4-2 SXEMASI - 4-2 sxemasi voleybol o‘yinining taktikalaridan biri bo‘lib, unda maydonda turli zonalarda joylashgan 4 ta hujumchi va 2 ta bog‘lovchi o‘yinchi o‘ynaydi.
5-1 SXEMASI - 5-1 sxemasi voleybol o‘yinining taktikalaridan biri bo‘lib, unda maydonda turli zonalarda joylashgan 5 ta hujumchi va 1 ta bog‘lovchi o‘yinchi o‘ynaydi. Bunday o‘yin taktikasi bilan bog‘lovchi o‘yinchiga ko‘proq yuk va mas‘uliyat yuklanadi, chunki u barcha o‘yinlarda ishtirok etadi. U har qanday o‘yinchini hujumga, shu jumladan, orqa chiziqdan ham bog‘lashi mumkin.
6-2 SXEMASI - 6-2-sxemasi voleybol o‘yinining taktikalaridan biri bo‘lib, unda maydonda turli zonalarda joylashgan 4 ta hujumchi va 2 ta bog‘lovchi o‘yinchi o‘ynaydi.
AMPLUA [fr.emploi – foydalanish, lavozim] - O‘yinchining jismoniy imkoniyatlari, egallagan ko‘nikmalariga bog‘liq tarzda uning o‘yin maydonida tutgan o‘rni, maqomi.
ANTENNA [lot. antenna – kema machtasidagi ko‘ndalang yog‘och] - Professional voleybolda: voleybol to‘rining chetlarida joylashgan, uzunligi 1,80 m va diametri 10 mm bo‘lgan, shisha tolali materialdan tayyorlangan egiluvchan sterjen. Antenna voleybolda ikkita vazifani bajaradi:1) o‘yin maydonining perimetrini cheklash. U o‘yinchilar va hakamlarga parvoz paytida to‘p chegaradan chiqib ketganmi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi; 2) tarmoqqa teginish signalizatsiyasi. Yupqa va yengil dizayni tufayli antenna hatto zaif teginishga ham javob bera oladi. Qoidalarga ko‘ra, har bir antenna to‘rdan 80 sm balandlikda ko‘tariladi va qarama-qarshi rangdagi chiziqlar bilan bo‘yalgan bo‘ladi.
AUT [ingl. out – tashqarida, narida] - 1 To‘pning antennaga, to‘pni uzatayotgan jamoaning o‘yinchisiga tegishi yoki to‘rning vertikal tekisligini o‘tish maydonidan to‘liq kesib o‘tmasligi.
2 To‘pning o‘yin maydonidan tashqariga chiqishi.
AYOLLAR VOLEYBOLI - Ayollar jamoalari o‘rtasinda o‘ynaladigan voleybol. Ayollar voleyboli qoidalari erkaklar voleyboli qoidalari bilan bir xil bo‘lsa-da, bir qancha jihatlari bilan erkaklar voleybolidan farqlanadi. Jumladan, erkaklar kuchli hujumlar va blokirovkalarni, ayollar esa aniq fokuslar va hujumlarni amalga oshiradilar. Erkaklar voleyboli ko‘pincha yuqori o‘yin tezligi va kuchli zarbalar bilan, ayollar voleyboli esa ko‘pincha texnik o‘yin va turli xil taktikalardan tez-tez foydalanish bilan ajralib turadi. Erkaklar ko‘pincha yuqoridan kuchli hujumlarni qo‘llaydilar, ayollar esa ko‘proq texnik hujumlardan foydalanadilar. Erkaklar voleybolida jamoalar ko‘pincha to‘g‘ridan to‘g‘ri va shiddatli taktikalardan foydalanadilar, ayollar voleybolida esa taktikalar yanada xilma-xil va mohirona tarzda bo‘lishi mumkin. Erkaklar voleybolida to‘r balandligi balandroq bo‘ladi.
BALIQ - Voleybol o‘yinida: o‘yinchining to‘pni olishga urinayotgan vaqtida baliqning tepaga otilib, yana suvga sho‘ng‘ishiga o‘xshagan harakatni amalga oshirishi.
BIRINCHI HAKAM - Voleybol o‘yini boshlanganidan tugaguniga qadar uni boshqarib boradigan, barcha hakamlar va o‘yinchilarga rahbarlik qiladigan, shuningdek, qarori hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan hakam.
BIRINCHI RAQAM - Birinchi zona deb nomlangan o‘yin maydonchasidagi pozitsiya. Uni har doim to‘pni uzatib beruvchi o‘yinchi egallaydi.
BIRINCHI TEMP - Hujum kombinatsiyasini birinchi bo‘lib boshlaydigan o‘yinchi. U past va tez uzatiladigan to‘p bilan hujumni boshlaydi.
