ASOSIY HUJUM - Qilichbozlikda jang to‘qnashuvini boshlash uchun amalga oshiriladigan harakat bo‘lib, duel paytidagi birinchi hujumkor manyovrni o‘z ichiga oladi.
ATMAN (ZARBA) - Raqib qilichiga qurol bilan zarba beradigan qilichbozlik usuli. Bu harakatning maqsadi raqibni beqarorlashtirish yoki uning qurolini jang maydonidan chiqarib yuborishdir, bu esa hujumda ustunlikka erishish imkonini beradi.
AYLANA ZARBA (BATMAN) - Qilich tig‘ining vertikal va gorizontal harakatlari uyg‘unlashuvidan iborat zarba bo‘lib, dastlabki holatga qaytish bilan yakunlanadi. Ushbu murakkab usul raqibni maksimal holatda chalg‘itish va uning hujum yo‘nalishlarini to‘sib qo‘yish maqsadida qo‘llaniladi.
BIR SUR’ATLI (IKKI SUR’ATLI, UCH SUR’ATLI, KO‘P SUR’ATLI) HARAKAT - Qilichbozlar tomonidan bir hujumda bajariladigan harakat sur’atlari yoki alohida harakatlar sonidir. Bitta harakat sur’ati qurolning bitta harakatini, ko‘p sur’atli harakatlar esa hujumning murakkabligini ko‘rsatadigan ketma-ket harakatlar to‘plamidan iborat.
BURCHAK LI SANCHIQ - Qilichboz qurolli qo‘lining bilagi va qurol i burchak hosil qiladigan hujum turi.
CHEKINISH TECHNIKASI - Raqib zarbasidan qochish uchun tananing nishon sohasi holatini o‘zgartirishga qaratilgan himoya harakati. Ushbu usul tezkor va aniq harakat qilishni talab etadi, bu esa qilichbozga xavfni kamaytirish va jang davomida ustunlikni saqlab qolish imkonini beradi.
EKSPROMT HARAKAT - Qilichbozlikda raqibning kutilmagan harakatiga yoki vaziyatning o‘zgarishiga javoban yuzaga keladigan beixtiyor harakat. Bu qilichbozdan oldindan rejalashtirmasdan yangi vaziyatga moslashish qobiliyati va javob reaksiyasi tezligini talab qiladi.
ELEKTROFIKSATOR - Qilichbozlik musobaqasida tig‘ sanchish va zarbalarni tezkor qayd etish uchun qo‘llanadigan qurilma bo‘lib, u nayza sanchishdagi vaqtinchalik ustunlikni aniqlash imkonini beradi. Qurilma qurol va shikast yetkazilgan yuza o‘rtasidagi har bir qayd etilgan sanchish haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etish orqali hakamlikning xolisligini yaxshilaydi.
FINT - Bu qilichboz raqibida himoya reaksiyasini uyg‘otish uchun unga nisbatan qurol bilan aldamchi harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan texnika. Ushbu harakat raqibni nomaqbul harakatlarni bajarishga majbur qiladi va bundan qilichboz o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi mumkin.
FINT BILAN HUJUM - Qurol va zarba bilan tahdidli harakatlarni o‘z ichiga olgan murakkab hujum usuli bo‘lib, unda qilichboz raqibni chalg‘itish uchun bir yoki bir nechta soxta harakatlarni amalga oshiradi. Shundan so‘ng u kutilmagan hal qiluvchi zarbani beradi.
GARDA - Qilichbozlikda qurolning himoya qismi hisoblanadi. U metalldan yasalib, qavariq shaklga ega bo‘ladi. Garda qilich dastasiga o‘rnatiladi va qilichbozning qo‘lini to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba hamda sanchishlardan himoya qiladi.
HAMLA - Qilichbozlikdagi asosiy harakat bo‘lib, bunda sportchi tez oldinga harakat qiladi. Hamla paytida orqa oyoq bilan itarilish amalga oshiriladi, old oyoq esa tayanch uchun oldinga qo‘yiladi, bu esa raqibgacha bo‘lgan masofani tezda qisqartirish imkonini beradi.
HAQIQIY SANCHI Q (UKOL) - Raqib tanasidagi ruxsat etilgan sohaga aniq sanchqi berish. Agar u barcha qoidalarga muvofiq to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, bu sanchish musobaqa davomida ball sifatida hisobga olinadi.
