ANDERDOG - G‘alaba qozonish imkoniyati kamroq boʻlgan jamoa.
ANTIFUTBOL - Ataylab adolatsiz oʻynalayotgan keskin oʻyin.
ARBITR [lot. arbiter – vositachi, hakam] - 1 Vositachi, oʻzaro nizolarni hal qilish uchun tomonlararo tanlangan hakam; 2 Xoʻjalik idoralari o‘rtasidagi nizoli masalalarni koʻrib, bartaraf qiluvchi lavozimli shaxs, arbitraj aʼzosi; 3 Sport hakami. Futbolda bu tushuncha klassik kurashdan kirib kelgan. Unda kurash maydonida (gilamda) boʻlgan, ikkita kurashchining kurashini boshqarayotgan hakam arbitr deb aytilgan. Futbolda o‘yin maydonidagi hakamga arbitr atamasi qo‘llaniladi.
ASOSIY VAQT - Futbol oʻyinida bitta taym uchun 45 – daqiqa, toʻliq oʻyin uchun 90 – daqiqa qilib belgilangan vaqt. Taym va oʻyin – koʻrsatilgan vaqtdan kam davom etmasligi kerak (favquloddagi vaziyat va holatlar bundan mustasno).
ASSIST [ingl. assist – yordam] - Golli uzatma.
ASSISTENT - Koʻp golli uzatma beradigan oʻyinchi.
AUT [ing. – tashqarida, narida] - Bu tushuncha inglizcha “tashqarida, chetda” soʻzlaridan kelib chiqqan. Toʻpning maydon yon chizig‘idan chiqib ketishi. Аgar toʻp yon chiziqdan chiqib ketsa, oʻyin toʻxtatiladi va xuddi shu joydan ikki qoʻl bilan boshning tepasidan otish bilan toʻp oʻyinga kiritiladi.
AUTSAYD - Yon tomondagi yoki oʻng va chap qanotlarda harakat qiladigan hujumchi.
AUTSAYDER [ing. outsider] - Turnir jadvalida quyi pog‘onalardan birini egallagan yoki omadsiz oʻynagan, birinchi ligadan ikkinchi ligaga tushish ehtimoli boʻlgan jamoa shunday deb ataladi.
AVTOGOL - Futbolchi raqib jamoasiga ochko toʻplashiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirganda, masalan, oʻz jamoasi darvozasiga toʻp kiritishidir.
AYLANIB OʻTISH - Toʻpni boshqarayotgan futbolchining raqib bilan kurashda yutib chiqish maqsadidagi harakatlari himoyadan individual oʻtishning muhim vositasidir. Аylanib o‘tish usullari qanchalik xilma-xil va samarali boʻlsa, hujum shunchalik xavfliroq boʻlib boradi.
BAHSLI TOʻP - Toʻp oʻyinda boʻlgan vaqtda oʻyin qoidasida koʻzda tutilmagan holat boʻyicha vaqtincha toʻxtatilgandan soʻng oʻyinni yangilash usulidir. Hakam oʻyinni toʻxtatganda toʻp qayerda boʻlsa oʻsha joydan toʻpni tashlab beradi. Toʻp yerga tegishi bilan oʻyin davom etadi.
BEK [ing. back] - Orqadagi, keyingi degan ma’noni bildiradi, himoyaning oxirgi chizig‘ida turib, oʻz darvozasini qo‘riqlayotgan himoyachi.
BETON - Himoyadagi oʻyin varianti, bunda jamoa hamma oʻyinchilarining harakati oʻz darvozasini himoya qilishga qaratilgan boʻladi. Buning uchun jarima chizig‘ida himoyachilar ham, yarim himoyachilar ham, hujumchilar ham toʻplangan boʻladi.
BOKS-TU-BOKS - Maydon boʻylab katta hajmdagi ishlarni bajaradigan va himoyada ham, hujumda ham birdek foydali boʻlgan markaziy yarim himoyachi.
BOLL-BOY [ing. ball boy – yosh o‘gil bola] - Oʻyin paytida, toʻp maydondan chiqib ketganda, uni futbolchiga, hakamga olib kelib beradigan bola. Boll-boylar toʻpni maydonga tezroq kiritish hamda oʻyin paytida toʻxtalishlarni kamaytirishga yordam beradi.
BOMBARDIR - Moʻljalni hammadan yaxshi oluvchi, raqib darvozasiga boshqalarga qaraganda koʻp toʻp kirituvchi oʻyinchi. Bu atama artilleriyadan, qurollardan otish maʼnosidan kirib kelgan.
BOSHLANG‘ICH ZARBA - Oʻyinni boshlash yoki oʻyinni yangilash uchun qoʻllaniladigan usuldir: oʻyin boshida; urilgan goldan soʻng; ikkinchi taym boshida qoʻllaniladi.
BOSQICH - Musobaqa yoki chempionat davri.
BURCHAK SEKTORI - Maydonning har bir burchagi ichidan radiusi 1 metr boʻlgan yoy chiziladi. Mazkur yoy hosil qilgan maydonchaga burchak sektori deyiladi.
BURCHAK TOʻPI - Toʻpni burchakdan oʻyinga kiritish oʻyinni davom ettirish usullaridan biri hisoblanadi. Toʻp koʻrsatilgan 1 mert radiusli burchakdagi bayroqcha oldidan (maxsus sektor ichidan) tepiladi. Burchak toʻpi amalga oshirilayotganda raqib oʻyinchisi tepilayotgan joydan kamida 9 m masofada turishi lozim. Burchak toʻplari quyidagi hollarda belgilanadi: Toʻp darvoza chizig‘idan yerda yoki havoda toʻliq kesib oʻtgan boʻlsa va bu toʻpga soʻnggi boʻlib himoyalanayotgan futbolchi tekkan boʻlsa.
BUTSI - Futbol oʻyini uchun moʻljallangan, charmdan tayyorlangan maxsus oyoq kiyimi. Oddiy oyoq kiyimidan buttsining asosiy farqi, buttsida choʻg‘ir va maxsus qoʻnjning boʻlganligidadir.
CHALISHTIRMA YUGURISH - Harakat yoʻnalishini oʻzgartirish uchun, turgan joydan oʻngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spetsifik vositasi boʻlib, asosan, boshqa yugurish turlari bilan birga qoʻshib qoʻllaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan xarakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida (qoʻshaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni tayanch oyoqning oldiga chalishtirib oʻtkaziladi. Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa boʻladi.
CHAYON ZARBASI - Darvozabon yoki futbolchi tomonidan sakragan holatda toʻpga tovoni bilan zarba berish usuli. Zarba ijrosi koʻrinish jihatidan oʻz oʻljasiga hujum qilayotgan chayonni eslatganligi sababli shunday nomlangan. Kolumbiyalik darvozabon Rene Higuita futboldagi ushbu texnikaning muallifi va ilk ijrochisi hisoblanadi. Uchrashuvdan soʻng, darvozabon tavakkal qilgani uchun jamoadoshlaridan uzr soʻragan va jurnalistlarga bergan intervyusi davomida shunday degan: “Bu zarbani majburlikdan ijro etganman, o‘zimni ko‘rsatish uchun emas. Agar qo‘lim bilan ushlashga intilganimda gol o‘tazishim mumkin edi”. “Chayon zarbasi” televideniyada qayta-qayta efirga uzatildi, matbuotda ushbu zarba haqida maqolalar chop etilgan.
CHEMPION champion – gʻolib - Chempionatni yutgan, kubok yoki oltin medallar olgan jamoa. Bunday jamoaning har bir oʻyinchisi chempion deb nomlanadi.
CHEMPIONAT - Aylanma tizimi tarzida oʻtkaziladigan musobaqa. Chempionatda jamoa (klub) har bir jamoa bilan bittadan kam oʻyin oʻtkazmasligi kerak. Qoida boʻyicha chempionat ikki davradan iborat.
CHETLASHTIRISH - Maydondan oʻyinchi quyidagi sabablarga koʻra chetlashtiriladi: Futbolda oʻyinchi tomonidan oʻyin qoidasining jiddiy buzilishi, tajovuzkor harakat yoki tartibsizlik; Raqib oʻyinchisining gol kiritishiga unga nisbatan oʻyin qoidasini buzgan holda xalaqit berib, uni gol urish imkoniyatidan mahrum qilganda yoki qoʻl bilan atayin oʻynaganda (darvozabonlar oʻz jarima maydonchalari ichida boʻlgan vaqtida darvozabonlar bundan istisno); Oʻyinchini kamsitadigan, xafa qiladigan va boshqa shunga oʻxshash soʻzlarni aytganda yoki raqib oʻyinchisi bilan oʻzaro aytishuvlar yoki unga nisbatan qoʻpol xatti-harakatlar, imo-ishoralar va boshqalar uchun; Oʻyin davomida ikkinchi (ogohlantirish) sariq kartochka bilan jazolanganda. Oʻyinchini chetlashtirayotgan paytda unga hakam tomonidan qizil kartochka koʻrsatiladi va bu oʻyinchi albatta maydonni tark etishi shart. Hakam nafaqat maydondagi oʻyinchini, balki zahiradagi oʻyinchi va murabbiyni ham maydondan chetlashtirishi mumkin.
DARAXT - Muxlislarning undan yaxshi oʻyinni kutishi ammo, umidini oqlamagan (harakatsiz oʻsimlikka oʻxshatish) va shu bilan birga toʻpni qabul qilishi, u bilan ishlash texnikasi past boʻlgan oʻyinchiga gohida ushbu so‘z ishlatiladi.
DARHOL PAS, KESILGAN OSHIRISH - Ikki raqib futbolchisi oʻrtasidan boʻsh zonaga toʻp oshirilishi.
DARVOZA - Burchak qanotlaridan bir xil uzoqlikda turgan, 7,32 m masofada joylashgan, 2,44 m balandlikda gorizontal metall bilan ulangan, ikkita vertikal ustun. Darvozaning oʻlchamlari mazkur sport turi asoschilari boʻlgan inglizlar tomonidan kiritilgan.
DARVOZA MAYDONCHASI - Maydonning har bir yarmida darvoza zonasi — darvoza zarbasi amalga oshiriladigan zona belgilanadi. Har bir darvoza ustunining ichki qismidan 5,5 m (6 yd) masofada joylashgan nuqtalardan ichki tomonda darvoza chizig‘iga toʻg‘ri burchak ostida ikkita chiziq tortiladi. Darvoza chizig‘idan 5,5 m (6 yd) masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga parallel boshqa chiziq bilan bog‘langan. Shunday qilib, darvoza maydonchasining oʻlchamlari 18,32 m (20 yd) × 5,5 m (6 yd) ga teng.
DARVOZABON - Jamoa oʻyinchilaridan biri. Darvozabonning vazifasi oʻyin davomida raqib guruh tomonidan yoʻnaltirilgan toʻpni oʻz darvozasiga kirishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Darvozabonlar oʻyin davomida boshqa guruh oʻyinchilariga qaraganda alohida imkoniyatlarga ega. Futbol oʻyinida misol uchun darvozabonlar qoʻllari yordamida oʻynash huquqiga ega. Darvozabonlar odatda, baland boʻyli, yaxshi refleks va ajoyib epchillikka ega futbolchilar boʻlishadi. Odatda har bir jamoada asosiy darvozabon va ikki nafar oʻrinbosar darvozabonlar boʻladi. Bundan tashqari darvozabonlar oʻyin davomida boshqa guruh oʻyinchilaridan ajralib turadigan kiyim va maxsus jihozlarda boʻladilar. Futbol oʻyini darvozabonlari toʻpni qulay tutib olish uchun maxsus qoʻlqopdan foydalanadilar.
DARVOZABON KIYIMI - Darvozabonlar kiyimining rangi oʻz jamoasining a’zolaridan, raqib jamoa oʻyinchilari, hakam va hakamning yordamchilari kiyimi rangidan farq qiladi.
DARVOZADAN CHIQIB KELISH - Darvoza chizig‘idan uzoqroqqa borish (odatda darvozabon hududidan tashqarida), masalan, uzatmani qabul qilish yoki ushlab turish maqsadida.
DARVOZAGA HUJUM - Raqib maydonining yarmida raqib darvozasiga zarba berishga qaratilgan bitta jamoaning harakatlari. Futboldagi hujum pozitsion, qarshi yoki qarshi hujum boʻlishi mumkin.
DEKA-TRIK - Bir o‘yinda o‘yinchi tomonidan kiritilgan o‘nta gol.
DERBI [ing. derby] - Futbolda odatda, bir shahar yoki viloyat shaʼnini himoya qilayotgan futbol klublarining oʻzaro toʻqnashuvlari. Misol uchun:
DEVOR - 1 Jarima to‘pi urilganda, to‘p yo‘lida, darvozabonga yordam uchun o‘yinchilar safidan iborat to‘siqning tuzilishi. 2 Oʻyinning texnik elementi, bunda toʻpga egalik qilgan oʻyinchi oʻzining hamkoriga toʻpni uzatadi, u esa toʻpga bir marta tepib, uni egasiga qaytaradi.
DISKVALIFIKATSIYA - Sportda 1 Musobaqa qoidalarini texnik jihatdan buzganligi uchun sportchi (yoki jamoa)ni erishgan natijalari, egallagan oʻrni va b.dan mahrum qilish. 2 Sportchini axloqiy normalarni buzganligi yoki sport kvalifikatsiyasi talablariga mos kelmasligi tufayli musobaqalarda qatnashishdan chetlatish (baʼzan bundan D. natijasida sportchining unvoni ham bekor qilinadi). D. shartli boʻlishi mumkin. D. haqidagi qaror sport klublari, jamiyatlari, federatsiyalari va sport qoʻmitalari tomonidan qabul qilinadi.
DISPETCHER - 1958 yilda oʻtkazilgan jahon chempionati davrida bu soʻz futbol atamalariga qoʻshildi va shu bilan qolib ketdi. Jamoaning hujumkor harakatini boshlovchi va kombinatsiyalarning asosiy harakatlanishlarini oʻz zimmasiga oluvchi oʻyinchi. Dispetcherlar texnik jihatdan mahoratli va serharakat, oʻyinni yaxshi tushunadigan, butun maydonni koʻra oladigan oʻyinchilar hisoblanadi. Odatda, dispetcherlar yarim himoyachi yoki hujumchi ampluasida oʻynaydi. Ular kerak paytda butun jamoani hujumga otlanishida asosiy rolni bajaradi.
DIVIZION [ing. division – jamoalar yig‘indisi] - Musobaqa nizomi asosida tashkil etilgan jamoalar yig‘indisi. Аyrim paytlarda uning tashkil etilishida ishtirokchi, qatnashchilarning geografik holati eʼtiborga olinadi. Chempionat oʻtkazilishida divizion jamoalari faqatgina bir-birlari bilan uchrashadi. Liga, seriyaga oʻxshash yaqin tushunchalar hisoblanadi.
DJOKER - Zahiradan maydonga kirib, oʻyin tizginini oʻzining jamoasi foydasiga oʻzgartira oladigan oʻyinchi.
DOPING [ing. doping, dope – narkotik yoki boshqa qoʻzg‘atuvchi vosita] - Ilgari otlarga yugurish musobaqasidan oldin berilgan. “Doup” – Аngliyaning ot sportida ishlatiladigan soʻz, u “narkotik berish” maʼnosini bildirgan. Dopingga charchagan organizmni tetiklantiruvchi har qanday farmakologik vositalar kiradi. Charchoqni vaqtincha chiqarib, doping, taʼsiri tugaganidan keyin, ish qobiliyatini pasaytirishdan tortib, sog‘liqni yomonlashtirishga, nerv tizimini buzishgacha bo‘lgan jiddiy oqibatlarga olib keladi.
DRIBLER - To‘pni mohirlik bilan dribling qiladigan futbolchi.
DRIBLING [ing. dribble – toʻpni olib yurish] - Oʻyinchining toʻp bilan har xil yoʻnalishlarda harakat qilishi. Ingliz futbol atamalariga koʻra toʻpni mohirlik bilan yurituvchi futbolchi “dribler” deyiladi.
DUBL - Bu bir vaqtda ham chempionatda, ham mamlakat Kubogi uchun boʻlgan oʻyinlarda g‘alabaga erishish. Undan tashqari futbolchining oʻyinda ikki marotaba gol kiritishi dubl deyiladi.
DUBL XET-TRIK - Bir o‘yinda oltita gol urish.
DURANG - Oʻyin natijasiga koʻra biron jamoa.
EKS-CHEMPION - Ilgari oʻtkazilgan musobaqalar gʻolibi, hozirgi kunda bu titulga ega emas. Eks chempion turnir gʻolibi unvonini yoʻqotgan jamoa. bu mamlakat chempionati, kubok musobaqasi yoki boshqa har qanday turnir boʻlishi mumkin. Amaldagi chempion oʻz unvonini himoya qilish imkoniyatini yoʻqotganda, u avtomatik ravishda eks chempionga aylanadi.
EKSTRA-TAYM - O‘yinga qo‘shilgan asosiy va kompensatsiya deb ataladigan vaqtdan oshib ketgan vaqt, qo‘shimcha vaqt. Odatda o‘yinda g‘olibni aniqlash uchun yoki ikkita o‘yinning yig‘indisi bo‘yicha tayinlanadi.
EMBLEMA [yunon. ἔμ-βλημα – shartli tasvir] - Sport klubining rasmiy belgisi, u jamoa nomi, baʼzan asos solingan yil va yana qandaydir bir qoʻshimcha belgilarni oʻz ichiga olgan tasvir. Emblema har bir klubda boʻladi. U futbolchi formasiga yoziladi, esdalik sifatida maxsus belgilar tasvirlanadi.
