AEROBARSLAR - Rulning cho‘ziqligi. Odatda velopoygachiga tirsagi ustida dam olishga va yaxshilangan aerodinamikadan foydalanishga imkon beradi. Ko‘pincha sinov velosipedlarida uchraydi.
AEROPOYGA VELOSIPEDI - Velosipedning aerodinamik xususiyatlarini yo‘l velosipedi bilan birlashtirgan poyga velosipedi turi.
ALPINIST [ing.- climber] - Yuqori kuch va og‘irlik nisbati tufayli tez tepalikka chiqishga ixtisoslashgan velopoygachi. U tepaliklar yoki tog‘larda joylashgan tik yo‘llarda haydashda mohir bo‘lgan velosipedchidir. Alpinistlar o‘ta chidamliligi bilan boshqalardan farqlanlib, murakkab ko‘tarilish uchun rivojlangan mushaklarga ega bo‘lishadi.
ARTBAYK - Ijodiy maqsadlarda yangilangan velosiped.
ATAKA - Boshqa poygachilar bilan masofaviy uzilish hosil qilish uchun tezlikni oshirish.
AUDAKS VELOSIPEDI - Shunchaki, velosiped haydash va sayohat uchun mo‘ljallangan velosiped. Funksional jihatdan yo‘l va sayohat velosipedlariga o‘xshash. Odatda qanotlar, chiroqlar, kichik old yoki orqa bagaj javoni bilan jihozlangan bo‘ladi.
BARUDYOR [fr. – baroudeur] - Sarguzasht izlovchi degan ma‘noni anglatuvchi fransuzcha atama. Buyuk Britaniyada vaqt sinovi bo‘yicha o'tkaziladigan mavsumiy musobaqa “Cycling Time Trials” tomonida uyushtiriladi. “British Best All-Rounder” (BBAR) nomli mazkur velopoyga har yili o‘tkaziladi. U velopoygachilarni vaqt sinovlarida o‘rtacha tezligiga qarab, erkaklar uchun 50 va 100 milya (160 km) va 12 soat, ayollar uchun 25, 50 va 100 mil (160 km) dan ortiq masofani bosib o‘tishga qarab tartiblanadi.
BIDON [fr. – bidon] - Velopoygachilarning suv uchun idishi.
BLOKDA [fr. – a bloc] - Blok bilan harakatlanish – bor kuchni ishga solib harakatlanishni anglatadi. Xavfli bo‘lishi mumkin.
BLOKLASH - Tezlikni nazorat qilish uchun guruhning oldingi qismiga nisbatan sekin sur‘atni o‘rnatgan jamoadagi velopoygachilar harakati.
BREVET KARTASI [ingl. – brevet card] - Velosipedchilar safar davomida tashrif buyurilganni tasdiqlash uchun rasmiy idoralarning shtamplari olinadi. Ularni to‘plash uchun ishlatiladigan karta yoki buklet shunday ataladi.
BUNNY HOP [ingl. – bunny hop] - Mazkur sakrash uslubida velosipedning old g‘ildiragini, keyin esa orqa g‘ildiragini havoga ko‘tarib, velosipedni ikkala g‘ildiragi bir vaqtning o‘zida bir muddat havoda muallaq bo‘ladi. Bu usuldan trassadagi navigatsiya uchun yoki musobaqa intizomiga qarab to‘siqlarni aylanib o‘tish uchun amalga oshiriladi.
DOMESTIK [fr. – domestique] - Shosse velosipedi poygasida domestik faqat o‘zining g‘alaba qozonishi uchun emas, balki o‘z jamoasi va yetakchisining manfaati uchun ham harakat qiladigan poygachidir.
ENDURO [fr. – enduro] - Tog‘ velosiped poygasining bir turidir. Unga tushish vaqti belgilangan. Ko‘tarilish majburiy, lekin vaqt belgilanmagan. Velopoygachilar asosan pastga tushadigan bosqichlarda rejalashtiriladi. Bosqichlari odatda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
ESHELON [fr. – echelon] - Shamolda maksimal tortishish kuchiga intiladigan velopoygachilar qatoriga nisbatan qo‘llanadigan atama. Buning natijasida yo‘l bo‘ylab diagonal chiziq hosil bo‘ladi.
ESHIKNI YOPAMIZ [ingl. – closing the door] - Velopoygachi orqasida kelayotgan chavandozning muvaffaqiyatli o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chiziqni (ko‘pincha burilish cho‘qqisiga qarab) olganida qo‘llanadigan ibora.