BOG‘LOVCHI O‘YINCHI - Uzatilgan to‘pni hujumchiga yo‘llovchi, shuningdek, to‘siqni tashkil qiluvchi o‘yinchi. Uning asosiy joylashuvi 2- va 3-zonalardir.
BOLG‘A - Voleybol o‘yinida: to‘pga berilgan kuchli zarba. Bu zarbadan keyin u keskin pastga qarab uchadi.
CHIKKEN VUING [ingl. chicken wing – tovuq qanoti] - Kuchli zarbadan keyin qo‘llarning turli qismlari bilan to‘pni qabul qilish. Bunday paytlarda o‘yinchi to‘pni qabul qilish uchun qo‘llarini ikki tomonga yoyadi.
CHIZIQ HAKAMLARI - Yon va orqa chiziqlarni nazorat qiluvchi hakamlar. Chiziq hakamlari qo‘llaridagi bayroqchalarni harakatlantirish vositasida quyidagilarni ifodalaydilar: to‘p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga tushiradilar; to‘p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘taradilar.
CНEGIRMA - Voleybolda: aldamchi zarba. Ushbu o‘yin texnikasining asosiy maqsadi raqib tomonidan soxta to‘siqni qo‘zg‘atishdir. Raqiblar hujumchining harakatlaridan kuchli hujum zarbasi bo‘lishiga amin bo‘lishadi, ammo so‘nggi daqiqada o‘yinchi o‘z qarorini keskin o‘zgartiradi
DARAXT - Voleybol o‘yinida: to‘pni yaxshi boshqara olmaydigan, texnikasi zaif o‘yinchi. Voleybolda ayniqsa bog‘lovchi o‘yinchidan yuksak texnik mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi, chunki u ko‘pincha hujumlarni tashkil qilishda ishtirok etadi va uning harakatlarining aniqligi jamoa hujumlarining muvaffaqiyatini belgilaydi. Daraxt atamasi asosan so‘zlashuvda voleybol va futbol muxlislari tomonidan ishlatiladi.
DIAGONAL O‘YINCHI - Asosiy bog‘lovchi o‘yinchidan uchta raqam masofasida joylashgan o‘yinchi. Diagonal o‘yinchi ko‘pincha hujumchi vazifasini bajaradi. Uning asosiy vazifasi voleybol to‘ri chekkasidan hujum qilishdir. Diagonal o‘yinchilar – eng kuchli, baland bo‘yli o‘yinchilar hisoblanadi. Ular asosan orqa chiziqdan hujum qilishadi, Ko‘pincha uzoq durang paytida so‘nggi ochkolarni to‘plashadi.
DRIBLING [ingl. dribble – to‘pni boshqarish] - O‘yinни boshlashga tayyorgarlik paytida to‘pni bir muddat yerga urib sapchitib turish. Bu tennischining tennis коптокчасини raketka bilan yerga urishiga o‘xshaydi Uzatmada to‘pni his qilish juda muhimdir. Voleybol o‘yinida deyarli barcha o‘yinchilar to‘pni uzatishdan oldin uni yerga uradilar. Bu ularga bir soniya ham bo‘shashmaslik va o‘yin tezligini yo‘qotmaslik imkonini beradi.
EYS - Birinchi urinishdayoq ochko olishga olib keladigan to‘p oshirish. Har qanday o‘yinchi to‘p oshirish yordamida eysni yuzaga chiqarishi mumkin.
FAUSTBOL, fistbol [nem. Faustball < Faust – мушт + Ball -тўп] - Har biri beshta o‘yinchidan iborat ikkita jamoa o‘rtasida 50x20 metrli maydonda, ham yopiq, ham ochiq havoda o‘ynaladigan voleybol. Faustbol 15 daqiqadan iborat 2 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi. To‘r o‘rniga ikki metr balandlikda tortilgan arqon ishlatiladi. To’p oshirish arqondan 3 metr masofada joylashgan chiziqdan amalga oshiriladi.
FEKING [ingl. faking – soxtalashtirilgan] - Voleybol o‘yini strategiyasining bir turi. Bunda o‘yinchilar so‘nggi daqiqada bir yo‘nalishda harakat qilishadi. Ularning maqsadi boshqa jamoaning hujumkor o‘yinchisini chalg‘itishdan iborat. Baʼzida himoyachilar bunday aldamchi harakatlarni ketma-ket amalga oshiradilar.
GURUHLI TAKTIK HARAKAT - Hujum vazifasining iki yoki undan ortiq o‘yinchilar tomonidan hal qilinishi.