HIMOYA - Bu qilichbozlik bellashuvida hujum yoki qarshi hujumni amalga oshirayotgan raqib qurolini o‘z quroli bilan qaytarish.
HIMOYA JANGI TEXNIKASI - Qilichbozlikda, asosan, himoya texnikalaridan foydalaniladigan usul. Bu yondashuv raqibning tajovuzkorligini bartaraf etish, o‘z holatini saqlab qolish va xavfli hujumlardan qochish maqsadida qarshi hujumlar, chetlanishlar va javob zarbalarini o‘z ichiga oladi.
HIMOYA NIQOBI - Qilichbozlar yuziga taqadigan maxsus to‘rli niqob.
HUJUMKOR JANG TAKTIKASI - Qilichbozlikda maydonni egallash uchun hujum usullarini faol qo‘llashga asoslangan taktika hisoblanadi. Qilichboz ko‘proq hududni egallab, raqibini chekinishga majbur qilish maqsadida dadil harakatlarga e’tibor qaratadi. Bu taktikada sportchi faol va shiddatli harakat qilib, raqibini doimiy ravishda bosim ostida saqlashga intiladi.
IKKI TOMONLAMA HUJUM TEXNIKASI - Har ikkala qilichboz tomonidan bir vaqtning o‘zida boshlanib, bir paytda yakunlanadigan hujum.
JANGDAN OLDINGI BOSHLANG‘ICH HOLAT - Qilichbozning qilich ushlagan qo‘lini oldinga cho‘zib turgan va qurolsiz qo‘lida niqob ushlagan holati.
JANGOVAR OLISHUVI TECHNIKASI - Qilichbozlikda jangning shiddatli bosqichi bo‘lib, unda ketma-ket bajariladigan tez almashuvchi hujum va himoya harakatlari amalga oshiriladi. Bu paytda har bir ishtirokchi raqibini mag‘lub etishga intiladi. Jangning bu lahzasi yuqori darajadagi diqqat-e’tibor, texnik tayyorgarlik va taktik mahoratni talab etadi.
JANGOVAR TIK TURISH TECHNIKASI - Qilichbozning jang olib borishga tayyorgarligini aks ettiruvchi holati.
JAVOB HUJUMI TEXNIKASI - Raqibning muvaffaqiyatsiz hujumidan so‘ng chekinishiga javoban amalga oshiriladigan hujumkor harakat. Javob hujumi yaxshi vaqt tanlash va aniq hisob-kitobni talab qiladi, chunki uni bajarish paytida mag‘lubiyatga uchrash xavfi yuqoriligicha qoladi. Bu hujum turi raqibning zaiflashgan holatidan foydalanish imkonini beradi, ammo tez va aniq harakat qilishni talab etadi.
KECHIKTIRILGAN HUJUM TAKTIKASI - Qilichboz ataylab zarba yoki fintni bajarishni kechiktiradigan taktik usul bo‘lib, ushbu holat raqib mudofaasida noaniqlik vaziyatini yuzaga keltiradi. Bu esa raqib mudofaasida xatoga yo‘l qo‘yishga olib kelishi mumkin.
KOMBINATSIYALANGAN HUJUM - Qilichbozlikdagi murakkab hujum texnikasi bo‘lib, bir nechta har xil harakatlarni qamrab oladi. Bunday hujum raqib qurolini boshqarish, chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirish hamda yakuniy zarba yoki tig‘ sanchish kabilarni o‘z ichiga oladi.
KONTAKTNI BOSHQARA OLISH TECHNIKASI - Qilichbozlik bellashuvida raqibning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlarini qaytara oladigan himoyaga ega bo‘lishdir. Bu atama qilichbozning raqib muvaffaqiyatli hujum qila olmasligi uchun masofa va holatni nazorat qilish qobiliyatini anglatadi.
KROAZE - Raqib qilichini uning zaif qismiga urib tushirish.
KURASH CHIZIG‘I - Qilichboz hujum yoki himoya vaqtida foydalanadigan maydondagi yo‘nalishlarni belgilab beradigan tushunchadir. Bu chiziqlar qurolning holati va tananing harakatiga qarab ichki va tashqi, yuqori va pastki chiziqlarga bo‘linadi.
KUTISH JANGI TECHNIKASI - Qilichbozlikda qo‘llaniladigan usul bo‘lib, bunda sportchi raqibning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatish va tahlil qilish uchun ko‘p vaqt sarflaydi. Bu usul raqib himoyasidagi zaif tomonlarni aniqlash va hal qiluvchi hujum uchun eng qulay paytni tanlash imkoniyatini beradi.