ESPOIR [fr. – espoir] - 19 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan velopoygachilar uchun yosh toifasi.
ETAP [fr. – étape] - Ko‘p kunlik velopoyga bosqichi.
GANDIKAP - Shosse poygasi turi bolib, ishtirokchilar uchun turli xil start vaqtlari belgilanadi. Unda turli kursatkichdagi velopoygachilarga g‘alaba qozonish imkoniyatini berish maqsad qilinadi.
GIBRID - Shosse velosipedi va tog‘ velosipedi sintezida yasalgan velosiped. Ko‘pincha velosipedchilar tomonidan gibrid velisiped qulayligi uchun manzur bo‘ladi.
GURUH SPRINTI - Velopoygachilar g‘alaba qozonish uchun ommaviy ravishda finishga kelib, o‘zlarining sprinterlarini g‘alaba qozonish uchun yaxshi pozitsiyaga tayorlashga harakat qilishadi. Bunda 60 km/soatdan yuqori tezlik kutiladi.
JAMOA [ingl. – team] - Musobaqa doirasida birgalikda ishlaydigan bir guruh velosipedchilar. Velosiped jamoalari shosse velopoygalarida, shuningdek, jamoa azolarining hamkorlik zarur bo‘lgan trek va velokrosslarda ham muhimdir.
KAPITAN - Tandem da velosipedni boshqaradigan velopoygachi.
KARVON - O‘z velopoygachilarini qo‘llab-quvvatlash uchun pelotonni kuzatib boradigan jamoaning mashinalari shunday ataladi. Reklama avtomobillarini ham shunday nomlashadi.
KLASSIK VELOSPORT POYGALARI - Xalqaro taqvimdagi eng nufuzli bir kunlik professional shosse velosiped poygalari. Ushbu musobaqalarning bazilari XIX-asrda paydo bo‘lgan. Odatda ular har yili bir vaqtda o‘tkaziladi. 1980-yillarga qadar sakkizta taniqli klassik poygalar, beshta xotira va “Fleche Wallonne”, “Parij-Bryussel” va “Parij-Turlar” mavjud edi. Rik van Loy ismli velopoygachi barcha klassik velopoygalarning sakkizta bosqichida g‘alaba qozongan yagona atletdir.
KOMISSAR [fr. – commissaire] - Poyga hakami. Velopoygada komissar, boshqa sport turlari da hakam yoki hakamga teng lashtirilgan shaxs. Velosiped musobaqalarining katta qismi ikki yoki undan ortiq komissardan turli vazifalarni bajarishni talab qiladi. Jumladan, poygadan oldingi va keyingi rasmiyatliklarni nazorat qilish, jihozlarning muvofiqligini tekshirish, qoidalarga rioya qilish va poygalar paytida xavfsizlikni ta‘minlash, nizolarni hal qilish va natijalarni baholash asosiy vazifasi hisoblanadi. Bosh komissar yoki Komissarlar kengashi raisi tadbirni o‘tkazish bo‘yicha yakuniy vakolatga ega.
KO‘PRIK [ingl. – bridge] - Bitta velopoygachi yoki ularning kichik bir guruhi o‘zlar va ularning oldidagi poygachi yoki guruh orasidagi bo‘shliqni kamaytirganda qo‘llanadigan atama. Bu atama ko‘pincha velopoygachilar asosiy guruhiga (yoki pelotonga) yoki poygada yetakchi bo‘lganlarga yetib olish holatlariga ishora qiladi.
KRITERIY [fr. – criterie] - Yopiq trassada bir necha aylanali qisqa distansiyali velopoyga ko‘rinishi. Trassa uzunligi 800 km dan 5 kilometrgacha bo‘lishi mumkin.
LANTERN RUJ [fr. – lanterne rouge] - “Tur de Frans” da oxirgi o‘rinni egallagan musobaqa ishtirokchisiga nisbatan qo‘llanadigan atama. Bu ibora fransuz tilidan 'Qizil fonar' degan ma‘noni anglatadi va yo‘lovchi poyezdining orqa vagoniga osilgan qizil fonusga ishora qiladi.