HAKAMNING 'DISKVALIFIKATSIYA' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning intizomni buzgan o‘yinchiga yuzlanib sariq va qizil kartochkani alohida ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'MAYDON ALMASHINISHI' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning qo‘llarini tirsakni bukkan holda ko‘tarib, gavdaning oldi va orqasi bo‘ylab burish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'MAYDONDAN CHIQARISH' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning intizomni buzgan o‘yinchiga yuzlanib sariq va qizil kartochkani birga ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'NOTO‘G‘RI XULQ-ATVOR UCHUN DAKKI BERISH' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning intizomni buzgan o‘yinchiga yuzlanib qizil kartochkani ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'NOTO‘G‘RI XULQ-ATVOR UCHUN OGOHLANTIRISH' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning intizomni buzgan o‘yinchiga yuzlanib sariq kartochkani ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'O‘YINNI (PARTIYANI) YAKUNLASH' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning ikki qo‘lini kesim shaklida ko‘ksidan pastroqqa qo‘yish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'TAYM-AUT' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning bir qo‘li kaftini vertikal holatdagi ikkinchi qo‘li barmoqlari ustiga qo‘yib, 'T' harfi shaklini hosil qilish, so‘ng bir qo‘lini yon tomonga cho‘zib taym-aut so‘ragan jamoani ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'TO‘P KIRITISH VAQTI CHO‘ZILDI' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning qo‘llarini tepaga ko‘tarib 8 ta barmog‘ini ko‘rsatish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'TO‘P KIRITISHDA TO‘P IRG‘ITILMADI' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning bir qo‘lini kaftlarini tepaga qaratgan holda diagonal cho‘zish holatida bo‘lishi.
HAKAMNING 'TO‘P MAYDONDAN TASHQARIDA' MAZMUNLI RASMIY ISHORASI - Hakamning qo‘llarini tirsakdan tepaga qarab bukib o‘zi tomonga harakatlantirish holatida bo‘lishi.
HIMOYA - Jamoaning raqib hujumining oldini olishga yoki to‘pni zarbadan keyin o‘yinda saqlashga qaratilgan harakatlari.
HUJUM - Hujumchi raqib tomoniga jamoadagi har qanday o‘yinchi tomonidan uzatilgan zarba. Hujum nafaqat zarbadan, balki aldamchi zarbadan ham iborat bo‘lishi mumkin.
HUJUM TAKTIKASI - Voleybol jamoasining taktik harakati, guruhli taktik harakat va individual taktik harakatlar jamlanmasi.
IKKINCHI HAKAM - Birinchi hakamga yordamlashuvchi hakam. Uning vakolatlariga quyidagilar kiradi: o‘yin oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylashuvini nazorat qilish, o‘yinchi almashtirish va tanaffus olishga ruxsat berish, zaxiradagi o‘yinchilarni kuzatib turish. Shuningdek, u o‘yin tartibi buzilgan hollarda tegishli qarorlarni qabul qilish huquqiga ham ega. Ikkinchi hakam, odatda, birinchi hakam qarshisidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turadi.
IKKINCHI TEMP - Kombinatsiyani ikkinchi bo‘lib boshlaydigan o‘yinchi. Uhujumni asosan baland uzatiladigan to‘p asosida tashkil qiladi.
KATTA VOLEYBOL - Odatdagi voleybol maydonidan ikki baravar katta maydonda o‘ynaladigan, jamoadagi o‘yinchilar soni yuz kishiga yetadigan, zarbalar soni cheklanmaydigan voleybol.
KECHIKISH - Uchinchi teginish paytida to‘pni ataylab kechiktirish. Standart o‘yinlarda, qoida tariqasida, yakuniy teginish tezda amalga oshiriladi, chunki bu zarba kuchini berish va to‘pni yuqori tezlikda yuborish imkonini beradi. Kechikish yordamida hujumchi avval himoyachilarni chalg‘itadi, so‘ngra yengil harakat bilan to‘pni qarshi maydonning yarmiga yo‘naltiradi.
KERTNBOL - Oddiy voleyboldan faqat to‘r o‘rniga yetarlicha zich mato tortilganligi bilan farq qiladigan voleybol turi. Bunda raqiblar deyarli bir-birlarini ko‘rmaydilar va to‘p qaysi tomonga va qanday tezlikda uchishini oldindan bilimaydilar. Shu sababli ular to‘pning havoda qachon va qayerda paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.
KESIM - Birinchi va ikkinchi tempdagi o‘yinchilarning hujum vaqti farqi orqali raqib blokini mag‘lub etishga imkon beruvchi voleybol kombinatsiyasi. O‘yinchilar harakati yo‘nalishi kesishgan tarzda bo‘lgani sababli shu nom bilan atalgan.
KETMA-KET KOMBINATSIYASI, Eshelon kombinatsiyasi - Bunda ikkita hujumchi zarba berish uchun baravar sakraydi, to‘p ularning qaysi biriga qulay tarzda uzatilsa, o‘sha hujumchi zarba beradi.
KOMBINATSIYA [lot. combination – birikish] - O‘yin davomida muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan har bir jamoa o‘yincyiisi (partnyor) ning oldindan o‘rganilgan harakati. Kombinatsiyalar oddiy va murakkab bo‘ladi va jamoaning turli xil o‘yinchilarini o‘z ichiga oladi.
