AIBA - AIBA (Association Internationale de Boxe Amateur) ‒ Xalqaro havaskor boks uyushmasi. AIBA uyushmasi havaskor boksning milliy tashkilotlarini birlashtirish maqsadida tuzilgan. AIBA tarkibiga 183 davlat vakillari kiradi, ular qo‘mita nizomiga amal qilishlari shart. Kongress ‒ oliy boshqaruv organi bo‘lib, u havaskor boks musobaqalari qoidalarini tasdiqlaydi, prezident va bosh kotibni tayinlaydi, shuningdek, faoliyatning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi. AIBA uyushmasi 1946-yilda tashkil etilgan. Tuzilgandan buyon qo‘mita rahbarligi ostida Olimpiada o‘yinlari, jahon chempionatlari va Jahon kubogi turnirlarida o‘nlab musobaqalar o‘tkazilgan. Boshqaruvning ijro organi vakillari AIBA tarkibiga kiruvchi mamlakatlarda havaskor boksni rivojlantirish uchun mas’uldirlar.
ALDOV HARAKATLARI - Raqibni o‘zining haqiqiy maqsadidan chalg‘itishga qaratilgan hujum va himoya taktik-texnik choralari yig‘indisi. Aldov harakatlariga fintlar, soxta zarbalar, zarba berish imitatsiyasi, ataylab chekinish, o‘zini charchagandek va jangni davom ettira olmaydigandek ko‘rsatish, shuningdek, raqibni adashtirish uchun qo‘llaniladigan boshqa usullar kiradi. Aldov harakatlari razvedka xususiyatiga ega bo‘lishi yoki raqibni qarshi hujum tuzog‘iga ilintirish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
ALLONJ - Zarbaning maksimal uzunligini belgilaydigan individual xususiyat. «Allonj» ‒ fransuzcha atama bo‘lib, inglizcha «rich» so‘ziga to‘g‘ri keladi. Jang olib borish uchun eng uzoq masofani tanlash bellashuv natijasiga ta’sir qilishi mumkin. Har bir sportchi himoya jarayonini nazorat qilish va o‘ziga qulay masofadan hujum qilish uchun qo‘l uzunligidan maksimal darajada unumli foydalanishi lozim. Allonj bokschining o‘zi uchun qulay masofada jang olib borish mahoratini ifodalaydi. Past bo‘yli sportchilar uchun raqibga yaqinlashib, tanaga qisqa zarbalar berish afzal sanaladi. Baland bo‘yli bokschilar esa uzoq masofadan zarba berishni ma’qul ko‘radi. Sportchining oyoq harakatlari, masofani o‘zgartira olishi va ringdagi vaziyatga qarab harakat qilish qobiliyati muhim ahamiyatga ega.
ANDERKART - Asosiy jang oldidan o‘tkaziladigan boks janglari. «Yulduzlar»ning asosiy sparringiga kelgan odamlarni jonlantirish va zalda zarur muhitni yaratish uchun ringda navbatma-navbat janglar o‘tkaziladi. Sportchilarning vazn toifasi va bellashuvlar soni musobaqa tashkilotchilari tomonidan belgilanadi. Ayrim paytlarda anderkart asosiy jangga nisbatan ancha tomoshabop va qiziqarliroq bo‘ladi. Ringda asosiy jangdan oldingi janglar soniga bog‘liq ravishda u qadar mashhur bo‘lmagan raqiblar o‘rtasida sparringlar o‘tkaziladi. Qoidaga ko‘ra, tomoshabinlarni jonlantirib olish uchun bunday janglarda katta sport olamida o‘z yo‘lini endigina boshlagan yosh sportchilar ishtirok etadi. Bugun jahon boksining afsonalari bo‘lgan ko‘plab professionallar ringdagi chiqishlarini anderkartdan boshlagan.
ANIQ YO‘NALTIRILGAN ZARBA - Alohida keskinlik, kuch yoki qudratga ega bo‘lgan zarbalardan biri. Ko‘pchilik bokschilar aniq yo‘naltirilgan zarba yordamida jang natijasini hal qiladilar. Bunday zarba kamdan kam qo‘llanadi, puxta o‘ylab amalga oshiriladi va albatta nishonga tegishi kerak. Odatda raqibni yiqitish va jangni muddatidan oldin yakunlash uchun zarba raqibning zaif joyiga yo‘naltiriladi. Har bir bokschi jangning murakkab lahzalarida yordam berishi mumkin bo‘lgan aniq yo‘naltirilgan zarbaga alohida e’tibor qaratadi. Keskinlik va kuchni oshirish uchun shtanga bilan mashq qilish, shuningdek, zarba beruvchi qo‘lga qo‘shimcha og‘irlik bog‘lab boks qopchasiga intensiv zarba berish kabi og‘irlashtirilgan mashg‘ulotlar qo‘llanadi.
ANJOMLAR BILAN MASHQ QILISH - Anjomlar bilan mashq qilish bokschi mashg‘ulot jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, mashg‘ulot anjomlaridan foydalashni o‘z ichiga oladi. Boks anjomlari turli xil noklar, boks qoplari, silikon manekenlar va punktbollardan iborat. Anjomlar asosan zarba kuchi, yo‘nalishi yoki texnikasini takomillashtirish uchun mo‘ljallangan. Mashg‘ulot jarayonida anjomlarda ishlashga alohida e’tibor beriladi, chunki ular sportchiga qo‘llariga yoki sparring-sherigiga shikast yetkazishdan cho‘chimasdan zarba berish imkonini yaratadi.
APPERKOT - Boksdagi klassik zarba turi. Zarba pastdan beriladi, musht albatta o‘ziga qayrilgan holda bo‘lishi kerak. Faqatgina yaqin masofadagi jangda ishlatiladi. Apperkot boksdagi eng kuchli hujum turlaridan biri hisoblanadi. Bunday zarbaning asosiy nishoni raqibning iyagi yoki jigari bo‘ladi. «Apperkot» nomining o‘zida zarbadan ko‘zlangan maqsad yashiringan bo‘lib, u ingliz tilidan «pastdan yuqoriga kesish, chopish» deb tarjima qilinadi. Yaxshi ijro etilgan «apperkot» yordamida jang natijasini muddatidan avval nokaut bilan hal qilish mumkin. Bunday zarba aql bovar qilmaydigan darajadagi kuchga ega, bosh miya jarohatlari ko‘rinishidagi oqibatlarning oldini olish uchun yoshlikdan «apperkot»dan himoyalanish o‘rgatiladi. Irlandiyalik mashhur Mikki Uord ‒ haqiqiy afsona va jahon chempioni. Bu bokschi o‘z apperkotining mohirona ijrosi va kuchi tufayli ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdi.
ARQONLARGA OSILISH - Raqibi tomonidan ring arqonlariga siqib qo‘yilgan bokschi harakatlarini ifodalovchi majoziy ibora. Bokschi charchoq va raqibning kuchli zarbalari ta’sirida «arqonlarga osilib qoladi». Shuningdek, nokdaun yoki nokaut holatida ham bokschi majburan arqonlarga osilishi mumkin. Ataylab arqonlarga osilish va ulardan tayanch sifatida foydalanishga urinish ringdagi hakam tomonidan jazolanadi.
ARQONLARGA TAYANISH - Qoidaga ko‘ra taqiqlangan texnik harakat bo‘lib, bunda bokschi hujum harakatlarining kuchini oshirish uchun arqonlardan prujina sifatida foydalanadi. Tarang tortilgan arqonlarning statik energiyasidan foydalib, ba’zi bokschilar butut tanasi bilan ularga qattiq suyanadilar va itarilib, tezlik bilan raqibga zarba berish uchun yaqinlashadilar. Bunday harakat boks qoidalari bilan taqiqlangan bo‘lib, standart tanbeh va ogohlantirishlar bilan jazolanadi. Agar arqonlarga osilib turish passiv harakat bo‘lsa, ularga tayanish faol harakatdir.
AUT - Hakamning ringdagi buyrug‘i, birdan o‘ngacha bo‘lgan yakunlovchi hisob. AIBA qoidalariga ko‘ra, hakam bokschining oyoqlaridan tashqari tanasining istalgan qismi yerga tegganda hisobni e’lon qiladi. Sportning har qanday turida aut o‘yindan chiqishni anglatadi. Boksda hakam tomonidan «o‘n» hisobidan so‘ng e’lon qilingan aut raqiblardan birining nokautga uchraganini va boshqasining g‘alaba qozonganini bildiradi. Bokschining o‘yindan chiqishiga raqibining kuchli hujumkor zarbasi yoki mukammal bajargan seriyasi sabab bo‘ladi. Autdan so‘ng jang to‘xtatiladi va natijalar e’lon qilinadi.
AUTFAYTER - Uzoq masofada jang qilishni afzal ko‘radigan bokschi. Autfayter ‒ yengil, harakatchan, qo‘llari uzun, har doim raqibni masofada ushlab turishga intiluvchi jangchi. Bunday bokschi aksariyat zarbalarni kuchsiz qo‘li bilan beradi, kuchli qo‘lni esa raqibi ochilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina ishga soladi yoki uni qo‘shimcha himoya uchun qo‘llaydi. Autfayterning maqsadi tez-tez uzun zarbalar berish va ring bo‘ylab doimiy harakatlanish orqali raqibni charchatishdan iborat. Bunday bokschilar deyarli to‘xtamaydi va har qanday yo‘l bilan yaqin masofadagi jangdan qochadi.
BANDAJ - Bokschi jihozlarining majburiy qismi bo‘lib, qoidalarda sportchining chov sohasini himoya qilish uchun ko‘zda tutilgan. Bandaj ‒ shortilar ostidan, suzish kiyimi ustidan kiyiladigan trusik ko‘rinishidagi himoya elementidir. Bandaj tayyorlashda plastik va titan qo‘shimchali turli xil g‘ovakli materiallardan foydalaniladi. Bandajning ustki qavati sun’iy yoki tabiiy teridan tayyorlanadi. Jang yoki mashg‘ulot paytida noqulayliklarning oldini olish uchun bandajni bokschining o‘lchamiga mos ravishda tanlash juda muhim hisoblanadi.
BIRINCHI ENG YENGIL VAZN - Havaskor boksning boshlang‘ich vazn toifasi yoki professional boksning ikkinchi vazn toifasi. Professional boksda birinchi eng yengil vazn bir yuz besh funtdan bir yuz sakkiz funtgacha, ya’ni 48,988 kilogrammdan oshmasligi lozim. Havaskor boksda esa vazni 48 kilogrammdan oshmaydigan bokschilar «birinchi eng yengil vazn» toifasiga kiradi.
BIRINCHI O‘RTA VAZN - Boksdagi vazn toifasi bo‘lib, unda professional bokschi 69,85 kilogrammdan og‘ir bo‘lmasligi lozim. Hozirgi kunda havaskorlar boksida «birinchi o‘rta vazn» toifasi mavjud emas. Professional boksda birinchi o‘rta vaznli sportchining tana og‘irligi bir yuz qirq yettidan bir yuz ellik to‘rt funtgacha bo‘ladi.
BIRINCHI YARIM O‘RTA VAZN - Boksdagi vazn toifasi bo‘lib, professional sportchilar orasida o‘ninchi, havaskor boksda esa oltinchi o‘rinda turadi. Birinchi yarim o‘rta vaznli havaskor bokschilarning og‘irligi oltmish to‘rt kilogrammdan oshmasligi kerak. «Birinchi yarim o‘rta vazn» toifasidagi professional bokschilar esa bir yuz o‘ttiz beshdan bir yuz qirq funtgacha (yoki 63,503 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan) og‘irlikka ega bo‘ladilar.
BLOKAJ - Raqib zarbalarini tananing kam sezuvchan qismlari bilan to‘sish, bloklash. Blokaj (yoki bloklash, to‘sish) ‒ yangi sportchilarga boks asoslarini o‘rgatishda dastlabki himoya usullaridan biri hisoblanadi. Raqibning zarbalari tananing kam shikastlanuvchi qismlari ‒ qo‘llar yoki yelkalar bilan to‘xtatiladi. Biroq shunday usulda to‘sib qolingan zarbalar ham bokschini muvozanatdan chiqaradi va unga zarar yetkazadi. Shu sababli zamonaviy murabbiylar bloklashni faqat juda zarur holatlardagina qo‘llashni tavsiya etadi.
BOKS - Ringda hakam tomonidan jangni boshlash yoki to‘xtatish uchun beriladigan buyruq. «Boks» buyrug‘i musobaqani boshlash, to‘xtatish, qayta davom ettirish va yakunlash uchun signal vazifasini bajaradi. Bokschilar uzoq vaqt davomida passiv klinchda qolganda, qon oqadigan jarohatlari yoki sportchilarning jihozlarida nuqsonlar aniqlanganda shu buyruq bilan jang to‘xtatiladi. Bokschilardan biri qoida buzganidan so‘ng ham «boks» buyrug‘i beriladi, qoidabuzarga ogohlantirish yoki tanbeh beriladi. Muammolar bartaraf etilgach «boks» buyrug‘i bilan jang yana davom ettiriladi.
BOKS QOPI - Bokschilarning zarbalarini mashq qilish uchun mo‘ljallangan katta silindr shaklidagi (to‘ldirilgan qopga o‘xshash) mashg‘ulot anjomi. Sportchilar boks qopida zarbalarning aniqligini va kuchini, uzoq muddatli mashg‘ulotlarda esa jismoniy chidamlilikni rivojlantiradilar. Boks qoplari shakli (konussimon va silindrsimon), og‘irligi (o‘n kilogrammdan ellik kilogrammgacha), shuningdek, diametri va uzunligi bo‘yicha turli xil qilib ishlab chiqariladi. Qoplar charm, sun’iy charm, brezent yoki tentdan tayyorlanadi. Boks qoplari paxta, kigiz, soch, sintetik qirindi va shunga o‘xshash materiallar bilan to‘ldiriladi.
BOKS QO‘LQOPLARI - Boksda zaruriy va qoidalar bilan belgilangan sport anjomlari elementi bo‘lib, sportchining qo‘l kaftlarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Musobaqalarda boks qo‘lqoplaridan foydalanishga rasman 1895-yildan boshlab ruxsat etilgan. Hozirgi kunda ulardan foydalanish majburiydir. Qo‘lqoplar havaskorlar va professionallar tomonidan ham mashg‘ulotlarda, ham musobaqa janglarida ishlatiladi. Rasmiy musobaqalarda bokschilar qo‘lqoplarni tashkilotchilardan oladilar, shaxsiy qo‘lqoplardan foydalanish taqiqlanadi. Boks qo‘lqoplarining ustki qismi teridan tayyorlanadi, undan keyin o‘ralgan soch qatlami joylashadi, ichida esa yumshoq qistirma mavjud bo‘ladi. Qo‘lqopning zarba beruvchi qismi yorqin rang bilan ajratib ko‘rsatiladi. Qo‘lqoplarning og‘irligi ham aniq belgilangan. Havaskorlik va professional boksda vazni 67 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar 8 unsiyali, 67 kilogrammdan yuqori bo‘lganlar esa 10 unsiyali qo‘lqop kiyadi. Og‘irligi 48 kilogrammgacha bo‘lgan eng yengil professional bokschilar 6 unsiyali qo‘lqopdan foydalanadi.
BOKS YASSI QO‘LQOPI (lapa) - Boksdagi mashg‘ulot anjomi bo‘lib, u katta yassi qo‘lqoplardan iborat. Boks yassi qo‘lqoplarini murabbiy yoki bokschi yordamchisi kiyib, zarbalarni qabul qiladi. Bunda zarbalarning sifati, yo‘nalishi va kuchi mashq qilinadi. Shuningdek, bokschining turli himoya usullarini o‘zlashtirishi uchun yassi qo‘lqop bilan zarbalar beriladi. Yassi qo‘lqoplar tabiiy yoki sun’iy teri yoxud brezentdan tayyorlanib, yumshoq, ammo zich sintetik material bilan to‘ldiriladi. Turli vazifalarni bajarish uchun boks yassi qo‘lqoplari bir necha xil o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
BOKSCHI BINTI - Bokschilarning barmoqlari, qo‘l kaftlari va bilaklarini mahkam tutib turish uchun mo‘ljallangan maxsus bintlar. Bintlar zamonaviy elastik materiallardan tayyorlanib, eni besh santimetr bo‘ladi. Bintlar turli usullarda o‘raladi: oddiy o‘rash, barmoqlarni mahkamlab o‘rash, bilakni mahkamlab o‘rash, «yostiqcha», «xoch» va boshqa usullar. AIBA rahbarligidagi musobaqalarda bintlarni musobaqa tashkilotchilari taqdim etadi. Bokschilar jang oldidan hakamlar hay’ati vakili qo‘lidan bintlarni oladi. Bintlarning eni besh santimetrdan, uzunligi esa ikki yuz ellik santimetrdan oshmasligi shart.
BOKSYOR POYABZALI (bosyorkalar) - Bokschi-sportchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan va tayyorlangan sport oyoq kiyimi. Boksyor poyabzali bokschilarning to‘pig‘ini ishonchli mahkamlash uchun yengil, mustahkam materiallardan baland bog‘ichli qilib tayyorlanishi kerak. Shuningdek, boksyor poyabzali ringga yaxshi yopishishi uchun sirpanmaydigan taglikka ega bo‘lishi lozim. Boksyor poyabzali balandligiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: past ‒ 15 sm gacha, o‘rta ‒ 15-20 sm, baland ‒ 20 sm dan yuqori. Boksyor poyabzalini ishlab chiqarishda teri, sintetika, neylon, mikrotola yoki zamsh qo‘llaniladi. Boksyor poyabzalining tagligi rezina yoki kauchukdan tayyorlanadi.
BOLG‘A - Raqib qo‘llari orasidan o‘tuvchi qisqa qarshi to‘g‘ri zarba. Bokschi bolg‘a zarbasini (yoki bolg‘a bilan urishni) qo‘lini yuqoridan pastga, raqibning iyagi bo‘ylab sirpantirish harakati bilan amalga oshiradi. Bu zarbada iyakka faqat qo‘lqopning yuqori qismi tegadi, musht esa raqibning bo‘yni yoki tanasigacha yetib boradi. Bolg‘a zarbasi juda og‘riqli bo‘ladi va hatto to‘liq kuch bilan bajarilmasa ham ko‘p noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.
BOSH BILAN SUZISH - Jangda bokschilar boshlarining harakatidan foydalanadigan turli usullar. Bokschi o‘z boshini raqibning boshi, yelkasi yoki ko‘kragiga bosib, doimiy masofani saqlash uchun qiladigan harakati «suzish» deb ataladi. Bu masofa tanaga qisqa apperkot zarbalarini berishga qulay hisoblanadi. Raqibga boshini tirab turgan bokschi qo‘llarini zarba berish uchun bo‘shatadi, oyoqlari bilan esa masofani saqlab turadi yoki o‘zgartiradi. Bosh bilan suzishda jarohatlanishning oldini olish uchun boksda bosh bilan raqib tomon harakat qilish yoki bosh bilan zarba berish taqiqlanishini nazarda tutish lozim.
BOSHNING XAVFLI HARAKATI - Raqib tomon boshning keskin harakatlanishi bo‘lib, jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni yuzaga keltiradi. Boshni keskin harakatlantirish nafaqat raqibga shikast yetkazish, balki o‘z boshini ham jarohatlash xavfini tug‘diradi. Bunday «suzish harakati» uchun bokschi boksda belgilangan jazolarni oladi: ogohlantirish, tanbehdan tortib diskvalifikatsiyagacha.
BREYK (yoki brek) - Hakamning ringda boksyorlarni ajratishga chaqiradigan buyrug‘i. «Breyk» buyrug‘i hakam tomonidan ringda bokschilarning chuqur klinch holatida ularning jarohatlanishining oldini olish uchun yoki ulardan biri raqibning qo‘llarini bog‘lagandek unga osilib qolgan paytda beriladi. Bu buyruqni eshitgach bokschilar darhol faol harakatlarni to‘xtatishlari, orqaga bir qadam tashlashlari va qo‘shimcha ishoralarsiz jangni davom ettirishlari shart.
BREYK-GRAUND - Bokschi raqibdan sakrab uzoqlashadigan texnik usul. Breyk-graund kuchli hujum qilayotgan raqibning zarbalaridan tez qochish uchun qo‘llanadi. Bu usuldan asosan jangni uzoq masofadan olib borishni afzal ko‘radigan autfayter bokschilar foydalanadilar. Bokschi breyk-graundni bajarayotganda bir oyog‘ini orqaga tashlaydi, tana og‘irligini unga o‘tkazadi va itarilib, raqibdan orqaga yoki yonga sakraydi. Shu paytda oldingi oyoq ilgari orqa oyoq turgan joyni egallaydi.
BROUTON NISHONI - (yoki Brouton belgisi) Jek Brouton tomonidan kashf etilgan deb hisoblanuvchi quyosh pleksusi (qorin bo‘shlig‘i orqasida joylashgan qorin bo‘shlig‘ida nervlarning murakkab to‘plami)ga beriladigan zarba.
BULLING - (yoki do‘pposlash) Boksda qo‘llaniladigan texnik usul bo‘lib, unda bokschi raqibining tanasiga tez-tez zarba beradi.
BURCHAKDAN CHIQISH - Bokschining ringdagi holatini yanada qulay tomonga o‘zgartirishga qaratilgan taktik harakati.
CHAP TOMONLAMA TURISH - O‘n qo‘lli bokschilarning asosiy jangovar holatidir. Chap tomonlama turishni o‘ng qo‘lli bokschilar qo‘llaydilar, ular raqibga chap yoni bilan turadilar. Chap tomonlama turishda bokschi chap qo‘li bilan razvedka harakatlarini bajaradi, o‘ng qo‘li bilan esa tanasi va boshini himoya qiladi. Bunda o‘ng jangovar qo‘l istalgan paytda kuchli hujum zarbasini berishga tayyor turadi. Ba’zi hollarda chapaqay bokschilar ham chap tomonlama turishdan foydalanadilar. Bunday vaziyatda ularning bu uslubga tayyorlanmagan raqiblari to‘g‘ridan kelayotgan chap qo‘l zarbasini o‘tkazib yuborishi mumkin.