MEDISON - Ikki velopoygachidan iborat jamoalar o‘rtasida ommaviy startli trek musobaqasining nomlanishi. Bu jamoaviy ochkolar poygasiga o‘xshash. Ochkolar oraliq sprintlarda va yakuniy sprintda eng yaxshi ishtirokchilarga beriladi. Jamoaning ikki ishtirokchisidan faqat bittasi istalgan vaqtda trek bo‘ylab yugurib, bir necha aylanishni yakunlab, keyin sherigi bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Bu nom velodrom sifatida qurilgan “Madison Square Garden” nomidan olingan.
MYUZET [fr. – musette] - Velosiped poygasi paytida ovqatlanish joyida velopoygachilarga beriladigan oziq-ovqat va ichimliklarni saqlaydigan kichik, yengil yuk xalta. Yukxalta harakatlanuvchi velopoygachi osongina ushlay olishi uchun mo‘ljallangan.
NEYTRAL ZONA - Velosiped poygasining musobaqalashmaydigan segmentiga nisbatan qo‘llanadigan atama. Uning davomida ishtirokchilar yetakchi poygachilaridan orqada bo‘lishlari kerak.
OMNIUM [lot. – omnium] - Avvallari tarkibi o‘zgarib turgan ko‘p bosqichli trek velosport poygasi. So‘nggi yillarda shosse poygasi uchta asosiy yo‘l poygasi tadbirini (vaqt sinovi, ommaviy start va kriteriya) o‘z ichiga olgan bosqichli poygalarni tavsiflash uchun mazkur atamani ham qabul qildi.
ORALIQ SPRINT - Poygani faol ushlab turish uchun velopoygachilar vaqt yoki boshqa sovrinlar uchun bosib o‘tatigan nuqtalar belgilanadigan poyga turi.
O‘LIM AYLANASI [ingl. – circle of death] - 1910-yilgi Pireneyda o‘tkazilgan “Tur de Frans” velopoygasining Peyre zurd, Aspen, Turmale va Obisk trassalarini o‘z ichiga olgan yo‘l bosqichi “O‘lim aylanasi” deb nomlangan. Hozirda bu “Tur de Frans” velopoygasining eng murakkab tog‘ bosqichiga nisbatan qo‘llanadigan atamadir.
PALMARES [fr. – palmarès] - Velopoygachi g‘olib bo‘lgan musobaqalar ro‘yxati. Mazkur atama fransuz tilidan olingan bo‘lib, “yutuqlar ro‘yxati” yoki “g‘alabalar ro‘yxati” degan ma‘nolarni anglatadi.
PAMP TREK [ingl. – pump track] - Pamp trek velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘l. Roliklar sxemasiga ega bo‘lgan bu trek, pedalsiz haydash uchun mo‘ljallangan. Impuls “portlash”, tanani yuqoriga va pastga siljitish orqali hosil bo‘ladi.
PASTGA TUSHUVCHI [isp. – descendeur] - Tez tushishda ustun bo‘lgan velosipedchiga nisbatan aytiladi. Ko‘pincha bu usuldan guruhdan ajralib chiqish yoki bo‘shliqni bartaraf etish uchun foydalanadi.
PAVE [fr. – pavé] - Tarixan Yevropada keng tarqalgan va hozir faqat “Parij Rube” kabi poygalarda uchraydigan toshli yo‘lni ifodalaydigan atama.
PEDAL AYLANISH CHASTOTASI - Velosipedchining pedal aylanish tezligi. Pedal aylanish chastotasi g‘ildirak tezligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsionaldir, lekin alohida o‘lchovga ega. Velosipedchilar metabolik talabni emas, balki mushaklarning charchoqlarini kamaytirish uchun aylanish chastotasini tanlaydilar.
PELOTON [fr. – peloton] - Shosse velopoygasidagi asosiy katta guruhning nomi. Peloton – bu murakkab tizim, ya‘ni jamoaviy xatti-harakatlar velosipedchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oddiy qoidalariga amal qiladi. Pelotonlar yaxlit birlik bo‘lib, har bir velosipedchi yonida va oldinda bo‘lgan velopoygachilar harakatlariga javoban pozitsiyani o‘zgartiradi.
PELOTONNING ORT QISMI [fr. – arrière du peloton] - Fransuz tilidan, so‘zma-so‘z “peloton orqasi” degan ma’noni anglatib, poygachilarning asosiy guruhiga nisbatan aytiladi. “Feu Rouge” – orqa qizil fonus yoki “Rouge Light” deb ham ataladi.