KRYUK - Qo‘lni baland ko‘targan holda to‘pni yarim aylanma harakat vositasida otish yoki uzatish. Bunday zarbada to‘pni juda pastga tushadigan traektoriya bo‘ylab yuborish mumkin emas. Kryukdan voleybol to‘ri yaqinida muntazam hujum qilish imkoniyati bo‘lmaganda foydalaniladi. Bunday zarba yetarlicha katta kuchga ega bo‘lishi mumkin, shuning uchun uni qabul qilishda muayyan muammolar kelib chiqadi. Bundan tashqari, bunday zarba bloki himoya tomoniga sezilarli dividendlar keltirmaydi, chunki to‘p osongina tanlanadi. Kryuk asosan uzoq yoki o‘rta masofadan diagonal o‘yinchi tomonidan amalga oshiriladi.
LIBERO [ital. libero – ozod, erkin] - Jamoaning erkin himoyachisi vazifasini bajaradigan maxsus o‘yinchisi. Ko‘pgina hollarda u orqa chiziqda markaziy pozitsiyani egallaydi. Liberoning asosiy vazifasi himoya qilishdir.Uning boshqa o‘yinchilardan bir boshqa o‘yinchilardan juda farq qiladi. Masalan, u bloklay olmaydi, yuqori uzatmalardan hujum zarbalarini amalga oshirmaydi, jamoa sardori bo‘la olmaydi. Uning o‘yini butun jamoa uchun juda muhim, chunki u to‘pning ko‘p harakatlarini o‘z zimmasiga oladi. U raqibning hujum zarbalari paytida ikkinchi va oxirgi himoya bo‘g‘ini hisoblanadi. Libero o‘yinni his qilishi va har bir hujum zarbasidan keyin to‘p qayerda bo‘lishi mumkinligini tezlik bilan aniqlashi kerak.
MASHG‘ULOT YUKLAMASI - Ma'lum bir hajm, tezlik, muddat, takrorlanish, yo‘nalishda ijro etiladigan va sportchi (voleybol o‘yinchisi) organizmiga ta‘sir etuvchi mashqlar yig‘indisi.
MATCHBOL [ingl. match-ball < match – матч + ball – ‘p] - Qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan o‘yin.
MINI VOLEYBOL - Kichikroq maydon (6,1x4,6 m) da yengilroq to‘p bilan o‘ynaladigan voleybol. 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga mo‘ljallangan. Har bir jamoada uchta (to‘rtta) o‘yinchi va ikkita zaxira o‘ynaydi. O‘g‘il bolalar va qizlar bir vaqtning o‘zida jamoada ishtirok etishlari mumkin, ammo ularning raqib jamoalardagi nisbati bir xil bo‘lishi kerak. Partiya o‘yini 15 ballgacha davom etadi.
MINTONET - Voleybol o‘yinining dastlabki nomi. 1895- yilda voleybol o‘yinini kashf qilgan amerikalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Uilyam Morgan bu o‘yinini dastlab shu nom bilan atagan.
MORITA [yapon. “Dzyungo Morita” nomidan olingan] - Raqib jamoa o‘yinchilarini chalg‘itish maqsadida amalga oshiriladigan manevr. O‘tgan asrning 70-yillarida ushbu manyovrni birinchi bo‘lib qo‘llagan yaponiyalik voleybolchi Dzyungo Morita sharafiga shunday nomlangan. Bunda hujumchi zarba berish uchun kuchli sakrash ko‘rinishini yaratadi, lekin kutilmaganda past trayektoriyali yengil zarbaga o‘tadi.
MUSOBAQA YUKLAMASI - Musobaqa davomida bajariladigan va sport- chi (voleybol o‘yinchisi)ning ish qobiliyatiga ta‘sir etadigan o‘yin yuklamasi.
OLDINGI ZONA - Voleybol maydonining orqa chiziq oldida joylashgan bir qismi. Old chiziqda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘yin zonalari mavjud. Oldingi zona voleybol maydonchasining muhim qismi hisoblanib, bu yerda ko‘plab hujumlar uyushtiriladi. Zona voleybol to‘ri oldida joylashgan, shuning uchun bu yerda markaziy hujumchi va qo‘shimcha o‘yinchi o‘ynaydi. Old zonadagi o‘yinchilar hech qachon to‘pni qabul qilmaydi, lekin ular boshqalarning hujumlarini to‘sib qo‘yishadi. Shuningdek, oldingi zona o‘yinchilari turli hujum kombinatsiyalarini tashkil etishda ishtirok etadilar.
ORQA CHIZIQ - Old chiziq orqasida joylashgan o‘yin maydonchasining bir qismi. Orqa chiziqdagi o‘yinchilar to‘pni qabul qilish va uni hujumchilarga yetkazish uchun juda muhim ishni bajaradilar. Diagonal hujumchilar ham orqa chiziqqa o‘tishlari mumkin. Libero orqa chiziqda doimiy ravishda o‘ynaydigan yagona o‘yinchi hisoblanadi.