ChEKINISH - Yangi hujum oldidan o‘ziga dam berish va raqibni charchatish maqsadida hujum harakatlaridan vaqtinchalik cheklanish. Chekinish shunchaki raqibdan orqaga cheklanish emas, balki faol jangdan vaqtincha voz kechishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir. Chekinish masofadan turib manyovr qilish, ayrim kucsiz nazorat zarbalarini berish yoki turli xil himoya harakatlarini amalga oshirish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Chekinish har doim hal qiluvchi zarbadan oldingi nafas rostlash imkoniyatidir.

ChEKINISH BILAN HIMOYALANISH - Bu texnik harakat bo‘lib, unda bokschi raqibning zarbalari yetib boradigan hududdan chiqib ketadi. Chekinish bilan himoyalanish jang masofasini o‘zgartirishga qaror qilinganda qo‘llanadi, bunga raqibning hujumi sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, masofani o‘zgartirish uchun o‘z hujumini to‘xtatish maqsadida ham chekinish himoyasidan foydalangan. Bunday himoyani asosan autfayterlar ‒ uzoq masofadan jang qilish tarafdorlari qo‘llaydilar. Chekinish zarbalar bilan birgalikda amalga oshirilganda ayniqsa samarali hisoblanadi.

ChIGALYOZDI MASHQ (razminka) - Boks musobaqasi boshlanishidan oldin bajariladigan yengil mashq. Chigalyozdi mashq ham jiddiy musobaqa jangi oldidan, ham har qanday mashg‘ulot bellashuvlari paytida o‘tkazish kerak. Chigalyozdi mashqlar orqali mushaklar qiziydi va asosiy mashg‘ulotga shay bo‘ladi. Chigalyozdi mashqlarini tanada dastlabki ter tomchilari paydo bo‘lgunga qadar davom ettirish lozim. Chigalyozdi mashqlari paytida keyinchalik ringda qo‘llanadigan harakatlarni mashq qilish tavsiya etiladi. Jiddiy jang oldidan bo‘shashgan holdagi bokschi faol chigalyozdi mashqlarini bajarishi, haddan tashqari hayajonlangan bokschi esa, aksincha, o‘rtacha sur’atda chigalyozdi mashqlarini o‘tkazishi zarur.