PERFORATOR [ingl. – perforator] - Qisqa, ammo tik ko‘tarilishlari bo‘lgan qo‘pol yerlarda velosiped haydashga ixtisoslashgan velopoygachi. Ular uchun bahorda o‘tkaziladigan bir kunlik klassik poygalar mosdir. Ushbu turdagi velopoygachilarning tana tuzilishi pelotonni tez sur‘atlar bilan tark etish imkonini beradi. Ularga Filipp Gilbert, Paolo Bettini, Danilo Di Luka, Piter Sagan kabi poygachilar kiradi.
PINETKALAR - Velosipedchilar oyoqlarini yomg‘irdan yoki sovuqdan himoya qilish uchun kiyiladigan matodan tikilgan poyabzal.
POYGABOSHI [isp. – cabeza de carrera] - Peloton boshidagi yetakchi velosipedchi yoki velosipedchilar guruhiga nisbatan qo‘llanadigan atama.
QARSHI HUJUM - Velosiped poygalarida ta‘qibchilar yoki peloton bo‘linish joyini egallab olgandan keyin qilingan hujum.
QIROLICHA BOSQICHI [fr. – étape reine] - Poyganing eng qiyin, nufuzli bosqichi hisoblangan ko‘p kunlik shosse poygasining bosqichi.
QISHKI VELOSIPED [ingl. – winter bike] - Qishda foydalanish uchun moslashtirilgan poyga velosipedi.
QIZIL BAYROQ [fr. – flamme rouge] - Poyganing marra chizig‘iga bir kilometr qolganda osiladigan qizil bayroq. U odatda yo‘l ustiga ilinadi.
RAD ETISH - Poygani yakunlanmaguncha tark etish. Sportchi marraga yeta olmasligini anglaganda qo‘llanadi.
RANDONNEE [fr. – randonnée] - 200-600 km uzunlikdagi velosiped haydashning randonnering intizomi bo‘yicha musobaqa turi.
RANDONNERING [fr. – randonneuring] - Buyuk Britaniya, Avstraliya va Braziliyada Audax nomi bilan ham tanilgan uzoq masofali velosport ko‘rinishi bo‘lib, uning kelib chiqishi “audax” sportidan olingan. Velopoygachilar 200 dan 1200km gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadigan uzoq masofali velosiped intizomi ga bo‘ysunadilar. Minimal va maksimal vaqt ichida yakunlagan har bir ishtirokchi, tugatish tartibida n qat‘i y nazar, g‘olib hisoblanadi.
RAQS [fr. – danser] - Tik turgan holda, odatda gidan balandroq ta’sir kuchiga ega bo‘lish uchun u yoqdan bu yoqqa tebranib velosiped haydash usuli.
RUL LER [fr. – rouleur] - Ham tekis, ham notekis yo‘llardagi poygalarda mohir hisoblan gan velopoygachi. Ular yakkalik poygalari va vaqt sinovlarida ustun bo‘ladilar. Bunday velopoygachilar uzoq vaqt davomida quvvatni saqlay oladilar. Ular “Parij-Rubay” va “Flandriya” kabi poygalarga juda mos keladi. Rulni boshqaruvchi toifasidagilarga Tom Boonen va Fabian Cansellar misol bo‘la oladi.
SAVAT [fr. – pannier] - Savat, sumka, quti yoki velosipedning g‘ildiraklari ustidagi ramkaga, tutqichlarga yoki tokchalarga biriktirilgan juft bo‘lib olib boriladigan shunga o‘xshash idish. Savatlar yolovchilar va sayyohlik velosipedchilari tomonidan xuddi ryukzaklar kabi, jihozlar, kiyim-kechak va boshqa aksessuarlar va narsalarni qadoqlash va tashish vositasi sifatida ishlatiladi.
SHAG‘ALDA YURADIGAN VELOSIPED - Bu turdagi velosiped asosan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropada keng tarqalgan. Velokrossda ishlatilib, shag‘alli yo‘llarga mo‘ljallangan poyga velosipedi turidir.
SHAHAR VELOSIPEDI [ingl. – city bike] - Yo‘lda haydash uchun mo‘ljallangan velosiped. Ba‘zan tog‘ velosiped komponentlari va ko‘p hollarda gidravlik disk tormozlari bilan jihozlangan bo‘ladi. Shahar velosipedi gibrid velosipedga o‘xshash bo‘ladi.