EPIKIROVKA - Oʻyinchilarning majburiy ekipirovka elementlari quyidagilar hisoblanadi: koʻylak yoki futbolka; kalta ishton (agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan boʻlsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan) boʻlishi kerak; getralar; oyoq qalqoni; oyoq kiyim. Futbolchi formasining asosiy elementi futbolkadir. Orqa tomonda, yaʼni har bir oʻyinchi futbolkasining orqa tomonida ushbu oʻyinchi jamoada oʻynaydigan raqam koʻrsatiladi. Bu oʻyin davomida maydonda tegishli futbolchini aniqlashga xizmat qiladi. Dastlab, jamoa oʻyinchilariga 1 dan 11 gacha raqamlar beriladi, bu ularning maydondagi pozitsiyalariga mos keladi. Hozirgi vaqtda professional darajada oʻyinchilar 1 dan 99 gacha boʻlgan har qanday raqamni tanlaydilar. XX asrning 80-yillarida, avval Yevropada futbolkalarda raqam ustida yana bir yozuv oʻyinchilarning familiyasi paydo boʻldi. Bunday yozuvlar futbolkaning orqa qismida, raqamning tepasida joylashgan (bu anʼana, 1 dan 99 gacha boʻlgan raqamlar singari, dastlab xokkeyda paydo boʻlgan va shundan keyingina futbolga koʻchib oʻtgan). Hozirgi vaqtda futbolchilarning raqamlari, futbolkadan tashqari, ichki kiyimlarga, koʻpincha yon tomonga-old tomonga joylashtirilishi mumkin. Shuningdek, XX asr oʻrtalaridan boshlab formada futbol klublari homiylarining logotiplari joylashtirila boshlandi. Darvozabonning shakli boshqa oʻyinchilar va hakamlarning rangidan farq qilishi kerak.
ERKIN HIMOYACHI [ing. sweepe – supurish] - Erkin himoyachi, yoki tozalovchi. Uning asosiy vazifasi – hujumchi u bilan birga darvozaga yaqinlashgan zahoti toʻpni olib qoʻyish va “ushlab turish”. Bunday roldagi futbolchining maydonda aniq oʻrni va “unga qarashli” oʻyinchisi yoʻq, bu uning nomi bilan ham bogʻliq. Qoidaga koʻra, erkin himoyachilar raqib hujumchilariga qarshi shaxsan harakat qiladigan himoya sheriklarining orqasida joylashadilar. Ular faqatgina himoya funksiyalarini bajaradilar va “qaytarish buyrugʻini kutib” oʻynaydilar. Ushbu pozitsiyada maydonni mukammal koʻrish qobiliyatiga ega va rivojlangan oʻyinchilardan foydalanish odatiy hol hisoblanadi, chunki agar libero sherigining xatosini “tozalay” olmasa, hujumchi oldida faqat darvozabon qoladi.
ERKIN TOʻP - Asosan, texnik jihatdan buzilgan oʻyin qoidasidan yoki unchalik jiddiy boʻlmagan qoida buzilishidan keyin belgilanadi. Аgar toʻpga toʻgʻri darvozaga zarba berilganda gol faqatgina ikki jamoadan bironta oʻyinchiga tegib darvozaga kirsa, oʻsha paytda gol hisoblanadi. Mabodo, jarima toʻpiga zarba berilganda toʻgʻridan-toʻgʻri hech kimga tegmasdan darvozaga kirsa, unda hakam toʻpni darvozadan koʻrsatadi. Quyidagi holatlarda erkin toʻp belgilanadi: 1. Аtayin vaqtni choʻzish. 2. Darvozabonning oʻz jamoadoshidan toʻpni qoʻlda qabul qilib olishi. 3. Darvozabon toʻp bilan 4 qadamdan koʻp yurganida. 4. Raqib darvozaboniga hujum qilish. 5. Oyoqni boshdan yuqoriga koʻtarib xavfli oʻynash. 6. Toʻpsiz oʻyinchiga nisbatan qoʻpol oʻynash (blokirovka qilish). 7. “Oʻyindan tashqari holatda” toʻpni qabul qilish.
E’LON QILMOQ - Musobaqa ishtirokchilariga musobaqa tartibi, o‘tkazilishi, o‘yin qoidalari haqida bayon qilmoq, ma’lum qilmoq, bildirmoq.
E’TIBORLI MURABBIY - Futbolda e’tibori, obro‘yi, nufuzi bo‘lgan, musobaqalarda natija ko‘rsatgan, yoshlarni va bir necha avlodni tarbiyalagan hurmatga sazovor mutaxassis hisoblanadi.
FANTAZISTA [ital. fantasista – ijodkor, kreativ] - Maydonni juda mukammal koʻra oladigan va noanʼanaviy qarorlar qabul qila oladigan nozik texnikali oʻyinchi. Qoida tariqasida, bunday futbolchilar himoya va hujum oʻrtasidagi bogʻlab berib, oʻnlab pozitsiyalarda oʻynaydi. Koʻpincha ular maydon boʻylab erkin harakatlanishadi va maʼlum bir pozitsiyaga bogʻlanishmaydi. Fantazista xavfli jarima zarbalarini bajaradi va deyarli har bir standartni oʻynashda ishtirok etadi.
FANZIN [ing. fanzine, fan magazine – muxlislarning jurnali] - Vaqt-vaqti bilan chiqib turadigan futbol nashri. Fanzinlar odatda futbol mavsumining oxirida chiqadi (muxlislarning hisobidan chiqariladi) va unda mavsum davomida jamoaning oʻz uyida va mehmonda oʻynalgan oʻyindagi koʻrsatgan natijalari beriladi.
FAVORIT - Maʼlum bir oʻyinda, musobaqada yoki butun turnirda gʻalaba qozonish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lgan jamoa yoki sportchi.
FEDERATSIYA [lot. foederatio – birlashma, uyushma] - Alohida sport turlarining birlashuvlari asosida tuzilgan yaxlit sport turi, sport turlarining birlashmasi: futbol federatsiyasi va sh.k.
FIFA BAYROGʻI - Koʻk fonga ega boʻlib, oʻrtada tashkilotning logotipi joylashgan. Hozirgi ko‘rinishdagi FIFA bayrogʻi ilk bor 2018-yilda Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatining ochilish marosimida koʻtarilgan va shu vaqtdan beri foydalaniladi.
FIFA KENGASHI - Ilgari FIFA Ijroiya qoʻmitasi deb atalgan va prezident tomonidan boshqariladigan – kongress oraligʻida tashkilotning asosiy qaror qabul qiluvchi organi. Kengash 37 kishidan iborat: prezident; 8 ta vitse-prezident va konfederatsiyalardan 28 nafar aʼzo, ulardan kamida bittasi ayol.
FIFА - Futbol, plyaj futboli va futzal assotsiatsiyasining xalqaro boshqaruv organi. Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvetsiya va Shvetsariya milliy uyushmalari oʻrtasidagi xalqaro raqobatni nazorat qilish uchun 1904-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Syurixda (Shvetsariya) joylashgan boʻlib, hozir uning aʼzolari tarkibiga kiradi. 211 ta milliy assotsiatsiyalar; Rossiya 2022-yilda faoliyatini toʻxtatib qoʻydi. Bu milliy birlashmalarning har biri ham dunyo boʻlingan oltita mintaqaviy konfederatsiyalardan biriga aʼzo boʻlishi kerak: Afrika, Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi, Okeaniya va Janubiy Amerika.Unda tashkilot nizomida bir qator maqsadlar belgilab berilgan, jumladan, xalqaro miqyosda assotsiatsiya futbolini rivojlantirish, uni hamma uchun ochiq boʻlishini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni taʼminlash, halollik va halol oʻyinni himoya qilish. U futbol assotsiatsiyasining yirik xalqaro turnirlarini, xususan, 1930-yilda boshlangan jahon chempionati va 1991-yilda boshlangan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatini tashkil etish va targʻib qilish uchun javobgardir . Garchi FIFA oʻyin qonunlarini faqat oʻrnatmasa ham, bu FIFA aʼzosi boʻlgan Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi masʼuliyati boʻlib, barcha FIFA musobaqalarida qoidalarni qoʻllaydi va amalga oshiradi. Barcha FIFA turnirlari homiylikdan daromad keltiradi; 2018-yilda FIFA 4,6 milliard dollardan ortiq daromadga ega boʻlib, 2015-2018-yillar davrini 1,2 milliard AQSh dollari sof ijobiy natija bilan yakunladi va 2,7 milliard dollardan ortiq pul zaxirasiga ega edi.
FINAL [ital. finale – yakuniy, oxirgi] - Gʻolibni belgilaydigan jamoaviy yoki yakka tartibdagi sport musobaqalarida yakuniy uchrashuv; odatda, birinchi davralarda va yarim finalda magʻlubiyatga uchragan barcha futbol jamoalar magʻlub etilgandan soʻng, finalda faqat ikkita oʻyinchi yoki ikkita jamoa bahslashadi. Olimpiya tizimi boʻyicha turnirlarda final uchrashuvidan oldin yarim final, chorak final va boshqa bahslar oʻtkaziladi. Shuningdek bu taʼrifni, Kubok hamda jahon chempionatining final bosqichiga keladigan bellashuvlariga tegishli deb ham hisoblash mumkin.
FINT [ital. finta – soxta, chalkashtirish] - Raqibni hiyla-nayrang va uni aldamchi harakatlar bilan chalgʻitish maqsadida bajariladigan texnik element. Fintlarning sifatli bajarilishi futbolchining zarur jismoniy va aqliy fazilatlarga ega boʻlishiga, uning sezgi va improvizatsiya qobiliyatiga bogʻliq. Futbolchining boy tasavvuri, reaksiya tezligi va umumiy jismoniy tayyorgarlik bu yerda alohida ahamiyatga ega.
FOL [ing. foul – qoida buzish] - Raqibga qarshi oʻyinchining qoida buzilishi hamda hakam tomonidan qayd etilishi. Qoidabuzarliklar uchun jazo sifatida odatda quyidagilar qoʻllaniladi: jarima zarbalari, penaltilar, ogohlantirishlar (sariq) va maydondan chetlatishlar (qizil kartochkalar).
FORFEIT MAG‘LUBIYAT - Jamoaning o‘yin qoidalarini, turnir reglamentini qo‘pol ravishda buzganligi, jamoaning o‘yinga kelmaganligi va boshqalar uchun vakolatli organ tomonidan tayinlangan jamoaning mag‘lubiyati (0-3 hisobi bilan). Raqibga texnik g‘alaba beriladi (shuningdek, 3:0).
FORVARD [ing. forward – oldingi, hujumchi] - Hujum chizig‘ining oʻyinchisi, uning asosiy vazifasi – raqib darvozasiga hujum qilish va gol urishdir.
FUTBOL [ing. football; foot – “oyoq”, ball – “toʻp”] - Sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek, oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
FUTBOL BILIMDONI - Futbol o‘yinini yaxshi biladigan, futbol o‘yini haqida ma’lumot va statistikalarni yaxshi biladigan, omilkori.
FUTBOL FEDERATSIYASI - 1900-yilda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tuzildi. Hozir uning tarkibida 211 dan ortiq mamlakat bor. 1954-yildan beri Yevropa futbol Ittifoqi (UEFA ) bilan ham birgalikda ishlab kelmoqda. Unga 34 mamlakat a’zo, 1960-yildan Yevropada har 4 yilda milliy terma jamoalar turniri o‘tkaziladigan bo‘ldi.
FUTBOL KLUBI - Futbol boʻyicha musobaqalarda ishtirok etuvchi sport tashkiloti. Klub tarkibida sportchi-futbolchilardan tashqari bosh murabbiy va uning yordamchilari, klub menejerlari, shifokorlar va boshqa xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ham boʻladi. Asosiy jamoa bevosita yigirma ikki nafar boʻlgan oʻyinchilardan tashkil topadi. Bitta klub ixtiyorida har turli divizionlarida ishtirok etuvchi bir necha jamoa, oʻsmirlar jamoasi, sport maktablari, stadion va mashgʻulot oʻtkazish bazasi boʻlishi mumkin.
FUTBOL MAKTABI - Futbol sohasidagi ta’lim maskani.
FUTBOL MAVSUMI - Futbol o‘ynaydigan mamlakatlarda milliy futbol mavsumlari davomiyligi va fasllari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Koʻp hollarda, mavsum faqat bitta musobaqa boʻlib, unda jamoalar ishtirok etadi, garchi mavsum ikki qismga boʻlinadigan holatlar ham mavjud, ular mustaqil chempionatlar boʻlishi mumkin.
FUTBOL MAYDONI - O‘yin chim yotqizilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi maydonda o‘ynaladi. Maydonning uzunligi 100 - 110 m, eni 68 - 75 metr. Maydon darvozabon va jarima maydonchalariga bo‘linadi.
FUTBOL O‘YINI - Ikkita jamoaning qarshi tomon darvozasiga oyoq yoki bosh zarbi bilan ko‘proq to‘p kiritish maqsadida o‘tkaziladigan sport o‘yini.
FUTBOL O‘YNAMOQ - Ikki jamoa o‘zaro bahslashadi. G‘alabaga bo‘lgan intilish futbolchilarni jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydi.
FUTBOL QALQONCHALARI - Futbol kiyimining ajralmas anjomi hisoblanadi. Qalqonchalar birinchi navbatda oyoqqa jismoniy jarohat yetishidan saqlash uchun moʻljallangan.
FUTBOL SHARHI - Mamlakat ichidagi va chet eldagi soʻnggi futbol voqealariga bagʻishlangan sport axborot-tahliliy teledasturi. Dastur har kunlik 3-5 daqiqa format bilan chiqadi. Undan tashqari futbol oʻyini boʻlib oʻtgan vaqtida futbol sharhlovchi tomonidan futbol oʻyini sharhlab boriladi. Bahsda oʻyin sur’ati, futbolchilar harakati, natija va hokazolar haqida aytib oʻtiladi.
FUTBOLCHI KIYIMI - O‘yinchilar kiyimi: yengil futbolka, shortik, yengil poyabzal. Futbolkada o‘yin bayonnomasida qayd etilgan raqam yozilgan bo‘lishi kerak. Darvozabon kiyimining rangi hamda har ikkala jamoa o‘yinchilarining kiyimi ajralib turishi kerak.
FUTBOLCHILAR JAMOASI - Futbolchilar jamoasining asosiy tarkibida 11 kishi to‘p o‘ynaydi. Futzalda 5 ta futbolchi to‘p suradi.
FUTBOLCHILAR MUSOBAQASI - Oldiga qo‘yilgan vazifalarga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo‘lish mumkin. Musobaqalarning asosiy turi – taqvim musobaqalar bo‘lib, ular sport turlarining yagona taqvim rejasidan o‘rin oladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi: birinchilik yoki chempionatlar, kubok musobaqalar, saralash musobaqalari. Musobaqalarning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari, namunali uchrashuvlar, qisqartirilgan musobaqalar.
FUTBOLCHINING KOʻRISHI - Oʻyinchilarning maydondagi hamma narsani “koʻrish” va holatga baho berish kabi alohida qobiliyati.
FUTBOLGA CHIPTA - Stadionda futbol o‘yinini tomosha qilish huquqini beradigan ruxsatnoma.
FUTBOLOFIL - Jamoaning, haqiqiy, sevimli jamoasiga tegishli boʻlgan har xil narsalarni yigʻuvchi, statistikani va boshqa koʻrsatkichlarni faol kuzatuvchi haqiqiy, muxlisi. Futbolofil toʻplamining standart predmetlariga oʻyin dasturlari, taqvimlar, sevimli oʻyinchilarining foto rasmlari va boshqalar kiradi. Koʻpchilik futbolofillar sport tarixining rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan. Hatto mamlakat Futbol Federatsiyasi ham mamlakat chempionatlari toʻgʻrisida bunchalik toʻliq maʼlumotga ega boʻlmagan, bu muxlis yordamida ularni statistika uchun saqlab qolish imkoniyatini bergan.
GOL [ing. goal – moʻljal, maqsad] - Toʻpni darvoza chizig‘ini toʻliq kesib oʻtishni talab qiladigan raqib darvozasini ishg‘ol qilish. Futbol oʻyini XIX asrda paydo boʻlgan, u paytda hozirgidek darvozalar mukammal boʻlmagan. Oʻyin vaqtida toʻp, raqib maydonining yarmiga, ikkita ustun oʻrtasidagi chiziq orqasiga keltirilishi – maqsadli moʻljalga tegishi kerak boʻlgan. Keyinchalik ustunlar yuqoridan gorizontal ustun bilan birlashtirilib, zamonaviy darvozani hosil qildi, ammo nomlanishi eskicha – “gol”, yaʼni moʻljal boʻlib qoldi. Futbol darvozasiga kiritilgan toʻplarning nomi shundan kelib chiqqan.
GOL QOʻSHIGʻI - Gol qoʻshigʻi yoki golni nishonlash musiqasi – gol urilgandan keyin futbol yoki xokkey kabi sport turlarida ijro etiladigan qisqa musiqa. Baʼzan qoʻshiq ijro etilishidan oldin, ayniqsa Milliy Xokkey Ligasida (NHL) gol sadosi yangraydi. Ana shunday qoʻshiqlardan biri Bellinining “Samba de Janeiro” qoʻshigʻi boʻlib, u Bolton Wanderersning oʻz uyida urilgan har golidan keyin yangraydi, bu qoʻshiq Yevro 2008da gol qoʻshigʻi sifatida qo‘llanilgan. “Milan” “San-Siro”da har safar gol urganida van Halenning “Jump” qoʻshigʻi ijro etiladi. Blurning “Song 2” nomli qoʻshigʻi Germaniya va Avstriyaning baʼzi klublarida ijro etiladi. Shimoliy Amerikada esa asosan Glitter guruhining “Rock and Roll (Part Two)” asari qoʻyiladi. Ukrainaning “Shaxtyor Donetsk” futbol klubining uy maydoni boʻlgan “Donbass Arena” da mezbonlar gol urganida, toʻpurarning millatiga mos keladigan musiqa qoʻyish anʼanasi bor. Masalan, armanistonlik Genrix Mhitaryan gol urganida hamyurti Aram Xachaturyanning “Sabre Dance” asari yangragan.
GOLKIPER [ing. goal-keeper – darvozabon] - Ingliz tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi “maqsadli moʻljalni qoʻriqlovchi”. Golkiper oʻz darvozasini himoya qilish vazifasi boʻlgan oʻyinchi, ya’ni raqib jamoasiga gol urishiga yoʻl qoʻymaydi. Odatda faqat darvozabonlarga tegishli boʻlgan maxsus qoidalar mavjud.
GOLLI IMKONIYAT - Gol holatini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan har qanday natijali hujum.
GOLLI TOʻP OSHIRISH - Gol kiritgan oʻyinchiga toʻpni yetkazib berish.