OSMA TO‘PLAR - Kronshteynga biriktirilgan blokka yoki ilgakka arqon bilan kerakli balandlikda osib qo‘yilgan to‘p; mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanadigan texnik vositalardan biri. Osma to‘plardan voleybol o‘yini harakatlarini o‘rgatish va takomillashtirishda foydalaniladi.
OTISH - Voleybolchining to‘pni nisbatan uzoqroq ushlab turib, keyin hujum zarbasini berish holati.Ma’lumki, voleybolda barcha harakatlar tez bajariladi, shuning uchun o‘yinchilar to‘p bilan juda qisqa vaqt aloqa qilishadi. Ammo voleybolda ba‘zi zarbalarni amalga oshirish vaqtining biroz cho‘zilish holatlari ham kuzatiladi.Bunda hujumchining holati to‘pni otmoqchi bo‘layotgandek tasavvurni paydo qiladi. Hujumchi o‘zining turli maqsadlarini amalga oshirish uchun shunday usuldan ham foydalanadi.
O‘LIK TO‘P - O‘yinda saqlab qolish deyarli mumkin bo‘lmagan to‘p. Masalan, bu to‘rga juda ham yaqin uchib ketadigan to‘p bo‘lishi mumkin .Bunday vaziyatdagi to‘pni to‘r ostidan chiqarib yuborish deyarli mumkin bo‘lmay qoladi. Yoki to‘siqdan keyin to‘p hali ham himoya qilayotgan o‘yinchilarning maydoniga va ayni vaqtda hech kim bo‘lmagan eng uzoq burchakka uchishi mumkin. Asosan, o‘lik to‘p uchun libero kurash olib boradi, uning maqsadi to‘pni o‘yinda saqlashdir
O‘TIRIB O‘YNALADIGAN VOLEYBOL - Nogironlar uchun mo‘ljallangan voleybol turi. An‘anaviy voleybol va o‘yinning Paralimpiya versiyasi o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, bunday o‘yin kichikroq maydonchada o‘ynaladi va voleybol to‘ri pastroqqa o‘rnatilgan bo‘ladi. Voleybolning ushbu turida o‘yinchilar soni, albatta, 12 ochkoga to‘g‘ri kelishi kerak.
O‘YIN MALAKALARI - To‘p uzatish, to‘pni qabul qilish, zarba kabi o‘yin vositalarini ifodalovchi harakat turlari.
O‘YIN TAKTIKASI - Raqib jamoa ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan taktik harakatlar to‘plami.
O‘YIN TEXNIKASI - Bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasi.
O‘YIN TIZIMI - Maydondagi har bir o‘yinchining barcha harakatlari va vazifalari aniqlangan jamoaning harakati.
O‘YIN USULLARI - O‘yin malakalarini turlicha usullarda ijro etishni ifodalovchi atama. Masalan, to‘g‘ri yo‘nalishda zarba berish, yuqoridan va pastdan bir qo‘llab yoki ikki qo‘llab to‘p uzatish va b.
O‘YINDAGI TANAFFUS - Yakunlangan o‘yin va to‘pni yangidan o‘yinga kiritish o‘rtasidagi qisqa vaqt.
PARASHYUT - To‘pning juda balandlab uchishiga olib keladigan uzatma yoki zarba. Voleybolda ko‘pincha to‘p ushbu usulda yo‘naltiriladi. Odatda, ushbu usuldagi uzatma bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan to‘pni yuqorilatib va biroz oldinga yo‘naltirgan holda amalga oshiradi. Parashyut usuli hujumchi uchun deyarli mukammal yo‘nalish hisoblanadi, xususan, to‘p to‘rga yaqin joyda pasayishni boshlasa, unga zarba berish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Parashyut atamasi boshqa sport turlari, jumladan, futbol va tennisda ham qo‘llanib, ayni shu maʼnoni anglatadi.
PARVOZ - Zarba berishdan oldin hujumchi o‘yinchining sakrashi. Bunday sakrash hujumchiga kerak bo‘lgan maydonning qarama-qarshi tomonidagi polga kuchli zarba berishga imkon beradi. Parvoz boshqa maqsadlarda ham qo‘llaniladi. Undan turli xil kombinatsiyalarni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Masalan, jamoa hujumchilaridan biri zarba berish maqsadida parvozni amalga oshirayotgandek bo‘ladi, hujum esa boshqa o‘yinchi tomonidan amalga oshiriladi.Mazkur kombinatsiya raqib tomon o‘yinchilarini chalg‘itish maqsadida amalga oshiriladi.