DISKVALIFIKATSIYA SABABLI G‘ALABA - Raqibi diskvalifikatsiya qilinganidan so‘ng bokschiga berilgan g‘alaba. Diskvalifikatsiya sababli g‘alaba boks qoidalari va jang reglamentida belgilangan holatlarda ringdagi referi tomonidan e’lon qilinadi. Bunday g‘alaba bokschiga raqibining ochiq-oydin qo‘pol harakati yoki sportchilarga xos bo‘lmagan xulqi yoxud kichikroq qoidabuzarliklarni ko‘p marta takrorlashi oqibatida berilishi mumkin.
EGILIB HIMOYALANISH - Boksda tananing turli xil egilishlari orqali bajariladigan texnik usul. Egilib himoyalanish asosan boshni himoya qilish uchun qo‘llanadi. Shuningdek, egilish paytida qo‘llarning bo‘sh qolishi muhim, chunki bokschi bu qo‘llar bilan manyovr vaqtida yoki undan keyin zarba berishi mumkin. Chap tomonga egilganda chap qo‘l bilan, o‘ng tomonga egilganda esa o‘ng qo‘l bilan zarba beriladi. Qad rostlanganidan so‘ng zarba va egilishlar turli tomonli bo‘ladi. Masalan, chap tomonga egilishdan chiqqach o‘ng qo‘l bilan zarba beriladi va aksincha.
ENG YENGIL VAZN - Professional boksning beshinchi yoki havaskorlar boksining uchinchi toifasi hisoblanadi. Professional boksda eng yengil vazn chegarasi bir yuz o‘n beshdan bir yuz o‘n sakkiz funtgacha, ya’ni 53,525 kilogrammdan oshmasligi lozim. Havaskor bokschilar orasida esa eng yengil vaznli sportchilarning og‘irligi ellik to‘rt kilogrammdan oshmasligi shart.
ENGASHISHLAR - Bokschi gavdasini raqib zarbasidan chetga olib qochish uchun qilinadigan egilishlar. Engashish ‒ boksdagi himoya texnik usuli bo‘lib, zarba yo‘nalishidan chetlashish uchun gavdani egish orqali bajariladi. Engashishlar chap yoki o‘ng tomonga bo‘lishi mumkin. Engashishlarni yaxshi o‘zlashtirgan bokschi joyidan qo‘zg‘almasdan, qadam tashlamasdan, raqibni aniq zarba berishdan charchatishi mumkin. Oyoq harakatlari bilan birgalikdagi engashishlar zamonaviy boksning eng muhim unsuridir. Ko‘zgu oldida yoki juft bo‘lib shug‘ullanish engashishlarni mashq qilishning eng samarali usulidir.
ERKIN JANG - Boks olib borish bo‘yicha aniq ko‘rsatma berilmaydigan, bokschi mahoratini aniqlash va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulot jangi. Erkin jang sportchining navbatdagi tayyorgarlik bosqichi yakunida o‘tkaziladi. Bunday jang bokschining taktik, jismoniy va texnik tayyorgarligidagi kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Bokschi erkin jangni tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi ekanligini tushunishi, yengil va g‘ayrat bilan harakat qilishi lozim. Erkin jangda sparring-sheriklar jarohatlanishining oldini olish uchun kuchli zarbalar qat’iyan man etiladi. Bu jangda sportchilarga nafaqat o‘rganilgan usullardan foydalanish, balki o‘z topqirliklarini namoyon qilish, ijodiy jang olib borishga ham ruxsat etiladi. Erkin jang faqat ringda o‘tkaziladi.
ERTA REAKSIYA - Bokschilarning raqib harakatlarini oldindan sezishga yo‘naltirilgan ixtiyorsiz refleks reaksiyasidir. Erta reaksiya odatiy kutilayotgan harakatlarga nisbatan shartli refleks sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, bokschi aslida amalga oshirilmagan zarbani to‘sgandek harakat qiladi. Bunday holda erta reaksiya tufayli tananing zarba uchun zaiflashgan qismi ochilishi mumkin. Sportchilarning erta reaksiyasi oldini olish psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida o‘rgatiladi va tarbiyalanadi.
FORSING - Bokschi uzluksiz hujumlar olib boradigan jang usuli. Forsing ‒ raqibning irodasini sindirish va hal qiluvchi ustunlikka erishishga qaratilgan hujumlar turkumidir. Raqib kuchli zarbani o‘tkazib yuborgandan yoki nokdaunga tushgandan so‘ng ustunlikni mustahkamlash maqsadida forsingni qo‘llash o‘rinlidir. Charchagan raqibga qarshi ham forsingni qo‘llash samarali hisoblanadi. Shuningdek, o‘ziga ishongan kuchli va chidamli bokschilar ham forsingdan foydalanadi.
GANDIKAP - G‘alaba qozonish imkoniyatlarini tenglashtirish maqsadida bir sportchiga boshqasi tomonidan beriladigan ustunlik (yoki imtiyoz). Shaxmatda gandikap sifatida tajribali ustalar yosh raqiblariga figura berishadi, velosportda rejalashtirilgan holda orqada qolish qayd etiladi, boksda esa gandikap sportchilarni vazn toifalariga ajratishdir. Dastlab bokschilar toifalarga bo‘linmasdi, shu sababli yengil vaznli sportchilarning katta yutuqlarga erishish imkoniyati cheklangan edi. Vaqt o‘tishi bilan bokschilarni tana vazniga ko‘ra ajratuvchi toifalar joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda havaskor boksda o‘n bitta, professional boksda esa o‘n yettita vazn toifasi mavjud.
GANGIB QOLISH (Poplit) - Bokschi raqibning zarbalarini o‘tkazib yuborishi oqibatida vaqtincha muvozanatini yo‘qotishini ifodalovchi boks atamasi. Bokschi boshidan kuchli zarba olganda gangib qoladi. Ba’zan qisqa muddatli hushini yo‘qotish ham kuzatiladi. Oqibatda harakatlarni muvofiqlashtirish darajasi pasayadi, bu esa ba’zan nokdaunga olib kelishi mumkin. Boksda bu holat «groggi» atamasi bilan ham yuritiladi. Gangib qolgan bokschining raqibi bu vaziyatdan foydalanib, jang to‘xtatilishidan oldin hal qiluvchi nokaut zarbasini berishga harakat qilishi kerak.
GROGGI - O‘tkazib yuborilgan zarba natijasida paydo bo‘lgan bosh aylanishi, ba’zan qisqa muddatli hushdan ketish ham kuzatiladi. Ko‘pgina saytlar, jumladan, «Vikipediya», groggini ta’riflar ekan, uning kelib chiqish sababini dahanga berilgan zarba va uning oqibatida quloq yo‘llarining tebranishi bilan bog‘laydi. Albatta, bunday zarba oqibatida bokschi groggi holatiga tushadi, ammo bu ehtimoli mavjud holatlardan biri xolos. Groggi ‒ raqibning maqsadga erishgan har qanday zarbasidan keyin yuzaga keladigan bosh aylanishi va bir lahzali es-hushning xiralashishidir. Bu holat xavfli, chunki groggi holatida bokschi o‘zini boshqara olmaydi, «suzib ketadi» va hal qiluvchi zarbani o‘tkazib yuborishi mumkin.
HAQIQIY HUJUM - Maksimal kuch va energiya bilan to‘satdan beriladigan zarba yoki zarbalar seriyasidir. Haqiqiy hujum tekshirish, tayyorgarlik, raqibni soxta manyovrlar bilan chalg‘itishdan keyin o‘tkaziladi. Bunday hujum alohida yoki kuchsiz chalg‘ituvchi zarbalar seriyasidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Haqiqiy hujumning maqsadi raqibga hal qiluvchi jarohatlar yetkazish va yakkama-yakka olishuvda g‘alabaga erishishdir. Haqiqiy hujumda zarbalar nihoyatda kuchli bo‘lishi kerak.
HIMOYA CHANOG‘I - Bokschi anjomlarining majburiy qismi bo‘lib, jinsiy a’zolarni himoyalash uchun mo‘ljallangan. Beldan pastga zarba berish taqiqlangan bo‘lsa-da, boks qoidalarida jinsiy a’zolarning shikastlanishini oldini olish maqsadida, jang vaqtida himoya chanog‘idan foydalanish majburiy etib belgilangan. Himoya chanog‘i poliuretan, mikrofibra yoki alyuminiydan tayyorlanadi. U bokschi tanasiga bog‘ichlar yoki boshqa moslamalar yordamida mahkamlanadigan himoya matoli g‘ilofga joylashtiriladi.
HIMOYA HOLATI - Bokschilarning himoya harakatlarini amalga oshirishida eng qulay bo‘lgan tana holati. Bokschining himoya holati asosiy turishning yopiq shaklidir. Himoya holatida tananing barcha qismlari zarba olishi mumkin bo‘lgan yuzani kamaytirish maqsadida bir-biriga yaqinlashtirilgan va siqilgan holda turadi. Bosh yelkalar orasiga tushirilgan, peshona oldinga chiqarilgan va musht bilan to‘silgan, gavda yelka va bel qismida bukilgan, qo‘llar esa gavda va boshni imkon qadar to‘liq himoya qiladi. Bokschilar mashg‘ulotlar davomida himoya holatiga o‘tish va undan chiqishni avtomatik darajaga yetkazishlari lozim.
HUJUMDAN CHIQISH - Bokschining hujumni yakunlashda bajaradigan harakatlari majmuasi. Hujumdan chiqish boks bellashuvining zaruriy qismidir. Ko‘pincha yosh bokschilar hujumga berilib ketib, uni to‘g‘ri yakunlashni unutadilar va raqibning kuchli qarshi zarbalariga duchor bo‘ladilar. Hujumdan chiqish uchun chalg‘itish harakatlari, fintlar, bir qadam orqaga chekinish va shu bilan bir vaqtda himoya bloklarini qo‘yish usullaridan foydalanish mumkin. Kuchli va aniq hujum o‘tkazilganda undan chiqish oson kechadi va bellashuvning keyingi faol bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
HUJUMGA CHAQIRISH - Boksdagi taktik aldov usuli bo‘lib, raqibni hujumga undash va so‘ngra qarshi zarba berish maqsadida qo‘llanadi. Bokschi raqibga o‘zini charchangan va diqqati jamlanmaganday ko‘rsatib, uni tuzoqqa tushirish uchun aldov harakatlari, fintlar majmuasini amalga oshiradi. Raqib bokschining soxta zaifligiga ishonib, hujum harakatlarini boshlaydi va oldindan tayyorlangan qarshi zarbaga duch keladi. Hujumga chaqirish oqibatida nokdaun yoki nokaut yuz berishi mumkin.
HUJUMKOR ZARBA - Raqibga katta zarar yetkazish maqsadida beriladigan kuchli va aniq zarba. Bokschi hujumkor zarbani berayotib, kuchli qo‘lining butun imkoniyatini ishga soladi. Bundan tashqari, u zarbaga oyoq va gavda harakatining energiyasini ham qo‘shadi. Hujumkor zarba yakka holda bo‘lishi yoki bir qator tayyorlovchi yengil zarbalardan keyin kelishi mumkin. Hujumkor zarba to‘g‘ridan to‘g‘ri, yondan yoki pastdan berilishi mumkin. Bunday zarba raqibning boshiga yoki gavdasiga yo‘naltiriladi, bunda bokschi eng kuchli qo‘lini ishlatadi.
IBC - Xalqaro boks kengashi, professional boks tashkiloti. Xalqaro boks kengashi professional bokschilar o‘rtasida o‘z birinchiligini o‘tkazadi. Boshqa boks tashkilotlari singari IBC ham o‘z chempionlariga ega va ularga chempionlik kamarlarini topshiradi. Biroq IBC kamarlari nufuzi bo‘yicha «Katta to‘rtlik» kamarlaridan pastroq darajada turadi.
IBF - Xalqaro boks federatsiyasi, professional boks tashkiloti. 1983-yilda asos solingan Xalqaro boks federatsiyasi dunyoning yetakchi boks uyushmalarining «Katta to‘rtligi»ga kiruvchi tashkilot bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar professional sportchilarini o‘z safida birlashtiradi. IBF eng tizimlashtirilgan va intizomli boks tashkiloti sifatida tan olingan. Faqat IBFda yiliga bir marta unvon himoyasi janglari o‘tkaziladi va da’vogarlarning saralash janglari uyushtiriladi. Xalqaro boks federatsiyasining qat’iqatliligi yana shundaki, har bir vazn toifasi bo‘yicha boshqa toifalarda uchraydigan har qanday variatsiyalarsiz faqat bitta chempion mavjud bo‘ladi.
IBO - Xalqaro boks tashkiloti. U jahon boks olamida nufuzi jihatidan beshinchi o‘rinda turadi. Xalqaro boks tashkiloti 1988-yilda tashkil etilgan. IBO reyting ballarini hisoblashning «inson omili» ta’sirini istisno etuvchi, to‘liq avtomatlashtirilgan tizimi bilan ajralib turadi. Boshqa boks tashkilotlari kabi Xalqaro boks tashkiloti ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun janglar o‘tkazadi.
IKKI QO‘LLI BOKSCHI - Har ikkala qo‘li bilan birdek kuchli zarba bera oladigan bokschi. Bokschilar mashg‘ulotlar jarayonida ikki qo‘lli bokschilarga aylanadilar, bunda yillar davomida sayqallangan zarbalar «kuchsiz» qo‘lni «kuchli» qo‘lga aylantiradi. Jamiyatimiz asosan o‘ng qo‘llilar uchun moslanganligi sababli chapaqay sportchilar bunga osonroq erishadilar. Ikki qo‘lli bokschi yaqin masofadagi jangda juda samarali harakat qiladi, chunki u holatini o‘zgartirib, har ikkala qo‘li bilan bir xil kuchda zarba bera oladi. Uzoq masofada esa «kuchsiz» qo‘l bilan berilgan zarbalar ko‘pincha tekshirish uchun berilgan zarbalardir.
IKKI TOMONLAMA DENGIZ ZARBASI - Ketma-ket bajariladigan ikkita yon tomonlama zarbalarning birikmasidir. Ikki tomonlama dengiz zarbasi oyoqlarni joyidan qo‘zg‘atmasdan tanani keskin burish va bir vaqtning o‘zida raqibning boshiga qisqa xuk zarbasi berish bilan boshlanadi. Raqib boshiga yana zarba kelishini kutib, uni himoya qilish uchun qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Shu paytda yana tanani burib, himoyalanmagan gavdaga yon zarbasi beriladi. Yigirmanchi asr boshlarida bu usul Amerika dengiz akademiyasining mashg‘ulotlarida murabbiy Spayk Vebb tomonidan ko‘p qo‘llangan. «Ikki tomonlama dengiz zarbasi» atamasini aynan u muomalaga kiritgan.
IKKI TOMONLAMA HUJUMLAR - Bokschilarning deyarli bir vaqtning o‘zida boshlanib, bir vaqtda yakunlangan hujumlaridir. Ikki tomonlama hujumda bokschilar bir-biriga tashabbusni bermay, raqibga bosim ostida qoldirish maqsadida to‘qnashadilar. O‘zaro zarba almashinuvida ayrim bokschilar boshqalarga nisbatan biroz aniqroq bo‘ladi va yon hakamlar barcha qonuniy zarbalar sonini aniq qayd etishlari lozim. Ikki tomonlama hujum yakunlangach ba’zi bokschilar yaxshi jismoniy tayyorgarligi tufayli o‘zlarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq his qilishlari mumkin. Bunday bokschilar uchun ikki tomonlama hujum shubhasiz foyda keltiradi, chunki uning natijasi nafaqat ochko to‘plash, balki raqibning charchatish ham mumkin bo‘ladi.
IKKI TOMONLAMA TO‘QNASHUV - Bokschilar tanasining bir-biriga qattiq urilishi bo‘lib, bunda ularning jarohatlanish ehtimoli yuqori hisoblanadi. Ikki tomonlama to‘qnashuv tasodifiy yoki bokschilardan biri tomonidan ataylab tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Bunday holat yuz berganda referi jangni to‘xtatadi, sportchilarni jarohat olgan-olmaganligini tekshiradi va bir yoki ikki bokschi aybdor ekanligini aniqlaydi. Aybdor bokschilarga ogohlantirish beriladi. Agar bokschi o‘z aybi bilan jangni davom ettira olmasa, unga jangni davom ettira olmagani sababli mag‘lubiyat e’lon qilinadi. Agar raqib og‘ir jarohat yetkazishda aybdor bo‘lsa, unga mag‘lubiyat va diskvalifikatsiya e’lon qilinadi. Ikkala raqib jarohatlangan va aybdor bo‘lsa yoki hech biri aybdor bo‘lmasa, g‘alaba jang to‘xtatilgan paytdagi hakamlar yozuvlaridagi hisobga ko‘ra belgilanadi. Agar bunday holat birinchi raundda yuz bersa, jang o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
IKKINCHI ENG YENGIL VAZN - Boksda sportchining tana og‘irligi 112 funtdan 115 funtgacha bo‘lgan vazn toifasi. Ikkinchi eng yengil vazn toifasi faqat professional boksda mavjud. Bu toifaga kiruvchi bokschilarning og‘irligi 52,163 kilogrammdan oshmasligi lozim.
IKKINCHI YARIM-O‘RTA VAZN - Boksda sportchining tana og‘irligi 160 funtdan 168 funtgacha bo‘lgan vazn toifasi. Ikkinchi o‘rta vazn toifasi faqat professional boksda mavjud. Bu toifaga kiruvchi bokschilarning og‘irligi 76,203 kilogrammdan oshmasligi lozim.
INFAYTER - Yaqin masofada jang olib borishni afzal ko‘radigan bokschi. Infayterlar odatda baquvvat, kalta qo‘lli va gavdali bokschilar bo‘ladi. Infayterning asosiy fazilatlari ‒ bu tanani tez harakatlantirish va ketma-ket zarbalar berish qobiliyatidir. Infayterlar raqibiga yaqinlashishga intiladi va o‘zining shiddati bilan uni yaqin masofadan jang qilishga majbur qiladi. Infayterlar qisqa xuklar va apperkotlarni juda yoqtiradi.
INSAYD APPERKOT - Raqibning qo‘llari orasidan pastdan beriladigan qarshi zarba. «Insayd» so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda ichkaridan yoki orasidan degan ma’noni anglatadi. Boksda aperkot pastdan beriladigan zarbani bildiradi. Insayd aperkot iborasi raqibning qo‘llari orasidan kaftni yuqoriga qaratib pastdan beriladigan mushtni ifodalaydi. Bokschi og‘irlik markazini zarba berayotgan qo‘l tomoniga ko‘chiradi, mushtni pastga va orqaga qisqa tortadi, so‘ngra pastdan yuqoriga raqib qo‘llarini kesib o‘tuvchi keskin zarbani beradi.
JANG OLIB BORISH (yoki boks) - Bokschi tomonidan musobaqa davomida bajariladigan harakatlar majmuasi. Jang olib borish sportchining g‘alabaga erishishga qaratilgan hujum va himoya harakatlarining o‘zaro uyg‘unligini nazarda tutadi. Jang olib borish jarayonida bokschi vaziyatni baholab, unga mos ravishda o‘z taktikasini o‘zgartiradi. Bokschi barcha harakatlarini mohirlik bilan yashirib, raqibni noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga majbur etishi lozim. Bokschi yakkama-yakka olishuvda raqib ustidan g‘alaba qozonish uchun turli taktik hiylalar va texnik usullarni qo‘llashi kerak.
JANGDA USTUNLIK - Musobaqa davomida bir bokschining boshqasidan yaqqol ustunlik qilishi. Jangda ustunlik raqiblardan birining jismoniy ustunligi, yaxshiroq mashq qilgani, shuningdek, taktik va texnik jihatdan yaxshiroq tayyorgarlikka egaligi bilan ifodalanadi. Yaqqol ustunlik raqibga ko‘proq zarba berish va uni ko‘p marta nokdaunga tushirish orqali namoyon bo‘ladi. Agar berilgan zarbalar soni orasidagi farq yigirmadan oshsa yoki raqib uch marta nokdaunga tushsa, referi yaqqol ustunlik uchun g‘alabani e’lon qilishga haqli.
JANGNI DAVOM ETTIRA OLMASLIK SABABLI G‘ALABA - Boks bellashuvining to‘xtatilishi natijasi bo‘lib, unda bokschilardan biri jangni davom ettirishga imkon bermaydigan jarohat olgan bo‘ladi. Jangni davom ettirish imkonsiz bo‘lgan holatini referi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng aniqlaydi. Bunday vaziyat faqat toza va qonuniy jangda ko‘rib chiqiladi, bunda bokschi o‘zi yoki raqibi qoidalarni buzmasdan jarohat olgan bo‘ladi. G‘alaba jang to‘xtatilgan paytgacha hisobda ustun bo‘lgan bokschiga beriladi. Agar jang birinchi raundda to‘xtatilsa, u o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
JANGNI TO‘XTATISH - Boks jangini qoidalarga muvofiq tarzda muddatidan oldin yakunlash. Boks qoidalariga ko‘ra, referi quyidagi holatlarda jangni to‘xtatadi: nokaut bilan g‘alaba qozonilganda, bir yoki ikkala sportchi diskvalifikatsiya qilinganda, raqiblardan birining ustunligi yaqqol ko‘rinib qolganda, jarohat tufayli jangni davom ettirish imkonsiz bo‘lganda, bokschilardan birining sekundanti jangni davom ettirishdan bosh tortganda.
JANGOVAR HOLAT - Bokschi faol harakatlarni boshlashdan oldingi dastlabki turishi. Jangovar holat ‒ bu sportchi tanasining shunday holatiki, unda bokschining a’zolari keyingi hujum yoki himoya harakatlarini amalga oshirish uchun eng qulay tarzda joylashgan bo‘ladi. Jangovar holat ro‘paradan, chap tarafdan va o‘ng tarafdan turishlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham jangovar holat bokschiga raqib harakatlariga darhol munosabat bildirish imkonini berishi lozim. To‘g‘ri jangovar holat sportchiga yaxshi ko‘rish imkonini beradi, u ringda erkin harakat qiladi va vaziyatga qarab hujum qilishga hamda himoyalanishga tayyor bo‘ladi.
JEB - To‘g‘ri qo‘l bilan beriladigan uzun va tez zarba. Jeb asosan masofadan turib amalga oshiriladi. Bu zarbani berishda qo‘l kafti pastga qaratilib, xuddi quvur ichida harakatlanayotgandek to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘naltiriladi. Rossiyada o‘ng qo‘l bilan urishuvchi bokschilar uchun jeb «to‘g‘ri chap» deb ham ataladi. Ba’zi manbalarda jeb to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshi zarba sifatida ta’riflanadi. Yakka jeb katta kuch talab qilmaydi va raqibga ko‘p qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo agar bokschi bir qator aniq jeblarni amalga oshirsa, birinchidan, u ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonishi, ikkinchidan esa, raqibni toliqtirishi mumkin.
JORNIMEN - Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, unvonlarga intilavermaydigan, da’vogarlar bilan jang qiluvchi bokschi. Bokschi shon-shuhrat cho‘qqilari va unvonlar uchun kurashlar sari yuqoriga ko‘tarilayotgan vaqtda uning kuchli jangchilar ustidan g‘alaba qozonishi muhim. Bunday jangchilar sifatida sportsmenlarga qarshi jornimenlar deb ataluvchi bokschilar qo‘yiladi. Biroq jornimenlar shunchaki kaltak yeydigan bolalar emas. Bunday bokschini yengish uchun ham mahorat, ham g‘ayrat kerak. Ba’zida shunday bo‘ladiki, usta bokschilar «yordamchi bokschilar»ni yengolmaydi. Ayrim jornimenlar tajriba orttirib, mahoratli bokschi sifatida faoliyat boshlashlari mumkin.
JUFT BO‘LIB MASHQ QILISH - Ikki bokschi texnik va taktik usullarni o‘rganadigan mashg‘ulot turi. Juftlikda shug‘ullanish bokschilar tayyorgarligining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Juftlik mashg‘ulotlari paytida bir bokschi hujum usullarini, ikkinchisi esa himoya usullarini mashq qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarda sportchilar tayyorgarligidagi kuchli tomonlar va kamchiliklar yaqqol namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha juftlikda o‘tkaziladigan mashqlar shartli yoki erkin janglar shaklida amalga oshiriladi.
KAPA - Bokschining tishlarini jarohatlardan himoya qiladigan anjom. Kapa ‒ qoidalarda belgilangan majburiy himoya vositasi. U standart ko‘rinishda ishlab chiqariladi yoki bokschi tishlarining qolipiga qarab ham tayyorlanishi mumkin. Kapa turli xil plastmassa yoki silikondan yasaladi. Kapa sportchini jag‘ shikastlanishi, bosh chayqalishi va hushdan ketishdan himoya qiladi. Shuningdek, kapa og‘iz bo‘shlig‘idagi yumshoq to‘qimalarni tishlarning shikastlashidan saqlaydi. Bokschi og‘zidagi kapa jang paytida tasodifan tushib ketmasligi uchun juda zich o‘rnatiladi.
KAPANI RINGGA TASHLASH - Tish himoyalagichini qasddan ringga uloqtiradigan bokschilarning nomunosib harakati. Kapani ringga tashlash qoidalarga ko‘ra taqiqlangan va jazolanadigan harakat hisoblanadi. Himoyalagichni ataylab tashlash yoki uni og‘izga qayta joylashtirish jarayonini sekinlashtirganlik uchun hakam bokschiga ogohlantirish beradi. Ushbu harakat takrorlansa, bokschi jarima ochkosi bilan jazolanadi. Agar bunday holat yana takrorlansa, qoidabuzar diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
KLINCH - Boks jangi paytida raqiblar bir-birinning qo‘llarini ushlab olishidan iborat vaziyat. Bokschilar qattiq charchaganda klinchga kirishadi va deyarli raqibga osilib, uning harakatlarini cheklaydi. Bu bilan ular nafas rostlash uchun zarur vaqtni yutishga urinishadi. Klinchga ikki usulda erishiladi: yo bokschi raqibning qo‘llarini o‘z tanasi va qo‘llari orasiga qisib oladi, yo raqibni quchoqlab, uning qo‘llarini tanasiga bosadi. Tez-tez klinchga kirgani uchun referi bokschilarga ogohlantirish beradi. Klinchdan yomon niyatda foydalanilganda, passiv jang olib borgani uchun diskvalifikatsiya qilingan holatlar ham bo‘lgan.
KLINCHGA KIRUVCHI ZARBA - Klinchni yoqtiradigan bokschi uchun kutilmagan zarba. Klinchlovchiga zarba passiv yoki yopishqoq bokschi bilan bir necha marta klinchga kirgandan so‘ng amalga oshiriladi. Navbatdagi klinchga kirayotgandek ko‘rinib, bokschi to‘satdan to‘xtaydi va raqibining jag‘iga pastdan apperkot beradi. Bokschilar orasida bu texnik usul «qopqon” deb ham ataladi.
KOMBINATSIYALANGAN HIMOYA - Bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket amalga oshiriladigan mudofaa harakatlarining majmuasi. Kombinatsiyalangan himoya bokschi mahoratining belgisidir. Himoyani bir necha usul bilan olib borish eng kuchli raqiblarga qarshi tura olish imkonini beradi. Kombinatsiyalangan himoyaga quyidagi usullar kirishi mumkin: cho‘qqayish, to‘xtatish, qaytarish, tirsak bilan himoyalanish elementlari, to‘sish, chalg‘itish harakatlari, egilishlar. Bu usullarni mohirona egallash va tez almashtira olish bokschiga turib berish va qarshi hujumga o‘tish imkonini beradi.
KORKS KRYU shtopor zarba - Mushtning vertikal tekislikda harakati bilan boshlanib, gorizontal burilishi bilan yakunlanadigan zarba. Korks kryu mushtni aylantirish bilan beriladigan qarshi zarba turi hisoblanadi. Bunda qo‘l go‘yo shtopor kabi buraladi. Bu zarbani jahon boks amaliyotiga birinchi bo‘lib amerikalik professional bokschi Kid MakCoy kiritgan. Korks kryuni bajarishda u bir vaqtning o‘zida raqibning to‘g‘ri zarbasini uruvchi qo‘lini bilagi bilan to‘sib, o‘zining maxsus zarbasini berardi.
KO‘ZGU OLDIDA ISHLASH - Bokschi mashg‘ulotining bir turi bo‘lib, unda ko‘rgazmalilik uchun ko‘zgudan foydalaniladi. Ko‘zgu oldida ishlash bokschiga o‘z harakatlarini kuzatish orqali mahorat va ko‘nikmalarini takomillashtirish imkonini beradi. Ko‘zguda bokschi zarba berish yoki himoya usullarini bajarishdagi barcha kamchiliklarni ko‘ra oladi. Shuningdek, ko‘zgu oldida bokschi jangning taktik elementlarini mashq qiladi va hamma narsani raqibning ko‘zi bilan ko‘radi.
KRAUCH - Bokschilarning himoya holatlaridan biri. Krauch holatidagi bokschi yaqin jangda maksimal darajada himoyalangan bo‘ladi. Krauch turishida bokschining boshi pastga egilgan va ko‘tarilgan yelkalari bilan himoyalangan, gavdasi bukilgan, oyoqlari odatdagidan biroz kengroq ochilgan, qo‘llari bir-biriga yaqinlashtirilgan, musht boshni, tirsak esa gavdani himoya qiladi. Bu holatda turgan bokschi asosan gavdasining turli xil egilishlari yordamida harakat qiladi, kamdan kam hollarda qadam tashlash yoki sakrashni qo‘llaydi. Shunga qaramay, krauchda turgan bokschi juda xavfli hisoblanadi, chunki u har qanday vaqtda kuchli xuk yoki apperkot bilan zarba berishga tayyor bo‘lgan siqilgan prujina kabidir.
KREST kross - Boksdagi zarba nomi bo‘lib, «kross» deb ham ataladi. Krest ‒ to‘rt xil yo‘nalishli zarbalar majmuasi. Zarba sifatida krest (yoki kross) raqibning qo‘li ustidan beriladigan qarshi zarbaning bir turi hisoblanadi. Krest majmuasi ketma-ket to‘rtta zarbani berish orqali bajariladi: masalan, chap apperkot ‒ o‘ng xuk ‒ chap xuk ‒ o‘ng jeb. Krest majmuasining asosiy xususiyati zarbalarning yo‘nalishi, sifati va ba’zida kuchining o‘zgartirilishidir.
KROSS (yoki krest) - Boksda raqibning qo‘li ustidan kesishib o‘tuvchi qarshi zarba. Kross ‒ raqibning boshiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshi zarba. Bunda raqibga uning zarba berayotgan chap qo‘li ustidan o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan to‘g‘ri zarba beriladi. Mazkur qarshi zarba tana og‘irligini o‘ng oyoqqa (chapaqaylar uchun aksincha) ko‘chirib bajariladi. Kross eng kuchli nokautlovchi zarbalar qatoriga kiradi. Krossni bajarishda himoyani unutmaslik lozim, shu sababli zarba paytida ikkinchi qo‘l bokschini himoya qiladi, zarbadan so‘ng esa ochilgan tanani himoya qilish uchun uruvchi qo‘lni tezda tushirish kerak.
KROSS-PARI - Bu zarbani qaytarish orqali himoyalanish usuli bo‘lib, bunda himoyalanuvchi va hujum qiluvchi qo‘llar bir xil nomda bo‘ladi. Kross-pari zarba beruvchi qo‘l bilan bir xil tomondagi qo‘l yordamida amalga oshiriladi. Masalan, agar raqib o‘ng qo‘li bilan zarba bersa, kross-parini bajarish uchun o‘ng qo‘l bilan zarba beruvchi qo‘lni yuqoriga itarish kerak. Bu harakatdan so‘ng raqibning tanasi ochiladi va unga qisqa xuk yoki apperkot bilan javob zarbasini berish mumkin bo‘ladi.
LEVER-PANCH - Boksda ikki chap sving zarbalaridan tashkil topgan kombinatsiya. Lever-panch boshga chap qo‘l bilan ketma-ket ikki tez sving tarzida amalga oshiriladi. Birinchi sving katta kuch bilan beriladi, ikkinchisining samaradorligi esa aynan o‘sha nuqtaga tekkizishda namoyon bo‘ladi. Tarjimada lever-panch lom bilan urish ma’nosini anglatadi.
MASHG‘ULOT JANGI - Bir jamoaga mansub bokschilar o‘rtasidagi ma’lum bir ta’lim bosqichida olingan ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun o‘tkaziladigan bellashuv. Mashg‘ulot jangi davomida bokschilar murabbiy tomonidan berilgan muayyan topshiriqni bajaradilar. Bunday janglar asosan bokschilarning chaqqonligini oshirish, himoya usullarini takomillashtirish va zarbalar aniqligini yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi. Kuchi nuqtayi nazaridan yengil, ammo yo‘nalishi bo‘yicha aniq zarbalar beriladi. Bellashuvning o‘zi o‘rtoqlik tamoyillariga asoslanishi, asosiy maqsad esa sherigiga nisbatan taktik ustunlikka erishish bo‘lishi lozim.
MASOFA - Musobaqaning ma’lum paytida bokschilar o‘rtasidagi oraliq. Bokschilarning anatomik xususiyatlari va jang jarayoniga qarab bellashuv davomida raqiblar orasidagi masofa doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bokschilarning tanalari bir-biriga tegib tursa, qisqa masofa yoki boshqacha aytganda, yaqin masofadagi jang haqida so‘z boradi. Agar bokschi raqibga yaqinlashmasdan zarba bera olsa, bu o‘rta masofa hisoblanadi. Zarba berish uchun jangchi raqib tomon bir yoki bir necha qadam tashlasa, bu uzoq masofa deb ataladi.
MASOFANI SAQLASH - Uzoq masofadan jang qilishni afzal ko‘ruvchi bokschining ringdagi taktik xatti-harakati. Masofani saqlash uchun bokschi harakatchan bo‘lishi, to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda uzun qo‘llarga ega bo‘lishi kerak. Masofada turishni afzal ko‘radigan bokschilar autfayterlar deb ataladi. Ular ringda ko‘p harakatlanadi, raqib atrofida raqsga tushgandek aylanadi, o‘tkir va tez zarbalar beradi, ammo har qanday vaqtda hal qiluvchi hujum uchun yaqinlashishga tayyor turadi.
MASOFAVIY MANYOVR - Bokschining raqib bilan o‘zining o‘rtasidagi ma’lum masofani saqlashga qaratilgan harakatlari yig‘indisi. Masofaviy manyovrlarning vazifasi raqibni jang olib borish uchun qulay bo‘lgan masofada ushlab turishdir. Masofaviy manyovrlarda fintlar, bosh va tana egilishlari, sakrab qochish va sakrab borish, qadamlar va sayd-step qo‘llanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yakka zarbalar masofadan manyovr qilish harakatni to‘ldiradi. Ko‘plab aldamchi harakatlar bilan amalga oshirilayotgan masofaviy manyovrlar qat’iy hujumga tayyorgarlikni anglatadi.
MUSHTNING ZARBA BERUVCHI QISMI - Kaft suyaklarining bo‘g‘inlari bo‘lib, zarbaning butun yuki ularga tushadi. Mushtning zarba beruvchi qismi ko‘rsatkich, o‘rta va nomsiz barmoqlarni birlashtiruvchi bo‘g‘inlardir. Ba’zi odamlarda individual xususiyatlariga ko‘ra faqat ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarni birlashtiruvchi bo‘g‘inlar zarba beruvchi qism hisoblanadi. Boks qopchasi bilan qo‘lqopsiz ishlanganda aynan shu suyaklar mashq qilinadi va mustahkamlanadi. Mushtning qolgan qismlari asosan zarbalarni yumshatish uchun ishlatiladi.
NAZORAT TORTISH - Bokschi e’lon qilingan vazn toifasiga mansubligini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tadbir. Nazorat tortish bokschilarning joriy vaznini va ularning tana og‘irligining bellashuv o‘tkaziladigan toifaga mosligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Vazni oshib ketgan bokschiga kerakli toifaga qaytish uchun bir soat vaqt beriladi. Agar bir soat o‘tgach vazn o‘zgarmasa, unvonni himoya qilayotgan bokschi unvondan mahrum bo‘ladi, jang bekor qilinmagan taqdirda esa da’vogar g‘alaba qozonsa ham unvonni qo‘lga kirita olmaydi. Nazorat tortish jangdan bir sutka oldin, ammo sakkiz soatdan kechiktirmay o‘tkaziladi. Tortish muddatini promouter belgilaydi, bellashuvni esa supervayzer nazorat qiladi. Ko‘pincha nazorat tortish tomoshabop tadbir tarzida uyushtiriladi.
NOG‘ORA ZARBALARI - Bir qo‘l bilan ketma-ket bir necha marta beriladigan zarbalar. Nog‘ora zarbalari yuqori tezlikda, ko‘pincha raqib tanasining aynan bir joyiga beriladi. Bunday zarbalarning kutilmaganligi shundaki, odatda bokschilar navbatma-navbat ikki qo‘li bilan zarba beradi, nog‘ora seriyasini bajarishda esa faqat bir qo‘l ishlatiladi. Gavdaga beriladigan nog‘ora zarbalari ayniqsa samarali bo‘ladi. Raqib birinchi zarbani o‘tkazib yuborgach, ikkinchi qo‘l bilan zarba kelishini kutib beixtiyor mushaklarini bo‘shashtiradi, yana o‘sha nuqtaga berilgan zarba uning nafasini bo‘g‘ib qo‘yadi.