GOLLI VAZIYAT - Oʻyin paytida raqib darvozasiga hujum payti yuqori vaziyatda gol urilishi mumkin boʻlgan holatda oʻyinchi yaxshi vaziyatdan unumli foydalana olmasligi.
GʻALABA - Bu kurashish natijasida muvaffaqiyat qozonish. U nafaqat sport sohasida balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida – ish, oʻqish jarayonida namoyon boʻladi. Sportda esa insonning mehnati, jasurligi, qat’iyatliligi hamda sabri evaziga erishiladigan natijadir.
G‘OLIB JAMOA - Oʻyin davomida eng koʻp toʻp urgan jamoa gʻolib boʻladi. Аgar ikkala jamoada toʻplar nisbati teng boʻlsa yoki bitta ham toʻp urilmagan boʻlsa bunday oʻyin natijasi durang boʻladi.
HAKAM - Bu maxsus mahorat va vakolatlarga ega boʻlgan futbol oʻyini ishtirokchisi. Sport musobaqasini nazorat qiluvchi, uning belgilangan qoidalar asosida oʻtishini taʼminlovchi, qatnashchi sportchilarning natijalarini baholovchi, uchrashuv paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etuvchi, umuman, musobaqaning aniq meʼyorlar asosida oʻtishiga masʼul shaxs. Hakamlar sport turlari musobaqalarida bajaradigan vazifalariga qarab quyidagicha nomlanadi: komissar, nazoratchi hakam, bosh hakam, katta hakam, ikkinchi hakam, yordamchi hakam, darvoza ortidagi hakam, uchrashuv sof vaqtini hisoblovchi hakam, toʻr oldidagi hakam, chiziqdagi hakam, kotib hakam va hokazo. Musobaqadan keyin tuzilgan hakamlar qarori tashkilotchilar tomonidan yakuniy xulosa uchun qabul qilinadi. Baʼzi hollarda Hakamlar qaroriga aniqlik kiritish uchun elektron uskuna koʻrsatkichlari, fototasvir va videoyozuvlardan foydalaniladi. Hakamlar xalqaro, milliy (respublika), I, II va III toifalarga boʻlinadi.
HAKAM XATOLARI - Ham kichik, ham katta (bu muhim futbol oʻyinlari natijasiga taʼsir qilgan), hakamlarning xatolari doimo sodir boʻladi. Jumladan, 2006-yilgi Jahon chempionatida hakam Graham Poll ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng futbolchini chetlatishni unutgan bo‘lsa, keyingi Jahon chempionatida hakam Jorge Larrionda Frank Lampardning aniq golini hisoblamadi.
HAVODA KURASH - Ikkinchi qavatdagi kurash odatda bir nechta oʻyinchilar baland uchadigan toʻp uchun kurashadigan, ya’ni uni bosh bilan olishga harakat qiladigan holatlar deb ataladi. Hujumchi xavfli zarba berishga harakat qiladi, himoyachining vazifasi esa oʻz darvozasidan toʻpni uzoqlashtirishdir. Ushbu havodagi kurashda gʻolib oʻz vazifasini yaxshi uddalab bilgan hamda bajaradigan sportchi boʻladi. Havodagi kurashda odatda kishi baland boʻyli yoki yaxshi sakrash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak
HAYOT GURUHI - Musobaqada guruh yoki guruhlarning autsayder jamoalardan koʻpchilikni tashkil etishi.
HIMOYA - Jamoadoshlarining kuchli xatti-harakati bilan oʻz darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etish yoki xavfli vaziyatning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik.
HIMOYA QILISH - To‘pni tanlash usuli, bunda himoyachi o‘yinchi maydonda o‘t ustida sirpanib (yuqoriga o‘ralib) hujumchidan to‘pni urib tushiradi.
HIMOYA TAKTIKASI - Himoyada oʻynash metodlarini himoyachilarning individual xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlanishi. Himoyada oʻynashning taktik sanʼati raqibni hech qachon oʻz holiga qoʻymaslik va uni taqib etishni, qachon sheriklardan biriga berib yuborish va qachon zonada oʻynashni bilishdan iborat. Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi.
HIMOYACHI [ing. defender; eskirgan nomi bek yoki fulbek, ingl. back – orqaga] - Bu oʻyinchining maqsadi – raqib hujumchilarining gol urishi, toʻp bilan oʻynashi, darvozaga yaqinlashishi, darvozaga zarba berishini oldini olishdir. Futbolda darvozabon va yarimhimoyachilar oʻrtasida, asosan, maydonning oʻz yarmida va koʻpincha oʻz jarima maydonchasi yonida oʻynaydi. Mazkur oʻyinchiga tegishli boʻlgan, uzoq vaqtgacha hukm surgan “bek” ingliz iborasi, oʻtgan asrning oʻttizinchi yillaridan keyin, orqasida faqat darvozabon boʻlgan oʻyinchining himoya orqa chizig‘idagi vazifasini toʻla aks etuvchi ruscha “zashitnik”, oʻzbekcha “himoyachi” degan soʻzlar bilan almashdi.
HUJUM - Raqib darvozasi tomon oldinga harakatlanish.
HUJUM TAKTIKASI - Toʻp ixtiyorida bo‘lgan jamoaning raqib darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tushuniladi. Himoya (nazorat)ga olish – himoyani amalga oshirish usullari, ular quyidagilar: asosiy himoyachi boʻsh zonalarni qisqartiradi va hujum qilayotgan jamoaning zarbasi yoʻliga toʻgʻanoq boʻladi (zonal himoya); himoyachi raqib hujumchilariga imkon qadar yaqin yuradi, boʻsh zonalarni yopadi va raqibga zarba berish, qisqa va uzoq masofalarga toʻp oshirishga xalaqit beradi.
HUJUMCHI - Raqib darvozasiga eng yaqin boʻlgan hujumchi oʻyinchi. Hujumchilarning asosiy maqsadi gol urishdir. Bu oʻyinchilar toʻp bilan raqib darvozasi tomon iloji boricha yaqinroq borib gol urishga harakat qiladi. Raqib darvozasi tomon zarbalar, toʻp oshirishlar, toʻpni olib yurishlar, himoyachilarni aldashlar, toʻpsiz raqib tomon yurishlar, darvoza tomon kuchli zarbalar – bularning barchasi futbolchilarning yorib kirish, hujumkor harakatlaridir. Hujumchi, raqibdan toʻpni olib qoʻyib uni oʻzida egallashga intilishi ham kiradi.
HUJUMKOR YARIMHIMOYACHI - Oʻz jamoasining hujum chizigʻiga yaqinroq harakat qilib, hujumchilarga gol urish uchun vaziyatlar yaratadi, shuningdek, mustaqil ravishda raqib darvozasiga zarba beradi. Hozirgi vaqtda eng mashhur 4-2-3-1 tizimida bu rol orqa hujumchi roli bilan birlashtirilgan, shuning uchun ular “oʻninchi raqam”, shuningdek, “dispetcher” yoki “playmeyker” deb ham atalgan. Ular jamoaning hujum maydoni markazida joylashgani uchun paslar va mustaqil harakatlar uchun keng imkoniyatlarga ega.
ICHKI AYLANMA ZARBA - Darvoza ichiga havodan aylantirma bajarilgan zarba.
IJARA - Oʻyinchining maʼlum muddatga bir klubdan boshqasiga oʻtishi, bunda oʻyinchiga boʻlgan huquqlar birinchi klubda qoladi.
IKKI MARTALIK XET-TRIK - Biеta oʻyinchi tomonidan bir oʻyinda oltita toʻp darvozaga kiritilishi.
IKKINCHI QAVAT [ing. inside – ichkarida, yarim himoyachi] - Bosh bilan oʻynash; havodagi kurash (ikkinchi qavatda kurash).
ILK OʻYIN - Bu futbolchining jamoa, klub yoki terma jamoadagi dastlabki oʻyini. Bundan tashqari Osiyo, Jahon chempionati va Olimpiada oʻyinlarida terma jamoaning dastlabki oʻyiniga ham aytiladi.
IMO-ISHORA - Oʻyinchi oʻz yoʻnalishini ochiq maydon tomon, hujum yoʻnalishini qoʻl bilan koʻrsatib beruvchi harakatlar. Hakamlar qoida buzilgan joyni, jarimani koʻrsatishda, oʻyinga kiritiladigan joy yoʻnalishida foydalanishadi. Futbol qonun-qoidalari imo-ishoralar orqali norozilik bildirish yoki qoʻpol muomala qilishni man etadi.
INDIVIDUAL TAKTIKA - Futbolchining muayyan maqsadni koʻzda tutgan harakatlari, uning mazkur oʻyin vaziyatida mavjud boʻlgan bir qancha imkoniyatlardan eng toʻgʻrisini tanlay bilishi, futbolchining toʻp oʻz jamoasida boʻlganda, raqibning diqqat-eʼtiboridan chetga chiqa olishi, oʻzi va sheriklari uchun oʻynaydigan boʻsh joy topishi hamda paydo qila bilishi, kerak boʻlib qolgan taqdirda esa himoyachi bilan kurashda yutib chiqishi demakdir.
INSAYD [ing. inside – ichkarida, yarim himoyachi] - Futbolda insayder hujum oʻyinchisining roli deb ataladi. U qanot va markaz oʻrtasida hujum chizigʻida joylashgan. Uning vazifasi raqibning haddan tashqari va markaziy himoyachisi oʻrtasida toʻp olish va hujumni kuchaytirish yoki darvozaga zarba berishi.
ISHONCHLI OʻYIN - Futbolchi yoki jamoa tomonidan olib boriladigan xatti-harakatlar hisoblanadi. Buning natijasida futbol oʻyinida jamoa raqib ustidan ustunlik qiladi va aksariyat hollarda gʻalaba qozonadi.
JAMOA SARDORI - Alohida huquqlarga ega boʻlgan oʻyinchilardan biri. Bu soʻz fransuzchadan olingan va “bosh” degan maʼnoni bildiradi. Jamoa sardori maydondagi futbolchilarning orasida yetakchi hisoblanadi. Odatda bu jamoaning eng katta, eng tajribali a’zosi yoki oʻyin natijasiga katta ta’sir koʻrsatishi mumkin bo‘lgan oʻyinchi.
JAMOA TAKTIKASI - Oʻyin sharoitida paydo boʻlgan vazifalarni hal qilishda butun jamoaning jamoaviy harakatlarini uyushtirishdir. Butun jamoaning hujum va mudofaa harakatlari aniq uyushtirilmasa, oʻyin betartib, bemaqsad bo‘ladi, unda oʻyinchilar orasida vazifa taqsimlashning iloji boʻlmaydi. Bunday hollarda oʻyinchilar qanday boʻlmasin toʻpni egallab olib, darvozaga kiritish uchun u yoqdan bu yoqqa yugurgan holda golli uzatmani amalga oshirishga intiladi.
JARIMA MAYDONI - Yoki 18 metrlik maydon (shuningdek, norasmiy ravishda jarima maydonchasi yoki oddiygina quti deb ataladi) futbol assotsiatsiyasining maydonidir. U toʻrtburchak shaklida boʻlib, darvozaning har bir tomoniga 16,5 m (18 yd) va uning oldiga 16,5 m (18 yd) choʻzilgan.Jarima maydonchasi ichida toʻgʻridan-toʻgʻri darvoza chizigʻidan 11 m (12 yd) masofada joylashgan jarima toʻpi mavjud.Jarima yoyi (koʻpincha norasmiy ravishda “D” deb ataladi) jarima maydonchasiga tutashgan va jarima maydonidan 9,15 m (10 yd) masofadagi maydonni oʻrab oladi. Bu jarima maydonchasining bir qismini tashkil etmaydi va faqat jarima toʻpini tepish paytida, yoy ichidagi har qanday oʻyinchi hujum qilgan deb topilganda muhim ahamiyatga ega.Jarima maydonchasi ichida yana bir kichikroq toʻrtburchak shakldagi maydon darvozabon maydoni (soʻzma-soʻz “olti metrli maydon”) deb ataladigan boʻlib, u darvoza chizigʻidan 5.5 metr (6 yd)) boshlanadigan ikkita chiziq bilan chegaralangan. Darvoza zarbalari va himoyachi jamoaning har qanday jarima zarbasi ushbu hududning istalgan joyidan amalga oshirilishi mumkin. Darvoza maydoni ichida hujum qiluvchi jamoaga berilgan bilvosita jarima zarbalari qoidabuzarlik sodir boʻlgan joyga eng yaqin boʻlgan darvoza chizigʻiga (“olti metrli chiziq”) parallel chiziqning nuqtasidan olinadi; ularni darvoza chizigʻiga yaqinroq olib boʻlmaydi. Xuddi shunday, darvoza chizigʻiga yaqinroq boʻladigan toʻplar ham shu chiziqda olinadi.
JARIMA ZARBASI - Ongli ravishda qoida buzilganda, masalan, raqibga nisbatan qoʻpol oʻynalganda, beriladigan jazo hisoblanadi. Qoidani buzgan jamoaning oʻyinchilari toʻpga 9 m masofada boʻlib, toʻp oʻyinga kiritilgunga qadar, yaqinlashishlari mumkin emas. Jarima zarba erkin zarbadan mana shunisi bilan farq qiladi.
JAVOB HUJUMI - Oʻyin vaqtida toʻpni qoʻlga kiritgandan keyin darvozabon uni qoʻli bilan uzatib, javob hujumi harakatlari boshlab beradi yoki oyoq bilan tepib uzatadi. Unda qoʻl bilan tashlangan toʻp sherikka juda aniq, yoʻnaltirilsa ham, qisqa masofaga yetib borishini (toʻgʻri, toʻpni qoʻl bilan 30-40 m ga yetkazib beradigan darvozabonlar ham bor), tepilganda esa masofa uzaysada, yetkazib berish aniqligi kamayib ketishini hisobga olish kerak.
JISMONIY TAYYORGARLIK - Futbolchining jismoniy sifatlarini yaxshilash maqsadida bajariladigan jarayon. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy elementlari – kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik. Ularni rivojlantirish uchun sportchi chopish, yurish, sakrash va boshqalardan iborat boʻlgan kompleks mashqlarni bajaradi. Shuningdek, mutaxassislar maxsus jismoniy tayyorgarlikni olib borishadi. Ular doirasida futbolchi oʻyinning har xil texnik elementlarini (toʻpni yuritish, urishni va b.) egallash uchun mashq qiladi. Kerakli jismoniy tayyorgarliksiz futbolni yuqori darajada oʻynash mumkin emas.
JON SAQLASH, JON SAQLASH UCHUN KURASH - Jamoa divizion (liga)dagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashadigan turnirdagi holat.
JOY TANLASH - Oʻyinchining hujum yoki himoyada faol ishtirok etishda oʻz oʻrnini aniq tanlay olishni bilishidan iborat boʻlgan taktik mahorat elementidir. Misol uchun eslang, darvozabon oʻz darvozasi tomon burchak toʻpi tepilayotganda qayerda turishi lozim? Darvozaning uzoq burchagida turadi, chunki oldinga chiqishi lozim boʻlib qoladi, agar toʻp yaqin burchakka yoʻnaltirilgan boʻlsa ham orqaga yugurishdan koʻra yaqin burchakka borish oson.
JUFTLAMA YUGURISH - Taktik jihatdan kerakli holatga oʻtishda (masalan, oʻyinchi oldini toʻsib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq oʻyindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi.
JUNIOR - O‘n sakkiz yarim yoshgacha bo‘lgan sport musobaqalarida qatnashgan futbolchi.
KAMBEK [ingl. comeback – qaytib tiklanmoq] - Bir jamoaning ortda qolayotgan vaziyatida o‘yinni qaytib yutib olishi.
KANDIKAP [ing. handicap] - Bu jamoalardan biri oldindan qandaydir ustunlikka ega bo‘lgan musobaqadir. Futbolda bu kuchliroq jamoaga qarshi urilgan gollar sonida ifodalanadi. Bu raqiblarning kuchini tenglashtirish uchun qilingan. Noqonuniylik oldindan aniqlanadi va o‘yindan oldin yoki keyin e’lon qilinishi mumkin.
KAPALAK - Darvozabonning toʻpni qabul qilishdagi qoʻpol xatosi, buning natijasida u gol oʻtkazib yuboradi.
KATTA HISOB (MAG‘LUBIYAT) - Uchta yoki undan ko‘p gol urishda jamoalardan birining ustunligi. Beshta yoki undan ko‘p goldan ustunlik ko‘pincha “nomaqbul hisob” deb ataladi.
KECHIKTIRILGAN JARIMA - Qoida buzilgandan soʻng, toʻp hujum qilayotgan jamoada qolsa oʻyin toʻxtatilmaydi va hujum davom ettiriladi. Hujum tugagach qoidani buzgan oʻyinchi qoidaga binoan jazolanadi.
KESISH - Ikki raqib o‘rtasidagi bo‘sh joy bo‘lib, u yerda odatda pas keladi.
KESISHISH - Ikki oʻyinchining hamjihatlikdagi harakatida paydo bo‘ladi. To‘psiz yugurayotgan oʻyinchi to‘p bilan boʻlgan sherigi oldiga qarama-qarshi tomondan yugurib kelib undan to‘pni oladi va shu yoʻnalishida toʻp bilan yugurishda davom etadi. Bu yerda himoyachi va taʼqibchilar toʻpni aynan qaysi oʻyinchi egallashi borasida adashadi. Bu ham raqiblarni aldashning bir usullaridir.
KESISHUV KOMBINATSIYASI - Toʻpni boshqarayotgan oʻyinchi bilan uning sherigi qarama-qarshi kela turib, uchrashuv nuqtasida toʻpni sherigiga qoldirib ketadigan hamkorlik, koʻproq maydon oʻrtasida yoki jarima maydonida qoʻllaniladi.
KFO - Okeaniya futbol konfederatsiyasidir.
KICHIK TANAFFUS - Issiq ob-havo vaqtida aksariyat hollarda oʻyinning 30 daqiqasida hakam futbolchilarga asosan suv ichishi uchun qisqa vaqt berilishi.
KOMBINATSIYA - Muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikki yoki bir necha oʻyinchining harakatlari boʻlib, butun oʻyin kombinatsiyalar va unga qarshi harakatlar zanjiridan iborat. Futbol o‘yini davomida yuzaga keladigan taktik vazifalarning koʻpchiligi kombinatsiyalar vositasida hal etiladi.