SPORT VELOSIPEDI [ingl. – sportive bicycle] - Qulay va chidamli velosiped sifatida ham tanilgan. Uzoq masofalarga haydash uchun mo‘ljallangan poyga velosipedining turi. Odatda rulning yuqori holatdagi joylashuvi, uzunroq g‘ildirak bazasi va disk tormozlari mavjudligi velosipedning qulayligini ta’minlaydi.
SPRINTER - Tezlikni ko‘tarishga qodir bo‘lgan trek poygachisi. U qisqa vaqt ichida yuqori quvvatni rivojlantira oladi. Bu finishgacha yuqori tezlikni ishlab chiqishga imkon beradi.
STAJYOR [ingl. – stagiaire] - Mavsum uchun professional jamoa tomonidan qabul qilingan havaskor velosipedchi. Bu poygachiga bir nechta professional poygalarda tajriba oshirish imkonini beradi va jamoa stajyorning qobiliyatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
SUPURGI FURGONI [ingl. – a broom wagon] - Velosipedchilar guruhini poygada, sayohatda kuzatib boruvchi, asbob-uskunalar, oziq-ovqat, chavandozlar yuki yoki mexanika olib yurishi mumkin bo‘lgan yordamchi avtomobil. Shuningdek, u yo‘lda davom eta olmaydigan velopoygachilarni ham o‘zi bilan olib ketishga xizmat qiladi. Supurgi furgonining nominal vazifasi poygani davom ettira olmaydigan poygachilarni o‘zi bilan olib ketish bo‘lsa-da, uning operatorlari ko‘pincha yo‘lda yiqilgan velopoygachiga taskin va dalda so‘zlarini aytib, ularni sabr-toqatga undash hisoblanadi.
SUR’AT (temp) - Veloopoygachilar guruhi dagi mo’tadil tezlik. Nisbatan tez sur’atdagi guruh yoki jamoa pelotonini nazorat qilish uchun, tanaffus paytida yo‘qotilgan vaqtni yetkazib olish uchun foydalanilish mumkin. Guruh jamoaning old tomoniga o‘tib olib, pelotonni cho‘zib, boshqa velopoygachilar hujum qilish istagini qoldirmaydi.
SUR’AT (temp) CHIZIG‘I - Bir guruh poygachilar bir-birini tortib, yuqori tezlikda velosiped haydashlariga nisbatan qo‘llaniladigan atama. Poygachilar shamolni to‘shish uchun old tomondan navbatma-navbat turishadi, so‘ngra dam olish uchun chiziqning orqa tomoniga o‘girilishadi. Katta guruhli musobaqalar ko‘pincha ikki trassali ishtirokchilar bilan qo‘shaloq kolonnalarni hosil qiladi.
TANDEM [ingl. – tandem] - Bir nechta odamni haydash uchun mo‘ljallangan velosiped turi. Tandem velosipedlarining patentlari 1880-yillarda olingan. An’anaviy tandemlarda, old poygachi velosipedni boshqaradi, orqadagisi pedallarni yurgizadi. Tandem velosipedlari Paralimpiya o‘yinlari kabi musobaqalarda qo‘llanadi.
TA’QIB - Poyga yoki yetakchilariga qo‘shilish uchun pelotondan oldinga o‘tadigan bir yoki bir nechta velopoygachilar guruhi. Velopoygalarda bitta yoki bir nechta ta’qiblar bo‘lishi yoki umuman ta’qib bo‘lmasligi mumkin.
TEPALIQQA KO‘TARILISH POYGASI - Qisqa masofaga ko‘tarilishni maqsad qilgan velopoyga turi. Odatda unda individual vaqt sinovi taxminan 3-5 km.
TEZKOR YAKUNLOVCHI - Poyganing so‘nggi bir necha yuz metrlarida yuqori sprint tezligini rivojlantirgan velopoygachi.
TIFOSI [ital. – tifosi] - Bu atama bilan Italiyadagi Tirreno-Adriatiko, Milan-San-Remo, Giro d'Italiya va Giro di Lombardia kabi professional velosport poygalarida yo‘lni yoqasidagi muxlislarni tasvirlash uchun ishlatiladi.
TOG‘ LAR QIROLI - Velosport bo‘yicha eng yaxshi alpinistga beriladigan unvon. Italiya velosportida Gran Premio della Montagna (GPM) nomi bilan ham tanilgan.