NOKAUT - Bokschining ringda hakamning «o‘n» degan hisobidan so‘ng jangni davom ettira olmagan holati. Nokdaun paytida hisob ochilgandan keyin bokschi hakam «aut» deb e’lon qilguniga qadar o‘rnidan tura olmasa, nokaut hisoblanadi. Nokaut natijasida jang zudlik bilan to‘xtatiladi va nokaut qilgan bokschiga muddatidan oldin sof g‘alaba beriladi.
NOKAUTGA OLIB KELADIGAN ZARBA - Bokschining raqibini nokautga tushirgan zarbasi. Nokautga olib keladigan zarba zamonaviy boks arsenalining istalgan zarbasi bo‘lishi mumkin, bunda eng muhimi ‒ kuch va tekkizilgan nuqta. Bular raqibning umumiy holatiga mos kelishi kerak. O‘z vaqtida va to‘g‘ri nuqtaga kerakli kuch bilan berilgan zarba, shubhasiz, toza g‘alabani ta’minlaydi.
NOKAUTLI G‘ALABA - Boks jangida raqibga hal qiluvchi zarba yoki zarbalar seriyasi berish orqali erishiladigan g‘alaba bo‘lib, bunda raqib nokdaundan so‘ng jangni davom ettira olmaydi. Hakamning nokdaundagi to‘liq hisobi va «aut» buyrug‘ini e’lon qilishidan so‘ng raqiblardan birining jangni davom ettira olmasligi nokaut hisoblanadi. Nokautli g‘alaba bitta aniq mo‘ljallangan zarba yoki raqibga hal qiluvchi shikast yetkazgan bir nechta kuchli hujumlar natijasida qozonilishi mumkin. Nokaut ‒ boks jangining yorqin voqeasi va kulminatsiyasidir.
NOKDAUN - Bokschilarning jangni vaqtincha davom ettira olmaydigan holati. Nokdaun ‒ bokschi raqibning kuchli zarbasini o‘tkazib yuborgandan so‘ng tushib qoladigan holat. Nokdaun nokautga aylanib ketmasligi uchun bokschi o‘ngacha sanalgunga qadar bokschi holatini egallashi va jangga tayyorligini ko‘rsatish maqsadida qo‘llarini ko‘tarishi lozim. Havaskorlar boksida nokdaun hisobga olinmaydi, faqat undan oldin qabul qilingan zarbalar soni inobatga olinadi. Professional ringda raqibini nokdaunga uchratgan bokschini yon hakamlar raund bo‘yicha g‘olib deb topadilar. Shunday bokschilar borki, ular nokdaunni osonlikcha yengib o‘tadi va keyinchalik o‘zlari raqibini nokautga uchratadi.
NOKSIMON BOKS QOPI - Zarbalarning tezligi va aniqligini mashq qilish uchun mo‘ljallangan anjom. Noksimon boks qopi ‒ boks zarbalarini mashq qilish uchun o‘tkir qismidan osilgan, ichi to‘ldirilgan konussimon qop. Noksimon qop sportchining ko‘krak balandligida osib qo‘yiladi. Mazkur qop shaklan nok mevasiga o‘xshagani sababli shunday nomlangan. Noksimon qoplar asosan charm (teri)dan, ba’zan sun’iy charm yoki brezentdan tayyorlanadi. Zamonaviy noksimon boks qoplari suvli, havoli yoki to‘ldirma bo‘lishi mumkin.

OCHIQ BOKSCHI - Boshlovchi tajribasiz bokschi bo‘lib, u ko‘pincha hujum yoki himoya harakatlarini bajarayotganda o‘zini ochib qo‘yadi. To‘g‘ri turish holatini ishlab chiqmagan va tanasini yig‘ib tura olmaydigan bokschi ochiq deb ataladi. Bunday bokschi keng quloch bilan zarbalar beradi, oqibatda tanasining katta qismini himoyasiz qoldiradi. Zarba bergandan so‘ng qo‘llarini himoya uchun darhol qaytarmaydi. Himoya elementlarini bajarishda ochiq bokschi qo‘llari bilan tanasini to‘liq yopmaydi, ko‘pincha yelkalari bilan boshini ham himoya qilmaydi.

OCHKOLAR BO‘YICHA G‘ALABA - Boks musobaqasida eng ko‘p qonuniy zarbalar uchun jang yakunida beriladigan g‘alaba. Ochkolar bo‘yicha g‘alaba ringdagi hakam tomonidan raqiblar bergan zarbalar soni bo‘yicha to‘plangan qaydnomalar va asosida aniqlanadi. Zarba raqib tanasining himoyalanmagan joyiga tegganda hisobga olinadi. Professional boksda zarbalar kuchi ham e’tiborga olinadi, masalan, uchta yengil zarba bitta kuchli zarbaga tenglashtiriladi. G‘olib bokschi har bir yon hakamning qaydnomasidagi natijalar bo‘yicha aniqlanadi. Bunda, havaskorlar ringida yon hakamlar barcha raundlar uchun zarbalarni (yoki ochkolarni) jamlab hisoblasalar, professional bokschilar bahslarida hakamlar raqiblardan biri g‘alaba qozongan raundlarni sanab chiqadilar.

OGOHLANTIRISH - Bokschiga ringdagi jang davomida beriladigan intizomiy jazolardan biri. Ogohlantirish bosh hakam tomonidan qoidalarni qo‘pol ravishda buzganlik uchun yoki bir xil qoidabuzarlik uchun uch marta tanbeh berilganda e’lon qilinadi. Uch marta ogohlantirish olish diskvalifikatsiyaga sabab bo‘ladi. Ogohlantirish e’lon qilinayotganda referi «to‘xta» buyrug‘ini beradi va jang to‘xtatilgach, ogohlantirishning sababini bokschilar va yon hakamlarga baland va aniq ovozda tushuntiradi. «Boks» buyrug‘idan so‘ng jang qayta boshlanishi lozim. Bundan tashqari ogohlantirish to‘g‘ridan berilgan zarbaning o‘tkazib yuborilishi kabi to‘laqonli ball bilan jazolanadi.

OYOQ HARAKATI - Bokschi harakatining muhim elementi bo‘lib, u jang davomida uzluksiz siljish, qadam tashlash va sakrashdan iborat. Mohirlik bilan bajarilgan oyoq harakati bokschiga nafaqat ringda doimiy harakatda bo‘lishga, balki itarish kuchidan foydalanib, zarba kuchini oshirishga ham yordam beradi. Aniq va muvofiqlashtirilgan oyoq harakatisiz «kapalakdek parvoz qilish» mumkin emas. Oyoq mashqiga zarbalar yoki himoya usullarini o‘rganish bilan barobar ahamiyat berish kerak.

O‘NG TOMON TURISH HOLATI (stoyka) - Bokschining asosiy turish holati bo‘lib, bunda uning gavdasi o‘ng tomoni bilan raqibga qaratilgan, o‘ng oyog‘i va qo‘li oldinga chiqarilgan. O‘ng tomondagi turish holatida ko‘pincha chapaqay bokschilar jang qiladilar. Bunday turish holati ularga o‘ng qo‘l bilan tekshiruvchi zarbalarni berish, chap qo‘lni esa himoya va asosiy hujum zarbalari uchun ishlatish imkonini beradi. Agar o‘ng tomon turish holatida «ikki qo‘lli» bokschi jang qilayotgan bo‘lsa, u tana holatini tezda o‘zgartirishi va o‘ng qo‘l bilan kutilmagan hujum qilishi ehtimoli doimo mavjud.

O‘QUV JANGI - Boksning navbatdagi taktik-texnik elementlari o‘rganib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladigan yakuniy bellashuv. O‘quv jangi bir boks klubi sportchilari o‘rtasida o‘tilgan materialning o‘zlashtirilish darajasini va bokschilarning keyingi mashg‘ulotlar yoki oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarligini aniqlash maqsadida tashkil etiladi. O‘quv jangi g‘olib aniqlanmasdan, musobaqani eslatuvchi sharoitlarda o‘tkaziladi. O‘quv jangining vazifalari bokschining tayyorgarlik darajasiga qarab farqlanadi. Ta’limning boshlang‘ich davrida o‘quv jangi shartli bo‘lishi mumkin, ma’lum miqdordagi ko‘nikmalar hosil qilingandan so‘ng esa erkin tarzda o‘tkaziladi.

