuvchining mahorati katta rol o‘ynaydi. Bir necha holatlarda assist sodir bo‘lmagan deb hisoblanadi. Masalan, agar o‘yinchi to‘pni qabul qilib olgan bo‘lsa, keyin uni yo‘qotib, yana o‘ziga qaytargan bo‘lsa yoki to‘pni raqibidan olgan bo‘lsa va shundan keyin muvaffaqiyatli zarba bergan bo‘lsa, bu assist hisoblanmaydi.
NATIJASIZ OTISH - Basketbol o‘yinida muvaffaqiyatsiz tugallangan otish, ya’ni to‘pning halqa ichiga tushmasligi. To‘p savat halqasiga tegib, maydonga yoki undan tashqariga sakrab tushganida, shuningdek, basketbol tegib sakrab tushganida natijasiz otish sodir bo‘ladi. Ba’zida xato to‘pni o‘rta masofadan uloqtirish vaqtida ham sodir bo‘ladi. Jarima chizig‘idan to‘p otish ham har doim aniq bajarilmasligi mumkin.
ORTIQCHA YUKLAMA - Basketbol o‘yini manevrlaridan biri. Bunda jamoaning to‘pga ega bo‘lgan basketbolchidan tashqari to‘rtta hujumchisi maydonning bir tomoniga o‘tadi. Natijada ular maydonning ushbu qismida umumiy son jihatidan ustunlikni hosil qiladi. Qarshi jamoa himoyachilari maydonning to‘rtta hujumchiga qarshilik ko‘rsata olmaydilar, bu esa o‘yin vaqtida jamoaning ustunligini ta’minlaydi.
O‘N SONIYA QOIDASI - Bu qoidaga ko‘ra, hujumga o‘tayotgan jamoa o‘z zonasidan boshqa zonaga 10 soniya ichida o‘tishi kerak bo‘ladi.
O‘YINDA QATNASHISH HUQUQIDAN MAHRUM QILADIGAN SHAXSIY TEXNIKA, indiviudal texnika - Har bir bir basketbolchining o‘zining shaxsiy harakat qobiliyati (imkoniyatlariga) dan kelib chiqqan holda etalon texnika va ratsional texnika nusxasi doirasida o‘zlashtiradigan indiviudal texnika.
O‘ZARO FOL - Qarama-qarshi jamoalar ikki o'yinchisining bir vaqtning o'zida bir-biriga nisbatan qoidani buzishi. Basketbolda, boshqa har qanday sport o'yinida bo'lgani kabi, ikkala o'yinchi ham bir-biriga qarshi qoidalarni buzgan holatlar bo'lishi mumkin. Masalan, ikkalasi ham qo'llari bilan bir-birini yoki bir-birining futbolkasini ushlab turishi o‘zaro folga misol bo‘ladi. Bunday holatda hech kimga jarima to‘pi berilmaydi, ikkala o'yinchi ham shaxsiy ogohlantirish oladi va to'p fol vaqtida qaysi o‘yinchining qo‘lida bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanda qoladi. Agar hakam to'g'ri deb hisoblasa, u bahsli to'p zarbasini e'lon qilishi mumkin.
POK-TA-POK - Qadimgi Mayya qabilasi tomnidan o‘ynalgan basketbolga o‘xshash o‘yin.
POZITSION HUJUM - O‘yinchilar maydonda ma‘lum bir tartibga rioya qiladigan o‘rta yoki past templi hujumlar. Pozitsion hujumning asosiy qiyinlchiigi raqibning uyushgan himoyasini mag‘lub etishdir. Bunday hujumlarda tezlik ancha past bo‘ladi.Bunda to‘p oshirishlarning aniqligi va yuqori sifatli kombinatsiyalarni o‘ynash qobiliyati juda muhimdir. Pozitsion hujumda asosiy masʼuliyat himoyachining yelkasiga tushadi, u ko‘p hollarda sheriklarni foydali pozitsiyalarga olib chiqadi. Basketboldagi bunday hujumlar futbol hujumlariga juda o‘xshaydi.