PLYAJ VOLEYBOLI - Voleybolning qum maydonida ikki kishidan iborat ikkita jamoa o‘rtasida o‘ynaladigan turi. Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
QAYTISH - Voleybol o‘yini kombinatsiyasi. Bunda birinchi templi o‘yinchi parvozni amalga oshiradi, ikkinchi templi o‘yinchi esa avval uchinchi zonaga o‘tadi, lekin keyin keskin o‘z zonasiga qaytadi va u yerdan zarba beradi. Bu holatda raqib tomon kim zarba berishini aniqlay olmaydi. Shuning uchun bunday kombinatsiya ko‘p hollarda jamoaga muvaffaqiyat keltiradi.
QO‘SHIMCHA HUJUMCHI - Ikkinchi temp hujumchisi. 2- va 4- zonalardan hujum qiladi. Qo‘shimcha o‘yinchining vazifasi to‘pni bog‘lovchi o‘yinchidan olish va raqib uni to‘sib qo‘ymasligi uchun hujum zarbasini berishdir. U to‘pni qabul qilish va himoya qilishda libero bilan birga hujum qilishi va blokirovka qilishi mumkin.
QO‘SHMA ZARBA - Ikkita blokirovka qiluvchi o‘yinchi qo‘l ushlashib turganida, shu tutashgan qo‘llarga tegadigan hujum zarbasi. Blokda o‘yinchilar imkon qadar katta maydonni birgalikda yopish uchun bir-biriga yaqinroq bo‘lishga harakat qilishadi. To‘p hujumchilar tomoniga qaytishi, yon tomonga uchishi yoki hatto maydonchadan uchib ketishi mumkin. Bunday holda hujumkor tomon ochko oladi, chunki to‘p bloker o‘yinchilaridan chiqib ketgan bo‘ladi.
SETBOL - O‘yin natijasini hal qiladigan, jamoalardan biri foydasiga yakunlanishi mumkin bo‘lgan o‘yin. Voleybolda yigirma besh ochkogacha o‘ynash odat tusiga kirgan (tay-breykdan tashqari). Bunda yetakchi jamoa boshqa jamoadan kamida ikki ochko oldinda bo‘lishi kerak, shunda partiya to‘liq deb hisoblanadi. Agar partiya hisobi, masalan, 24-25 bo‘lsa, u yakunlanmaydi, balki jamoalardan biri ikki ochkolik ustunlikka ega bo‘lgunga qadar o‘ynaladi. Agar ikkala jamoa ham yigirma besh ochkolik to‘siqdan o‘tgan bo‘lsa, unda har bir ikkinchi o‘yin setbol hisoblanadi. Umuman olganda, partiyaning taqdirini aniqlash uchun uchdan beshta durang kifoya qiladi.
TAKTIK HARAKATLAR - Raqib jamoani mag‘lub etishga qaratilgan texnik usullardan oqilona foydalanish. Taktik harakatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: individual (bir o‘yinchi tomonidan bajariluvchi), guruhiy (2 tadan 5 tagacha o‘yinchi tomonidan bajariluvchi), jamoaviy (barcha o‘yinchilar tomonidan bajariluvchi ) taktik harakatlar.
TAKTIK KOMBINATSIYA - Ko‘pincha hujum vaqtida o‘yinda ishtirok etayotgan voleybolchilarning harakati ketma-ketligini o‘ta aniqlik bilan belgilagan holatda guruh tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar
TAYYORGARLIK VAQTI, tayyorgarlik fazasi - Muhim harakatni asosiy bosqichda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratish.
TAʼQIB QILISH - Voleybol o‘yini kombinatsiyalaridan biri. Bunda birinchi tempdagi o‘yinchi bog‘lovchi o‘yinchining orqasidan yugurib chiqib, to‘pni raqib tomoniga yuboradi. Bunday kombinatsiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bog‘lovchi o‘yinchining o‘yiniga bog‘liq. U shunday uzatmani amalga oshirishi kerakki, u yetarlicha uzun va baland bo‘lishi, hujum qilayotgan o‘yinchi uning orqasidan yugurib chiqib, zarba berishga muvaffaq bo‘lishi lozim. Bunday kombinatsiyalar voleybolchilar tomonidan mashg‘ulotlarda intensiv ravishda ishlab chiqiladi.
TEGIRMON - Voleybol o‘yinida: raqib jamoa o‘yinchilarini chalg‘itishga qaratilgan hujum zarbasi, bunda hujumchi sakrash paytida bir qo‘lini zarba berish uchun olib boradi va zarba berish paytidan oldin ikkinchi qo‘li bilan keskin uradi.
TEXNIK TAYM-AUT - O‘yinning rasmiy tanaffusi. Odatda hakam tomonidan uskunalarga tegishli muammolar yoki boshqa texnik muammolarni hal qilish uchun belgilanadi.
TEXNIK TAYYORGARLIK - Texnik mahoratni shakllantirish va yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan jarayon.