O‘RTA MASOFADAGI JANG - Boks bellashuvini olib borishning eng faol usuli bo‘lib, bunda raqibga yaqinlashmasdan zarba berish imkoniyati mavjud. Bokschilar o‘rta masofadagi jangga uzoq masofadan razvedka qilgandan so‘ng yoki yaqin masofadan chiqish paytida o‘tadilar. Faqat o‘rta masofadagi jangda zarbalar seriyasini amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, bokschilar o‘z vaqtida himoyalanish va qarshi hujumni amalga oshirish uchun raqib harakatlariga tezkor munosabat bildirishi lozim. Bokschi uzoq masofaga nisbatan o‘rta masofada ko‘proq ro‘paradan turish holatini egallaydi.

O‘TA OG‘IR VAZN - Boksda sportchining eng yuqori vazn toifasi hisoblanadi. O‘ta og‘ir vaznli bokschilarning janglari eng tomoshabop va tomoshabinlar uchun sevimli janglar hisoblanadi, bokschilarning unvonlari esa eng nufuzli unvondir. Havaskorlar boksida tana og‘irligi 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bokschilar o‘ta og‘ir vazn toifasiga kiradi. Professional ringda alohida «o‘ta og‘ir vazn» toifasi mavjud emas. U yerda eng yuqori toifa «og‘ir» deb ataladi va unga ikki yuz funtdan og‘ir (yoki 90,892 kilogrammdan ortiq) sportchilar kiradi. Ko‘pincha «o‘ta og‘ir vazn» toifasini «mutlaq vazn» deb ham atashadi.

PANCHER - Kuchli zarba beruvchi bokschi-nokautchi. Pancher istalgan asosiy nokaut zarbasiga ega bo‘lishi mumkin: kimdadir bu qisqa chap huk, boshqa birovda esa boshga yo‘naltirilgan uzun to‘g‘ri zarba. Nokaut zarbasini berishda eng muhimi zarba berish vaqtini va nishon nuqtasini to‘g‘ri tanlashdir. Ba’zan qulay paytni tanlash uchun ko‘p raundlar ketishi mumkin, ba’zida esa o‘ziga xos bo‘lmagan uslubda boks tushishga to‘g‘ri keladi. Barcha harakatlar qo‘yilgan maqsad ‒ raqibni nokaut qilishga qaratilgan. Muhammad Ali, Mayk Tayson, Jo Freyzer kabi bokschilarni pancherlar deb atash mumkin.

PASHSHA VAZNI - Bokschining 48 dan 51 kilogrammgacha bo‘lgan tana og‘irligi. Eng yengil toifadagi bokschilar haqida so‘z borganda, ularning «pashsha vazni» egaligi aytiladi. Professional boksda bu toifaga eng kichik, birinchi eng yengil va yengil vaznlardagi sportchilar kiradi. Havaskorlar boksida esa «pashshalar» birinchi yengil va yengil vazndagi bokschilardir.

PASSIV HIMOYA - Bokschining qarshi zarbalarsiz amalga oshiradigan himoya harakatlari. Passiv himoya raqibning kuchli hujumi paytida qo‘llanadi. Passiv himoya usullariga egilish, zarbasiz chekinish va to‘sish kiradi. Eng passiv himoya turi «yopiq himoya» deb ataladi, bunda bokschi joyidan qo‘zg‘almay, tanasining muhim qismlarini berkitib turadi. Passiv himoyani samarali qo‘llash uchun bokschi zarbalarni qabul qilish ko‘nikmasini yaxshi rivojlantirgan bo‘lishi lozim.

PASSIV JANG - Bir yoki ikkala bokschi minimal miqdordagi faol harakatlarni amalga oshiradigan boks bellashuvi. Passiv jang olib borish raqibning kuchli zarbalarini bir necha bor o‘tkazib yuborib, holdan toygan sportchiga xos. Bunday holatda u vaqtdan yutish va nafasini rostlab olish uchun ataylab to‘liq himoyaga o‘tadi. Shuningdek, bokschi o‘z mizojiga ko‘ra ham passiv bo‘lishi mumkin, bunday jangchi barcha bellashuvlarini sust va tashabbussiz o‘tkazadi. Tabiiyki, tashkilotchilar va tomoshabinlar passiv bokschilarni o‘z e’tiborlari bilan siylamaydilar.

PASTDAN ZARBA - Bilak vertikal holatda turganida qo‘lni pastdan yuqoriga harakatlantirish orqali bajariladigan zarba. Pastdan beriladigan zarba yoki quyi zarba boksda ko‘pincha jarangdor «apperkot» atamasi bilan yuritiladi. Bunday zarba yaqin masofada beriladi va juda samarali hisoblanadi, chunki u aksariyat hollarda raqibning jag‘i yoki quyosh pleksusiga shikast yetkazadi. Kuchli apperkotni qabul qilgan bokschi ko‘pincha nafas olishning qiyinlashuvi, bosh chayqalishi yoki muvozanatni yo‘qotishi sababli nokdaunga tushadi. Klassik apperkotdan tashqari o‘rta yoki uzoq masofadan beriladigan pastki uzun zarba ham qo‘llanadi.

PASTGA YO‘NALUVCHI ZARBA - Ko‘krak qafasi sohasiga qiya yo‘nalishda beriladigan to‘g‘ri zarba turi. Pastga yo‘naluvchi zarba ko‘pincha yuqoridan pastga, yurak sohasiga beriladi. Bu zarba kamdan kam hollarda nokautga olib keladi, lekin u raqibni ko‘krakni himoya qilish uchun qo‘llarini tushirishga va keyingi huk zarbasi uchun boshini ochiq qoldirishga majbur qiladi. Bundan tashqari, ko‘krak sohasiga yetkazilgan zarba natijasida bokschi nafas olishga qiynaladi va raqib hujumni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

PAT VAZNI - Bokschining 53,6 kilogrammdan 57,5 kilogrammgacha bo‘lgan tana og‘irligi. Professional ringda chiqadigan bokschilar uchun pat vazni 115 funtdan 122 funtgacha bo‘lib, bu ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalariga to‘g‘ri keladi. Havaskor sportchilar uchun esa bu eng yengil va yarim yengil vazn toifalaridir.

PAUND-FO-PAUND - Vazn toifasi va boks uyushmasidan qat’i nazar, muayyan vaqt uchun eng sara bokschi unvoni. Eng yaxshi bokschi uchun «Paund-fo-paund» norasmiy unvoni o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida joriy etilgan. Hozirda eng sara bokschilar reytingini Amerikaning «Ring» jurnali yuritadi. Bunda vazn toifasidan qat’i nazar sportchining yutuq va unvonlari soni yig‘indisi inobatga olinadi. Paund-fo-paund reytingini tuzishda jurnal tahririyati bokschining natijalari, janglarining tomoshabopligi va xizmatlari ro‘yxatini inobatga oladi.

PNEVMATIK NOKSIMON QOP - Havo bilan to‘ldirilgan noksimon boks qopining bir turi. Pnevmatik noksimon qoplar juda yengil bo‘lgani sababli ular bilan mashq qilish bolalikdan tavsiya etiladi. Havo bilan to‘ldirilgan noksimon qoplar harakat muvofiqligini, masofa hissini, tezlikni va zarbalar aniqligini mashq qilish uchun mo‘ljallangan. Pnevmatik noksimon qoplar teri yoki uning o‘rnini bosuvchi materiallardan tayyorlanadi, ularning ichida havo bilan to‘ldirilgan lateks kamera joylashgan bo‘ladi.

POCHTACHI ZARBASI - Pochtachi zarbasi bir nechta jeb va kuchli yon zarbalardan tashkil topgan zarbalar majmuasidir. Zarbalar majmuasi pochtachi ish uslubiga o‘xshagani sababli shunday nomlangan. Avval pochtachi eshikni taqillatadi ‒ bu bir nechta to‘g‘ridan to‘g‘ri sinovchi zarbalardir. So‘ngra eshik ochiladi ‒ bu raqib himoyasidagi bo‘shliq va xat yetkaziladi ‒ eng kuchli qo‘l bilan yon tomondan boshga zarba beriladi.

PUNKTBOL - Boksda qo‘llaniladigan mashg‘ulot anjomi bo‘lib, u bokschi uchun kerakli balandlikda shiftga osilgan to‘ldirma to‘pdan iborat. Punktbol kichik o‘lchamlarga ega bo‘lsa-da (diametri 6 santimetrdan 22 santimetrgacha), yetarli og‘irlik (3-5 kilogramm) va inersiyaga ega. Shu sababli punktbol zarba kuchi va aniqligini oshirishdan tashqari, mushak kuchini asta-sekin ko‘paytirib borish bilan zarba berishni mashq qilish uchun ham ishlatiladi. Punktbol teri yoki zamshdan tayyorlanadi, uning ichidagi jun qatlami ostida qum yoki qalin rezina bo‘laklari solingan qobiq joylashgan.

QADAM TASHLASH - Bokschining ringda bir oyog‘ini joyida qoldirib, ikkinchisini ko‘chirish orqali harakat qilish usuli. Qadam tashlashda bokschi bir joyda turib, bir oyog‘i bilan yon tomonlarga qadam tashlaydi. Qadam tashlash gavdaning turli burilishlari bilan birga amalga oshirilishi lozim, shunda bokschi amalda bir joyda turgani holda chaqqonlikka erishadi. Bundan tashqari, oyoq harakati bilan bir vaqtning o‘zida raqibni butunlay chalg‘itish maqsadida aniq mo‘ljallangan kuchli zarbalarni amalga oshirish kerak.

QARSHI HUJUM - Bokschining ringdagi texnik-taktik harakatlari majmuasi bo‘lib, raqib hujumini tezda qaytarish va o‘z hujumiga o‘tishga qaratilgan. Har qanday sport turida qarshi hujum ‒ bu kutilmaganda sur’atning o‘zgarishi va himoyadan hujumga o‘tishdir. Himoyada turgan bokschi o‘z mudofaasini shunday tashkil etadiki, u raqib uchun kutilmagan tarzda, deyarli bir lahzaning o‘zida himoyalanuvchidan hujumkor jangchiga aylanadi. Qarshi hujumlar har doim raqibni dovdiratib qo‘yadi va ular qanchalik kuchli bo‘lsa, g‘alaba qozonish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

QARSHI IKKI TOMONLAMA ZARBA - Raqib hujumini qaytarish uchun tananing turli qismlariga beriladigan o‘zgaruvchan zarbalar. Qarshi ikki tomonlama zarba ‒ boksda hujumga o‘tgan raqibga qarshi qo‘llanadigan texnik usul. Masalan, raqib chap qo‘li bilan tanaga zarba bersa, bu ko‘pincha o‘ng qo‘l bilan boshga to‘g‘ridan zarba berishdan oldin sodir bo‘ladi. Shu paytda, uning jag‘i himoyasiz qolganda, ikkala qo‘l bilan navbatma-navbat keskin zarba beriladi. Qarshi ikki tomonlama zarba ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda samarali hisoblanadi.

QARSHI ZARBA - Raqib hujum qilayotgan paytda yoki hujum tugashi bilan bokschi tomonidan beriladigan zarba. Raqib hujum qilayotgan paytda qarshi zarba sifatida bokschi boksda qo‘llanadigan istalgan zarbani tanlaydi. Qarshi zarbani tanlash jang davomida rivojlanayotgan vaziyatga bog‘liq, masalan, yaqin masofadagi jangda qisqa qarshi zarba beriladi. Qarshi zarbalar qarshilovchi yoki javob zarbalari bo‘lishi mumkin. Qarshilovchi zarba raqibning zarbasidan biroz oldinroq beriladi. Javob tariqasidagi qarshi zarba esa himoya harakati, to‘siq qo‘yish, egilish yoki zarbani qaytarishdan so‘ng beriladi.

QAYTARMA ZARBA - Bokschi bir qo‘li bilan zarba berayotgandek ko‘rsatib, uni orqaga qaytarish paytida boshqa qo‘li bilan uradigan texnik usul. Qaytarma zarba berishda o‘ng qo‘lli bokschi chap qo‘lini deyarli nishongacha yetkazib, zarba bermoqchi bo‘lgandek harakat qiladi. So‘ngra u qo‘lini to‘satdan to‘xtatadi. Raqibi harakat tugadi deb o‘ylab, e’tiborini susaytiradi va ayni shu paytda o‘ng qo‘ldan kuchli zarba yeydi. Chapaqay bokschilar uchun bu jarayonning teskarisi bo‘ladi. Qaytarma zarbani kutmagan raqib dovdirab qoladi va ruhiy jihatdan o‘zini yo‘qotadi. Nishonga aniq teggan qaytarma zarba nokdaun yoki nokautga olib kelishi mumkin.

QAYTARMA ZARBA BILAN HIMOYALANISH - Boksdagi texnik usul bo‘lib, bunda bokschi raqibning harakatlanayotgan qo‘lini zarba chizig‘idan chetga chiqarib yuboradi. Asosan uzoq masofaga to‘g‘ridan to‘g‘ri (kamdan kam hollarda o‘rtacha) zarbalar beriladi. Qaytarma zarbalarni qo‘llay boshlar ekan, bokschi urayotgan qo‘lni mushtining tirsak yoki bilaklarga yaxshi seziladigan zarbasi bilan qarshi oladi. Raqibning qo‘lini ham tashqariga, ham ichkariga yoki yuqoriga qaytarish mumkin. Qo‘lni qaytargandan so‘ng odatda raqibning konsentratsiyasi pasayadi va muvozanati buziladi, shundan so‘ng himoyalanmagan joyga kuchli va maqsadli zarba berish kerak.

QISQA ZARBA - Boksda qo‘l harakatining kichik amplitudasi bilan beriladigan zarba. Qisqa zarbalar to‘g‘ri, yon tomondan yoki pastdan bo‘lishi mumkin. Qisqa to‘g‘ri zarba jeb, qisqa yon zarba esa huk deb ataladi. Qisqa zarbalar asosan yaqin masofadagi jangda qo‘llanadi. Kuchli qisqa zarba beradigan bokschilar raqib uchun juda xavfli hisoblanadi. Yaqin masofadagi jang sharoitida ko‘rish cheklangani sababli qisqa va tez zarbalarni kuzatish hamda ularga qarshi tegishli himoyani qo‘llash juda qiyin bo‘ladi.

QO‘LLARNI BINTLASH - Jang oldidan qo‘l kaftlarini bint bilan o‘rash. Bu boks qoidalarida majburiy jarayon sifatida belgilangan. Bintlash natijasida barmoqlar, kaftlar va bilaklar mustahkamlanadi, mayda suyaklar va bo‘g‘imlar birlashtiriladi. Bunda musht ancha zichlashadi, barmoq bo‘g‘imlari esa yagona chiziqni hosil qiladi. Bundan tashqari, bintlar ortiqcha terni shimib oladi va shu bilan birga kaftlarning qo‘lqopka ishqalanishini kamaytiradi. Kaftlarning xavfsizligini ta’minlash uchun uzunligi ikki yarim metrgacha bo‘lgan paxtali bintlar qo‘llanadi.

QO‘LQOPNING ICHKI TOMONI BILAN ZARBA BERISH - Boks qoidalari bo‘yicha taqiqlangan texnik usul hisoblanadi. Qo‘lqopning ichki tomoni bilan zarba bergani uchun bokschi ogohlantirish oladi. Agar bu harakat takrorlansa, hakam unga rasmiy ogohlantirish beradi va jarima ochkosi bilan jazolaydi. Agar bokschi taqiqlangan ochiq kaft zarbasini qasddan va muntazam ravishda qo‘llasa, u musobaqadan chetlashtiriladi.

QO‘LQOPNING ORQA TOMONI BILAN ZARBA BERISH - Boks qoidalari bo‘yicha taqiqlangan texnik usul hisoblanadi. Bunday zarba bergani uchun bokschi ogohlantirish oladi. Agar bu zarba takrorlansa, hakam rasmiy ogohlantirish beradi va sportchini jarima ochkosi bilan jazolaydi. Qo‘lqopning orqa tomoni bilan taqiqlangan zarbani qasddan va takroran ishlatgan bokschi musobaqadan chetlashtiriladi. Qo‘lqopning orqa tomonini himoyalanish paytida to‘siq qo‘yish uchun ishlatish mumkin.

QO‘SH TIRSAKLI HIMOYA - Bokschi tanasi va boshini raqib zarbasidan himoya qilishga imkon beruvchi texnik usul. Qo‘sh tirsakli himoya ‒ tirsak bo‘g‘imlarini oldinga chiqarish orqali amalga oshiriladigan zich mudofaa turi. Birinchi variantda ikkala tirsak bir-biriga jipslashtiriladi va bokschining qorin yoki ko‘krak qismini himoya qiladi. Ikkinchi variantda tirsaklar ajratiladi: bir tirsak bilan tana, boshqasi bilan jag‘ himoyalanadi.

RAQIBNI QUCHOGLAB OLISH - Boksda taqiqlangan usul bo‘lib, uning harakatlarini cheklashga qaratilgan. Vaqtincha nafas rostlash yoki raqib hujumini to‘xtatish maqsadida bokschi raqib tanasini quchoqlab olishi mumkin. Boksda bu usul taqiqlangan bo‘lib, bunday holatda hakam ogohlantirish beradi. Keyin esa sportchi jarima ochkosi bilan jazolanadi. Agar bokschi bu usulni qayta-qayta qo‘llasa, u diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

RAUND - Boksdagi ikki tanaffus orasida kurash uchun belgilangan vaqt (yoki davr). Raund bong ovozi bilan boshlanib, yana u bilan yakunlanadi. Boksda raund odatda uch daqiqa davom etadi (o‘smirlar musobaqalarida esa bir daqiqa). Havaskor boksda raundlar soni uchta bo‘ladi. Professional sportda esa raundlar soni jangning ahamiyati va nufuziga qarab yettitadan o‘n beshtagacha bo‘lishi mumkin. Aslida hozirgi kunda o‘n ikki raunddan ortiq janglar juda kam o‘tkaziladi. Turli uyushmalarda jahon chempionlari odatda o‘n ikki raundlik janglarda aniqlanadi.