KOMISSAR - Futbol oʻtkaziladigan joyni oʻyin davomida ruxsatsiz shaxslar va narsalar egallamasligini ta’minlashi shart boʻlgan inson. U oʻyinni yaxshi holatdan (asosan, stadion tepasida) hamda hakam va uning yordamchilarining harakatini kuzatadi.
KONKАKАF - Shimoliy va markaziy Аmerika mamlakatlari hamda Karib dengizi havzasi mamlakatlarining futbol konfederatsiyasi.
KONMEBOL - Janubiy Аmerika mamlakatlari futbol konfederatsiyasi.
KORNET, KORNER [ingl. corner – burchak toʻpi] - Ingliz futbolida u futbol maydonining burchagini bildiradi. Rossiya futbol atamalarida u burchakdan turib toʻp urishni bildiradi. Burchak sektorini inglizlar “korner-area” deb, burchakdan to‘p urishni esa “korner-kik” deyishadi.
KOUCH [ingl. coach – murabbiy] - Ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda murabbiy degan ma’noni anglatadi.
KOʻRSATMA - Qanot hakamiga tegishli bo‘lgan holat (bayroqchani ko‘taradi), oʻyindan tashqari holat yoki oʻyin qoidasining buzilishi xususida bosh hakamni ogohlantiradi.
KROSS - To‘pni qanotdan maydon markaziga o‘tkazish. Bu jarayon o‘yin paytidagi futbolchining oldinga tezkorlik harakati evaziga sodir bo‘ladi.
KUBOK - G‘alaba uchun beriladigan mukofot. Nom idish yoki bochka maʼnosini bildiruvchi lotincha “kupe” soʻzidan kelib chiqqan. Mukofot internatsional boʻlgani uchun uning nomi hamma tillarda bir-biriga oʻxshash jaranglaydi. Аngliyada – kap, Fransiyada – kup, Ispaniya va Italiyada – kopa.
KUBOK OʻYINI - Magʻlubiyatdan soʻng musobaqani tark etish tizimidagi oʻyinlar. Odatda, bu oʻyinlar natija uchun yuqori javobgarlikni talab qiladi, bu esa kubok oʻyinlarini ancha sermazmun va tomoshabinbopligini oshiradi. Kerak boʻlsa, har bir oʻyinchining maydonning har bir qarichida toʻp uchun, gʻalaba uchun qatʼiy kurash olib borishi bilan qiziqarlidir.
KUCHLI GURUH - Turnirdagi yuqori mahorat boʻyicha taxminan oʻyin va kuchi teng jamoalardan iborat. Qur’a tashlashdan keyin taxminiy aniqlanadi.
KUCHSIZ TERMA JAMOA - FIFA reytingida eng oxirgi o‘rinni egallagan terma jamoa yoki musobaqalarda tarkibida nomdor, tajribali, mahoratli, yuqori texnikali futbolchiga ega bo‘lmagan jamoalarni aytish mumkin. Undan tashqari, chempionatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoalarga aytiladi.
KUMUSH GOL - Qoʻshimcha vaqtning har qanday taymida urilgan gol, goldan soʻng oʻyin taym oxirigacha davom ettiriladi, agarda taymning oxirigacha raqib jamoasi yutqazsa, unda gol urgan jamoa gʻolibligi bilan oʻyin yakunlanadi (“Kumush gol” qoidasi 2003-yildan 2008-yillargacha har xil futbol musobaqalarida qo‘llanar edi, hozirgi kunda rasmiy musobaqalarda bekor qilingan).
KUTILMAGAN ZARBA - Raqib darvozasiga qarshi mohirlik bilan yashirintirib tayyorlangan zarba. Odatda, bunday zarbalar bor tezligida amalga oshiriladi, o‘yinchi to‘xtamaydi, toʻp esa oyoqning qisqa zarbasi bilan, darvozaga yo‘naltiriladi.
KАF - Afrika futbol konfederatsiyasi.
LATERAL [ital. laterale – yon tomondagi] - Hujumni faol qoʻllab-quvvatlovchi yoki butun yon qanotdagi himoyachi.
LEGIONER - Mamlakat milliy chempionatining bir klubida oʻynaydigan fuqaroligi yoʻq futbolchi yoki futbol va umuman sport jamoasida chet ellik futbolchi.
LIBERO [ital. libero – erkin] - Himoya vaqtida oʻz sheriklari oʻrnini boʻsh qoldirmaslikka harakat qiladi. Oʻz darvozasiga eng yaqin turgan tozalovchi himoyachi, bu eskirgan himoya pozitsiyasining nomi. Endi bu baʼzan raqibning darvozabon oldida hujumiga soʻnggi toʻsiq boʻlgan mudofaa oʻyinchisi deb ataladi.
LIDER - Bu mamlakatda yoki dunyoda eng kuchli boʻlgan, chempionat jadvalining boshida turgan jamoa. Bu ibora terma jamoa yoki klubning yetakchi oʻyinchilariga nisbatan ham qoʻllaniladi. Yuqori oʻyin mahoratini koʻrsata oluvchi, natijaga olib keluvchi kombinatsiyalarni tuza oluvchi forfard (yetakchi, oldingi) oʻyinchi hujum lideri deyiladi.
LIFT - Har doim ikkita ligada navbatma-navbat almashinib oʻynaydigan jamoa. Masalan, jamoa oliy liganing eng pastki oʻrinlarida boʻlsa, birinchi ligada eng yuqori oʻrinlarda joylashgan boʻladi.
LIGA - Divizion, tabaqa degan maʼnoni bildiradi.
MANZILSIZ UZATMA - Hech kim yoʻq joyga uzatma amalga oshirish.
MARKAZIY DOIRA - Maydondagi belgi elementi. Maydon markazidan hisoblaganda 9 metrli radiusga ega. Boshlangʻich zarba berilayotganda raqib oʻyinchilari boʻlmasliklari kerak boʻlgan sohani bildiradi.
MARKAZIY HUJUMCHI - Markaziy hujumchi yoki markaz-forvardi (inglizcha: centre forward), yoki “sof hujumchi”ning yagona vazifasi – toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Koʻpchilik jarima maydonchasi ichida yoki yonida boʻlib, doimo toʻpni qabul qilish va darvozaga oshirish imkoniyatini izlaydi. Bunday oʻyinchilarni koʻpincha “darvozadagi tulkilar” (inglizcha: Fox in the box) deb atashadi, chunki ular asosan raqib jarima maydonchasida harakat qilishadi. Ular yuqori tezlikka ega boʻlishlari shart emas, asosiysi kerakli vaqtda kerakli joyda paydo boʻlish va toʻpga mohirona zarba berishdir. Markaziy hujumchining yana bir turi – kuchli, jismonan rivojlangan oʻyinchi boʻlib, toʻpni bosh bilan yaxshi oʻynaydilar va toʻpni toʻsadilar (koʻpincha “taranlar” (ayovsizlar) deb atashadi). Butun jamoa ularga toʻplarni yetkazib berish uchun harakat qilishadi va ular bosh bilan gol urishadi yoki toʻpni toʻsgan holda uni jarima maydonchasiga yorib kiradilar, gol urishadi. Ushbu pozitsiyadagi baʼzi hujumchilar faqat toʻpga egalik qilishning noyob texnikasi tufayli gol urishadi. Toʻpni qabul qila turab, ular yuqori tezlikda jarima maydonchasiga yorib kirishadi va hiyla-nayrang bilan himoyadan xalos boʻlishadi va darvozabon yoki boʻsh darvoza bilan yakkama-yakka qolib, toʻpni darvoza tomon oshiradilar. Koʻpgina oʻyinchilar natijaga erishish uchun barcha usullardan toʻgʻri foydalanishadi. Ular oʻzlarining keng koʻlamli qobiliyatlari bilan har qanday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin – oʻyinni oʻqish, noanʼanaviy harakatni qoʻllash – va toʻpni darvozaga kiritish. Ushbu rol oʻyinchilariga toʻqqizinchi raqamni berish anʼanasi mavjud. Ushbu anʼana 1927-1928-yilgi mavsumda Angliya chempionatida 60 ta gol urgan Diksi Dinadan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
MASHGʻULOT - Olingan bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashgʻulotning asosiy mazmuni – texnik usullarni taktikadagi individual, gruppa va jamoada harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy xislatlarni rivojlantirishdan iborat.
MATCH - Futbol qoidalari va hakam tomonidan ajratilgan vaqt ichida ikki futbol jamoasi o‘rtasidagi musobaqa. Uchrashuv ikki bo‘limdan iborat.
MAVSUM - Bir taqvim yili mobaynida oʻtkaziladigan musobaqalar va tayyorgarlik jarayonlari. Mavsum boshlanish va tugash vaqti barcha mamlakatlarda bir xil emas. Аyrim mamlakatlarda bahor-kuz tizimida musobaqalar mart oyida boshlanadi. Kuz-bahor tizimida oʻynaydigan mamlakatlarda iyul yoki avgustda musobaqalar boshlanadi.
MAVSUMDAN TASHQARI - Chempionatlar orasidagi vaqt davri.
MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK - Bu texnik uslublarni tezroq egallashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan jarayon. O‘yin jarayonida uning vositasi eng muhim harakat sifatlarini rivojlantirishda: tezda joyini o‘zgartirishni bilish, harakatsiz holatdan tezda chiqib ketishni bilish, joyni o‘zgartirgandan so‘ng tezda to‘xtashini bilish: sakrovchanlikni, o‘yinda chaqqonlikni, alohida mushak guruhlarida kuchni rivojlantiradi. Shu maqsadda maxsus tayyorlov mashqlaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotning birinchi qismida tezlikni, epchillikni, sakrovchanlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq. Ikkinchi qismiga esa kuchlilik va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun mashqlarni berish tavsiya etiladi. (O‘yin uslubini o‘rganish bilan bir qatorda.)
MAYDON - Oʻyin boʻlib oʻtadigan joy. Uzunligi 90 dan 120 metrgacha, eni 45 dan 90 metrgacha boʻladi.
MAYDON MARKAZI - Maydon oʻrta chizigʻining oʻrtasida joylashgan nuqta. Markaz atrofida radiusi 9 m ga teng bo‘lgan aylana soha chizilgan. Har bir taym boshida va urilgan goldan keyin toʻp maydon markaziga oʻrnatiladi. Futbolchilar toʻpni markazdan toʻp aylanasi uzunligiga teng boʻlgan masofaga surishgan vaqtda oʻyin tiklanadi. Oʻyin markazidan oʻynashda raqiblar 9 metrli sohadan keyinda turishlari kerak.
MOʻLJAL - Bu futbolchi yoki jamoa tasavvur qiladigan, rejalashtiradigan va erishmoqchi boʻlgan kelajak yoki kerakli natija haqidagi tushunchadir. Undan tashqari oʻyin jarayonida futbolchi tomonidan maydon yoki toʻpni darvozaga beriladigan zarba jarayonida ham ishlatiladi.
MUDOFAA - Qo‘mondonlik kuchlari tomonidan ularning darvozalari xavfini bartaraf etish yoki oldini olish.
MUGʻOMBIRLIK - Oʻyin paytida oʻyinchi oʻziga nisbatan qoida buzganligini oʻxshatishiga urinishi (ayrim paytlarda bunday harakati uchun sariq kartochka bilan jazolanadi).
MUNDIAL [ispan. mundial – jahon, dunyoviy] - Jahon chempionati. 1982-yildan boshlab futbol boʻyicha jahon chempionatini baʼzan “mundial” deb ham atashadi. Buning sababi: 1982-yilgi 12-Jahon chempionati Ispaniyada boʻlgandi. Ispan tilida “mundial” soʻzi “jahon miqyosida” degan maʼnoni bildiradi.
MUNTAZAM VAQT - Nominal vaqt oralig‘i bo‘lib, bir taym uchun 45 daqiqa va umumiy o‘yin uchun 90 daqiqa. Taym va o‘yin har doim (favqulodda holatlar bundan mustasno) kamida belgilangan oraliqlarda davom etadi.
MURABBIY - Bu jamoani boshqaradigan, mashg‘ulot olib boradigan hamda sportchilarni musobaqalardaa tayyorlaydigan kishi.
MUXLIS - Sport havaskori, maʼlum jamoaning hamma magʻlubiyatlarini va gʻalabalarini oʻziniki deb, yurakka yaqin qabul qiluvchi jamoa ixlosmandi. Har xil malakatlarda ularni turlicha aytishadi: Italiyada – tiffozi, Yugoslaviyada – noviyachi, Polshada – kibiklar, Аrgentina va Ispaniyada – inchos, Urugvayda - torsidores, Chilida – afisionados.
NAMUNALI UCHRASHUVLAR - Futbolni ommalashtirishga va sport mahoratini koʻrsatishga xizmat qiladi.
NAZORAT UCHRASHUVLARI - Jamoalarni boʻlajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
NUQTA - 11-metrlik jarima zarbasi uriladigan belgi. Аgarda nuqtaga koʻrsatilsa – penalti belgilanadi.
OCHILISH - Bu futbolchining sheriklaridan toʻp olish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida joy oʻzgartirishi. Mohirlik bilan ochilish uchun hujumchi u yoki bu vaziyatning qanchalar qulayligini juda yaxshi baholay oladigan boʻlishi kerak.
OCHIQ FUTBOL - Ikkala jamoaning yirik hisobda va hujumkor uslubda futbol oʻyinini oʻtkazishi. Koʻpincha bunday futbol oʻyinini (kuchi, tayyorgarligi) bir xil boʻlgan jamoalar oʻynashadi.
OFK Osiyo futbol konfederatsiyasi - Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Osiyo va Okeaniyadagi ayrim mamlakatlar hududlarda futbol, plyaj futboli va futzal assotsiatsiyalarini boshqaruvchi organ hisoblanadi. Unga 47 ta davlat aʼzo boʻlib, ularning aksariyati Osiyoda joylashgan. Ilgari OFKda boʻlgan Avstraliya 2006-yilda OFKga qoʻshilgan. Qoʻshma Shtatlar hududi boʻlgan Guam va Shimoliy Mariana orollari, AQShning 2 hamdoʻstligidan 1 tasi geografik jihatdan Okeaniyada joylashgan OFK aʼzolaridir. Osiyo Ayollar Futbol Konfederatsiyasi (ALFC) OFKning ayollar assotsiatsiyasi futbolini boshqaradigan boʻlimi edi. Osiyoda. Guruh mustaqil ravishda 1968-yil aprel oyida Tayvan, Gonkong, Malayziya va Singapur ishtirokidagi yigʻilishda tashkil etilgan. 1986-yilda OLFC OFK bilan birlashdi.
OFSAYD Oʻyindan tashqari holat - Agar oʻyinchi toʻpdan koʻra raqib darvoza chizigʻiga yaqinroq boʻlsa va raqibning ikkinchidan oxirgi oʻyinchisiga, shu jumladan, darvozabonga yaqinroq boʻlsa, oʻyinchi oʻyindan tashqari holatida deb hisoblanadi.
OGOHLANTIRISH - 1 Oʻyin qoidasini buzgan oʻyinchiga hakam tomonidan beriladigan ogʻzaki ogohlantirish; 2 Hakam tomonidan sariq kartochka ko‘rsatilishi.
OLIB CHIQMOQ - Himoyalanayotgan jamoa oʻyinchisi qattiq zarba bilan to‘pni oʻz darvozasidan uzoqroqqa tepib yuborishi va shu orqali vaziyatni yengillashtirishi.
OLIB QOLISH - Bu himoyadagi jamoa oʻyinchisining oʻziga bevosita yaqin turgan raqib oʻyinchisiga yoʻnaltirilgan toʻpni qoʻlga kiritish niyatidagi harakati. Toʻsib olishda olib qolishdagi muvaffaqiyat ham himoyachining toʻgʻri joy tanlashiga, toʻpga vaqtida chiqishiga, vaziyatni toʻgʻri baholashiga, tezkorligiga va h. k. larga bogʻliq. Olib qolishda himoyachi bilan hujumchi oʻrtasidagi masofa, odatda, toʻsib qolishdagiga nisbatan koʻproq boʻladi.
OLTI OCHKOLIK OʻYIN - Davogar ikkita jamoa orasida guruhdagi bitta oʻrin uchun: birinchi oʻrin, sovrinli oʻrin yoki ligadan chiqib ketish uchun boʻladigan oʻyin.
OLTIN BUTSI - Bu futbol mukofotidir. Bu mukofotni birinchi boʼlib 1968-yili portugaliyalik mashhur futbol yulduzi Eysebioga Fransiya futbol jurnali «France Football» bilan «Аdidas» korxonasi birgalikda topshirishgan. Keyinchalik esa bu mukofot mamlakat futbol birinchiligida eng yaxshi toʻpurar oʻyinchiga topshirilgan.
OLTIN GOL - Qoʻshimcha vaqt (3-4 taym)da urilgan gol. Bu goldan soʻng oʻyin yakunlanadi. Oltin gol urgan jamoa esa gʻolib hisoblanadi (musobaqa nizomiga asosan oʻtkaziladi, hozirgi kunda rasmiy musobaqalarda bu qoida amalda qoʻllanilmaydi).
OPERATIV KENGLIK - Texnik-taktik hujum qilayotgan jamoaning futbolchisi toʻp bilan boʻsh zonaga oʻtishi yoki boʻsh zona tomon yugurib ochilayotgan futbolchiga toʻpni oshirishi.
OPERATSION MAYDON - Futbol maydonining futbolchilardan xoli zonasi, bu hududga hujum qiluvchi jamoaning malakali texnik va taktik harakatlari natijasida to‘p bilan o‘yinchi kirib boradi yoki to‘p hujumchi futbolchiga beriladi.
ORALIQ DAVRA - Chempionat orasidagi vaqt (oʻtish bosqichi).
ORQA PLEYMEYKER [ingl. play – oʻyin va inglizcha: maker – yaratuvchi, tashkilotchi] - Ushbu roldagi oʻyinchilar hujumlarni tashkil qilish bilan shugʻullanadilar. Ular odatda tayanch yarimhimoyachilar bilan bir xil pozitsiyalarda oʻynashadi, lekin ularning asosiy vazifasi toʻpni olib qoʻyish emas, balki oʻz jamoasining hujumlarini tashkil qilishdir.
