LONGBORD [ingl. Longboard – uzun taxta] - Syorfing sport turida qo‘llanadigan uzun taxtali syorfbord. Longbord uzunligi 8 dan 12 funt oralig‘ida bo‘lib, eni 20 duymdan boshlanadi, qalinligi kamida 2,5 duymni tashkil etadi.
SHORTBORD [ingl. Shortboars – qisqa taxta] - Syorfinga qo‘llanadigan ommabop taxta turi. Shortbord 7 futdan qisqaroq, uchi qayrilgan bo‘lib, aynan kaltaligi uchun sportchiga to‘lqin uchida murakkab manyovrlar berish imkonini beradi. Baland, tezkor to‘qinlarda harakatlanish uchun professional syorfinchilar tomonidan qo‘llanadi.
SYORFBORD [ingl. Surfboard – to‘lqin-taxta] - Syorfing sport turida to‘lqinlarda uchish uchun qo‘llanadigan silliq taxta.
SYORFING [ingl. Surfing – to‘lqinda uchish] - Sportchi odatda qirgʻoq tomon harakatlanayotgan toʻlqinning old yoki quyi qismida maxsus mahkamlangan yupqa taxtachada harakatlanadigan suv sport turi. Syorfing odatda dengiz va okean toʻlqinlarida amalga oshiriladi. Ilk bor 2020-yilgi Tokio olimpiadasida yozgi olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 2024-yilgi Parij olimpiadasi dasturlaridan ham o‘rin olgan.