TOG‘ LAR QIROLICHASI [ingl. – Queen of the Mountains] - Shosse poygalarida eng yaxshi ayol atletga berilgan unvon. Trekdagi eng tezkor ayol poygachiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
TOG‘ VELOSIPEDI [ingl. – mountain bike] - G‘ildiragining diametri taxminan 27,5 dyuym (700 mm) bo‘lgan velosiped. Bu to‘g‘ri yo‘ldan tashqarida yurish uchun mo‘ljallangan velosiped. Tog‘ velosipedlari boshqa velosipedlar bilan o‘xshashliklarga ega. Сhidamlilik va tezkorlikni oshirish uchun mo‘ljallangan xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xususiyat ko‘pincha ularni og‘irroq, murakkabroq qilib, tekisliklarda yurishda noqulay qiladi. Bunday velosipedlarda odatda osma vilkalar, katta tutqichli shinalar, kuchli g‘ildiraklar, kuchli tormozlar, qo‘pol yerlarda muvozanat va qulaylikni oshirish uchun keng tutqichlar hamda katta diapazonli uzatmalar mavjud bo‘ladi.
TOSH YO‘LAKLAR [ingl. – rock garden] - Ba’zi tog‘ dagi velosiped yo‘llariga toshlar terib qo‘yiladi. Toshli yo‘laklar tog‘ velosipedchisining mahoratini sinash uchun mo‘ljallanadi.
TREK [ing. – track] - 50 darajagacha qiyalikdagi oval shakldagi velosiped poygasi uchun yo‘l. Velosiped treklari odatda yopiq makonlarda bo‘ladi. Shuningdek, velosiped poygasi uchun yo‘laklarni velodrom deb atashadi. Olimpiada treki odatda 250 m uzunlikda bo‘ladi.
UCH G‘ILDIRAKLI VELOSIPED - Odatiy velosipedga o‘xshash, lekin uchta g‘ildirakli velosiped. Uch g‘ildirakli velosipedning vertikal va gorizontal versiyalari mavjud.
UNIVERSAL - Toqqa chiqishda ham, vaqt sinovida ham ustunlik qiladigan, shuningdek, yaxshi sprinter poyga velosipedchi si. Ko‘pkunlik poygalarni bunday sportchi yaxshi yakunlashi mumkin. Kopkurash sportchilar odatdagi bosqichda ham, klassik velosport poygalarida ham jamoa yetakchilari bo‘lishadi. “Universal” atamasi turli sharoit va hududlar uchun mo‘ljallangan velosipedni ham anglatishi mumkin.
VAQT SINOVI [ingl. – time trial] - Poygani velopoygachilarning har biri 30 soniyadan 5 daqiqagacha interval bilan alohida boshlaydigan vaqt sinovi. Poyga g‘olibi yo‘lni kim tezroq kesib o‘tganiga qarab aniqlanadi.
VAQT UCHUN INDIVIDUAL POYGA - Veloopoyga chi lar belgilangan vaqt intervalida startni boshlaydigan start turi. Poyga belgilangan vaqtdan avval yakunlandi.
VELOKROSS [ing. cyclo-cross] - Asfalt, o‘rmonli yo‘llar, maysalar, tik tepaliklar va to‘siklar bo‘lgan qisqa yo‘nalishning bir necha aylanmasidan iborat bo‘lgan velosiped poygasining shaklidir. Poygachi velosipedda bir qator to‘siklardan aylanib o‘tishi talab qilinadi.
VELOSIPEDDA OTILISH - Veloopoyganing so‘nggi daqiqalarida, odatda oxirgi bir necha futda sodir bo‘ladi. Sprint oxirida velopoygachi qo’llarini oldinga cho‘zib velosipedni iloji boricha oldinga surishga harakat qiladi va marraga raqiblaridan oldin yetib boradi.
XIYOBON POYGALARI [ingl. – alleycat race] - Odatda kuryer duch kelishi mumkin bo‘lgan ba‘zi harakatlarni takrorlashga qaratilgan velopoyga turi. Poygalar odatda oldindan oshkor etilmagan nazorat punktlaridan iborat bo‘lib, ular poygachi o‘tishi kerak bo‘lgan manifestda ko‘rsatiladi. Tekshirish punktida poygachi o‘z manifestini yangilaydi. To‘ldirilgan deklaratsiya bilan qaytgan birinchi velopoygachi g‘alaba qozonadi. Xiyobon poygalari birinchi marta 1989-yilda Toronto, Ontario, Kanadada rasmiy ro‘yxatga olingan. Biroq, messenjerlar uzoq vaqtdan beri bir-biri bilan raqobatlashmoqda. So‘nggi paytlarda, shahar velosportining ommalashishi bilan, messenjer bo‘lmagan ko‘plab ishqibozlar xiyobon poygalarida ishtirok etishmoqda.