SHAXSIY FOL - Basketbol o‘yinida ko‘p uchraydigan xatolardan biri. Shaxsiy fol o‘yinchi to‘pni halqaga tushirayotganda, raqib jamoa o‘yinchisi himoyadagi o‘yinchiga xalal berib, to‘pni qaytarishda qo‘liga urib yuborganda, gavdasi bilan turtib yuborganda, to‘pni tashlash paytida o‘yinchini ushlab qolganda, hujumchi bilan himoyachi to‘p uchun kurashayotgan vaqtda shchit tagida sakraganlarida sodir bo‘ladi. Bunday vaqtda jarima to‘pi berishni hakam aniqlaydi va hal qiladi.
SIRENALI OTISH - O‘yindagi har qanday vaqt bo‘lagining oxiri haqida xabar beruvchi ovozli signal. Bu o‘yin tugashi yoki otish vaqti haqidagi signal bo‘lishi mumkin. Ushbu atama aksariyat hollarda jamoani g‘alabaga olib boradigan yoki o‘yinni qo‘shimcha vaqtga qo‘yadigan muvaffaqiyatli zarbalarga nisbatan qo‘llaniladi, ammo bu o‘yinning chorak yoki yarmi oxirida otishni ham anglatishi mumkin. Basketbol qoidalariga ko‘ra, jamoa to‘pni egallab olganidan keyin 24 soniya ichida to‘pni savatga tashlashi kerak. Agar u buni qilmasa, egalik huquqi boshqa jamoaga o‘tadi. Taymerni qayta o‘rnatish uchun to‘p savatning halqasiga tegishi kerak. Ma’lumki, basketbol o‘yini choraklardan iborat. Har chorakning oxiri va butun o‘yin sirenali otish yordamida ham amalga oshiriladi. Basketbolda yana bir qancha muhim qoidalar mavjud. Ularning buzilishi ham sirenali otish tomonidan ko‘rsatiladi.
SPORTGA XOS BO‘LMAGAN FOL - To'p uchun kurash bilan bog'liq bo'lmagan qoidabuzarlik. Sportga xos bo‘lmagan fol hakam o'yinchi to'pni o‘ynashga urinmagan deb hisoblagan vaqtda belgilanadi. Bunday qoidabuzarlik aybdor basketbolchining hisobiga yoziladi. Bunday holatda qarama-qarshi tomon bitta jarima to‘pini olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu kabi qoidabuzarliklar bir necha marta amalga oshirilsa, basketbolchi maydonga qaytish imkoniyatisiz o‘yindan chetlashtiriladi.
TANLOV - Tanlov basketbol o‘yinining eng muhim elementi bo‘lib, u muvaffaqiyatsiz ikki ochko, uch ochko yoki jarima to‘pidan keyin to‘pni tanlashdan iborat. Tanlovni qo‘lga kiritgan jamoa ko‘proq hujumlarni amalga oshirish, ya‘ni ko‘proq ochko olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu texnikani ko‘pincha jamoaning eng baland o‘yinchilari – markaziy va og‘ir vaznli hujumchilari bajaradilar. O‘yinchining bo‘yi qanchalik baland bo‘lsa, u ushbu harakatni shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Odatda basketbolda tanlovlar ikki turga bo‘linadi: himoyadagi tanlov va va hujumdagi tanlov. Agar jamoa o‘yinchilari himoyadagi to‘pni tanlasalar, raqibning ochko to‘plashiga yo‘l qo‘ymasdan, parallel ravishda hujumni boshlashlari mumkin. Ushbu vaziyatda eng baland bo‘yli markaziy o‘yinchilar eng muvaffaqiyatli hisoblanadi. Bundan tashqari, ular to‘g‘ridan- to‘g‘ri halqa ostida o‘ynashadi, shuning uchun o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirishlari shart bo‘lmaydi.