OSMONLATIB TOʻP OSHIRISH - Yuqori (tepa) orqali toʻp oshirish.
OTILGAN ZARBA - Hujumdagi oʻyinchi qanotdan katta kuch bilan toʻpni begona jarimaga, mumkin qadar darvozaga yaqin va mumkin qadar pastdan, yerga yaqin yoʻnaltiradigan usul. Toʻp raqib himoyachilar oldidan uchib oʻtishi va oʻz oʻyinchilarining boshi yoki oyogʻiga borib tushishi kerak. Zarbaning katta kuch bilan urilgani hisobiga, toʻpning darvozaga yoʻnalishi uchun, forvardning unga salgina tegishi yetarli. Bunda darvozabon oʻzining jamoasini amalda qutqarish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
OTISH - Odatda to‘pni qanotdan maydon o‘rtasiga to‘pni darvozaga yetarlicha yaqin masofada uzatadigan, katta kuch bilan uchib kelayotgan to‘p himoyachilar yonidan sirg‘alib ketishi mumkinligiga ishongan o‘yinchilar bunday zarbalardan foydalanadilar. Ba’zida xuddi shunday to‘pga duch kelgan hujumchi yo‘nalishini o‘zgartirishi va kuch bilan darvozaga uchib kirishi uchun to‘p o‘rniga oyog‘ini almashtirish kifoya qiladi.
OVERTAYM [ing. overtime – qoʻshimcha vaqt] - Sport musobaqasining asosiy vaqti davomida gʻolibni aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda belgilangan vaqt hisoblanadi.
OXIRGI JAZO - Oʻyinchi raqib darvozasi tomon yugurayotganda gol urish imkoniyati yaxshi bir vaziyatda raqibi qoidani qoʻpol buzib, uni goldan mahrum qilsa, bunda hakam tomonidan erkin zarba berish yoki 11 metrlik masofadan darvozaga jarima zarba beriladi yoki qizil kartochka koʻrsatilib, oʻyin qoidasini buzgan oʻyinchi maydondan chetlatiladi.
OYOQ UCHI BILAN TOʻPGA ZARBA BERISH - Kuch bilan amalga oshiriladigan oyoq uchida beriladigan zarba. Bu usul kutilmagan paytda tor faza va qisqa vaqt ichida qoʻllaniladi.
OYOQ YUZASINING ICHKI YON QISMI BILAN ZARBA BERISH - Oyoq kaftining ichki qismi bilan toʻp tepiladi. Zarba texnik jihatdan amalga oshiriladi.
OYOQNING PANJA QISMI BILAN ZARBA BERISH - Buttsining markazi bilan toʻpning oʻrta qismiga beriladigan zarba. Zarba texnik jihatdan amalga oshiriladi.
OʻLIK TOʻP - Futbolda darvozabon qaytarishi amrimahol boʻlgan kuchli va aniq zarbalarga aytiladi. Аyniqsa, katta tezlikda darvozaning “toʻqqizligiga” kelayotgan toʻplarni ushlash juda mushkul. “Oʻlik toʻp”larni koʻpincha jarimalardan yoki markazdan juda kuchli yoʻnaltirilganda kuzatish mumkin. “Oʻlik toʻp”ni qaytardi, tushunchasi darvozabon deyarli ushlab boʻlmas toʻpni qaytarib yuborgan holatga aytiladi.
OʻLIM GURUHI - Yuqori mahoratga ega boʻlgan bir xil jamoalarning qurʼa tashlash marosimidan soʻng musobaqada bir guruhda joylashishi.
OʻN IKKINCHI OʻYINCHI - Muxlis, oʻz jamoasini qoʻllab-quvvatlovchi.
OʻRTOQLIK UCHRASHUVI YOKI OʻRTOQLIK MATCHI - Musobaqa qiymati boʻlmagan sport uchrashuviga aytiladi. Bunda tomonlar gʻalaba, sovrin yoki ochkolar uchun emas, balki shunchaki mashq yoki tomosha uchun oʻynashadi. Oʻrtoqlik uchrashuvlarida oʻyin qoidalariga qatʼiy rioya qilish shart emas (masalan, istalgancha oʻyinchilarni almashtirish mumkin).
OʻSPIRIN - Yosh oʻyinchi, odatda oʻspirin yoshi 18 yoshdan chegaralanadi. Bu hayot siklining muhim oʻtish davrlaridan biri boʻlib, tez oʻsishi va oʻzgarishi bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda jismoniy, hissiy, ijtimoiy va psixologik oʻzgarishlar roʻy beradi, ular balog‘at yoshi, oʻz shaxsiyati bilan identifikatsiya qilish, oʻz qadr-qimmatini shakllantirish va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarni oʻrnatish bilan bog‘liq.
OʻTIRIB OLISH - Jamoalar charchashi yoki hisobda oldinda borishi natijasida oʻyin tempini tushirish.
OʻTISH - To‘p bilan harakat qilishda davom etayotganda, to‘p bilan o‘yinchi sherigiga qarab yugurishi va yaqinlashish paytida to‘pni unga qoldirishi yoki uzatma berayotgandek ko‘rsatishi texnikasi.
OʻTKIR OSHIRUVCHI KESUVCHI ZARBA - Bunday zarbalar odatda yon tomondan amalga oshirilib u juda xavfli hisoblanadi. Koʻpincha markazdan yugurib kelayotgan yoki turgan oʻyinchiga bunday vaziyatda oyogʻini toʻp yoʻliga qoʻysa yetadi. Himoyachi va darvozabonning bu toʻpga yetishi ancha murakkab boʻladi.
OʻTKIR TOʻP OSHIRISH - Sherigiga qulay vaziyatga chiqqanida aniq va samarali qisqa toʻp oshirish. Bunday toʻplar koʻpincha bir nechta himoyachilar orasidan beriladi yoki boʻlmasa ancha uzoq masofadan sherigiga aniq yetkazilib beriladi. Аynan mana shunday toʻp oshirishlardan soʻng xavfli vaziyatlar yuzaga keladi.
OʻYIN - Ikki futbol jamoasining futbol qoidasi va hakam qoʻshgan vaqti mobaynida musobaqalashishi. Oʻyin ikki taymdan iborat.
OʻYIN HOLATI - Oʻyindagi holatni oldindan koʻra bilish va hujum yoki himoya harakatlariga faol kirishishga tayyorlanish.
OʻYIN INTIZOMI - Oʻz harakatlarini jamoaviy harakatlarga moslash, oʻyinda rejalashtirilgan ishlarga qatʼiy amal qilish, murabbiy va jamoa sardorining koʻrsatmalariga boʻysunish.
OʻYIN SURʼATI - Jamoalar tomonidan oʻyinning olib borish tezligi. Surʼat qancha baland boʻlsa, mahorat ham shuncha katta boʻladi. Oʻyinchilardan oʻzaro harakat qilishda – toʻpni aniq qilib uzatish va taktik tizimlardan foydalanishda jismoniy tayyorgarlik talab qilinadi. Аniq bir oʻyinga yaxshi tayyorlangan jamoa, baland surʼatda uzunroq kesmalarni oʻtkazishga qodir boʻladi.
OʻYIN TAHLILI - Yaqinda raqib bilan uchrashuv qanday o‘tganini muhokama qilish. Odatda, bunday munozarada nima amalga oshirilishi rejalashtirilgan va nima qilinmaganligini aniqlash odatiy holdir, bu butun jamoaning ham, har bir o‘yinchining xatolarini bartaraf etishga yordam beradi.
OʻYINCHILAR AMPLUASI - Jamoada 1 darvozabon va 10 ta oʻyinchi mavjud. Har birining oʻz joyi va nomlanishi bor. Аmplua boʻyicha joylashishi – himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilarga boʻlinadi.
OʻYINCHINI USHLASH - Oʻyinchini ol, oʻyinchini yop, oʻyinchini ushla himoyaviy harakatlarni tashkillashtirishda shu soʻzlar bilan raqib hujumchisi bilan yonma-yon (yonida, oldida) joy egallash va uni hujum qilishiga toʻsqinlik qilish imkoniyatiga ega boʻlish.
OʻYINGA KOʻRSATMALAR - Murabbiy yoki jamoa sardori tomonidan jamoa oʻyinining rejasi, oʻyinchilar harakatining alohida xarakterlari, raqiblar harakatining asoslari bilan tanishtirish va tushuntirish ishlari.
OʻYINNI MUHOKAMA QILISH - Tugagan, boʻlib oʻtgan oʻyin tahlili. Bunda jamoa murabbiysi oʻyinchilarning oʻyinda rejani qanchalik aniq bajarganini aniqlashga harakat qiladi. Oʻyinni muhokama qilish, futbolchilarning oʻynash darajasini ko‘tarishga intilayotgan har qanday malakali murabbiyning jamoa bilan ishlash vaqtidagi bajarishi shart bo‘lgan punktidir.
OʻYINNI QAYTADAN BOSHLASH - Agar hakam ogohlantirish berish uchun oʻyinni toʻxtatsa: oʻyin qarshi jamoa oʻyinchisi tomonidan hakam oʻyinni toʻxtatgan vaqtda toʻp qayerda boʻlsa, shu joydan erkin toʻp tepish bilan qaytadan boshlanadi.
OʻYINNING QOʻSHIMCHA VAQTI - Hakam tomonidan oʻyinning asosiy vaqtiga har xil choʻzilishlar, oʻyinchilar tomonidan jarohatlar olinishi, zaxiradagi oʻyinchilarning maydonga kirishi va boshqalar uchun qoʻshib beradigan vaqti.
OʻZ OʻYININI OLDINGA SURISH - Gʻalabaga olib keluvchi himoya va hujumning taktik usullari. Raqib bilan uchrashishdan oldin jamoa oʻyinchilari oʻyinni odatdagi tartibda olib borish kerakmi yoki uni raqib oʻyinining xususiyatlarini hisobga olgan holda, oʻynash kerakmi, degan savolni hal qilishga oʻtirishadi. Oʻz taktikasining toʻgʻriligiga ishongan jamoa, uni raqib oʻyiniga moslashtirish uchun oʻzgartirib oʻtirmaydi va oʻyinda yetakchilikni oʻz qoʻliga olishga harakat qiladi.
OʻZBEKISTON TERMA JAMOASI - 1928-yilda ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasi tuzilib, unda Yevropa davlatlari vakillari ishtirok etgan spartakiada qatnashdi. Mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi Shveytsariyadagi ishchi klublar terma jamoasi bilan ilk xalqaro uchrashuvini oʻtkazdi va 8:4 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk oʻyinlarini 1992-yilda oʻtkazgan. Bu oʻyinlar FIFA tomonidan rasman roʻyxatdan oʻtgan, shundan kelib chiqib, 1992-yildan boshlab Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga FIFA shafeligida oʻtkaziladigan turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan. 1992-yilda FIFA tashabbusi bilan birinchi marta Markaziy Osiyo kubogi boʻlib oʻtdi. 1992-yil 17-iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 2:2 hisobida durang oʻynadi. 1994-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan yirik xalqaro turnir – Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, debyut mavsumida Xitoy terma jamoasiga qarshi oʻynab, finalga qadar yetib bordi. Uchrashuv 4:2 hisobida Oʻzbekiston foydasiga hal boʻlgan va shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo oʻyinlari chempioniga aylanadi. Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi muntazam ravishda Osiyo Kubogida ishtirok etib kelmoqda, Oʻzbekistonning Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi 2011-yilgi Osiyo Kubogidagi toʻrtinchi oʻrindir.
O‘YIN SUR’ATINI TUSHIRISH - Charchoq yoki hisobdagi ustunlik tufayli jamoa hamjihatlikdagi o‘yin faolligini sekinlashtirish.
O‘lim guruhi grupo de la muerte - Guruh bosqichidagi sport turnirlarida yuqori darajadagi jamoalar soni turnirning keyingi raundlarida kurashni davom ettirish huquqini beradigan jamoalar guruhi. Guruh bosqichida bu turnirning favorit jamoalaridan biri muqarrar ravishda uni dastlabki bosqichlarida tark etishini anglatadi. Ushbu atama birinchi marta 1970-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida qoʻllanila boshlandi, ammo vaqt oʻtishi bilan boshqa sport va turnirlarga ham keng qo‘llanildi. Turnir guruhlaridan qaysi biri “oʻlim guruhi” tavsifiga mos kelishi mumkinligi haqidagi fikrlar koʻpincha farq qiladi, chunki jamoalarning kuchi har doim nisbiy va “oʻlim guruhi” ning yagona ta’rifi yoʻq. Natijada, turli jurnalistlar bir nechta oʻlim guruhlarini nomlashlari yoki hatto turnirda hech birini ajratmasliklari mumkin.
PANENKI ZARBASI - Futbolda penalti tepish uslubi, toʻp tepa (havo) trayektoriyasdan darvozaga tegib-tegmasdan kirishi. 1976-yilda boʻlib oʻtgan Yevropa futbol chempionatining final oʻyinida FRG (Germaniya) terma jamoasiga Chexoslovakiyalik yarim himoyachi Аntonina Panenki bu usul bilan hal qiluvchi golni kiritgani uchun uning nomiga atab qoʻyilgan.
PARASHYUT - Yuqori havo orqali toʻpga shunday traektoriya boʻylab zarba berishki, unda toʻp dastlab havoda yuqorilab boradi, ammo oxirgi vaziyatda yuqoridan birdaniga silliq past(darvoza)ga tushadi.
PASSIV OʻYINDAN TASHQARI HOLAT - Oʻyinchi jamoadoshi toʻp oshirayotgan paytda raqib maydonida raqib futbolchilaridan koʻra darvozaga yaqinroq turib, toʻpga harakat qilmasa, bu oʻyinchi oʻyinga qoʻshila olmaydi va passiv oʻyindan tashqari holatda boʻladi.
PASTKI QISM - Musobaqa jadvalining oxirgi oʻrinlaridan biri.
PENALTI Penalty – jazolash, jarima zarba - Futbolda qoidani buzgan jamoaga beriladigan jazo turi. Sport oʻyinlarida jarima maydonchasida qoidani buzganlik uchun jazolash. 1891-yil futbolda joriy qilingan qoidani buzgan jamoaning darvozasiga 11 m dan toʻp tepiladi. Jazo sifatida berilgan penatlidan tashqari uchrashuvda hisob ochilmasa beriladigan penaltilar seriyasi ham mavjud.
PENALTILAR SERIYASI - O‘yindan keyingi penaltilar seriyasi (rasmiy ravishda – penaltidan zarbalar berish) – futbol o‘yini qoidalariga muvofiq, o‘yin asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda teng hisobda yakunlansa, g‘olibni aniqlash imkonini beruvchi amaliyotlardan biri.
PENTA-POKER-TRIK - Bir oʻyinda bitta oʻyinchi tomonidan raqib darvozasiga toʻqqizta gol kiritilishi.
PENTA-TRIK - Bir oʻyinda bitta oʻyinchi tomonidan raqib darvozasiga beshta gol kiritilishi.
PLEYMEYKER Playmaker – toʻp oshiruvchi - Koʻpincha jamoa hujumlari bu oʻyinchi tomonidan tashkil etiladi, oʻyinni olib boradigan (qoida boʻyicha hujumkor yarim himoyachi) asosiy futbolchi.
POKER - Bir oʻyinda bitta oʻyinchi tomonidan raqib darvozasiga toʻrtta gol kiritilishi.
POLIZ MAYDON - Sifati past boʻlgan futbol (gazon) maydoni.
POUCHER - Ofsayd yaqinida oʻynaydigan hujumchi. Maqsad – toʻpni qabul qilib, himoyachilar orasidagi boʻsh zonaga tezda yorib kirish va darvozaga zarba berish.
POZITSION HUJUM - Raqib darvozasi tomonida uzoq kombinatsiyali oʻyinni tashkil qilish. Maydonining yarmida son jihatdan ustunlikni tez yaratib ololmagan, ammo raqib oʻz darvozasi oldida mudofaani tashkil qilib ulgurgan holatlarda foydalaniladi. Jamoaning yarim oʻyinchilari maydon markazidan shoshilmay toʻpni bir-birlariga oshirib oʻynab turadilar va raqibning mudofaasidagi nozik joyni izlaydilar, uni buzishga intiladilar hamda hujumga tayyorlanadilar va kutilmaganda hujum qiladigan oʻyinchi yoki oʻyinchilarni zarba berish joyiga chiqaradilar.
PRESSING - Jamoa oʻyinchilarning hamjihat boʻlib, raqiblarni xoh hujumda, xoh himoyada izma-iz ta’qib qilishi. Bunda, albatta, raqibni ushlamaslik, unga qoʻpollik qilmaslik shart. Har bir taʼqibchi oʻziga biriktirilgan oʻyinchini qoʻyib yubormaslikka harakat qiladi.
PRESSLASH - Bu to‘pni jamoaviy tanlash, hujumni boshlash uchun to‘siqlar yaratish taktikasi.
QALQONCHALAR - Futbolchini jarohat olishdan saqlovchi himoya elementi, tizzaga getri tagidan kiyiladi. Birinchi marta ularni Sem Ueller 18-asrda qoʻllagan. Zamonaviy qalqonchalar oʻyinchini oyoqqa toʻgʻridan toʻgʻri zarba olgan vaqtda ham lat yeyishdan saqlay oladi.
QANOT - Jamoaning taktik tizilishining oʻng yoki chap qirrasi, u himoya, yarim himoya va hujum oʻyinchilarini oʻz ichiga oladi. Futbolga bu soʻz harbiy atamalardan kelgan.
QANOT - Hujum va himoya chizig‘ining o‘ta o‘ng yoki o‘ta chap o‘yinchilari, shuningdek, futbol maydonining o‘ng va chap tomonlari.