REFERI - Boks ringidagi bosh hakam. Referi bevosita bokschilar bilan birga ringda bo‘ladi. U bongning birinchi zarbasidan boshlab jangni to‘liq boshqaradi. Referi bokschilarning qoidalarga rioya qilishini kuzatib boradi, ularga tanbeh beradi, ogohlantiradi va alohida hollarda aybdorlarni diskvalifikatsiya qiladi. Referining vazifalariga bokschilarning jihozlari va sog‘lig‘i holatini nazorat qilish ham kiradi. Jang boshlanishidan oldin u jangning barcha ishtirokchilari: bokschilar, yon hakamlar, sekundantlar va shifokorlar hozirligini tekshirib oladi.

RESHER - Amerikancha jargon so‘z bo‘lib, jangda g‘azablangan va tajovuzkor bokschi ma’nosini anglatadi. Resher ‒ har ikkala qo‘lini ham bir xil mahorat bilan ishlatadigan juda kuchli bokschi. U og‘riqqa chidamli bo‘lgani sababli doimo yaqin masofadan zarba berishni ma’qul ko‘radi. Resher kuchli hujum orqali raqibini ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan mahv etishga harakat qiladi. Resherga qarshi kurashish og‘ir, ammo imkonsiz emas. Unga qarshi asosiy qurol ‒ masofani saqlab harakatlanish va uni o‘z hujumlari davomida toliqtirishdir.

RING - Boks musobaqalari o‘tkaziladigan kvadrat maydon. Ring maydoni balandligi uch-to‘rt fut bo‘lgan, kigiz, rezina yoki fetr bilan qoplangan yerda joylashadi. Havaskorlar boksida ringning o‘lchami o‘n olti futdan yigirma futgacha bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasida ring ‒ tomonlari olti metr bo‘lgan kvadratdir. Professional ringlarning tomonlari o‘n sakkizdan yigirma to‘rt futgacha bo‘ladi. Ringning burchaklarida yumshoq qoplama bilan qoplangan qizil va ko‘k rangli burchak ustunlari o‘rnatiladi, ular orasida esa ikkita oq burchak joylashadi. Burchak ustunlari orasiga ringni perimetr bo‘ylab o‘rab turuvchi uchta yoki to‘rtta arqon tortilgan.

RINGGA SOCHIQ TASHLASH - Bu sekundant yoki murabbiyning jangni to‘xtatishga ishora qiluvchi harakati. Agar bokschi sekundanti raqibning aniq ustunligini tan olsa, u o‘z shogirdini jarohatlanishdan asrash maqsadida ringga sochiq yoki gubka tashlaydi. Sochiq tashlash jangning istalgan paytida amalga oshirilishi mumkin, faqat nokdaun hisobi paytida bunday qilib bo‘lmaydi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, qadimgi jangchilarda sochiq yoki ro‘molcha dushmanlikni anglatgan, shu sababli bu odat urushning tugaganini bildiruvchi ramzga aylangan.

RINGNING NEYTRAL BURCHAGI - Bokschilarning sekundantlari egallamagan ikkita ring burchagidan biri. Jamoalarga tegishli «qizil» va «ko‘k» burchaklardan farqli o‘laroq, ringning neytral burchaklari oq rang bilan belgilanadi. Raqiblardan biri yerga yiqilganda yoki nokdaun holatiga tushganda, boshqa bokschi referi buyrug‘i bilan eng uzoqdagi «oq» burchakka o‘tishi kerak. Neytral burchakda turgan bokschi o‘z jamoasi a’zolaridan yordam yoki maslahat olish huquqiga ega emas. Neytral burchakda turgan bokschi ring arqonlariga tegmasligi shart.

RINGSAYD - Boks musobaqalari o‘tkaziladigan stadiondagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ring yonida joylashgan tomoshabinlar sektori. Ringsayd ‒ jangning barcha nozik tomonlarini kuzatish uchun eng qulay bo‘lgan tomoshabinlar o‘rindiqlarining birinchi qatorlari. Nufuzli janglarda ringsaydda joylar juda qimmat turadi, chiptalarning narxi yuz ming dollargacha yetishi mumkin. Ringsayddagi joylar, shuningdek, reklama aksiyalari doirasi turli teleko‘rsatuvlarda ham o‘ynalishi mumkin.

SAKRAB ZARBA BERISH - Sakrash paytida yoki undan keyin bajariladigan zarba. Sakrab zarba berish ‒ juda murakkab, biroq samarali texnik usul hisoblanadi. Sakrab beriladigan zarbani amalga oshirayotganda bokschi yerdan itarilish, yerga tushish va zarba berish vaqtlarini aniq mo‘ljallay olishi kerak. Sakrab zarba berish o‘zining kutilmaganligi bilan afzal sanaladi, chunki masofada turgan bokschi bir zumda yaqinlashib, raqibiga kutilmagan zarba berganday bo‘ladi.

SAYDSTEP - Himoyalanish usuli bo‘lib, bunda bokschi zarbadan qochish uchun yon tomonga qadam tashlaydi. Saydstep ‒ juda ta’sirchan va samarali himoya usul. Saydstepni bajarishda bokschi raqibdan chap yoki o‘ng tomonga qadam tashlaydi, so‘ngra himoyalanmagan joyga zarba beradi. Saydstepni yaxshi o‘zlashtirgan bokschi raqibini holdan toydirishi mumkin. U muntazam harakatlanishi va zarba chizig‘idan chetga chiqishlari bilan raqibni mushtlarini havoni silkishga majbur qiladi.

SEKUNDANT - Jangda bokschi manfaatlarini himoya qiluvchi va unga yordam ko‘rsatuvchi murabbiy yoki boshqa mutaxassis. Har qanday bokschiga ko‘pi bilan to‘rtta sekundant (odatda uchta) hamrohlik qilishi mumkin. Ularning asosiylari jang boshlanishidan oldin musobaqa bosh hakamiga tanishtiriladi. Sekundantlarga tanaffuslar paytida ringga chiqishga ruxsat beriladi. Jang davomida ular bokschiga maslahat, ko‘rsatma berish yoki hakamning harakatlarini sharhlash huquqiga ega emas. Sekundantlarga bokschiga yordam ko‘rsatish chog‘ida faqat qoidalarda belgilangan buyumlar va dori-darmonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

SEKUNDANT RAD ETISHI SABABLI G‘ALABA - Sekundanti jangni davom ettirishdan voz kechgan bokschi ustidan qozonilgan g‘alaba. Yakkama-yakka olishuvdan sekundant, bokschining o‘zi yoki uning murabbiyi voz kechishi mumkin. Bunday rad etish muayyan jangda raqibning yaqqol ustunligi tufayli sportchining sog‘lig‘iga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida sodir bo‘ladi. Odatda jangdan voz kechgan sekundant qabul qilingan qarorni tasdiqlash uchun ringga sochiq (yoki gubka) tashlaydi.

SHARTLI JANG - Har bir sparring-sherik har bir raundda aniq topshiriq oladigan mashg‘ulot jangi turi. Bu jang shartli deb atalishining sababi, sparring-sheriklar har biriga muayyan jang shartlari belgilanadi. Masalan, bokschilardan biri asosan zarbalar seriyasini mashq qilsa, uning sherigi, aksincha, bunday seriyadan himoyalanishni o‘rganadi. Keyingi raundda bokschilarning vazifalari o‘zaro almashtiriladi. Shartli jangda texnik elementlarni mukammal o‘zlashtirish uchun ularning soni cheklanadi. Bunday jang zalda bir vaqtning o‘zida bir nechta juftliklar o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin. Murabbiy doimiy ravishda sportchilarga ko‘rsatmalar berib, bellashuvlarni nazorat qilib turadi.

SLIPING - Turli xil egilishlarni o‘z ichiga oluvchi himoya usullaridan biri. Sliping ‒ bokschi himoya harakatlarining juda muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U eng zaif nuqtalarni zarbadan olib qochish imkonini beruvchi bosh yoki tananing turli egilishlari kombinatsiyasidan iborat. Slipingni sparringda yoki ko‘zgu oldida mashq qilish eng samarali usul hisoblanadi.

SOXTA CHEKINISH - Raqibni qarshi hujum tuzog‘iga ilintirish maqsadini ko‘zlaydigan boksdagi aldamchi himoya usuli. Soxta chekinish bir necha ketma-ket qadamlar va egilishlar orqali amalga oshiriladi, bunda bokschi raqibga o‘ta charchagandek ko‘rinishga harakat qiladi. Raqib bunga ishonib, himoyasini deyarli unutgan holda, zarbalar chastotasi va kuchini oshirib, bokschini siquvga oladi. Kerakli paytda bokschi so‘nggi aldov harakatini yoki engashishni bajaradi va bunday vaziyatga tayyor bo‘lmagan raqibga hal qiluvchi zarbani beradi.

SOXTA JANG - Mashg‘ulot paytida yoki ko‘rgazmali chiqishlarda bokschilar o‘rtasida oldindan kelishib olingan bellashuv. Soxta jang har ikki ishtirokchi uchun o‘zaro manfaatli shartlarga asoslanadi. Masalan, mashg‘ulot paytida bir bokschi himoya usullarini takomillashtirmoqchi bo‘lsa, ikkinchisi shu vaqtda yaxshi o‘zlashtirilmagan zarbani mustahkamlashga harakat qiladi. Ko‘rgazmali tomoshalarda bokschilar raqiblarini nokdaun yoki nokautga tushiradigan «ajoyib zarbalar» beradilar. Musobaqa sharoitida soxta janglar taqiqlanadi. Kelishilgan jangda ishtirok etgan bokschilar musobaqadan chetlashtirilishi lozim.

SOXTA ZARBA - Raqibni asosiy maqsaddan chalg‘itish uchun amalga oshirilgan zarba. Soxta zarbalar berilishi yoki imitatsiya qilinishi mumkin. Birinchi holda bokschi raqib tanasining bir nuqtasiga soxta zarba beradi va unga qarshi qo‘yilgan himoyani chetlab o‘tib, boshqa joyga kuchli zarba beradi. Soxta zarba imitatsiya qilingan holda nishonga yetkazilmaydi, balki raqibning ochilishi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi. Soxta zarba murakkab texnik usul, ammo uni ijro etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish bokschiga katta afzalliklar berishi mumkin.

SOYA BILAN JANG - Bokschi xayoliy raqib bilan kurash olib boradigan mashq usuli. Soya bilan jang ma’lum o‘quv davridan so‘ng ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. Bunday jangni olib borishda bokschi o‘z oldida haqiqiy raqibni tasavvur qilib, zarbalarni to‘liq kuch bilan berishi lozim. Bu mashg‘ulotda zarbalar kombinatsiyasi va ularning berish tezligi ham takomillashtiriladi. Soya bilan jang boksning himoya elementlarini ishlab chiqish uchun ham qo‘llanadi. Boks bellashuvlaridan oldin soya bilan jang mushaklarni qizdirish va jangga ruhan tayyorlanish uchun qisqa variantda o‘tkaziladi.

SPARRING-SHERIK - Asosiy bokschini musobaqaga tayyorlash jarayonidagi shartli va erkin janglarda ishtirok etadigan sportchi. Bokschi uchun sparring-sherik odatda bir xil yoki yaqin vazn toifasida bo‘ladi. Shartli yoki erkin janglar davomida sparring-sherik bilan bokschining texnikasi va jang olib borish taktikasi sayqallanadi. Sparring-sherikning o‘zi ham bellashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim. Ko‘pincha sobiq sparring-sheriklar o‘zlari ham ajoyib jangchilarga aylanib, professional ringda muvaffaqiyat qozonishadi.

SPURT - Bokschining keskin va kuchli faollashuvi. Muayyan vaqtgacha o‘zini passiv tutgan bokschining to‘satdan faollashishi spurt deb ataladi. Spurtda bokschi shu damgacha to‘plangan energiyasini chiqaradi va raqibini hayratda qoldiradi. Bokschilar bu usul orqali qisqa vaqt ichida hal qiluvchi ustunlikka erishishga intiladilar.

STEPING-BREK - Bokschilarning yaqin masofadagi jangdan orqaga qadam tashlab chiqish usuli. Steping-brek musobaqa davomida vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. Bu texnik usul egilib yoki zarba berib orqaga qadam tashlash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu atama ba’zan hakamning klinchdan chiqish uchun bergan «breck» buyrug‘idan so‘ng bokschilarning harakatlarini ifodalashda ham ishlatiladi.

STOP (to‘xta) - Hakamning jangni darhol to‘xtatish uchun beradigan buyrug‘i. «Stop» buyrug‘i boks qoidalarida belgilangan holatlarda beriladi. U bokschi jarohatlanganida, sportchi yiqilganida va shunga o‘xshash vaziyatlarda qo‘llanadi. Shuningdek, hakam nokdaun vaqtida hisobni boshlash uchun «stop» buyrug‘i bilan jangni to‘xtatadi. Raund oxirida bu buyruq bilan gong signalini takrorlanadi. To‘xtash haqidagi buyruqdan so‘ng bokschilar o‘z burchaklariga tarqalishi va faqat «boks» buyrug‘idan keyin jangni davom ettirishi shart.

SUVLI NOKSIMON BOKS QOPI - Noksimon boks qopining bir turi bo‘lib, uning ichiga suv quyiladi. Suvli noksimon boks qopi ko‘pincha suvli, suv quyilgan yoki gidro noksimon qop deb ham ataladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, bu qop shiftga osilmaydi, balki polga o‘rnatiladi. Noksimon qopning maxsus ichki kamerasiga suv quyiladi, uning miqdorini o‘zgartirib, mashq qurolining qattiqligini sozlash mumkin. U qop yoki inson gavdasi shaklida bo‘ladi. Gidro noksimon qop lateks va unga o‘xshash materiallardan tayyorlanadi.

SVING - O‘rta yoki uzoq masofadan kuchli silkish bilan yon tomondan beriladigan zarba. Hozirgi kunda bokschilar bajarilishi ko‘p vaqt talab etgani sababli svingni juda kam qo‘llaydilar. Ammo charchagan va o‘zini himoya qilishga ulgurmayotgan raqibga yakunlovchi nokaut zarbasi sifatida sving juda samarali hisoblanadi. Ingliz svingi mushtning gorizontal holatda, amerika svingi esa vertikal holatda bo‘lishi bilan farqlanadi. Shuningdek, sving zarba maqsadi va qaysi qo‘l bilan berilishiga qarab ham farqlanadi: o‘ng yoki chap qo‘l bilan yuz va tanaga yo‘naltirilgan svinglar hamda chap qo‘l bilan egilib beriladigan sving mavjud.

SVORMER - Yaqin masofadan ketma-ket zarba berishni afzal ko‘radigan kuchli bokschi. Svormerning asosiy xususiyati uning jang olib borishdagi portlovchi va tajovuzkor uslubga ega ekanligidir. Svormer juda kuchli bo‘lib, yaxshi shakllangan xuk va apperkot zarbalari bilan ajralib turadi. Uning yaqin masofadagi jangda tezda muvaffaqiyatga erishishining yana bir sababi raqibining zarbalariga chidamliligi va o‘zini himoya qila olishidadir. Shu bois svormerni doimo masofada ushlab turish va uzoq masofadan beriladigan zarbalar bilan toliqtirish zarur.

ShO‘NG‘IB HIMOYALANISH - Boksdagi texnik usul bo‘lib, bunda bokschi raqibning zarbasi paytida egilib, boshini uning uruvchi qo‘li ostidan o‘tkazadi. Sho‘ng‘ib himoyalanish raqibning yon zarbasiga qarshi qo‘llanadi. Sho‘ng‘ishni boshlayotganda, bokschi joyida turib yoki qadam tashlab cho‘qqayadi va mushtlari bilan boshini himoyalab, go‘yo raqibining qo‘li ostidan sho‘ng‘iydi. Himoya harakati yakunida bokschi raqibning yon tomoniga o‘tib qoladi va gavdasini to‘g‘rilab, kuchliroq zarba berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shift-Panch - Boksda quyosh pleksusi (qorin bo‘shlig‘i orqasida joylashgan qorin bo‘shlig‘ida nervlarning murakkab to‘plami)ga chap apperkot bilan beriladigan zarba. Shift-panch yaqin masofada amalga oshiriladigan juda kutilmagan va samarali zarbadir. Uni bajarish chog‘ida bokschi to‘satdan o‘ng tomonlama holatga o‘tadi, so‘ngra tezda burilib, chap qo‘li bilan pastdan quyosh pleksusi mo‘ljallab zarba beradi (chapaqaylar uchun bu aksincha bo‘ladi). Shift-panch o‘zining kutilmaganligi va kuchi bilan xavflidir. Ko‘pincha bokschilar raqibning yangi holatiga moslashishga ulgurmay, bunday zarbalarni o‘tkazib yuboradilar. Quyosh pleksusiga berilgan zarba nafas olishni izdan chiqarishi mumkin.

TAKRORIY HUJUM - Bokschining oldingi hujum zarbalari ta’sirini kuchaytirish yoki muvaffaqiyatsiz hujumdan so‘ng yangi hujumni amalga oshirish maqsadidagi keyingi hujumi. Raqib tomonidan qaytarilgan yoki to‘sib qo‘yilgan muvaffaqiyatsiz hujum holatida bokschilar ko‘pincha takroriy hujumga o‘tib, uning uslubi yoki yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Bundan tashqari takroriy hujum oldingi hujumning ta’sirini to‘ldirish yoki kuchaytirish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Takroriy hujumda bokschi, agar raqibining jangning bunday davom etishini kutmayotganini sezsa, oldingi barcha zarbalarni takrorlashi mumkin.