TEXNIK FOL - O‘yinchining zahiradagi o‘yinchiga, trener va hakamga nisbatan qo‘pol muomala qilishi – masxara qilishi, qo‘pol so‘z aytishi, o‘yinning maromida borishiga xalaqit qilishi. Bunday vaqtda hakam jarima to‘pi berishni aniqlaydi va hal qiladi.
TO‘PNI EGALLASH - Himoya qilayotgan o'yinchining to'pni egallab olishiga olib keladigan harakatlari. Basketbolda to‘pni egallash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, to‘pni uzatish paytida raqibning to‘pga bo‘lgan yo‘lini to‘sib qo‘yish va uni tutib olish orqali amalga oshirish mumkin. Ikkinchidan, raqib to‘pni boshqarish bilan shug‘ullanayotganda ham uni olib qo‘yish mumkin. To‘pni egallash qarshi hujumni tezda tashkil qilish va ball to‘plash imkonini beradi. Basketbolda to‘pni egallash asosan jamoaning orqa chizig‘i o‘yinchilari tomonidan amalga oshiriladi. Bular himoyachilar, hujumkor himoyachilar va yengil hujumchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, ba’zida markaziy o‘yinchilar ham bunday harakatni amalga oshirishlari mumkin. Har bir o‘yin uchun o‘rtacha 1,5-2 ta to‘pni egallash yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
TO‘PNI YUQORIDAN TUSHIRISH - Basketbolchining basketbol savatining tepasiga chiqadigan darajada baland sakrab, bir yoki ikki qo‘li bilan to‘pni halqa ichiga yuqoridan tushirishidan iborat usul. Bunda basketbolchining qo‘llari savatning yonginasida joylashgan holatda bo‘ladi. To‘pni yuqoridan tushirish basketboldagi eng chiroyli otish turi hisoblanadi. Tarixda bu usulni eng ko‘p amalga oshirgan o‘yinchilarni qayd etadigan alohida reytinglar mavjud. Bu tarzda to‘pni tushirganlik uchun jamoa 2 ochko oladi. To‘pni yuqoridan tushirish usulini bajarishda eng muhimi basketbol savatining tepasiga chiqadigan darajada baland sakrashdir. O‘yinchi qanchalik baland bo‘lsa, unga yuqoridan to‘pni halqa ichiga tushirish shuncha oson bo‘ladi. To‘pni yuqoridan tushirish usuli jamoaning ruhini ko‘taradigan va muxlislarga katta zavq beradigan usul sifatida baholanadi.
TO‘PNI YUQORILATIB OTISH - To‘pni keskin tarzda yuqorilatib otib, basketbol savatiga tushirish. Bu tarzdagi yuqori traektoriya uzatmasi baland bo'yli o'yinchilarga to'p uchun kurashishga imkon beradi. Agar jamoada baland otilgan to'plar uchun kurashish mahoratini egallagan basketbolchi bo‘lsa, bunda kerakli natija qo‘lga kiritilishi mumkin. To‘pni yuqorilatib otishda ko'pincha alley-up jarayoni kuzatiladi. Bu sakrash zarbasi bo'lib, unda o'yinchi bir vaqtning o'zida sakrab to'pni qabul qiladi va oyog‘i yerga tegmasdan to‘pni halqa ichiga tashlaydi.
TO‘RTINCHI RAQAM, kuchli hujumchi - Basketbolchining basketbol jamoasidagi pozitsiyasi. Basketbolda 4 raqami ostida kuchli hujumchi deb nomlangan o‘yinchi harakatlanadi. Ushbu pozitsiya o‘yinchisining roli uning mukammal jismoniy xususiyatlarga ega bo‘lishini taqozo etadi. Uning asosiy maqsadi to‘pni egallashga tezkor reaksiya ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek, kuchli hujumchi raqib tomonning kuchli o‘yinchilariga qarshi turishi kerak. O‘yinchining asosiy vazifasi maydonning yarmini himoya qilishdan iborat. Yuqori bo‘yi va uzun qo‘llari tufayli bunday o‘yinchilar raqiblar yo‘llagan to‘pni yaxshi to‘sib qolishi mumkin. Umuman olganda, kuchli hujumchilar orqa chiziqdagi hamkasblariga qaraganda maydonda juda ko‘p kuch sarflaydilar.