MAN YOVLASH - Qilichbozning jang maydonida taktik ustunlikka erishish uchun o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratilgan strategik harakatidir. Bu harakat sportchiga hujumlardan qochish va zarba berish uchun yangi burchaklarni yaratish imkonini beradi.
MANYOVRLI JANG TECHNIKASI - Qilichbozlik yo‘lagida tez va faol holda o‘rin almashtirish bilan tavsiflanadigan qilichbozlik uslubi hisoblanadi. Bu taktikani tanlaydigan qilichbozlar raqibgacha bo‘lgan masofani doimiy ravishda o‘zgartirib, kutilmagan hujumlar va strategik harakatlar orqali ustunlikka erishishga harakat qiladilar.
MANYOVRNI BAJARISHGA UNDASH - Taktik harakat bo‘lib, uning maqsadi raqibni ma’lum bir manyovrni bajarishga undashdir. Bu usul raqib harakatlarini boshqarish uchun qo‘llanadi, bu esa jang jarayonini nazorat qilish va raqibning javob harakatlarini oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi.
NIQOBLANISH (MASKIROVKA) - O‘z niyatini raqibdan yashirish va uni chalg‘itish uchun turli taktika va harakatlardan foydalanish. Qilichbozlar raqibni chalg‘itish yoki bo‘lajak hujumlarni yashirish uchun niqoblashdan foydalanadilar.
ODDIY HUJUM TECHNIKASI - Bir maromda tez va qat’iy harakat bilan amalga oshiriladigan hujumkor harakat. Unda oldindan tayyorlangan aldov harakatlari yoki murakkab usullar bo‘lmaydi.
OLDINDAN REJALASHTIRILGAN HARAKAT TECHNIKASI - Avvaldan rejalashtirilgan harakat yoki harakatlar turkumini amalga oshirish. Bu sportchi tomonidan o‘ylab topilgan harakat bo‘lib, jangda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini oshirishga mo‘ljallangan strategik jihatlarni o‘z ichiga oladi.
O‘TUVCHI ZARBA (BATMAN) - Raqib qilichi atrofidan tig‘ bilan aylanib o‘tishdan iborat ravon harakat. Bu usul raqibning himoyasini chetlab o‘tish va uning vaqtinchalik mo‘ljaldan adashishidan foydalanib, hujum uchun zaif nuqta yaratish uchun qo‘llaniladi.
O‘ZARO HUJUM - Qilichbozlikda bir vaqtning o‘zida ikkala qilichboz tomonidan boshlangan va yakunlangan hujum.
POZITSION JANG - Qilichbozlikda qo‘llanadigan strategiya bo‘lib, unda sportchi minimal harakatlarni amalga oshiradi. Bu usul sportchiga kuch-quvvatini tejash va vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi, shu bilan birga, raqib harakatlariga javoban aniq va puxta o‘ylangan hujumlarni amalga oshirishga e’tibor qaratadi.
QARSHI HIMOYA - Qilichbozlikdagi himoyalanish usuli bo‘lib, raqibning javob zarbasini o‘z quroli yordamida qaytarishdan iborat. Bu harakat raqibning hujum harakatlarini samarali bartaraf etish uchun yuqori darajadagi aniqlik va javob reaksiyasini talab qiladi.
QARSHI HUJUM - Raqibning hujumiga qarshi qaratilgan tajovuzkor harakat bo‘lib, uning maqsadi raqibdan o‘zib ketish yoki uning zarba berishidan qochishdir. Qarshi hujum raqib hujumidagi kamchiliklardan foydalanib, tashabbusni qo‘lga olish uchun ishlatiladi.
QARSHIJAVOB - Qilichbozlikdagi taktika bo‘lib, unda qilichboz raqibini muvaffaqiyatli qarshi olgach, darhol unga qarshi hujumni amalga oshiradi. Bu harakat dushmanning muvaffaqiyatsiz hujumidan keyingi beqaror paytidan foydalanishga qaratilgan.
QILICH HALQASI - Qilich tig‘ining kesuvchi qirrasidan qarama-qarshi tomonda joylashuvchi yo‘g‘on qismi. U ko‘pincha raqib zarbalarini to‘sish uchun ishlatiladi.
QILICH TIG‘I - Qilichbozlik sportida ishlatiladigan qilichning kesuvchi tomoni.