TAKRORIY ZARBALAR - Asosiy hujum zarbasidan keyin beriladigan bir yoki bir nechta zarba. Takroriy zarbalar birinchi asosiy zarbaning ta’sirini maksimal darajada kuchaytirish maqsadida beriladi. Takroriy zarbalar xuddi o‘sha nishon nuqtasiga ham, hujumning ma’lum paytida himoyalanmagan boshqa nuqtaga ham yo‘naltirilishi mumkin. Zarbalar o‘z uslubi va yo‘nalishi bo‘yicha ham farqlanishi mumkin. Ba’zi takroriy zarbalar, masalan, beldan pastga beriladigan zarbalar, sportchining musobaqadan chetlashtirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

TANBEH - Ringda boks qoidalariga rioya etilmaganligi uchun beriladigan eng yengil jazo. Ringdagi hakam kichik va jang natijasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan qoidabuzarlik sodir etgan sportchiga tanbeh beradi. Bir xil qoidabuzarlik uchun uch marta tanbeh berilsa, ogohlantirish bilan jazolanib, jarima balli belgilanadi. Bokschilardan tashqari ularning jamoa a’zolari: sekundantlar va murabbiylar ham tanbeh olishlari mumkin.

TAQIQLANGAN HARAKATLAR - Bokschining salomatlik uchun xavfli va sportga xos bo‘lmagan harakatlari. Taqiqlangan harakatlarga quyidagilar kiradi: siqilgan mushtdan tashqari tananing boshqa qismlari bilan zarba berish, qoidalarda belgilangan tana qismlaridan tashqari joylarga urish, shuningdek, jang to‘xtatilgandan so‘ng hujum qilish. Bundan tashqari raqibni qo‘llarini uning orqasiga qayirib quchoqlash ham man etiladi. Ringda arqonlardan foydalanish, raqibga osilish, uni itarish, yiqilgan raqibni urish mumkin emas. Raqibni ushlab turib zarba berish taqiqlanadi. Boksda raqibning boshi va qo‘llarini ushlash, shuningdek, passiv jang olib borish ham taqiqlanadi. Bosh bilan harakat qilish va raqibga orqa o‘girish juda xavfli bo‘lgani uchun bu harakatlar ham man etilgan. Boks qoidalarini buzadigan harakatlar og‘ir-yengilligiga qarab ogohlantirish, tanbeh va diskvalifikatsiya bilan jazolanadi.

TAQIQLANGAN ZARBALAR - Tananing qoidalar bilan belgilangan muayyan qismlariga yoki musht qilinmagan qo‘lning istalgan qismi bilan berilgan zarbalar. Boks qoidalarida bosh, tirsak, yelka va bilak bilan zarba berish (yoki qulochkashlar urish) taqiqlanishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ochiq qo‘lqop (yoki kaft) bilan urish ham man etiladi. Raqibning boshi va tanasining orqa qismiga zarba berish taqiqlanadi. Shuningdek, sport trusiklarining belidan pastki qismga hech qanday zarba berish mumkin emas. Bokschi raqib ring poliga yiqilgandan so‘ng yoki hakamning «to‘xta» buyrug‘idan keyin zarba bermasligi shart.

TEXNIK NOKAUT - Raqibning yaqqol ustunligi yoki jangni davom ettirish uchun xavfli jarohat olgan holatda bokschining mag‘lubiyatga uchrashi. Texnik nokaut uch holatda e’lon qilinadi, ularni batafsil ko‘rib chiqamiz. Birinchisi, bu bir raqibning boshqasidan yaqqol ustunligi, amalda shafqatsiz kaltaklashdir. Ikkinchisi, bokschining jiddiy jarohat olishi va o‘zi yoki sekundantlarining jangni davom ettirishdan bosh tortishi. Uchinchisi, bir raund davomida to‘rtinchi nokdaunning yuz berganda. Birinchi va uchinchi holatlarda texnik nokaut to‘g‘risidagi qarorni jangni boshqarayotgan hakam chiqaradi.

TIK OYOQDAGI NOKAUT - Bokschining vertikal holatdagi nokauti. Tik oyoqdagi nokaut «o‘n» deb sanalganidan so‘ng ham bokschi arqonlarni ushlab tik turgan, ammo ring poliga yiqilmagan holatda yuz beradi. Bunday nokautda oyoqda turgan bokschi atrofdagi vaziyat va tashqi ta’sirlarga yaxshi munosabat bildira olmaydi. «aut» buyrug‘i berilgach, jang to‘xtatiladi va nokautga tushirgan bokschiga sof g‘alaba beriladi.

TO‘G‘RI ZARBA (yoki qonuniy zarba) - Boks qo‘lqopining belgilangan qismi bilan raqib tanasining qoidalarda ruxsat etilgan joylariga berilgan zarba. Agar zarba qo‘lqopning mushtni qoplab turgan va chiziq bilan ajratilgan qismida berilgan bo‘lsa, u to‘g‘ri hisoblanadi. Ochiq kaft yoki kaft bilan zarba berish man etiladi. To‘g‘ri zarba ‒ yetarli kuch bilan berilgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan zarba. Raqib tomonidan to‘silgan yoki qaytarilgan zarbalar qonuniy hisoblanmaydi. To‘g‘ri zarbalar olddan yoki yondan tanaga yoki boshga berilishi va nishonga tegishi kerak. Har bir to‘g‘ri zarba uchun bir ochko beriladi.

TO‘G‘RIDAN ZARBALAR - To‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab to‘g‘rilangan qo‘l bilan beriladigan zarbalardir. To‘g‘ridan zarbalar uzun va qisqa bo‘lib, boshga yoki tanaga yo‘naltiriladi. Bunda chapdan to‘g‘ri zarba «jeb», o‘ngdan to‘g‘ri zarba esa «kross» deb ataladi. To‘g‘ridan zarba shunday bajariladiki, musht ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarning bo‘g‘inlari bilan nishonga yetib borishi lozim. Bunday holatda zarba aniqroq bo‘ladi va qo‘l kaftlariga kamroq shikast yetkazadi. To‘g‘ridan zarbalar mashg‘ulotlarda boks yassi qo‘lqopi (lapa)dan foydalanib mashq qilinadi.

TO‘LDIRILGAN NOKSIMON BOKS QOPI - Ma’lum materiallar bilan to‘ldiriladigan noksimon boks qopining bir turi. To‘ldiriladigan noksimon boks qopi konus shaklida bo‘lgan teri (kamdan kam holatlarda sintetik) qopdan iborat bo‘lib, sochiluvchan material bilan to‘ldiriladi. Bunday material sifatida qum, olcha danagi, sintetik qiyqimlar va shunga o‘xshash to‘ldiruvchilar ishlatiladi. Professional to‘ldirma noksimon qoplar asosan tabiiy teridan tayyorlanadi va rezina maydalanmasi bilan to‘ldiriladi.

TO‘XTATISH BILAN HIMOYALANISH - Boksdagi texnik usul bo‘lib, bunda bokschi raqibning zarbasi paytida o‘z qo‘lini raqibning bilagi ustiga qo‘yib, uning qo‘l harakatini to‘xtatadi. To‘xtatish bilan himoyalanish faqat yaqin yoki o‘rta masofadagi yon va pastki zarbalarga qarshi qo‘llanadi. Raqibning chap qo‘li o‘ng qo‘l bilan, o‘ng qo‘lining zarbasi esa chap qo‘l bilan to‘xtatiladi. Bunday holda bir qo‘l doimo keyingi zarbani qaytarish yoki qarshi hujumga o‘tish uchun bo‘sh qoladi.

TUR-DE-VALS - Boksda himoyalanish va qarshi zarba berishni o‘z ichiga olgan texnik usul. Tur-de-vals (yoki vals turi) ‒ ijrosiga ko‘ra juda chiroyli va murakkab, qo‘llanishiga ko‘ra samarali texnik usul hisoblanadi. Valsdagi harakatlar singari uch hisobda bajarilgani sababli shu nomni olgan. Bokschi «bir» hisobida chap tomonga soxta egilishni bajaradi, bu bilan raqibni tanasini oldinga tashlashga majbur qiladi. «Ikki» hisobida o‘ngga qadam tashlab, raqibning orqasinda paydo bo‘ladi. Va nihoyat «uch» hisobida unga yuzlangan raqibining jag‘iga xuk zarbasini beradi.

USHLAB TURISH - Bokschining raqib harakatlanishini cheklash maqsadida uning qo‘llari yoki tanasini qisib olishga qaratilgan harakatlari. Boksda raqibning qo‘lqoplari, qo‘llari, boshi yoki gavdasini ushlab olish «ushlab turish» deb ataladi. Bu taqiqlangan usul hisoblanib, hakamlar tomonidan jazolanadi. Odatda charchagan yoki holdan toygan bokschi raqib hujumlaridan himoyalanish uchun ushlab turishni qo‘llaydi. Dastlab hakam aybdor bokschiga tanbeh beradi, keyin ogohlantiradi. Agar bokschi ushlab turish bilan bir vaqtda zarba bersa, u musobaqadan chetlashtirilishi kerak.

UZOQ MASOFADAGI JANG - Bokschi raqibini cho‘zilgan qo‘l masofasida ushlab turadigan jang olib borish taktik usuli. Uzoq masofada jang olib borish taktikasini asosan yengil, chaqqon va uzun qo‘lli bokschilar qo‘llaydi. Bokschi ringda harakatlanib, go‘yo raqib atrofida raqsga tushayotgandek keskin zarba berish uchun qulay payt poylab turadi va bir vaqtning o‘zida raqib tomon qadam tashlaydi. Sportchi bo‘sh qo‘li bilan raqib himoyasidagi bo‘shliqlarni tekshiradi, manyovr qiladi, chalg‘ituvchi harakatlarni bajaradi ‒ bularning barchasi raqibga aniq zarba berish imkonini bermaydigan masofada amalga oshiriladi.

UZUN ZARBA - Boksda uzoq masofadan beriladigan zarba. Uzun zarbalar to‘g‘ri va yon turlarga bo‘linadi. To‘g‘ri zarbalar «jolt» deb ataladi, yon zarbalar esa «sving» nomi bilan yuritiladi. O‘ng va chap uzun apperkotlar kamroq qo‘llanadi. Uzun zarbalar asosan raqibni masofada ushlab turish va uni toliqtirish maqsadida amalga oshiriladi. Keng qamrovli svinglar raqib himoyasini zaiflashtirishi va uni ochilishga majbur qilishi mumkin. Ayrim bokschilar zarba berish uchun qo‘lni keng ko‘tarish vaqtida katta amplitudaning afzalligidan foydalanib, nokaut qilish kuchiga ega jolt yoki sving berishga qodir bo‘ladi.

VAZN (boksda) - Jang boshlanishidan oldin o‘lchanib, qayd etilgan bokschi tana massasi. Bokschilar vazniga ko‘ra teng sharoitlarda bellashishga imkon beruvchi toifalarga bo‘linadi. Professional boksda o‘n yettita, havaskorlar boksida (AIBA boshchiligida) o‘n bitta vazn toifasi mavjud. Bokschilar e’lon qilingan toifaga jang oldidan o‘tkaziladigan nazorat o‘lchovida mos kelish uchun o‘z vaznlarini jiddiy nazorat qilib boradilar.

VAZN TOIFASI - Bokschilarning tana vazniga ko‘ra darajalanishi. Boksdagi vazn toifalari, boshqa yakkakurash turlaridagi kabi, sportchilarga musobaqada teng imkoniyatlar yaratish uchun joriy etilgan. Hozirgi kunda professional boksda o‘n yettita, havaskorlar boksida esa o‘n bitta toifa mavjud. Toifalar bo‘yicha vaznlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: eng yengil, yengil, o‘rta yengil, o‘rta, og‘ir. Agar bokschining vazni e’lon qilingan toifadan oshib ketsa, u keyingi og‘irroq toifaga o‘tkazilishi shart.

VAZN TUSHIRISH - Sportchining tana og‘irligini belgilangan toifaga moslash uchun sun’iy ravishda kamaytirish usuli. Ba’zida bokschi biror musobaqada qatnashish uchun e’lon qilganidan ko‘ra ko‘proq vaznga ega bo‘ladi. Belgilangan vazn toifasiga mos kelish uchun u vaznini tushirishni boshlaydi. Bu jarayon sog‘liq uchun xavfli bo‘lgani sababli, albatta, shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi lozim. Vazn tushirish uchun faol mashqlar paytida terlashni kuchaytiruvchi maxsus issiq kiyimlardan foydalaniladi. Agar vazn juda oshib ketgan bo‘lsa, keyingi vazn toifasiga o‘tgan ma’qul.

WBA Butunjahon boks uyushmasi - U professional bokschilarning dunyoda nufuzi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan tashkiloti hisoblangan. Butunjahon boks uyushmasi 1962-yilda AQSHdagi Milliy boks uyushmasi negizida tashkil etilgan. WBA talqiniga ko‘ra, muntazam chempion unvonidan tashqari, superchempion, shuningdek, muvaqqat chempion unvonlari ham mavjud. Butunjahon boks uyushmasining bosh qarorgohi Panama shahrida (AQSH) joylashgan.

WBC Butunjahon boks kengashi - U jahon boksining eng nufuzli tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Butunjahon boks kengashi 1963-yili tashkil etilgan. O‘sha paytda uning tarkibiga bor-yo‘g‘i o‘n bitta milliy uyushma a’zo bo‘lgan. Keyinchalik, 1990-yilda WBC Sharqiy Yevropa boks byurosi tashkilotlari qo‘shilishi hisobiga kengaygan. Tashkilotning bosh qarorgohi Meksika poytaxti Mexiko shahrida joylashgan. Butunjahon boks kengashi yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamarini Muhammad Ali, Jorj Forman, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Oskar de la Xoya, Oleg Maskayev, Grigoriy Drozd kabi mashhur bokschilar qo‘lga kiritgan.

WBO Jahon boks tashkiloti - To‘rtta asosiy boks tashkilotlaridan biri hisoblangan Jahon boks tashkilotidir. Jahon boks tashkiloti saksoninchi yillarning oxirida Lotin Amerikalik tadbirkorlar tomonidan ta’sis etilgan. Bugungi kunda WBO barcha yirik boks uyushmalari tomonidan tan olingan bo‘lib, uning versiyasidagi chempionlik unvoni WBA, WBC va IBF bilan birga «Mutlaq chempion» unvonining ajralmas qismini tashkil etadi. Jahon boks tashkiloti jahon chempioni unvonidan tashqari ayrim vaqtlarda alohida e’tiborga sazovor bokschilar uchun Superchempion unvonini ham joriy etadi.

WPBF Butunjahon professional boks federatsiyasi - WPBF jahon professional boks tashkilotlari orasida nufuzi bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallaydi. WPBF dunyoda eng adolatli va ommalashgan, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash borasida o‘z bokschilariga eng g‘amxo‘r tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda Butunjahon professional boks federatsiyasi barcha qit’alarda o‘z musobaqalarini o‘tkazadi va g‘oliblarga chempionlik kamari bilan birga chempion unvonini ham beradi.

XO‘ROZ VAZNI - Bokschining 52 kilogrammdan 53,5 kilogrammgacha bo‘lgan tana og‘irligi. «Xo‘roz vazni» tushunchasi professional boks tasnifiga ko‘ra ikkinchi eng yengil va eng yengil vazn toifalariga mos keladigan bokschilarni o‘z ichiga oladi. Havaskor boksda esa «xo‘roz vazni»dagi bokschilar eng yengil vazn toifasiga kiradi.

XUK - Boksdagi qisqa yon zarba nomi. «Xuk» so‘zi ingliz tilidan «ilmoq» deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, bukilgan qo‘l harakati ilmoq shaklini eslatadi. Xuk juda ayyor va ko‘pincha raqibni nokautga uchratadigan zarba hisoblanadi. Egri harakat trayektoriyasi tufayli raqib uni har doim ham ilg‘amaydi. Xukni bajarishda bokschi butun tana og‘irligini zarbaga yo‘naltiradi va shuning uchun ham nokaut ta’siriga erishiladi. Odatda xuk zarbasi jag‘ qismiga beriladi, ammo ba’zan u bilan tanaga ham uriladi. Xukni bajarayotganda tirsakni yuqoriroq tutib, bosh himoyasini ta’minlash zarur.

YAQIN MASOFADAGI JANG - Boks musobaqasi davomida raqiblar bir-biriga bevosita yaqin masofada (hatto bir-biriga tegib turadigan darajada) joylashgan vaziyat. Yaqin masofadagi jang (yaqin jang yoki infayting) zamonaviy boks musobaqasining eng muhim unsurlaridan biridir. Yaqin jangda raqiblar bir-biriga qisqa va kuchli zarbalar beradi. Bokschi raqibga nisbatan tana og‘irligi bosimini qo‘llash orqali zarba berish uchun eng qulay holatni egallashga harakat qiladi. Yaqin jangdagi zarbalar qisqa, keskin va gavdaning aylanma-ilgarilanma kuchini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Infaytingda zarbalar asosan yakka, ba’zan juft holda beriladi. Yaqin jang bokschining nozik sezgisi va intuitsiyasini talab etadi, chunki bunday jangda ko‘rish maydoni juda cheklangan bo‘ladi.

YAQIN MASOFADAGI JANGDAN CHIQISH - Bokschi tomonidan yaqin masofadagi jangni yakunlashda bajariladigan harakatlar majmuasidir. Bokschi yaqin masofadagi jangda raqibning kuchliroq ekanini his qilishi mumkin. Bunday vaziyatda yaqin jangdan chiqishni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bu harakatni ikki usulda: faol va nofaol usullarda amalga oshirish mumkin. Yaqin masofadagi jangdan nofaol chiqish ochiq kaftlarni raqibning qo‘llariga qo‘yib, bir vaqtning o‘zida orqaga yoki yon tomonga qadam tashlash orqali amalga oshiriladi. Faol chiqish esa chekinish paytida raqibga to‘xtatuvchi zarbalar berishdan iborat.