XIZMAT KO‘RSATISH KURSI [ingl. – service course] - Keyingi poygaga tayyorgarlik ko‘rish uchun poygalar oralig‘ida velosipedlarga xizmat ko‘rsatadigan kurs. Xizmat ko‘rsatish mashinasi – bu poygada ishtirok etuvchi velosipedchi almashtirishni talab qiladigan zaxira velosiped yoki ‘g‘ildiraklarni olib yuradigan transport vositasidir.
YAKKALIK TREK - Bir guruh velopoygachilar uchun mo‘ljallangan tog‘ velosiped yo‘li.
YIQILISH CHIZIG‘I - Yiqilish chizig‘i tog‘ yoki tepalikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastga tushadigan yo‘nalishini nazarda tutadi. Tog‘ velosipedida yo‘l odatda yon tomonga o‘tmadan, pastki yo‘nalishda tushsa, “yiqilish chizig‘i” atamasi qo‘llaniladi.
YO‘L KAPITANI [ingl. – road captain] - Shosse poygalarida jamoadagi poygachilarini birlashtiruvchi tajribali poyga ustasi. U taktik qarorlar qabul qilish va poygadan oldingi rejalar yo‘lda sodir bo‘lgan voqealar tufayli buzilganda yangi taktikalarni improvizatsiya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Yo‘l kapitani sport direktori va jamoaning o‘rtasidagi asosiy bo‘g‘indir. Ular odatda poyga bo‘yicha tanlanadilar. So‘nggi yillarda taniqli yo‘l kapitanlari orasida Bernxard Eisel, Luka Paolini, Mik Rojers va Devid Millar bor.
YO‘L TOSHMASI [ingl. – road rash] - Baxtsiz hodisa tufayli asfaltda siljish oqibatida yuzaga kelgan terining jiddiy shikastlanishi.
YO‘LTANLAMAS SHINALAR - Turli sharoit va hududlarda ishlash uchun mo‘ljallangan shinalari yoki velosiped shinalari. Yo‘ltanlamas shinalar shlak, qum yoki shag‘al kabi asfaltlanmagan yo‘llarda ko‘proq tortishni ta’minlash uchun chuqur protektorlardan foydalanadigan avtomobil shinalari toifasiga kiradi. Muz yoki qor shinalari bilan solishtirganda, ularda tirgaklar yo‘q, lekin chuqurroq va kengroq o‘yimliklari protektorning loy yoki shag‘alga tushishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
YO‘LTANLAMAS SHINALAR - Turli sharoit va hududlarda ishlash uchun mo‘ljallangan shinalari yoki velosiped shinalari. Yo‘ltanlamas shinalar shlak, qum yoki shag‘al kabi asfaltlanmagan yo‘llarda ko‘proq tortishni ta’minlash uchun chuqur protektorlardan foydalanadigan avtomobil shinalari toifasiga kiradi. Muz yoki qor shinalari bilan solishtirganda, ularda tirgaklar yo‘q, lekin chuqurroq va kengroq o‘yimliklari protektorning loy yoki shag‘alga tushishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
YO‘LTANLAMAS SHINALAR - Turli sharoit va hududlarda ishlash uchun mo‘ljallangan shinalari yoki velosiped shinalari. Yo‘ltanlamas shinalar shlak, qum yoki shag‘al kabi asfaltlanmagan yo‘llarda ko‘proq tortishni ta’minlash uchun chuqur protektorlardan foydalanadigan avtomobil shinalari toifasiga kiradi. Muz yoki qor shinalari bilan solishtirganda, ularda tirgaklar yo‘q, lekin chuqurroq va kengroq o‘yimliklari protektorning loy yoki shag‘alga tushishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
ZANJIR TO‘DA [ingl. – chain gang] - Shosse velopoygasida zanjirli to‘da - bu bir-biriga yaqin bo‘lgan velosipedchilar guruhi bo‘lib, odatda yetakchiga ergashadigan ikkita parallel chiziqdan iborat bo‘lishadi.