QILICHBOZ - Rapira, qilich, shamshir (shpaga) kabi tig‘li qurollar bilan bellashuvchi sportchi.
QILICHBOZ DOKTRINASI - Kurash, jang yoki musobaqa paytida qilichboz tomonidan qo‘llaniladigan tamoyillar va strategiyalar majmuasi. Ushbu tushuncha qilichbozlikka individual yondashuvni, shu jumladan, texnika, taktika va psixologik tayyorgarlikni tanlashni aks ettiradi.
QILICHBOZ HARAKATI - Qilichbozning bellashuvda taktik vazifalarni bajarishga qaratilgan har qanday harakati. Bu harakat hujumga, himoyaga yoki manyovr qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin va yakkama-yakka olishuvda natijani aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
QILICHBOZ HUJUMI - Qilichbozlik sportida raqibni mag‘lub etish maqsadida unga tig‘li qurol orqali zarba berishga qaratilgan faol harakat.
QILICHBOZ QADAMI - Qilichbozning jang maydonidagi asosiy harakati bo‘lib, bunda oyoqlar bir-biriga chalishmaydi va har doim ulardan biri yerga tegib turadi. Texnikaning ushbu unsuri sportchiga muvozanatni saqlash va maydonda samarali harakatlanish, raqib hujumlaridan qochish yoki zarba berish uchun yaqinlashish imkonini beradi.
QILICHBOZ ZARBASI - Qilich tig‘ini ma’lum bir kuch bilan dushmanning nishon sohasiga tegizish.
QILICHBOZGA JARIMA ZARBASI - Qilichbozga u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato tufayli beriladigan jarima turi.
QILICHBOZLIK - 1. Qilich ishlatish san’ati.
2. Qilich bilan amalga oshiriladigan jang.
3. Muayyan qonun-qoida, tartib asosida rapira, qilich, shamshir (shpaga) kabi tig‘li qurollar bilan o‘tkaziladigan sport turi.
QILICHBOZLIK JANG MAYDONI - Qilichbozlik sportida musobaqa, bellashuv olib borish uchun mo‘ljallangan maydon.
QILICHBOZLIK JANGI - Musobaqa qoidalari asosida ikki raqib o‘rtasida o‘tkaziladigan rasmiy bellashuv hisoblanadi. Jangni hakamlar baholaydilar. Ular qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilib, ishtirokchilarning zarbalari va himoyalanish harakatlarining natijalarini qayd etib boradilar.
QILICHBOZLIK NIZOMI - Qilichbozlik sport turi qonun-qoidalari, tartibi majmuasi.
QILICHBOZLIK OLIMPIYA O‘YINLARI - Qilichbozlik sport turi sifatida 1896-yilda Afina da bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlariga kiritilgan. Unda faqat erkaklar bahs olib borishgan.
QILICHBOZLIK QILICHI (SABLYA) - Qilichbozlik sporti quroli turi bo‘lib, og‘irligi 500 grammdan oshmaydi, tig‘ning uzunligi esa 88 santimetr bilan cheklanadi. Qilichning ko‘ndalang kesimi trapesiyasimon, gardasi oval shaklda himoya yoyi bilan ishlangan.
QILICHBOZLIK QILICHI QISMLARI - Qilich tig‘ining uch asosiy qismga bo‘linishidir: tig‘ga yaqin joylashgan kuchsiz qism, o‘rta qism va gardga yaqin joylashgan kuchli qism. Har bir qismning hujum va himoyada o‘ziga xos vazifalari bo‘lib, ular qurolni jangda taktik qo‘llashda muhim.
QILICHBOZLIK QUROLLARI - Qilichbozlik sportida qo‘llaniladigan tig, garda va dastakdan iborat anjomlar.
QILICHBOZLIK SPORTI - Rapira, qilich, shamshir (shpaga) vositasida yakkama-yakka o‘tkaziladigan musobaqa sport turi. Bu sport turida qilichbozlar maxsus to‘rli himoya niqobi, oq kiyim, qo‘lqop kiygan holda bellashishadi. Qilichbozlik sport turi sifatida XV-XVI asrdan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517-yilda italiyalik A.Marotssi qilichbozlik bo‘yicha ilk o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. XVII asr oxirida Fransiyada qilichbozlik qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar o‘tkazildi. 1896-yildan qilichbozlik olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1937-yildan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazib kelinadi.