TEXNIKA [yun. tehnus – sanʼat] - Voleybol o‘yinida: harakat malakalari, o‘yin usullarining tuzilish shakli, mazmuni va mahorat bilan ijro etish tartibi.
TOM YOPISH - Voleybolda: raqib tomonning hujum zarbasini amalga oshirishiga sezilarli darajada xalaqit beradigan to‘siqni tashkil qilish. Yaxshi shakllantirilgan to‘siq juda xavfli zarbalarni blokirovka qilishga va ochko yo‘qotmaslikka imkon beradi. Eng katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan to‘siq odatda guruhli to‘siq hisoblanib, bunday to‘siq nisbatan katta maydonni egallaydi.
TO‘P KIRITISH - Dastlabki holatdan va uchta ketma-ket bajariluvchi harakatlar (fazalar): tayyorgarlik (to‘pni tashlash, qo‘lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo‘lni tushirish va keyingi harakat) harakatlaridan iborat texnik usul.
TO‘PNI QABUL QILISH USULLARI - To‘pni qabul qilishda bajariladigan turli usullar jamlanmasi. Jumladan, pastdan ikki qo‘llab, yuqoridan ikki qo‘llab; son qismi bilan orqaga dumalagan holda bir qo‘llab pastdan; oldinga ko‘krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab qabul qilish.
TO‘PNI TUTIB TURUVCHI MOSLAMA - Zarba berish harakatlari – hujum zarbasi, to‘p kiritishni o‘zlashtirish va takomillashtirish mashqlarida foydalaniladigan qurilma; mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanadigan texnik vositalardan biri.
TO‘R USTIDAGI TO‘P - To‘r ustiga tortilgan prujinali koptoklar ilingan tros; mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanadigan texnik vositalardan biri. To‘siq qo‘yish texnikasini o‘rgatish va takomillashtirishda foydalaniladi.
TO‘SIQ QO‘YISH - Raqib jamoa hujum qilganda to‘rni himoya qilish, uchayotgan to‘pga yo‘lni to‘sib qo‘yish. Тo‘siq qo‘yish yakka holda va guruhli (oldingi chiziqda joylashgan ikki yoki uchta o‘yinchi tomonidan) amalga oshiriladi.
TO‘SIQ QO‘YUVCHI - O‘yinning ma‘lum bir nuqtasida to‘siq qo‘yishda qatnashadigan o‘yinchi. O‘yin maydonchasidagi holatdan kelib chiqib, turli o‘yinchilar to‘siq qo‘yishda qatnashishlari mumkin. Bular oldingi chiziq o‘yinchilari, yaʼni ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi zonalarda harakatlanadigan voleybolchilardir. Libero va orqa pozitsiyada harakatlanadigan o‘yinchilar to‘siq qo‘yishda qatnashmaydilar.
UYUSHGAN TO‘SIQ - To‘siq qo‘yish turlaridan biri. Bunda qaysi zonalarni kim to‘sishi jamoa o‘yinchilari tomonidan kelishib olinadi. Voleybolda uyushgan bloklardan tashqari uyushmagan bloklar ham mavjud. Ammo professional voleybolda har bir o‘yin texnikasi alohida ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi, shuning uchun to‘siq qo‘yishni tashkil qilish jiddiy qabul qilinadi. O‘yin davomida kichik o‘zgarishlar yuz berishi mumkin bo‘lsa-da, umumiy ishlanmalar o‘z kuchida qoladi.
UZATMA - Jamoadagi muayyan o‘yinchining to‘pni sheriklaridan biriga yo‘naltirishi, voleybol o‘yinining eng muhim usullaridan biri.
UZAYTIRILGAN TO‘R - Zalning butun bo‘yicha tortilgan to‘r; mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanadigan texnik vositalardan biri. Vazifali o‘quv o‘yinlarini o‘tkazishda foydalaniladi.
VOLEYBOL [ing. volley ball, volley – urib qaytarmoq va ball – koptok] - O‘rtasidan to‘r bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) bo‘lingan 9 x18 m li maydonchada jamoa bo‘lib (6 kishili 2 ta jamoa) to‘p vositasida 3 yoki 5 qur o‘ynaladigan sport turi. Bunda har bir jamoaning maqsadi to‘pni qo‘l bilan urib, raqib maydoniga tushirishdan iborat bo‘ladi. Voleybol 1895-yilda AQSHda paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda 1920- yildan o‘ynaladi.
VOLEYBOL JAMOASI TARKIBI - 4 ta hujumchi, 2 ta bog‘lovchi (to‘p uzatuvchi) o‘yinchilardan tashkil topgan, aksariyat 4-2 yoki 5-1 tizimi asosida tuziladi2-5gan jamoa. Jamoa o‘yinchilari quyidagi tartibda joylashadi: 4-1 – asosiy hujumchilar, 3-6 –yordamchi hujumchilar, 2-5 – bog‘lovchi o‘yinchilar. Agar jamoa tarkibi 5-1 tizimi asosida tuzilgan bo‘lsa, o‘yinda 5ta hujumchi va 1ta bog‘lovchi o‘yinchi ishtirok etadi.