QANOT HIMOYACHISI - Maydonning deyarli “chekka”sida joylashgan boʻlib, markaziy himoyachilarning oʻng va chap tomonida harakat qilishadi. Oʻyinda 4 ta himoyachilar oʻz qanotida vaqti-vaqti bilan hujumga oʻtishadi. Ayni paytda ular markaziy oʻyinchilardan biroz oldinda joylashadilar va oʻz rolini qanot yarimhimoyachi roli bilan birlashtiradi, bu ingliz terminologiyasida vingbek deb ataladi (ingl. wingback – wing soʻzidan – qanot, back – orqaga). 5-3-2 va 3-5-2 konstruktsiyalarida ular “qosh chiziqlar” yoki “laterallar” deb ataladi (italyan. laterale – oldingi) va butun “chekka” uchun mas’ul boʻlgan katta hajmdagi “yugurish” ishlarini amalga oshiradilar. Ularning hujumga oʻtishi raqib himoyasini “choʻzish” uchun maydonning butun kengligidan foydalanish imkonini beradi. Koʻpincha qanotni yorib oʻtish uchun ishlatiladi, buning natijasida jarima maydonchasiga havodan toʻp oshiriladi. Ushbu pozitsiya uchun muhim fazilatlar tezlik va chidamlilikdir. Bu turdagi himoyachilar orasida dunyo futbolida Kafu, Roberto Karlos, Xaver Sanetti, Janlukka Zambrotta mashhur hisoblanadi.
QANOT HUJUMCHISI - Hujumning qanotida joylashadi. Uning vazifasi – qanot boʻylab toʻp bilan tezkor harakatlanish, keyin esa toʻp oshirish. Klassik qanot hujumchisi yaxshi tezlik, chidamlilik va toʻp nazorat qilish qobiliyatiga, shuningdek, albatta qisqa va uzoq paslar texnikasiga ega boʻlishi kerak. Klassik qanot hujumchisi safiga Rayan Giggz, Pedro Rodriges, Nani va Lukas Moura kabi sportchilarni kiritish mumkin. Oʻng oyoqli chap qanot yoki chap oyoqli oʻng qanot – qanot hujumchilari varianti hozirda ichki hujumchilar yoki yarim-oʻrta vazndagi hujumchilarning alohida toifasi sifatida tasniflanadi.
QANOTDAN YORIB KIRISHLAR - Maydonning bir qanoti (tomoni) orqali raqib maydoni tomoni harakatlanish. Odatda, bunday harakatlanishlar kuchli, zarbli toʻp yetkazishlar hamda balandlatib jarima maydoni ichiga, sheriklariga toʻp oshirishlar bilan yakunlanadi.
QARSHI HUJUM - Raqib hujumini qaytarib, tezda raqib darvozasi tomoniga hujumga oʻtishi.
QAYCHI USULI - Futbolchi yuqori havoda ikkala oyoqlarini chalishtirgan holatida toʻpga zarba berishi.
QAYTISH - Jamoalardan biri ikki yoki undan ortiq to‘p farqini qaytarib oladigan vaziyat. Odatda jamoa mag‘lubiyatga uchrayotgan paytda, o‘yin tizgini o‘z qo‘liga olib hisobda oldinga chiqqan holatlarda ushbu atama ishlatiladi.
QISQA OTISH - Futbol o‘yini va musobaqa jarayonida bir teginish orqali o‘tish harakati hisoblanadi. Bu texnik harakatni futbol sirlarini bilgan futbolchilar va mahoratli sportchilar bajarishadi.
QISQARTIRILGAN MUSOBAQALAR - Bir necha soat mobaynida oʻtkaziladi. Ular odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.
QIZIL KARTOCHKA - Futbolda, shu bilan birga, gandbol, xokkey (toʻp bilan), regbi, yengil atletika kabi sport turlarida hakam tomonidan maydondan chetlashtirish, chiqarib yuborish koʻrsatmasi belgisi tarzida koʻrsatiladi. Futbol qoidasiga koʻra, hakam tomonidan qizil kartochka koʻrsatilgan sportchi oʻyinni va maydonni shu zahoti tark etishi lozim (oʻyin oxirigacha oʻyinga kirmaydi). Uning jamoasi esa uni boshqa oʻyinchiga almashtirish huquqiga ega emas. Qizil kartochka o‘yinda o‘yinchining qoʻpol ravishda qoida buzganligi, rejalashtirilgan atayin zarba berishi yoki haqorat qilishi oqibatida koʻrsatiladi.
QOʻPOL OʻYIN - Oʻyin paytida aksariyat holatlarda futbolchi tomonidan raqib sportchiga xos boʻlmagan xatti-harakatlar kiradi. Misol oyoqqa kelib zarba berilishi, atayin oʻyinchini yiqitish, urish, sport formasidan tortish va shunga o‘xshash harakatlar kiradi. Bunday holatlarda bosh hakam tomonidan qoʻpol oʻyin koʻrsatgan oʻyinchi jazolanadi.
QOʻQQISDAN HUJUM - Texnik usul, toʻpsiz futbolchi oldinga oʻtib toʻp bilan boʻlgan futbolchidan toʻpni yuqoridan qabul qilishga shaylanadi.
QOʻSHIB BERILGAN VAQT - Quyidagi holatlarga ketgan vaqt ikki taymning har qaysisiga qoʻshib beriladi: oʻyinchilarni almashtirishga; oʻyinchining jarohatini jiddiyligini aniqlashga; jarohatlangan oʻyinchilarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun ularni maydon tashqarisiga olib chiqishga; qasddan oʻyin vaqtini choʻzish. Qoʻshib berilgan vaqtning davomiyligini faqat hakam aniqlaydi.
QOʻSHIMCHA VAQT - Oʻyinning asosiy va qoʻshib berilgan vaqtidan tashqari beriladigan vaqt yaʼni ekstra-taym. Аsosan oʻyinning gʻolibini aniqlash yoki ikki oʻyin hisobiga koʻra gʻolibni aniqlash maqsadida belgilanadi. Qoʻshimcha vaqt – ikki taymdan iborat, har bir taym 15 minutdan oʻynaladi. Undan tashqari har bir taym uchun vaqt qoʻshilib berilishi mumkin.
QURA TASHLASH - Musobaqalarga qatnashuvchi jamoalarning maydon tomonlarini va maʼlum tartiblarni tanlashi.
QURUQ - Oʻyinda darvozabon tomonidan bironta gol oʻtkazib yubormaslik.
QURUQ VARAQ - Toʻpni aylantirib qiya oshirish. To‘pning havodagi trayektoriyasi “Quruq varaq”ni eslatadi. Dastlab toʻp havoda murakkab yoy hosil qilib koʻndalang aylanayotgan toʻp vertikal aylana hosil qiladi va oxirida trayektoriya keskin pastga harakat qiladi. Bunday tepish trayektoriya yordamida jarima va burchak toʻplaridan gol kiritish mumkin.
RABONA - Tayanch oyoqning tovon qismi bilan birin-ketin toʻpni orqaga tepish. Bunday usulda, bir oyoq ikkinchi oyoqni yashirib turadi (bu usulni shuningdek krest, xoch, iks deyish mumkin).
RAQIB - Kim bilandir raqobatlashadigan, kimgadir qarshilik koʻrsatadigan, oldinga intilish, gʻalaba qozonish, biror narsada kimdandir oʻzib ketish.
REFERI Futbol hakami (bosh hakam, maydondagi hakam) -
RIKOSHET - Toʻp oʻyinchiga oʻzi xohlamagan tarzida tegib darvoza yoki boshqa oʻyinchiga borishi.
SAKRAB TOʻXTASH - Sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turgʻunlik boʻlishi uchun shu oyoq sal egiladi. Аmmo koʻpincha yerga ikki oyoqlab tushiladi.
SARIQ KARTOCHKA - Futbol va boshqa sport turida oʻyinchiga ogohlantiruvchi jazo belgisini bildiradigan oʻyinni boshqarayotgan hakam qarori. Kartochka oʻyinchi tomonidan quyidagi oʻyin qoidalari buzilgan paytda hakam tomonidan oʻyinchiga koʻrsatiladi: Futbolchi harakatidagi shartga xiloflik paytida; hakam koʻrsatmasi, qarori bilan rozi boʻlmagan, oʻyinchi tomonidan noroziliklari (aytilgan soʻzi yoki imo-ishoralari)ni bildirishi va namoyish etishida; oʻyinchi tomonidan oʻyin qoidasining muntazam buzilganda; oʻyinda oʻyin vaqti boshlanishini atayin choʻzgan oʻyinchiga; oʻyinda, burchak toʻpi, jarima yoki erkin zarba vaqtida kerakli masofada turishga rioya qilmagan oʻyinchiga; hakam ruxsatisiz maydonga tushgan yoki maydondan chiqqan oʻyinchiga; hakam ruxsatisiz maydondan oʻzboshimchalik bilan chiqib ketgan o‘yinchiga.
SERIYA - Divizion, liga degan maʼnolarni anglatadi.
SEYV Save – qutqarish - Gol boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli zarbalarni darvozabon tomonidan qaytarilishi. Аsosan, mashhur “qutqarish” texnikalari superseyvlar deb ataladi.
SHATAUT shutout – quruq - Futbol oʻyinida oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormagan jamoa.
SHAXSIY OTALIQQA OLISH - Himoya usuli, bunda raqib jamoasining har bir oʻyinchisiga shaxsiy otaliqqa oluvchi biriktiriladi, u oʻz qaramogʻidagi oʻyinchining harakatlarini kuzatadi, u bilan birga maydon boʻylab harakatlanadi. Qaramogʻidagi oʻyinchining toʻpni qoʻldan chiqarmasligiga, hujumni boshlamasdan turib, uning uzilishiga yoʻl qoʻymaslik otaliqqa oluvchining vazifasidir. Shaxsiy otaliqqa olish uchun futbolchiga chiniqqan iroda, intizom, koʻtarinki eʼtibor va masʼuliyat hissi kerak. Nazorat ostida boʻlganliklari uchun himoyachilar erkin harakat qilishdan mahrum boʻladilar, himoyachilar bilan yakka kurashishlari kerak boʻladi. Аmmo bu bir vaqtda himoya qiluvchilarning harakatini cheklaydi, ularga faollik koʻrsatishga imkon bermaydi. Shaxsiy qaramoqqa olish himoyachilarni, hujum qilayotgan raqiblar joylashuviga mos pozitsiyalarni egallashga majbur qiladi, bu esa noqulay joylardagi oʻyindir. Himoya qiluvchilarga majburiy kiritilgan oʻz oʻyinlari buning natijasi boʻladi.
SHVEDKO ZARBASI - Oyoqning sirtqi yoki tashqi tomoni bilan beriladigan zarba. Texnikaga tayangan zarba. Avvaliga “shved” atamasi toʻpga zarba sifatida Skandinaviya mamlakati bilan hech qanday aloqasi yoʻqdek tuyulishi mumkin. Rus tilidagi terminologiyada bu atama 1958-yilda paydo boʻlgan, deyiladi. Oʻsha paytda Shveytsiyada navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtgan. Braziliya terma jamoasi oʻzining birinchi mundial kubogini qoʻlga kiritadi, braziliyalik futbol afsonalari Pele va Garrinch toʻpni tepishni va oyoqning tashqi tomoni bilan uzatmalarni tarqatishni yaxshi koʻrardi, natijada zarbaga ishlov berilib, ushbu texnik harakat yuzaga keldi. Bu atama muallif sharafiga emas, balki musobaqa oʻtkaziladigan joy sharafiga nomlangan, shuning uchun “shved” Shveytsiya bilan bevosita bogʻliq. ”Shved” yoki “shved” tomonidan zarba berish oʻyinchining yuqori texnik qobiliyatidan dalolat beradi. Bu zarbada toʻp buralgan “trayektoriya boʻylab harakatlanadi, shuning uchun “shvedko zarbasida” himoyachilar yoki darvozabonni aldash mumkin. Agar biz bunday zarbaning taniqli ustalari haqida gapiradigan boʻlsak, dunyo futbolida yana bir taniqli braziliyalik – Roberto Karlosning ismi xotirada paydo boʻladi, u oʻz vatandoshining texnikasini takomillashtirib, “shvedko zarbasi”ni koʻplab bajargan futbolchi hisoblanadi. Natijada, toʻp aql bovar qilmaydigan aylanishga ega boʻlgan va tushunarsiz tarzda darvozaga tushgan holatlarini koʻrish mumkin.
SIMULYATOR - O‘ziga nisbatan qoida buzilishiga taqlid qiladigan o‘yinchi (ba’zi hollarda u sariq kartochka bilan jazolanishi mumkin).
SIQISH - Bu deyarli butun jamoa tomonidan maydonning o‘z yarmida, asosan o‘z jarima maydonchasi yaqinida qattiq o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan himoya strategiyasi.
SIRPANISH - Raqibdan toʻpni tortib olishning samarali usuli. Sirpanish texnikasi quyidagicha: futbolchi raqibiga hujum qilganida oyoqlari bilan yer boʻylab yozilib, oldinga intiladi. Bunda oʻyinchilar toʻpni aut qilishga yoki burchakka yuborishga harakat qilishadi. Sirpanishni bajara olishi uchun futbolchi yaxshi texnikaga va jismoniy kuchga ega boʻlishi kerak. Raqibga qilinadigan hujumning boshqa turlari bilan taqqoslanganda, sirpanish ancha tez va ishonchli harakat qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu metodni, darvozabon bilan yakkama-yakka kurashga kirishish uchun darvozaga tomon qochayotgan raqibning orqasida turgan oʻyinchi qo‘llashi mumkin. Shuningdek, sirpanish bilan bir joyda turgan yoki kesib oʻtish uchun harakatlanayotgan raqibdan toʻpni tortib olish mumkin. Sirpanishni bajarishning ikkita har xil usuli bor, bu – shpagat va yarim shpagat. Shpagat usulida futbolchi ikki oyogʻi bilan oldinga sakraydi, yarim shpagat usulda esa bir oyoq tizzadan bukilganicha qoladi. Bu usul futbol texnikasiga mustahkam kirgan, uni hamma milliy maktablarning oʻyinchilari qoʻllaydi. Bunda inglizlar, ular oʻynaydigan gazonlarning yuqori sifatliligi hisobiga, sirpanishni eng yaxshi bajarishadi, deb hisoblanadi. Britaniya gazonlari jarohat olish xavfini minimallashtiradi, sirpanayotgan oʻyinchining sirpanishini yuqori namlik hisobiga yengillashtiradi.
SKAUT - Jamoa oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini va boshqa musobaqalarni kuzatib futbolchilar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Oʻyinlarni kuzatadi va oʻz jamoasiga taklif etadi.
SOBIQ CHEMPION - Chempionatning sobiq g‘olibi, shuningdek, o‘tgan yillar chempioni.
SOXTA USTALIK - Taktik kombinatsiyani amalga oshirish uchun raqibni aldashga chorlangan guruh harakatlari. Odatda kutilmaganda oʻtkaziladi, raqib darvozasida xavfli vaziyatning vujudga kelishi uning natijasidir.
SPORT FORMASI Ekipirovka - Oʻyinchi tayyorgarligining fiziologik holati va uning tayyorgarlik bosqichi ham sport formasi deyiladi. Bu asosan uning jismoniy holati va mahoratining bir koʻrinishi. Mashgʻulot hamda musobaqalarda ancha vaqtgacha ishtirok etmaslik natijasida futbolchi oʻzining sport formasini yoʻqotib qoʻyadi.
SPORT OʻYINLARI - Musobaqalar turlari; uning asosida nishon (raqib darvozasi, maydonchasi va hokazo)ni sport anjomi (odatda, to‘p) bilan turli texnik va taktik usullar va vositalar yordamida egallash yotadi, belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi va maxsus koʻnikmalarni talab qiladi. Sport oʻyinlarida tabiiy harakatlar va jismoniy mashqlar (yugurish, sakrash, uloqtirish va hokazo) kompleksi qoʻllanadi. Sport oʻyinlarining 3 asosiy turi bor: jamoaviy sport oʻyinlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, xokkey, regbi va boshqalar), shaxsiy sport oʻyinlari (shashka, shaxmat va boshqalar) va shaxsiy hamda juftlik sport oʻyinlari (tennis, badminton). Katta jismoniy kuchni talab qiladigan sport oʻyinlari, odatda, faqat erkaklar oʻrtasida oʻtkazishga moʻljallanadi.
SPORT OʻYINLARI MAYDONI - Oʻyin oʻtkaziladigan sport inshoot joyi.
SPORTDA GOL NISHONLASH - Bu gol urilganidan soʻng amalga oshiriladigan oʻziga xos anʼanadir. Odatda gol muallif tomonidan nishonlanadi, koʻp hollarda esa jamoadoshlar, murabbiy yoki murabbiylar shtabi va jamoa muxlislari ham ishtirok etishi mumkin. Umuman olganda, mazkur atama gol nishonlanishini nazarda tutsa-da, oʻyinchining futbolkasini yechishi yoki salto qilish kabi muayyan harakatlarni qilishi bilan bog‘liq jarayondir. Gol nishonlash asosan futbol va xokkey kabi kam ball toʻplanadigan sport turlarida muhimroq boʻlib, bu yerda gol katta ahamiyatga ega.
STANDART - O‘yindagi standart pozitsiyalardan biri – burchak, jarima yoki jarima zarbasi.
STANDART QOIDALAR - Hakam tomonidan to‘xtatilgan o‘yin jarima zarbasi, jarima zarbasi yoki burchak to‘pini bajarish yoki to‘pni teginish chizig‘i orqasidan otish orqali davom ettiriladigan daqiqalar.
STANDART VAZIYATLAR - Oʻyinning erkin, jarima yoki burchak zarbasi, autdan tepish kabi elementlari uchun umumiy nomlanish. Ular uchun, bu elementlar sodir boʻlganda oʻyinni toʻxtatish uchun hakam tomonidan hushtak chalinishi – umumiy holatdir. Bunda, jamoa oʻyinchilariga, tayyorlanish mashqlarida bajarilgan, oldindan maʼlum tizim boʻyicha maydonda joylashish imkoniyati beriladi. Futbolchilar bu imkoniyatdan o‘zlari uchun maksimal darajada foydalanishga intilishadi.
STATIST - Raqib futbolchilari ularning ustun va zaif tomonlari haqida maʼlumot toʻplovchi.
STOPPER - Himoyaviy yarim himoyachi. Stopper himoyachilar va yarim himoyachilar o‘rtasida joylashgan. Ular odatda maydonda markazida bo‘lib, to‘plarning himoyaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor berishadi.
STRAYKER Strike – zarba beruvchi - 1 Yorqin hujumchi, markaziy forvard; 2 Raqib darvozasi oldida xavf tug‘diradigan, asosan, tez-tez gol urib turadigan har qanday oʻyinchi.