QILICHBOZLIK SUR’ATI - Qilichbozlikda zarba berish yoki qarshilik ko‘rsatish kabi asosiy harakatni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt. Qilichbozlik sur’ati bellashuv ritmini belgilaydi, jang strategiyasi va taktikasining asosiy elementi bo‘lib, qilichbozga jangning borishini nazorat qilish imkonini beradi.
QILICHBOZLIK TAKTIKASI - Kurashda raqib ustidan ustunlikka erishish uchun sportchi tomonidan qo‘llaniladigan strategik yondashuv va usullar majmuyidir. U hujum, himoya va qarshi hujum uchun eng maqbul lahzalarni tanlash, shuningdek, raqib uslubi va texnikasiga moslashishni o‘z ichiga oladi.
QILICHBOZLIK VOSITALARI - Bellashuv jarayonida qilichbozlar tomonidan hujum va himoyada qo‘llanadigan usullar va manyovrlar majmuyidir.
QILICHBOZLIK YO‘LKASI - Eni 1,5-2m va uzunligi 14 m bo‘lgan, inyeksiya yoki zarbalarni qayd qiluvchi qurilmadan ajratilgan elektr o‘tkazuvchan materialdan yasalgan qilichbozlik o‘yini o‘tkaziladigan yo‘lak.
QILICHBOZLIKDA JANG MAYDONI CHEGARALARI - Qilichbozlik yo‘lkasini chegaralaydigan chiziqlar bo‘lib, yon va orqa chegaralarni o‘z ichiga oladi. Ushbu chiziqlar jang paytida qilichbozlarning harakatlanishi uchun mavjud bo‘lgan maydonni belgilaydi va ulardan tashqariga chiqish jarima yoki musobaqadan chetlanishga olib kelishi mumkin.
QILICHBOZLIKDA ORALIQ MASOFA - Qilichbozlik bellashuvida ikki raqib o‘rtasidagi oraliq maydon. Masofani to‘g‘ri boshqarish muvaffaqiyatli himoya va hujum uchun g‘oyat muhim, chunki u o‘z qurolining imkoniyatlaridan samarali foydalanish va raqib hujumlaridan saqlanish imkonini beradi.
QILICHBOZLIKDA QUROL O‘YINI TECHNIKASI - Qilichbozlikdagi texnika bo‘lib, raqib qurol bilan hujum qilmaganda ham, hujum qilganda ham tig‘ bilan mohirona harakat qilish ni anglatadi. Bu harakat raqib qurolini boshqarish yoki aldov harakatlarini amalga oshirish orqali taktik ustunlikka erishish uchun mo‘ljallangan.
QILICHBOZLIKDA VAQTNI HIS QILISH - Jang davomida qisqa vaqt oralig‘ini aniq baholash qobiliyati bo‘lib, bu hujum va qarshi hujumlarda eng maqbul vaqtni belgilash uchun zarur. Ushbu xususiyat qilichbozga bellashuv maromini samarali boshqarish va raqib harakatlaridagi o‘zgarishlarga moslashish imkonini beradi.
QILICHBOZNI HUJUMGA TAYYORLOVCHI HARAKAT - Qilizbozlikda raqibga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berish yoki uni qaytarishga mo‘ljallanmagan harakat. Bu harakat raqib holatini aniqlash, uni ma’lum bir maromga solish yoki keyingi hujum oldidan raqibni chalg‘itish uchun ishlatiladi.
QILICHBOZNING JANG HISSI - Qilichbozning asosiy sifati bo‘lib, u raqibning harakatlariga tez va aniq javob berish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bu xususiyat sportchiga yo‘lkadagi vaziyatni to‘g‘ri baholash va bellashuv paytida tezkor qaror qabul qilish imkonini beradi.
QO‘SHALOQ O‘TKAZMA HUJUM TECHNIKASI - Qilichbozlikdagi taktika bo‘lib, unda qilichboz avval sanchishni bir yo‘nalishga harakatlantirib, fint qiladi, keyin esa tezda boshqa zonaga ga o‘tkazadi. Bu harakat bu manyovr ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yarim doiraviy hujumlarni qaytarish uchun qo‘llaniladigan raqibning kutilayotgan mudofaasini chalg‘itishga qaratiladi.