VOLEYBOL O‘YINI MAYDONI - Kattaligi 18x9 m bo‘lgan, yuzasi tekis, gorizontal, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi, o‘yinchilar uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydigan alohida ajratilgan hudud.
VOLEYBOL O‘YINI TEXNIKASI - Voleybol o‘yinini olib borish uchun zarur bo‘lgan, bir-biri bilan uzviy bog‘langan, maqsadga muvofiq va samarali harakatlanish tizimidan tashkil topuvchi harakat usullari majmuasi.
VOLEYBOL TO‘PI - Ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiiy ѐki sintetik charmdan ishlangan, qatʼiy dumaloq shaklga ega, aylana diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,82 mba ѐki gPa gacha bo‘lgan to‘p.
VOLEYBOL TO‘RI - Ikkita ustun o‘rtasida ushlab turiladigan maxsus dizayndagi uzun to‘rtburchaklar to r mato. U voleybol maydonchasining markazida joylashgan bo‘lib, uni har bir jamoa uchun ikki qismga ajratadi. O‘yin o‘ynash paytida voleybolchilar ushbu to‘siq orqali to‘pni urishlari kerak.
VOLEYBOLCHILARNING TAKTIK TAYYORGARLIGI - Voleybolchilar tomonidan taktik harakatlarni mukammal o‘zlashtirish va ularni o‘yinda samarali va ishonchli qo‘llash qobiliyatiga qaratilgan pedagogik jarayon.
VOLLIBOL [ingl. wallyball < wall – devor + ball – to‘p] - Ikki, uch yoki to‘rt kishidan iborat ikkita jamoa o‘rtasida o‘ynaladigan voleybol. Erkaklar voleybolida to‘r balandligi balandroq bo‘ladi. oo‘ynaydigan voleybol turi. Bunda sport zalining yon devorlaridan foydalanishga ruxsat beriladi. O‘yin 15, 18 yoki 21 ballgacha o‘ynaladi, lekin hisobdagi farq kamida 2 ball bo‘lishi kerak.
ZONAGA KIRISH - Zonaga kirish o‘yin kombinatsiyasi bo‘lib, unda o‘yinchi ikkinchi zonadan sakrash uchun markazga o‘tadi, Markaziy hujumchi esa pastdan zarba berishga tayyorgarlik ko‘rish uchun biroz siljiydi. Shu bilan birga, bog‘lovchi o‘yinchi barcha hujumchilardan oldinda va ulardan birini berish imkoniyatiga ega. Nima bo‘lsa-da, u vaziyatga qarab harakat qiladi. Ushbu kombinatsiyada bog‘lovchi o‘yinchiga juda ko‘p mas‘uliyat yuklatiladi.
ТO‘LDIRMA TO‘PLAR - Asosiy va maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash mashqlarida foydalaniladigan 1 yoki 2 kg li to‘plar; mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanadigan texnik vositalardan biri. Tezkorlik-kuch sifatini oshirishga, biomexanik harakatlar apparatining shakllanishiga yordam beradi.
“TESKARI TO‘LQIN” KOMBINATSIYASI - Voleybol o‘yini kombinatsiyalaridan biri. Bunda birinchi temp o‘yinchisi to‘rtinchi zonaga, ikkinchi temp o‘yinchisi esa uchinchi zonaga zarba beradi. Hujumchilar ayni vaqtda o‘yin o‘ynalmayotgan zonalarga yugurishadi. Birinchi temp o‘yinchsii uchinchi zonada o‘ynaydi, ammo to‘rtinchi zonaga yuguradi. 2-yoki 4- zonada o‘ynayotgan ikkinchi temp o‘yinchisi 3- zonaga yuguradi. Shu tariqa raqib jamoasi o‘yinchilari chalg‘itiladi.
“TO‘LQIN” KOMBINATSIYASI - Voleybol o‘yini kombinatsiyalaridan biri. Bunda uchta o‘yinchi: bog‘lovchi va 3–4-zonalardagi hujumchi ishtirok etadi. 3-zonadagi o‘yinchi past to‘p uzatish bilan amalga oshiriladigan hujumni boshlab berish uchun yugurib keladi. To‘p 4- zonadagi o‘yinchiga, 4- va 3-zonalar oralig‘iga uzatib beriladi. 3-zonadagi o‘yinchi hujum zarbasiga taqlid qilib, raqibning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarini chalg‘itadi. Bunday parallel chiqish tufayli raqiblar hujumchilardan qaysi birini mag‘lub etishini aniqlash qiyin. Bu esa 4-zona o‘yinchisining hujumni samarali yakunlashiga imkon yaratadi