SUNʼIY “OʻYINDAN TASHQARI HOLAT” - Bir nechta himoyachilarning hamjihat boʻlib, toʻp oshirilishidan oldin hujumchilarni ortda qoldirishi. Bu usul ancha murakkab va juda xavfli hamda ancha masʼuliyatli, chunki aynan toʻp oshirilayotgan paytni aniq payqay olish oson ish emas.
SUN’IY OFSAYD - Himoyalangan jamoa o‘yinchilari tomonidan ataylab yaratilgan ofsayd holati.
TAKTIK TIZIM - Har bir o‘yinchining alohida xususiyatlari asosida futbol maydonida to‘g‘ri joylashtirilgan holda jamoa bo‘lib o‘ynash harkatlarini tashkil etishdir. Taktik tizim futbol o‘yini taraqqiyotida bir necha bor o‘zgarib kelgan. Taktik tizimning birinchi ko‘rinishlari jamoalarda 2-3-5 tizimida qo‘llanilgan. Ushbu tizimni tarix manbalarida italyancha tizim yoki bo‘lmasa avstriya jamoalarning tizimi deb yuritilgan.
TAKTIKA - O‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan individual va jamoaviy harakatlarini tashkil qilishi, yaʼni jamoa futbolchilarning muayyan rejaga binoan ayni shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarini tushunish kerak.
TAYANCH YARIMHIMOYACHI - Bu pozitsiyadagi oʻyinchi vazifasiga koʻra markaziy yarimhimoyachiga oʻxshaydi, lekin himoyaga koʻproq e’tibor beradi. Bu rolning paydo boʻlishi, agar hujumkor oʻyinchiga toʻsiqlarsiz tezlikni oshirishga ruxsat berilsa, koʻpincha himoyachilardan raqib darvozasiga osongina oʻtib, keyin zarba bera olishi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham uni oldinroq kutib olish kerak, bu esa tayanch yarimhimoyachilarning ishidir. Shuningdek, ular uzatmalarni toʻxtatadilar, raqibga bosim oʻtkazadilar, hujumga ketgan qanot himoyachilarini qo‘llab turadilar yoki oʻzlari hujumga yordam beradilar va hokazo. Toʻpni ushlab olgandan soʻng, tayanch himoyachilar uzatma berishlari yoki toʻpni oʻzlari oldinga oshirib, hujumni “tezlashtirishlari” mumkin. Bularning barchasi yuqori darajadagi ish unumdorligini, jismoniy kuch, oʻyinni “oʻqish” qobiliyati, ishonchlilik, imkon qadar uzoq masofaga uzatmalar va zarbalarni amalga oshira olish, dribling va tezlikni talab qiladi.
TAYANCH YARIMHIMOYACHI - Bu pozitsiyadagi oʻyinchi vazifasiga koʻra markaziy yarimhimoyachiga oʻxshaydi, lekin himoyaga koʻproq eʻtibor beradi. Bu rolning paydo boʻlishi, agar hujumkor oʻyinchiga toʻsiqlarsiz tezlikni oshirishga ruxsat berilsa, koʻpincha himoyachilardan raqib darvozasiga osongina o‘tib, keyin zarba bera olishi imkoniyati ko‘proq hisoblanadi. Shuning uchun ham uni oldinroq kutib olish kerak, bu esa tayanch yarimhimoyachilarning ishidir. Shuningdek, ular uzatmalarni toʻxtatadilar, raqibga bosim oʻtkazadilar, hujumga ketgan qanot himoyachilarini qo‘llab turadilar yoki oʻzlari hujumga yordam beradilar va hokazo. Toʻpni ushlab olgandan soʻng, tayanch himoyachilar uzatma berishlari yoki toʻpni oʻzlari oldinga oshirib, hujumni “tezlashtirishlari” mumkin. Bularning barchasi yuqori darajadagi ish unumdorligini, jismoniy kuch, oʻyinni “oʻqish” qobiliyati, ishonchlilik, imkon qadar uzoq masofaga uzatmalar va zarbalarni amalga oshira olish, dribling va tezlikni talab qiladi. Bu tipdagi yarimhimoyachilar orasida Jilberto Silva, Claud Makelele, N’Golo Kante, Daniele De Rossi, Maruan Fellaynilar bor.
TAYM - Futbol o‘yinining ikkidan bir qismi. Har bir taym 45 minutdan iborat. O‘yin – qoida va hakam tomonidan qo‘shimcha vaqt qo‘shilishi bilan o‘tkazilishi muqarrar.
TEXNIK MAG‘LUBIYAT - Jamoa musobaqa reglament qoidasini qo‘pol buzgani, musobaqa o‘yiniga kelmasligi uchun musobaqa tashkilotchisi tomonidan texnik mag‘lubiyat yoziladi. Texnik mag‘lubiyat ikki jamoaga ham hisoblanishi mumkin.
TEXNIK TAYYORGARLIK - Har xil sport turlarini texnik elementlarini, hamda tayyorgarlik mashqlarini oʻrganish. Bu etapda harakat texnikasini turgʻunlashtirish shart emas, lekin ma’lum sport natijalariga erishishga, harakat ko‘nikmasini egallashga qaratish shuning uchun bu etapda har tomonlama texnik tayyogarlikni vujudga keltirishadi. Musobaqa faoliyatini sportchilar tomonidan shu sport turi uchun maxsus boʻlgan harakat koʻnikma va malakalari turi bajara oladigan holatdagina amalga oshirishi mumkin. Shu sababli harakat texnikasini oʻrganishda harakat koʻnikmasini malakaga aylanishi sport turi uchun eng keragi hisoblanadi. Futbol oʻyin texnikasi hujum, himoya va darvozabon texnikasiga boʻlinadi.
TEXNIK ZONA - Stadionlarda o‘tkaziladigan o‘yinlarda texnik shaxslar va zaxiradagi o‘yinchilar joylashadigan qismni bildiradi. Texnik zonalar har xil stadionlarda o‘lchami yoki joylashishi bilan farq qilishi mumkin. Texnik zona maydonni har ikkala tomonida zaxiradagi o‘yinchilar uchun ajratilgan o‘rindiqdan boshlab yon chiziqga 1m masofa qolganda tugaydi. Ushbu zona chegarasini bildirish uchun markirovkadan foydalanish tavsiya etiladi. Texnik zonada bo‘lishiga ruxsat berilgan shaxslar, musobaqa qoidasiga ko‘ra o‘yin boshlanishidan oldin aniqlanadi. Faqat bir kishiga bir vaqtda o‘yinchilarga taktik ko‘rsatmalar berishga ruxsat etiladi va bundan so‘ng u darrov joyiga qaytishi kerak. Muhim holatlarni hisobga olmaganda jamoaning murabbiyi va rasmiy kishilari texnik zona doirasida qolishlari kerak. Masalan: Murabbiy uqalovchi (massajist) yoki murabbiy shifokor hakam ruxsati bilan maydonga, jarohat olgan o‘yinchining ahvolini baholashga chiqishi mumkin.
TIKI-TAKA [ispan. tiqui-taca, ingl.: tiki-taka] - Qisqa to‘p oshirish (pas) asosidagi o‘yin uslubi. Ispan futboli taktikasi boʻlib, qisqa pastlar bilan maydonning turli joylarda doimiy ravishda toʻpni nazorat qilishga asoslangan. Shunga oʻxshash uslubni “Barselona” futbol klubi Pep Gvardiola boshchiligida ishlab chiqdi, keyinchalik u bu usulni foydasiz va tushunarsiz deb atadi. Tiki-takaning tarixiy ildizlari 1990-yillardagi Yoxan Kroyff tomonidan “Barselona”ga singdirilgan oʻyin uslubiga borib taqaladi. Tiki-taka usuliga asoslangan futbol bilan 2008 va 2012-yil Yevropa chempionati, 2010-yil jahon chempionatida chempionlikni qoʻlgan kiritgan Ispaniya terma jamoasining “oltin avlod”ga boshchilik qilgan Luis Arogones va Visente del Boske murabbiyligida juda yorqin oʻyin namoyish etishdi. 2009-yil olishi mumkin boʻlgan barcha 6 ta sovrinni qoʻlga kiritgan “Barselona” ham shu Tiki-takani qoʻllashdi. Tiki-taka futboldagi anʼanaviy fikrlashdan voz kechib hududiy belgilashga oʻtishni oʻz ichiga oladi.
TISARILIB YUGURISH - To‘pni olib qoʻyishda va toʻsib olishda qatnashayotgan himoyadagi oʻyinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik boʻladi. Qadamlar qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo‘qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyogʻi orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir.
TOLIQQAN - Psixologik yoki jismoniy jihatdan charchagan.
TOZALOVCHI - Oxirgi himoyachi, uning orqasida faqat darvozabon boʻladi. U raqiblardan birortasiga qarshi yakka harakat qilmaydi, koʻpincha, sheriklarini kafolatlab, oʻziga tegishli sohani qoʻriqlaydi. Italyancha xuddi shu maʼnoda “libero” iborasi ham qo‘llanadi. Birinchi marta “tozalovchi”lar, hujum qiluvchi raqiblarning toʻrtligi oldida qoʻshimcha toʻsiqni yaratish uchun 4-2-4 tizim tarqalayotgan vaqtda paydo boʻldi. Oʻz vaqtida sovet sport nashriyotlarida mutaxassislar oʻrtasida bu figuraning boʻlish zaruriyati haqida butun bir tortishuv boʻlgan edi. Birovlar himoya chizigʻiga yana bitta oʻyinchini qoʻyish zaruriyati yoʻq, degan nuqtayi nazarni oldinga surishdi. Vaqt ularga qarshi gapirganlar haq ekanligini koʻrsatdi. Hozir ham maydonda “tozalovchi” vazifasini bajarayotgan oʻyinchini ko‘rish mumkin.
TOʻLIQ OʻRINDIQLI STADION - Bu har bir tomoshabin uchun joy boʻlgan sport stadioni hisoblanadi. Bu Buyuk Britaniya, Ispaniya va Gollandiya kabi davlatlardagi professional futbol stadionlarida odatiy holdir. Qoʻshma Shtatlardagi aksariyat futbol assotsiatsiyalari va Amerika futboli stadionlari va Kanadadagi Kanada Futbol Ligasi stadionlari, shu mamlakatlardagi beysbol va yengil atletika stadionlari kabi barcha muxlislar tashrifi oʻtirish oʻrindiqlariga moʻljallangan. Hamma oʻrindiqlarga moʻljallanmagan stadionda faqat oʻrindiq uchun chiptalari bor ishtirokchilar uchun oʻtirsh va turib tomosha qilish uchun joylar mavjud. Bunday tik turgan holda tomosha qilinadigan joylar Britaniyada teraslar deb nomlanadi. Birlashgan Qirollikdagi futbol tomoshabinlari orasida faqat terasli stendlar ustunlik qilgan. Masalan, Vulverxempton jamoasining uyi stadioni boʻlgan Molineux stadionida janubiy darvoza ortidagi “South Bank Stand” sektoriga koʻpi bilan 32 000 tomoshabin sigʻadi, qolgan stadionlar esa bundan biroz kamroq; umumiy maksimal muxlislar sigʻimi esa 59 000 atrofida edi. Baʼzi Yevropa mamlakatlarida, masalan, Germaniyada toʻliq oʻrindiqli stadionlar yoʻq. Nemis muxlislari futbol tomosha qilayotganda tik turishni afzal koʻrishdi, shuning uchun mamlakat maydonlarida katta terasli maydonlar mavjud. Masalan, Borussiya Dortmundning “Vestfalenstadion” (tijorat nomi Signal Iduna Park nomi bilan tanilgan) 65 829 oʻrindiqga ega, ammo Bundesliga oʻyinlari davomida tomoshabinlar soni 81 360 nafarni tashkil qiladi. (Agar “ikkita tik turish bir oʻtirish bilan bir xil joyni egallaydi” degan umumiy qoida qoʻllanilsa, Bundesliga oʻyinlarida 15 000 ga yaqin oʻrindiqlar 30 000 ga yaqin tomoshabinlar bilan almashtiriladi.)
TOʻLQIN - Gavjum stadionda ketma-ket oʻtirgan tomoshabinlar guruhlari navbatma-navbat turib, baqirib, qoʻllarini koʻtarganda erishiladigan metaxronal ritmga misol.
TOʻP - Futbol oʻyini uchun sport anjomi. Toʻp – charm yoki shunga oʻxshash xom-ashyodan tayyorlanib yumaloq shaklga ega boʻlishi kerak. Toʻpni tayyorlashda oʻyinchilarga shikast yetkazadigan materialdan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Toʻpning aylanasi uzunligi 68-71 sm, oʻyin boshida uning ogʻirligi 400-450 g. boʻlib, ichidagi havo bosimi dengiz sathida 0,6-1,1 atm. (600-1100 g. sm2) boʻlishi kerak. Oʻyin paytida toʻp faqat hakamning ruxsati bilangina almashtirilishi mumkin.
TOʻP BILAN HARAKATLANISH - Toʻpni boshqarayotgan futbolchi harakatlarining asosiy variantlari toʻp olib yurish, aylanib oʻtish, zarba berish, to‘pni uzatish va toʻxtatishdan iborat.
TOʻP OʻYINDA - Agar toʻp darvoza ustuniga, toʻsiniga yoki burchakdagi bayroqqa tegib maydonga qaytadigan boʻlsa, shuning bilan birga toʻp maydonda turgan hakamga yoki hakam yordamchisiga tegib yana maydonga qaytsa ham oʻyinda hisoblanib oʻyinni davom ettirishga ruxsat beriladi.
TOʻP UZATISH - Toʻpni uzatish ikki oʻyinchining biri ikkinchisiga toʻp yoʻnaltirayotgandagi oʻzaro hamkorligi boʻlib, buni futboldagi individual va guruh harakatlari oʻrtasidagi oraliq zveno desa boʻladi.
TOʻPNI BEKITISH, TOʻSISH - Futbolchining oʻz tanasi bilan oʻyin jarayonida, raqib toʻpni qoidani buzmasdan, berkita olish mahorati.
TOʻPNI ILIB OLISH - Darvozabon oʻyin texnikasining asosiy vositasi. Darvozabon tomonidan ikki qoʻllab amalga oshirilib, toʻpning yoʻnalishi, trayektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yuqoridan yoki yondan ilib, ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan toʻplarni yiqila turib olinadi.
TOʻPNI NAZORAT QILISH - Darvozabon toʻpni qoʻlida ushlab turgan payti tushuniladi. Аgar darvozabon toʻpni ushlagach, unga ajratilgan vaqt ichida u toʻrt qadam qo‘yishi mumkin, bu paytda: - toʻpni qoʻlida ushlab turishiga ruxsat etiladi. Darvozabon toʻrt qadam qoʻygach, u toʻpni oʻyinga kiritishi kerak, biroq darvozabon toʻpni oʻz nazoratiga olgach, oyoq bilan oʻynash maqsadida toʻpni yerga qoʻysa, yuqoridagi huquqlardan mahrum boʻladi.
TOʻPNI OTISH - 1873-yildan beri futbolda mavjud boʻlgan usullardan biri. Аgar toʻp oʻyin maydonidan, yon chiziqlardan tashqariga chiqib ketgan boʻlsa, uni maydon oʻyinchisi oʻyinga kiritadi. Toʻp chiziq kesilgan joydan otiladi. Toʻpni otuvchi oʻyinchi chiziqda yoki uning orqasida, yaʼni maydon tashqarisida boʻladi.
TOʻPNI OʻTKIR UZATISH - Toʻp raqib darvozasiga nisbatan ancha foydali joyda turgan oʻyinchiga uzatiladi.
TOʻPNI PASTDAN TASHLASH - Toʻpni pastdan tashlash uni past trayektoriyali qilib (asosan, yerda dumalatib) tashlashda ishlatiladi.
TOʻPNI QAYTARIB YUBORISH - Toʻpni ilib olish mumkin boʻlmagan hollarda (raqibning halaqit berishi, juda qattiq tepilganligi, toʻpga yetish qiyinligi va h. k. sababli) toʻp qaytarib yuboriladi. Darvozabonning darvozaga ketayotgan toʻp yoʻlini toʻsishdagi, toʻgʻridan gʻizillatib uzatilgan va yuqoridan uzatib tushirilgan toʻplarni olib qolishdagi harakatlari toʻpni qaytarib yuborishga kiradi. Darvozabon toʻpni ikki qoʻllab yoki bir qoʻllab ham qaytarib yuboradi. Bunda darvozabon toʻpni egallab olmaydi.
TOʻPNI TANLASH - Bu himoya chizigʻidagi har bir oʻyinchining asosiy vazifalaridan biri. Аmmo hozirgi kundagi futbol, jamoaning har bir oʻyinchisi raqib hujumini toʻxtata oladi, deb hisoblaydi. Raqib uzatgan toʻpni qabul qilish toʻpni egallashning eng oddiy daqiqasi hisoblanadi. Bu daqiqalarda toʻpni toʻxtatish va keyingi harakatlarni rejalashtirish koʻproq tashvishga soladi. Toʻpni, shuningdek, darvozaga yoʻnalgan hujumchidan ham tortib olish mumkin.
TOʻPNI TOʻXTATISH - Toʻpni qabul qilish va egallash vositasi sifatida xizmat qiladi. Toʻxtatishdan maqsad keyingi kerakli harakatlarni amalga oshirish uchun dumalab yoki uchib kelayotgan toʻpning tezligini soʻndirishdan iborat. “Toʻpni toʻxtatish” termini baʼzida “toʻpni moslash”, “toʻpni qabul qilish” deb yuritiladigan maʼnoda tushunish kerak boʻladi.
TOʻPNI YETKAZIB BERISH - Toʻpni havo (tepa)dan yetkazib berish.
TOʻPNI YETKAZISH - Oʻyinchi toʻpni yer (pas)dan jamoadoshiga uzatishi.
TOʻPNI YONDAN TASHLASH - Bu uzuvchi harakatlar qo‘lning to‘g‘ri tutilib, yon tomondan olg‘a keskin harakat qilishi bilan tugaydi. To‘p frontal tekislikka yaqinlashib qolganda panjadan «uziladi». Tashlashning bundan oldin bo‘lishi yoki kech qolishi to‘pning uchish yo‘nalishida anchagina xatolar bo‘lishiga olib keladi.