QUROL BILAN HUJUM TECHNIKASI - Qilichbozlikdagi taktik usul bo‘lib, zarba berishdan oldin dushman qurolini nazorat qilish yoki zararsizlantirish harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu usul ko‘pincha raqibni vaqtincha himoyalanish yoki qarshi hujum qilish imkoniyatidan mahrum etish maqsadida qo‘llanadi. Bunda raqibning tig‘ini chetlatish, to‘sish yoki ishdan chiqarish orqali uning mudofaa qobiliyati cheklanadi.
RAPIRA - Qilichbozlikda rasmiy musobaqalarda qo‘llanadigan og‘irligi 500 g, tig‘ uzunligi 90 sm gacha bo‘lgan, diametri 12 smdan oshmaydigan qayishqoq, to‘rt qirrali, har bir sanchqini qayd etuvchi elektr aloqali qurilmasi bo‘lgan shamshirdan iborat sanchuvchi tig‘li qurol.
RAPIYER - og‘irligi 770 gdan, uzunligi 110 sm dan oshmaydigan, biroz uzun uchburchakli pichoqli rapiraga o‘xshaydigan qurol.
RAPIYER QILICHBOZLIK - Zarbalar faqat pichoq uchi bilan beriladigan, musobaqada elektron, gavda va ko‘krak qafasini yopib turuvchi nimcha kiyiladigan va sanchish shu nimchaga uriladigan qilichbozlik sporti turi. Bu sport turida agar har ikki qilichbozning maxsus chirog‘i yonsa, unda faqat hujum qilgan ishtrokchi g‘olib sanaladi.
REJALASHTIRILGAN EKSPROMT HARAKAT - Boshlanishi rejalashtirilib, ekspromt yakunlanadigan harakat ko‘rinishi.
REJALASHTIRILGAN HARAKAT TEXNIKASI - Sportchining oldindan rejalashtirgan harakati turi.
REPRI (yoki REMIZ) - Yangilangan zarba, zamonaviy tilda remiz qarshi hujum, repris takroriy hujum.
SABER - Og‘irligi 500 g. dan, uzunligi 105 smdan oshmaydigan, egiluvchan trapezoidal pichog‘i uzunligi 88 sm dan oshmaydigan kesuvchi va teshuvchi qurol.
SABER QILICHBOZLIK - “Oldinga ko‘ndalang qadam” taqiqlanuvchi, lekin orqaga o‘tishga ruxsat beriladigan qilichbozlik.
SALYUT - Qurol harakati bilan tantanali salomlashish. Bu imo-ishora raqib va hakamlarga hurmat ifodasi bo‘lib, bellashuv boshlanishidan oldin or-nomus va sport ruhini aks ettiradi.
SANCHIQ (UKOL) - Raqib tanasining zararlangan sohasiga qilich tig‘ining aniq tegishi. U maxsus elektrofiksator apparati bilan ro‘yxatga olinishi uchun yetarli kuch bilan amalga oshirilgan bo‘lsagina, muvaffaqiyatli hisoblanadi.
SHAMSHIR (SHPAGA) - Qilichbozlik sportida ishlatiladigan og‘irligi 770 g gacha, uzunligi 90 sm gacha bo‘lgan, uchburchak shaklda va diametri 13,5 smdan oshmaydigan dumaloq gardali tig‘li qurol, aynan qilich. Shpaga qirralarinig kengligi 24 mmdan 3 ta bo‘ladi. Shpaganing uch qismida knopaga o‘xshash murakkab tuzilishga ega moslama mavjud, agar u raqibga tegsa, maxsus chiroq yonadi. Agar qilichbozlik yolagiga va shpaga gardasiga tegsa, yon tomondagi kichik sariq chiroq yonadi va u hisoblanmaydi. Musobaqada ishtrokchilar shpaga bilan raqibining xohlagan joyiga sanchishlari mumkin. Agar ikkala ishtirokchi birvaqtda sanchishni amalga oshirishi natijasida ularning maxsus chirog‘i bir vaqtda yonsa, har ikkala ishtirokchiga ham ball beriladi.
SHARTLANGAN HARAKAT TECHNIKASI - Hujum qilish uchun oldindan belgilangan tez harakat reaksiyalariga asoslangan harakat bo‘lib, ma’lum miqdordagi fintlar, hujum yoki himoya yo‘nalishini tanlash va taktik ustunlikka erishish uchun rejalashtirilgan qurol harakatlari ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
SIMLI NIQOB - Birinchi marta XVII asrda paydo bo‘lgan qilichbozlikda kiyiladigan qilichbozni tig‘dan zararlanishdan himoya qiluvchi maxsus kiyim.