TO‘SIQ - O‘yinchining qoidalarni buzmagan holda raqibning qulay bo‘lmagan pozitsiyasini tark etishiga to‘sqinlik qilishi. To‘siq raqibning qulay pozitsiyaga kirishiga to‘sqinlik qiladi, uning maydon bo‘ylab harakatini sekinlashtiradi. To‘siqni bajarishda eng muhim narsa maydon bo‘ylab to‘g‘ri va tez harakat qilishdir. Shuningdek, to‘siqni bajaradigan o‘yinchi qoidalar doirasida harakat qilayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. To‘siqni amalga oshirishda jamoaning kuchli o‘yinchisi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u jamoaning har qanday o‘yinchisi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
UCH DAQIQALI ZONA - Basketbol halqasi yonida joylashgan, trapetsiya shaklidagi jarima to‘pi maydoni. Qoidaga binoan, har qanday o‘yinchiga to‘p bilan harakatlanayotganda qarshi jamoaning jarima maydonida uch soniyadan ko‘proq vaqt davomida bo‘lish taqiqlanadi. Agar o‘yinchi undan chiqmoqchi bo‘lsa yoki hujum qilsa, bu qoida istisno qilinadi. Uch daqiqali zona qoidasi baland bo‘yli futbolchilarning doimiy ravishda ushbu zonada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kiritilgan. Ushbu qoida o‘yinni yanada dinamik qilib, o‘yinchilarni doimo harakatlanishga majbur qiladi.
UCH SONIYA QOIDASI - Hujumchining oldingi hujum zonasiga o‘tib, yana qaytib jarima tashlash maydonchasiga kirib olgan vaqtida to‘p bilan va to‘psiz 3 soniyadan ortiq bo‘lishi man yetiladi. Agar to‘p ushlagan o‘yinchi jarima maydoniga tushib qolsa, u uch soniya ichida to‘pni savatga tashlashi kerak.
UCHINCHI RAQAM, yengil hujumchi - Basketbolchining basketbol jamoasidagi pozitsiyasi. Bunday o‘yinchi uchun asosiy vazifa ochkolarni to‘plashdir. Bunday o‘yinchiga o‘yinning old va orqa chiziqlari orasidagi bog‘lanish roli beriladi. U jamoaning oldingi hujum chizig‘ida o‘ynaydigan eng tezkor o‘yinchi hisoblanadi. Uchinchi raqam dribling texnikasiga ega bo‘lishi kerak, u baland sakrashi, halqa ostida to‘p uchun kurashishi, to‘pni halqa ichiga tushirish harakatlarini amalga oshirishi kerak. Yengil hujumchilar deyarli barcha masofalardan to‘pni halqa ichiga aniq tushirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bo‘ylari baland (200-210 sm) bo‘lganligi sababli bu basketbolchilar halqa yonidagi to‘p uchun kurashadilar va ko‘pincha hujumlarni yakunlaydilar.
XAVFSIZLIK TARMOG‘I - Raqib tomon savatiga hujum qilayotgan o‘yinchining bir necha jamoadosh o‘yinchilar tomonidan qo‘riqlanishi. Bu o‘z sherigini himoya qilishdir. Agar hujumchi raqib tomonning bir himoyachisini chetlab o‘tsa, ikkinchi himoyachidan o‘tishi birmuncha qiyin bo‘ladi. Bitta himoyachini chetlab o‘tish uchun basketbolchi chalg‘ituvchi harakatlarni bajarishi kerak bo‘ladi. Ushbu harakatlar paytida u to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtiradi. Agar himoyachi hujumchini himoya qilsa, u to‘pni raqibdan tortib olishi mumkin. Xavfsizlik tarmog‘ini amalga oshirish uchun bir necha himoyachilarning ishtiroki taqozo etiladi. Bundan tashqari, ushbu texnikadan ayniqsa xavfli raqib o‘yinchisiga qarshilik ko‘rsatishda foydalanish mumkin.