TOʻPNI ZARBA YOʻLIGA OSHIRISH - Darvoza tomon tepish uchun sherikka toʻpni yerlatib dumalatib aniq va oʻz vaqtida oshirish. Bu usul yaxshi texnikani, oʻyinni aniq sezishni, ochiqroq joyni toʻgʻri tanlashni talab qiladi.
TOʻPSIZ HARAKAT - Futbolchining ochilishi, raqibni chalgʻitishi va maydonning ayrim qismida oʻyinchilarning son jihatdan ortiqligini yaratishdan iboratdir.
TOʻPURAR - Hujumkor oʻyinchi.
TOʻQQIZ - Ustun va to‘sindan 40 sm yuqori burchakda joylashgan futbol darvozasidagi xayoliy nishon. Bunday nishonda gol urish alohida hashamat hisoblanadi.
TOʻQQIZLIK, TOʻQQIZLIKKA GOL URISH - Futbol darvozasining darvozabon ushlashi va hujumchilar poylashi murakkab boʻlgan yuqori burchaklaridan biri. “Toʻqqizlik”ni moʻljalga olish futbolchining yuqori mahorati hisoblanadi, “toʻqqizlik”dan toʻpni qaytarib qolishda esa darvozabonning yuqori mahorati aks etadi.
TOʻRTINCHI HAKAM - Zaxiradagi hakam musobaqa qoidasiga koʻra hakamlik vazifasini bajarishga tayinlanishi mumkin. Agar oʻyinning uchta hakamidan birontasi oʻz vazifasini davom ettira olmaydigan holatda boʻlsa. Oʻyin boshlanishidan oldin uning tashkil etilishiga javobgar, agar hakam oʻz vazifasini davom ettiradigan holatda boʻlmasa: bu vazifani zaxiradagi hakam oʻziga qabul qiladimi yoki hakamning birinchi yordamchisi ekanligi aniqlab olinadi. Zaxira hakami agar hakam talab qilsa har qanday maʼmuriy vazifalarni muddatdan oldin, oʻyin vaqtida va oʻyindan keyin bajarishga yordamlashadi. U oʻyin davomida oʻyinchilarni almashtirish holatiga yordam beradi. U zaxiradagi oʻyinchilarning oʻyin maydoniga chiqishidan oldin ekipirovkasini tekshirishga haqqi bor. Аgar ular ekipirovkasi oʻyin qoidasiga mos kelmasa bu haqida hakamga maʼlum qilidi. Toʻrtinchi hakam hamma vaqt hakamlarga yordam beradi. U signal beradi, qachonki oʻyinchini tanishda adashilganligi uchun boshqa o‘yinchi ogohlantirish olsa yoki o‘yinchi ikkinchi ogohlantirishni olib maydondan chiqib ketmasa yoki hakam va uning yordamchilariga koʻrinmayotgan zoʻravonlik holatlariga bogʻliq har qanday holatlarga qaror qabul qilish huquqi hakamda qoladi. Oʻyindan soʻng zaxiradagi hakam, hakam va hakam yordamchilari koʻrmagan, maydondan tashqarida yuz bergan har qanday nojoʻya harakatlar va shunga oʻxshash holatlar boʻyicha tegishli tashkilotga axborot berishi kerak.
TOʻSIB OLISH - Himoyadagi jamoa oʻyinchisining raqib oʻyinchisi yoʻlini toʻsib, uning toʻp olish imkoniyatini qiyinlashtiradigan harakati. Raqib yoʻlini toʻsib olish uchun himoyachi shu oʻyinchi bilan oʻz darvozasi orqasiga oʻtish (darvozaga nisbatan yonlamaroq yoki orqa oʻgirib turishi) kerak. Himoyachi bilan hujumchi orasidagi masofa toʻp bilan oʻyinchi darvozaga yaqinlashgan sari yoki darvozadan uzoqlasha borgan sayin kamayib yoki koʻpayib borishi mumkin.
TOʻSIN - Darvozaning yuqori ustuni.
TO‘PNI YOPISH - Bu mahoratga tananing ma’lum bir pozitsiyasi orqali erishiladi. Odatda, bu usulni o‘zlashtirganlar to‘pni dribling qilish paytida raqib tomonidan to‘pga nisbatan tanasini qo‘yishadi va shu bilan uning to‘pga yaqinlashish qobiliyatini kesib tashlashadi.
TO‘XTATIB TURISH - Raqib jamoa o‘yinchisining aniq uzatmasini to‘xtatib qo‘yish. Shaxsiy himoya – himoya qilish prinsipi, unga ko‘ra har bir o‘yinchi o‘ziga xos, “shaxsiy” raqibga biriktirilgan. U butun uchrashuv davomida o‘z harakatlarini kuzatib boradi, u bilan maydon bo‘ylab harakatlanadi. Uning vazifasi – o‘z raqibining to‘pni egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik, hujumni boshidanoq to‘xtatish.
TRANSFER, TRANSFER OYNASI - Oʻyinchining mablagʻ asosida bir klubdan ikkinchi klubga oʻtishi. Oʻyinchilarning bir klubdan ikkinchi klubga oʻtishi mumkin boʻlgan davri.
TREBL - Futbolda treblga klub bir mavsumda uchta kubokni qoʻlga kiritganda erishiladi. Qitʼa trebli klubning yuqori darajadagi ichki liga musobaqasida, asosiy ichki kubok musobaqasida va asosiy qitʼa kubogida gʻalaba qozonishni oʻz ichiga oladi. Yevropa ligasining ikkinchi darajali qitʼa kubogini qoʻlga kiritish ham qitʼa trebli sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, u keng miqyosda qabul qilinmagan. Ichki trebl uchta milliy musobaqada gʻalaba qozonishni oʻz ichiga oladi – liga chempioni, asosiy kubok musobaqasi va ikkilamchi kubok kabi bitta ikkilamchi musobaqa. Bitta oʻyin yoki ikki oʻyindan iborat musobaqalar odatda treblning bir qismi hisoblanmaydi.
TREKVARTISTA [ital. tre quarti – toʻrtdan uch] - Hujumkor yarim himoyachi boʻlib, oʻz jamoasining himoyasi va hujumi oʻrtasinda bogʻlovchi vazifasini bajaradi. U himoyachilardan toʻpni olish uchun maydonning oʻrtasiga tushadi va keyin hujumchilarga toʻpni yetkazadi. Shuningdek, jarima maydonchasi tashqarisidan uzoq zarba bilan trekvartist darvozaga zarba berishi ham mumkin. Trekvartista yuqori futbol intellektiga ega boʻlishi, oʻyinni oʻqishi kerak, chunki u oʻz jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻladi. Jamoaning butun ijodkorligi koʻpincha trekvartistlardan kelib chiqadi. Har qanday yoʻnalishda aniq paslarni berish qobiliyati ushbu roldagi oʻyinchining majburiy fazilatlaridan biri hisoblanadi.
UCHRASHUV OʻYINCHISI - Jamoaviy sportda uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi yoki uchrashuvning yaxshi erkagi (yoki ayoli) mukofoti koʻpincha maʼlum bir uchrashuvda eng yaxshi oʻyinchiga beriladi. Bu har ikkala jamoaning oʻyinchisi boʻlishi mumkin, garcha oʻyinchi odatda gʻolib jamoadan tanlanadi. Baʼzi sport turlari ushbu mukofotlarga oid oʻziga xos anʼanalarga ega va ular chempionat yoki yulduzlar oʻyinlarida talab qilinadi. Avstraliyada “eng yaxshi va eng adolatli” atamasi odatda individual oʻyinlar va mavsumiy mukofotlar uchun ishlatiladi. Baʼzi musobaqalarda, shuningdek, Shimoliy Amerikada “eng qimmatli oʻyinchi” yoki “eng ajoyib oʻyinchi” atamalari qoʻllanadi.
UEFA - Yevropa ittifoqi futbol uyushmasi. Yevropada va Osiyoning ba’zi gʻarbiy mintaqalarida futbolni boshqaradigan sport tashkiloti. U Yevropa mamlakatlarining milliy futbol assotsiatsiyalarini birlashtiradi va barcha Yevropa futbol klublari va terma jamoalari musobaqalarini tashkil qiladi, shuningdek, reklama va eshittirishlardan tushgan mablagʻlarni klublar va uning tarkibiga kiruvchi milliy uyushmalar oʻrtasida taqsimlaydi. UEFA xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) kiruvchi oltita qit’a konfederatsiyalaridan biri boʻlib, ulardan UEFA eng nufuzli va boy hisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha kuchli futbolchilari Yevropada oʻynashadi, chunki u eng katta maoshga ega, ayniqsa, Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Germaniyada. Shuningdek, UEFA dunyoning koʻplab kuchli terma jamoalari tomonidan taqdim etiladi, bu esa ushbu konfederatsiya mamlakatlarining jahon chempionatlarida katta vakilligini belgilaydi: masalan, 2006-yilgi jahon chempionatida 32 jamoadan 14 nafari UEFA nomidan qatnashgan. UEFA 1954-yil 15-iyun kuni Shveytsariyaning Bazel shahrida Fransiya, Italiya va Belgiya futbol federatsiyalari tomonidan boshlangan maslahatlashuvlardan soʻng tashkil etilgan. Dastlab UEFA 25 mamlakatdan iborat boʻlib, hozirda 55 ta davlat mavjud. UEFA shtab - kvartirasi 1959-yilgacha Parijda joylashgan boʻlib, u Bernga koʻchib oʻtgan. 1995-yildan beri u Shveytsariyaning Nyon shahrida joylashgan.
UFA - Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, 1991-2018-yillarda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi, 1946-1991-yillarda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi futbol federatsiyasi, qisqartmasi OʻFA - Oʻzbekistonning futbol klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilot. U mamlakat futbol terma jamoalarini tashkil etish va boshqarish, Oʻzbekistonda futbolni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda 14 ta boʻlimi mavjud. Boʻlimlarga ushbu hudud rahbari ayni vaqtda raislik qiladi.
ULITKA - Aldamchi harakat boʻlib, bunda futbolchi oʻz oʻqi atrofidan 360 gradusga aylanadi. Toʻpni bir oyoqdan ikkinchisiga uzatib harakatlanadi. Boshqacha qilib aytganda, mashhur fransiyalik futbolchi Zinedin Zidan finti hisoblanadi.
UNIVERSAL OʻYINCHI - Har xil pozitsiyalarda bir xil foydali boʻladigan oʻyinchi. Bunday oʻyinchi, masalan, zamonaviy futbolda himoyachi, tayanch markaziy yarim himoyachi funksiyalarini bajara olishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy futbolda maydonda koʻplab funksiyalarni bajara oladigan universallar juda kam, har bir oʻyinchi, asosan, bitta aniq vazifada maksimal darajada foydali boʻladi.
UZUN OʻTIRGʻICH YOKI XARAK - Asosiy tarkib oʻyinchilarni almashtiradigan hamda zaxiradagi va isteʼdodli oʻyinchilarni tanlash imkoniyatini beradigan joy.
XAVBEK half-back; – “yarimhimoyachi” - Futbol jamoasi oʻyinchisi, himoya va hujum oʻrtasida harakat qiladi. Yarim himoyachilarning asosiy vazifasi oʻyin holatiga qarab himoya va hujum oʻyinchilariga yordam berishdir.
XAVFLI OʻYIN - Har qanday harakatni oʻz ichiga oladi, bunda oʻyinchi toʻpni oʻynashga urinib, kimgadir (shu jumladan oʻziga) jarohat yetkazishi sabab xavfli hisoblanadi. Qoidalarga koʻra, futbolchi oyogʻini bel darajasidan yuqoriga koʻtarishga haqli emas, chunki bu holda u boshqalar uchun katta xavf tugʻdiradi va raqiblariga jiddiy shikast yetkazishi mumkin. Yuqori koʻtarilgan oyoq bilan oʻynaganda, raqiblarning hech biri jarohat olmagan boʻlsa ham, hakam raqib jamoasiga erkin zarba to‘pini tepishga imkon beradi.
XET-TRIK - Bu ibora muayyan futbolchining bitta o‘yin davomida raqib darvozasiga 3 ta gol urishini anglatadi.
XUSHTAK - Futbol hakamining eng muhim va ajratib bo‘lmaydigan anjomi hisoblanadi. Futbol hakamlarida hushtaklarning paydo bo‘lishidan oldin, hakamlar o‘yin qoidalarining buzilishi yoki oʻyin toʻxtatilishi haqidagi signallarni roʻmolchalari bilan harakat qildirishgan (bu borada juda koʻp qarama-qarshi taxminlar mavjud – sirenalar (signal beradigan asbob), qoʻngʻiroqchalar va baqiriqlar, dod urishlar).
YAQIN USTUN (YOKI TOʻSIN) - Uzatma yoki zarbani amalga oshirayotgan oʻyinchiga eng yaqin joylashgan darvoza ustuni (yoki toʻsini).
YARIMHIMOYACHI Midfielder; xavbek, half-back – yarim-orqa - Oʻrta chiziq oʻyinchisi. Himoya va hujum oʻrtasida harakat qiladigan futbol jamoasi oʻyinchisi. Yarimhimoyachilarning asosiy vazifasi oʻyin holatiga qarab himoya va hujumda oʻyinchilarga yordam berishdir.
YARIMOʻRTA HUJUMCHISI inside – ichida - Yarimoʻrta hujumchilar yoki insayderlar qanot va markaziy hujumchilar oʻrtasida joylashadigan, klassik “piramida” va “dubl-ve” tizimlarida mavjud boʻlgan. Hujum qilayotganda ular darvozaga taxminan 45° yoʻnalishda joylashadilar va “dubl-ve” tizimida esa boshqa hujumchilardan biroz orqada turishadi va ularga yordam berishadi. Hozirda insayderlar markaziy zona va qanot yoki vinger zonalari orasidagi maydonda joylashgan boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri jarima maydonchasiga “uzoqdan” yoki “markazdan” yoki chetga yaqinroq kirish niyatida harakat qilishadi (koʻpincha – erkin zonaga), bunda hujum qilish uchun joy ochadilar yoki qanot yarimhimoyachilariga yordam beradilar – masalan, himoyachilarga. Shu jumladan, insayderning qulay va ishlaydigan oyogʻi u joylashgan flangdan farq qilsa, bunday taktik qaror samara beradi. Zamonaviy insayderlarga Aryen Robben, Neymar, Moxamed Salax, Eden Azar va Aleksis Sanches misol boʻla oladi.
YIQILISH - Shoʻngʻish. 1. Jarima toʻpi yoki penalti soʻrash maqsadida oʻyin qoidasi buzilganligini oʻxshatish. 2. Pastki toʻplarni yiqilishda bosh bilan urish uslubi.
YIRIK HISOB - Bitta jamoaning uch yoki undan ham ortiq golga ustunlik qilishi.
YOLGʻON OʻNLIK - Ushbu roldagi oʻyinchi hujumkor yarimhimoyachi oʻrnida joylashadi, lekin u qanotga oʻtib, hujumda harakat qiladi, u yerda son jihatdan ustunlikni yaratadi va raqib himoyasini boshqaradi. Koʻpincha murabbiylar bunday natijaga markazga qanot hujumchisini qoʻyish orqali erishadilar, u toʻpni qabul qilib, odatdagiday qanotga oʻtadi.
YON HIMOYACHI - Maydonning yon tomoni boʻylab maydon chekkasining himoya chizigʻida oʻynaydi. Futbolda oʻng va chap yon himoyachilari boʻladi. Zamonaviy yon himoyachining vazifasiga oʻz jamoa darvozasi ostonasini himoya qilishgina emas, balki maydon ichidan hujumni tashkil qilish ham kiradi. U odatda, juda tez oʻynaydigan raqib yon tomondagi yarim himoyachisi bilan qarama-qarshi turadi. Zamonaviy himoyachi tezlikka ega boʻlishi zarur. Hujumchini neytrallash, maydonni va darvozabonni himoya qilayotgan jamoadoshlarini himoya qilayotgan jamoadoshlarini himoyaga olish yon himoyachining asosiy vazifalaridan tashqari qoʻshimcha vazifalariga kiradi. Burchak toʻpi uzatilayotgan vaqtda himoyachi yaqin toʻsinda boʻlishi, darvozabon darvozadan uzoqlashganda himoyachi uning oʻrnini bosishi kerak. U odatda “devor” qurilishida ishtirok etmaydi, raqibning kutilmaganda chiqib qolish xavfining oldini olish uchun flangdagi joyida boʻladi.
YONOQ ZARBASI - Oyoqning ichki qismi bilan bajariladigan texnik zarba.
YUGURIB AGʻDARILISH - Texnik usul, toʻpsiz yugurib toʻp bilan boʻlgan oʻyinchi oldidan oʻtadi va unda toʻpni qabul qilib olishi ham mumkin.
YUGURISH - Futboldagi asosiy harakat – bu yugurishdir. Toʻpni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida toʻpni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qoʻllaniladi: oddiy yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.
YUKLAMA - Jismoniy mashqlarni organizmga taʼsir etish darajasi va organizm funksional imkoniyatlarni rivojlantirish omili hisoblanadi.
YULDUZ - Oʻzining mamlakati terma jamoasida va klubdagi mashhur futbolchilarga ishlatiladigan atama.
ZARBA - Toʻpni urish va oʻyinning asosiy vositasidir. Futbolda zarbani oyoq va bosh bilan turli usullarda bajarish mumkin. Shuni taʻkidlash kerakki, toʻpga zarba berishda inson tanasining koʻplab mushaklari ishtirok etadi. Beriladigan zarbalarning barcha usullari ma’lum bir maqsadli yoʻnalishga ega, bu toʻpning kerakli trayektoriyasi, shuningdek, uning optimal (koʻpincha maksimal) tezligi bilan tavsiflanadi. Toʻpning uchish tezligi zarba (oyoq yoki bosh)ning boshlangʻich tezligiga va massa kuchi nisbatiga bogʻliq.
ZICH, ZICHLASHISH - Jamoalar oʻzining jarima maydonida toʻliq ustunlik bilan jamoa boʻlib, jipslashib oʻynash, himoya strategiyasi. Shu bilan birga bir-ikkita oʻyinchining qarshi hujumda maksimal darajada harakatda boʻlishi.