TAKRORIY HUJUM TEXNIKASI - Qilichbozning raqibi qarshi hujum qilmagan, chekingan yoki chap bergan vaqtda amalga oshiradigan zarbasidir. Qilichboz raqibining javob harakatlarini kutmaydi, balki zudlik bilan yangi hujumni boshlaydi.
TAYYORGARLIK HARAKATI TEXNIKASI - Qilichbozning zarba berish yoki zarbani qaytarishiga qaratilmagan harakati.
TAYYORLANAYOTGAN ZARBAGA HUJUM - Raqib hujumga o‘tmoqchi bo‘lgan paytda qilichboz tomonidan berilgan zarba. Bu zarba raqib hujum qilish uchun yaqinlashayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
TERS - Qilichbozlik sportida raqib rapirasining o‘ng tomonidan barmoqlar pastga burilgan holda berilgan zarba turi.
TEZKOR JANG TECHNIKASI - Qilichbozlikdagi shunday strategiyaki, unda sportchilar tayyorgarlik vaqtini imkon qadar qisqartirib, tez va samarali hujumlar orqali ustunlikni zudlik bilan qo‘lga kiritishga e’tibor qaratgan holda bellashuvni tez yakunlashga intiladilar.
TOSHKENT XALQARO QILICHBOZLIK AKADEMIYASI - Ushbu akademiya 2020-yilda Toshkentda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda poytaxtdagi qilichbozlik markazi bazalarida ochilgan Akademiyada qilichbozlik yo‘nalishida yuqori malakali hakam va murabbiylar yetishtiriladi.
TO‘G‘RI ZARBA (BATMAN) - Qilichbozlikda qo‘llaniladigan texnika bo‘lib, bunda raqibning qilichiga o‘z qilichini gorizontal yo‘nalishda harakatlantirib zarba beriladi. Bu usul raqibning muvozanatini buzish va uni keyingi hujum uchun ochiq qoldirish maqsadida bajariladi.
VOLT - qilichbozlikda zarbadan himoyalanish.
XALQARO QILICHBOZLIK FEDERATSIYASI (XQF) - 153 ta milliy federatsiyalardan iborat xalqaro olimpiya qilichbozlik boshqaruvi organi, XQF 1913-yil 29-noyabr Fransiyaning Parij shahrida tuzildi, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Lozanna shahridagi Maison du Sport Internationalda joylashgan. XQFga birinchi bo‘lib ta'sischi mamlakatlar Belgiya, Bogemiya (hozirgi Chexiya), Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsariya a’zo bo‘lishgan.
YAQIN MASOFALI JANG TECHNIKASI - Bellashuvning shunday bosqichiki, unda raqiblar bir-biridan shunday masofada turadilarki, faqat qurollarining uzunligidan foydalanib, zarba bera oladilar. Jangning bu bosqichi qilichbozdan alohida epchillik va aniqlikni talab qiladi, chunki qo‘shimcha harakatlar raqibning yaqinligi bilan cheklangan.
YARIM AYLANA BATMAN - Qilichni vertikal tekislikda siljitish orqali amalga oshiriladigan zarba turi.
YARIMAYLANA ZARBA (BATMAN) - Qilichbozlikda zarba berish usuli, unda qilich vertikal yo‘nalishda harakat qiladi. Bu usul raqib qurolini nazorat qilish, uning hujumlaridan himoyalanish va qarshi hujumni amalga oshirishga imkon beradi.
ZARBA - Qilich tig‘i oldingi uchdan bir qismining raqib tanasiga zarur kuch bilan sanchilishini amalga oshirish. Bu musobaqada mag‘lubiyatning asosiy usuli bo‘lib, unda har bir zarba aniqlik va kuchga qarab baholanadi.
ZARBALANUVCHI YUZA - Qilichbozlik sporti musobaqalarida zarbalar hisobga olinadigan qilichboz tanasining qismlari.
ZARBLI ZARBA (BATMAN) - Qilichbozlikda qo‘llanadigan usul bo‘lib, bunda zarba qilich tig‘ining raqib qilichi tig‘i bilan kontaktga kirishishi orqali amalga oshiriladi. Bu texnika raqibning hujumini bartaraf etish va birvaqtda o‘zining hujumkor harakatini bajarish uchun qulay vaziyat yaratish maqsadida ishlatiladi.