XUSUSIY HIMOYА - Qarshi jamoaning ma’lum bir o‘yinchisiga nisbatan amalga oshiriluvchi himoya harakatlari. Ma’lumki, uchrashuvdan oldin har qanday jamoa murabbiyning ko‘rsatmalarini oladi. Bunda kimning kimga qarshi o‘ynashi masalasi ham hal qilinadi. Bu muhim qaror hisoblanadi va o‘yinning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Jamoadagi har bir basketbolchiga raqib jamoadagi ma’lum bir o‘yinchiga qarshi faol bo‘lish ko‘rsatmasi berilishi mumkin. Xususiy himoyani amalga oshiruvchi o‘yinchi o‘ziga biriktirilgan raqib jamoa o‘yinchisining harakatini doimiy ravishda kuzatish, uning uzatmalari va savatga to‘p tashlashiga faol qarshilik ko‘rsatish kabi himoya harakatlarini bajaradi.
YASHIRIN UZATMA - O‘yinchining to‘pni oshirishida hujum yo'nalishini oxirigacha yashirishi. Basketbolda ko‘pincha to‘p uzatishning yo'nalishi aniq bo'ladi va himoyachilar har doim ma'lum darajada ularga tayyor turadilar. Raqib jamoa himoyachilarini aldash uchun o‘yinchilar yashirin uzatma usulini qo‘llaydilar. Bunda o‘yinchi o‘zini to‘pni bir tomonga oshirmoqchi bo‘lgandek qilib ko‘rsatadi, ammo uni butunlay boshqa tomonga yo‘llaydi. Buning uchun u tezda boshqa tomonga burilishi kerak bo‘ladi. Odatda, himoyachilar tezkor uzatish mahoratiga ega bo‘lib, bunday harakat ko‘pincha ular tomonidan amalga oshiriladi.
YENGIL HUJUMCНI - Basketbol maydonida hujumining oldingi chizig‘ida o‘ynaydigan o‘yinchi. Uning asosiy vazifasi ochko to‘plashdir. Yengil hujumchilarning bo‘yi, odatda, 200-210 sm bo‘ladi. Ular maydonda yaxshi o‘ynaydilar va zarbalarni to‘sib qoladilar. Yengil hujumchilar, qoida tariqasida, deyarli barcha masofalardan, shu jumladan uch ochkoli chiziq orqasidan aniq zarba beradilar. Ushbu o‘yinchilar baland bo‘ylari tufayli ko‘pincha hujumlarni yakunlaydilar va halqa yaqinida to‘p uchun kurashadilar. Ulardan juda harakatchan bo‘lish talab etiladi. Yengil hujumchilar jamoaning eng tezkor o‘yinchilari hisoblanadi.
ZONA HIMOYASI - O‘yinchilarning o‘z savatlari ostidagi erkin to‘p tashlash zonasini himoya qilishlari. Bunday himoyada jamoaning har bir o‘yinchisi har qanday o‘yinchiga qarshi tura oladigan ma’lum bir hududga biriktiriladi. Buning natijasida himoya yanada uyushgan holatda bo‘ladi, chunki har bir basketbolchi muayyan vaziyatda qayerga yugurishni va u yerda nima qilishni biladi. Zona himoyasi bilan basketbolchi o‘z zonasidagi turli o‘yinchilarga qarshi turishi mumkin, chunki hujum qilayotgan basketbolchilarning pozitsiyasi har bir hujumda biroz o‘zgarishi mumkin. Zonalarni himoya qilishning turli xil variantlari mavjud bo‘lib, ular jamoa murabbiyi tomonidan batafsil tahlil qilinadi.