YAQIN MASOFADAGI JANGGA KIRISH - Yaqin masofadagi jangga kirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, raqibning zarbasidan chetlanib, uning harakatiga qarshi chiqish orqali. Ikkinchidan, raqibning qo‘li yoki oyog‘ini ushlagan holda, bir vaqtning o‘zida uni o‘ziga tortib, zarba berish. Uchinchidan, raqibni zarbalar bilan ko‘mib tashlab, uni arqonga siqib qo‘yish va masofani qisqartirish orqali. Yaqin masofadagi jangga kirish paytini o‘tkazib yubormaslik juda muhim, aks holda bu raqibning kuchli zarbasini qabul qilishga olib keladi.

YAQQOL USTUNLIK SABABLI G‘ALABA - Ringda referi tomonidan aniqlanadigan bir bokschi ustunligining shunday darajasiki, unda bellashuvni davom ettirish raqibning sog‘lig‘iga zarar yetkazish xavfini tug‘diradi. Yaqqol ustunlik raqiblar bir-biriga bergan zarbalar soni o‘rtasidagi farqda namoyon bo‘lishi mumkin. Agar oxirgi raund boshlanishidan oldin bu farq 20 tadan ortiq zarbani tashkil etsa (ayollar va o‘smirlar uchun 15 ta), jang to‘xtatiladi va bokschi yaqqol ustunlik tufayli g‘olib deb e’lon qilinadi. Shuningdek, yaqqol ustunlik musobaqa qoidalariga ko‘ra nokdaunlarda (birdan uchgacha) ham ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari referi statistik ma’lumotlarsiz ham jangni baholab, qaror qabul qilishi mumkin. Professional boksda yaqqol ustunlik sababli g‘alaba qozonish holati yo‘q.

YARIM OG‘IR VAZN - Boksdagi vazn toifasi bo‘lib, havaskorlar ringida vazni sakson bir kilogrammdan oshmaydigan bokschilarni o‘z ichiga oladi. Professional sport uchun yarim og‘ir vazn ‒ yuqori chegarasi bir yuz yetmish besh funt yoki 79,378 kilogrammdan oshmaydigan vazn toifasidir.

YARIM YENGIL VAZN - Professional boksda yettinchi, havaskor boksda esa to‘rtinchi o‘rinni egallaydigan toifa. Boksda yarim yengil vaznni «pat vazni» jargoni bilan ham atashadi. Yarim yengil vazndagi professional bokschilarning vazni bir yuz yigirma ikki funtdan bir yuz ellik funtgacha, ya’ni 55,225 kilogrammdan 57,153 kilogrammgacha bo‘lishi lozim. Havaskor boksda yarim yengil vazn toifasidagi bokschilarning vazni ellik yetti kilogrammdan oshmasligi kerak.

YEBI - Yevropa boks ittifoqi. Yevropa boks ittifoqi ‒ Yevropadagi professional boks tashkilotidir. Ko‘plab bokschilar YEBI yo‘nalishi bo‘yicha chempion unvonini qo‘lga kiritishga intiladilar, chunki bu unvon YEBI bilan bog‘liq bo‘lgan Butunjahon boks kengashi (WBC)dagi reytingni darhol ko‘taradi. Yevropa boks ittifoqi 1910 yilning yozida Parijda tashkil etilgan.

YEHBU - Yevropa havaskor boks uyushmasi. YEHBU Yevropada havaskor sportchilar orasida boksni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. YEHBU havaskorlar o‘rtasida turli Yevropa boks musobaqalari, jumladan, Yevropa chempionatini o‘tkazadi. YEHBU Olimpiya o‘yinlariga sportchilar va murabbiylarni saralashda ishtirok etadi. YEHBU ko‘plab Yevropa mamlakatlarining havaskor boks uyushmalarini o‘z ichiga oladi. YEHBUning ingliz tilidagi kengaytmasi ‒ «European Amateur Boxing Association» (Yevropa Havaskor Boks Uyushmasi).

YENGIL VAZN - Havaskor bokschilar orasida beshinchi, professional bokschilar orasida esa to‘qqizinchi o‘rindagi vazn toifasi. Havaskor boksda yengil vaznli bokschilarning tana og‘irligi oltmish kilogrammdan oshmasligi lozim. Professional bokschilar uchun yengil vazn toifasi yuqori chegarasi bir yuz o‘ttiz besh funt, ya’ni 61,235 kilogramm bilan belgilangan.

YON TOMON MANYOVRI - Bokschining raqibni arqonlarga yoki burchakka siqib qo‘yish maqsadida ring bo‘ylab harakatlanishi. Yon tomon manyovri bokschining oldinga va yon tomonga shiddatli harakatlanishi bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida zarba berish tahdidi ham mavjud bo‘ladi. Bokschi yon tomon manyovri davomida raqibni burchakka haydashga, uning harakat erkinligini cheklashga va hal qiluvchi hujumni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu usul ko‘pincha uzoq masofada jang olib boruvchi autfayterlarga qarshi qo‘llaniladi.

YON ZARBA (yoki xuk) - Bokschi qo‘lining egri trayektoriya bo‘ylab harakatlanishi natijasida beriladigan zarba. Boksda yon zarba raqibni hayratga soluvchi zarba hisoblanadi va o‘zining murakkab trayektoriyasi tufayli doim ham ko‘zga tashlanmaydi. Xuk juda kuchli zarba bo‘lib, u tana mushaklariga tayanib keskin tarzda beriladi. Ko‘pincha yon zarba nokautga olib keladi. Uzun va qisqa yon zarbalar mavjud. Uzun xuk gavdani og‘dirish va uni to‘g‘rilashdan boshlanadi, so‘ngra burilish va yon tomondan zarba berish amalga oshiriladi. Qisqa yon zarbada esa qo‘l harakati gavda burilishidan so‘ng darhol bajariladi.

YOPIQ HIMOYA - Boksda qo‘llanadigan taktik usul bo‘lib, bunda bokschilardan biri faollik ko‘rsatmay, tanasini ikkala qo‘li bilan himoya qiladi. Bokschi nafasini rostlash va raqibning shiddatli hujumiga bardosh berish uchun yopiq himoyaga o‘tadi. Buning uchun bokschi ikkala qo‘lini ko‘tarib, tanasi va boshining eng zaif joylarini yopadi. Yopiq himoyaning ikki turi mavjud: gorizontal va vertikal. Gorizontal yopiq himoyada bir qo‘l qorin va ko‘krakning bir qismini, ikkinchi qo‘l esa ko‘krakning qolgan qismini va boshni himoya qiladi. Vertikal yopiq himoyada esa qo‘llarni tirsak bilan qorinda tutishga asoslanadi, bunda mushtlar boshni, bilaklar esa ko‘krakni berkitadi.

YORIQ - Boksdagi jarohat turi, yuz terisining kesilishi. Odatda bokschilarning yuzidagi yumshoq to‘qimalar yorilishga ko‘proq moyil bo‘ladi, tanada esa bunday jarohatlar juda kam uchraydi. Raqiblardan birida yoriq aniqlanganda, hakam jangni to‘xtatadi va katmen (yaralarni davolovchi shaxs) jarohat joyidagi qon oqishini to‘xtatishga va zarur yordamni ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunday jarohatni davolash uchun avval qon to‘xtatuvchi vositalar qo‘llanadi, keyin esa kesilgan joyga sovuq vazelin surtiladi. Qon oqishi to‘xtatilib, yaraga ishlov berilgandan so‘ng hakam jangni davom ettirishga buyruq beradi.

YORSH - Tez-tez zich himoyani qo‘llaydigan bokschi. Zich himoyada bokschining qo‘llari joylashuvi tikanli daryo balig‘i (yorsh)ning yoyilgan suzgichlariga o‘xshaydi, shu sababli bunday tarzda himoyalanishni yoqtiradigan bokschilarning laqabi ham shundan kelib chiqqan.

ZARBA - Musht qilingan qo‘lning raqibga yetib borgan keskin harakati. Boksda zarbalar to‘g‘ri, yon va pastdan beriluvchi turlarga bo‘linadi. Shuningdek, zarbalar yo‘nalishiga ko‘ra ham farqlanadi: tanaga yoki boshga. Shu sababli, zarbalarning to‘liq nomlari quyidagicha bo‘ladi: to‘g‘ridan tanaga, chap yondan boshga va hokazo. Zarbalarni ifodalash uchun sof boks atamalari ham qo‘llanadi, misol uchun: huk, apperkot, sving, jeb, kross. Bir hujumda ketma-ket berilgan bir nechta zarba zarbalar seriyasi deb ataladi. To‘g‘ri bajarilgan zarba uchun bir ochko beriladi.

ZARBA BERISH MASOFASI - Boksda zarba berishga qulay bo‘lgan oraliq. Zarba berish masofasi bokschiga o‘zining eng yaxshi mashq qilingan kuchli va aniq zarbalarini amalga oshirish imkonini beradi. Har bir bokschining o‘ziga qulay zarba berish masofasi bor. Bundan tashqari har bir zarba turi uchun alohida masofa kerak bo‘ladi. Bokschilar yakkama-yakka olishuvga tayyorlanayotganda raqiblarining janglarini kuzatib, ularning zarba masofalarini eslab qoladilar. Bu esa jang davomida raqibni qulay masofaga yaqinlashtirmaslik uchun yordam beradi.

ZARBA BERUVCHI - Ko‘p zarbali kuchli boks uslubini qo‘llaydigan bokschi. Zarba beruvchi bokschilar ikkilanmay jangga kirishadi va zarbalar almashishdan cho‘chimaydi. Ularning maqsadi o‘z shiddati bilan raqibning irodasini sindirish. Zarba beruvchilar orasida resher va svomerlar alohida ajralib turadi. Birinchi turkumga kiruvchi bokschilar to‘xtovsiz zarba berishga intilishi, ikkinchi turkumga kiruvchi bokschilar to‘satdan beriladigan shiddatli hujumlari bilan ajralib turadi. Zarba beruvchi bokschilarning aksariyati yaqin masofada jang olib borishni afzal ko‘radi.

ZARBA KETIDAN ZARBA - Raqibning shiddatini susaytirish, tashabbusni qo‘lga olish maqsadida unga ketma-ket zarbalar berish usuli. Jangni tajovuzkor tarzda olib boruvchi bokschilar zarbalar almashinuviga kirishadilar. Shuningdek, bokschilar jang zavqi va raqibdan qolishmaslik istagi tufayli bir-birlariga uzluksiz zarbalar berishlari mumkin. Ko‘pincha bunday zarbalar almashinuvi jang natijasini raqiblardan birining foydasiga hal qiladi.

ZARBA OSTIGA QO‘YISH BILAN HIMOYALANISH - Boksda qo‘llaniladigan texnik usul bo‘lib, bunda tananing ma’lum bir qismi zarba ostiga qo‘yiladi. Zarba ostiga qo‘yish bilan himoyalanishda jangchi raqibning zarbalarini kaftlari, tirsaklari yoki yelkalari bilan to‘sib qaytaradi. Odatda zarba ostiga urayotgan qo‘lga eng yaqin bo‘lgan tana qismi qo‘yiladi. Raqib zarba yo‘nalishini o‘zgartirishga ulgurmasligi uchun mazkur himoya usulini raqib qo‘li harakatining so‘nggi lahzasida ishga tushirish muhimdir.

ZARBADAN O‘ZIGA KELISH - Qabul qilingan zarbadan so‘ng mushaklar va ong ish qobiliyatining tiklanishi. Ba’zi qabul qilingan zarbalar jismoniy og‘riqdan tashqari mushaklarni qisman falajlashi yoki ongni xiralashtirishiga olib kelishi mumkin. Organizmning ish qobiliyatini tiklash uchun bokschi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Birinchidan, raqib bilan klinchga kirishga harakat qilish. Ikkinchidan, raqibning hujumlaridan chetlanishga yoki qochishga urinish. Nihoyat, zarbadan o‘ziga kelish uchun arqonlarga osilib turish yoki qisqa muddatli nokdaunni imitatsiya qilish mumkin.

ZARBAGA TURIB BERISH - Bokschining raqibning kuchli hujumlariga bardosh bera olish qobiliyatidir. Bokschi raqibning kuchli zarbalari ostida taslim bo‘lmasa va egilib qolmasa, zarbaga yaxshi turib berayotgan bo‘ladi. Zarbaga turib berish mahorati ko‘p sonli mashg‘ulotlar va janglar jarayonida shakllanadi. Jismoniy chidamlilik va og‘riq hamda charchoqqa bardosh berish qobiliyatidan tashqari sportchining ma’naviy-irodaviy fazilatlari ham muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy jihatdan zarbaga turib berish ‒ bu o‘zini yengib, mag‘lubiyatlar orqali g‘alabaga intilishdir.

ZARBALAR KOMBINATSIYASI - Bokschining ringdagi hujumkor harakatlari majmuasi bo‘lib, turli kuch va yo‘nalishdagi zarbalarni o‘z ichiga oladi. Zarbalar kombinatsiyasi faqat zarbalardan iborat bo‘lmay, himoya elementlari, aldov va razvedka harakatlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Kombinatsiyalar juda xilma-xil bo‘lib, bokschi nimani afzal bilishi va uning mashq qilganlik darajasiga bog‘liq. Zarbalar kombinatsiyasiga misollar: jeb ‒ kross, jeb ‒ kross ‒ yetakchi qo‘l bilan boshga huk, jeb ‒ kross ‒ yetakchi qo‘l bilan apperkot ‒ kross, jeb ‒ orqa qo‘l bilan boshga huk.

ZARBALAR SERIYASI - Bir hujum davomida ketma-ket berilgan zarbalar majmuasi. Odatda raundning ma’lum vaqt oralig‘ida navbatma-navbat ikkala qo‘l bilan berilgan besh yoki undan ortiq zarba seriya hisoblanadi. Zarbalar seriyasi murakkab texnik usul bo‘lib, uni bajarishda zarbalarni aniq yo‘naltirish va himoyada hushyorlikni sira yo‘qotmaslik lozim. Zarbalar seriyasini bajarishda nafaqat qo‘llar, balki oyoqlar harakatini ham juda aniq nazorat qilish zarur. Zarbalarni turli yo‘nalishlarda berish ham g‘oyat muhim, chunki bunday seriya raqibni nokdaunga tushirishi yoki hatto nokaut qilishi mumkin.

ZARBANI BERISH UCHUN QO‘LNI KO‘TARISH - Boksdagi texnik usul bo‘lib, zarbadan oldin qo‘lni orqaga tortishni anglatadi. Zarba berish uchun qo‘lni ko‘tarish zarba berish texnikasini to‘liq o‘zlashtirib ulgurmagan yangi bokschilar tomonidan qo‘llanadi. Ular zarbani kuchliroq qilish uchun qo‘llarini orqaga tortadilar. Biroq qo‘lni rostlab olib zarba berishga vaqt yetmay qolishi mumkin va tajribali bokschi doimo bunga qarshi usul topishga ulguradi. Tajribali bokschilar ba’zida bu usulni chalg‘ituvchi aldov harakati sifatida qo‘llaydilar. Agar zarba qo‘l keng amplituda bilan rostlangan holatda, kuchli professional bokschi tomonidan berilsa, u holda hal qiluvchi oqibatlarni kutish mumkin.

ZARBANI TO‘SISH - Boksda zarbani to‘sish ‒ raqibning zarbasidan qo‘llarni zarbaga qarshi qo‘yib himoyalanish. Zarbalarni to‘sish boks jangining ajralmas qismi hisoblanadi. Boksda zarbalar qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularni qarshilash usullari ham shunchalik rang-barangdir. Har bir to‘sish qo‘llangan zarbaga mos kelishi zarur. To‘sish o‘rta yoki uzoq masofadagi jangda samarali bo‘ladi. Bokschi zarbalarni to‘sishni harakatlanish paytida va boshqa himoya usullari bilan uyg‘unlikda amalga oshirishi lozim.

«BIR-IKKI» HUJUMI - Raqibning boshiga ikkala qo‘l bilan ketma-ket beriladigan ikkita to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbani birlashtirgan tezkor hujum. «Bir-ikki» hujumi gavdaga yo‘naltirilgan soxta zarbalardan iborat oddiy tayyorgarlikdan so‘ng amalga oshiriladi. Bunday hujum qat’iy va tez sur’atda bajarilishi kerak. Bokschi bu hujumni masofadan turib, tezlikda chap oyog‘i oldinga tashlash va bir vaqtning o‘zida chap qo‘l bilan zarba berishdan boshlaydi. Bu vaqtda o‘ng qo‘l raqibning boshi yaqinida bo‘lishi kerak. Ikkinchi zarba darhol va ancha katta kuch bilan beriladi.
«IKKI» - Boks jargonida bir-birining ortidan keluvchi ikki qo‘l bilan bajariladigan zarbalar. «Ikki» juda samarali usul bo‘lib, turli xil variantlarga ega. Masalan, chap qo‘l bilan xuk va o‘ng qo‘l bilan to‘g‘ri zarba, yoki chap qo‘l bilan jeb, o‘ng qo‘l bilan esa xuk. Bundan tashqari ikkala zarba ham raqib tanasining turli qismlariga, masalan, chap qo‘l bilan tanaga, o‘ng qo‘l bilan boshga yo‘naltirilishi mumkin. Klassik «ikki» deb ikkala qo‘l bilan bir vaqtning o‘zida sakrab va oyoqlarni burib bajarilgan to‘g‘ri zarbalar kombinatsiyasiga aytiladi.