7 METRLI JARIMA TO‘PI - Qo‘l to‘pi o‘yinida erkin to‘p, yetti metrli jarima va qoidani buzgan o‘yinchini vaqtincha maydondan chiqarib yuborishdan iborat uch xil jazo turi bor. Hujumchi gol urishi mumkin bo‘lgan holatda himoyachi qoidabuzarlik harakatini amalga oshirsa, 7 metrli jarima belgilanadi. 7 metrli jarima darvoza yaqinidagi yetti metrli chiziqdan amalga oshiriladi, Gandbolda yetti metrli jarima to‘pi eng yuqori jazo hisoblanadi. Uni darvozabondan tashqari har qanday o‘yinchi amalga oshirishi mumkin. Zarba berayotganda 7 metrli chiziqni bosish, tayanch oyoqni yerdan uzish mumkin emas. 7 metrli jarima futbol o‘yinidagi penaltini eslatadi.
CHALG‘ITISHLAR, FINT - Qarshi jamoa o‘yinchilari, jumladan, himoyachini aldab o‘tish maqsadida to‘pni uzatishda usullarni o‘zgartirib amalga oshiriladigan harakatlar. Masalan, to‘pni otmoqchi bo‘lib, so‘ng uni orqa va yon tomondan uzatish, bir usulda to‘p otmoqchi bo‘lib, boshqa usuldan foydalanish, sakrab to‘p otmoqchi bo‘lish vaziyatini yuzaga keltirib, yerga tushib himoyachini aldab o‘tish kabilar. Chalg‘itishni to‘psiz va to‘p vositasida bajarish mumkin. To‘psiz chalg‘itishlar asosan himoyachilarning ta’qibidan qutilish uchun qo‘llaniladi. To‘p bilan chalg‘itishlardan to‘pni uzatish, otish yoki yerga urib yurish harakatlarini karshiliksiz bajarish maqsadida foydalaniladi.
DARVOZA - Har bir tashqi darvoza chizig‘ining o‘rtasiga o‘rnatiladi. Darvoza polga yoki ularning orqasidagi devorga mahkam bog'langan bo'lishi kerak. Darvozaning ichki o'lchamlari: balandligi – 2 metr, kengligi – 3 metr. Darvoza ustunlari gorizontal bar bilan bog'langan. Darvoza ustunlarining orqa qirrasi darvoza chizig'ining tashqi chetiga to'g'ri kelishi kerak. Darvoza ustunlari va barning yon tomoni 8 sm bo'lgan kvadrat kesim mavjud bo'lib, maydonning yon tomonida ko'rish mumkin bo'lgan uchta darvoza yuzasi ko'ndalang chiziqlar bilan ikkita qarama-qarshi rangga bo'yalgan bo'lishi kerak, ular maydon rangidan aniq farq qiladi. Darvozada to'r bo'lishi kerak, shunda darvozaga tashlangan to'p odatda darvozada qoladi.
DARVOZA CHIZIG‘I - Darvoza ustunlari orasidagi 8 sm kenglikdagi chiziq.
DARVOZA MAYDONI CHIZIG‘I - Darvozabon maydonchasini cheklaydigan chiziq. Chiziqning kengligi 5 sm, darvozadan 6 masofada joylashgan bo‘ladi.
DARVOZABON - O‘z jamoasining darvozasini unga yo‘naltirilgan zarbalardan himoyalovchi gandbolchi. Turish, siljish, chalg‘itishlar, to‘pni qo‘l, o‘q, gavda bilan qaytarish va to‘pni uzatishlar darvozabonning o‘yin texnikasiga kiruvchi harakatlar hisoblanadi. Qo‘l to‘pi o‘yinida darvozabon ham gol urishi, to‘pni o‘z darvoza maydonidan raqib darvozasi tomonga yo‘naltirishi huquqiga ega. Darvozabon o‘z hududidan o‘yin maydoniga chiqib, qo‘shimcha o‘yinchi vazifasini bajarishi mumkin, biroq u markaziy chiziqdan o‘tgan holatda, to‘p jamoadan olib qo‘yiladi. Darvozabon o‘z maydonidan to‘p bilan chiqqanida, maydon chizig‘i tashqarisidagi to‘pni tutib olganida 9 metrli jarima beriladi. To‘pni urishga tayyorlanayotgan o‘yinchi turtilsa yoki unga xalal berilsa, 7 metrli jarima to‘pi belgilanadi yoki o‘yinchi maydondan chiqariladi. Maydondan chiqarilgan darvozabonning o‘rnini zaxiradagi o‘yinchi egallaydi, ammo bunday vaziyatda maydondagi bir o‘yinchi chiqarib yuboriladi.
DARVOZABON MAYDONI - Faqat darvozabon o'ynashi mumkin bo'lgan o'yin maydonining bir qismi. Old chiziqdan 6 m masofada yarim doira bilan ko'rsatilgan.
EGILUVCHANLIK - Gandbolchilarning o‘yinda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni katta amplitudada bajara olish qobiliyati.
GANDBOL TO‘PI - Erkaklar va ayollar gandbolida to'plar og'irligi va hajmi jihatidan farq qiladi. Erkaklar og'irligi 425 dan 474 grammgacha bo'lgan 58 dan 60 santimetrgacha bo'lgan to'p bilan o'ynashadi. Ayollar 325-375 gramm vazn oralig'ida 54-56 santimetr to'p bilan o'ynashadi. Gandbol to'pi yumaloq bo'lishi kerak va teridan tayyorlanishi mumkin.
HAKAM-AXBOROTCHI, hakam-informator - Jamoalar va tomoshabinlarga jamoalar tarkibi, kiritilgan gollar, o'yinchilarni maydondan olib tashlash va h. k. haqida ma'lumot beruvchi hakam.
HAKAM-KOTIB - O‘yin bayonnomasini yuritadigan hakam.
HAKAMNING ISHORASI - Hakamning o‘yin qoidalari buzganligi yoki o'yinni davom ettirish mumkinligi haqida ma’lumot beradigan qo'l harakatlari.
KO‘K KARTOCNKA - Qoidalarni qo'pol ravishda buzganlik uchun ko‘rsatiladigan kartochka. Mazkur kartochka keyinchalik bu qoidabuzarlik alohida ko'rib chiqilishini anglatadi. Odatda, karta qizil kartochka bilan birgalikda ko‘rsatiladi va bunday qoidabuzarlik uchun o'yindan keyin alohida jazo tayinlanishi mumkin.
MAYDONNING O‘RTA CHIZIG‘I - Qo‘l to‘pi maydonchasini ikkita teng qismga ajratadigan 5 sm kenglikdagi chiziq.
MINI GANDBOL - Bolalar uchun soddalashtirilgan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladigan gandbol o'yini.
O‘YINCHILARNI ALMASHTIRISH - Murabbiy tomonidan maydondagi bir yoki bir nechta gandbolchilarni zaxira o'yinchilar bilan almashtirish vaziyati.
QO‘L TO‘PI O‘YINI MAYDONI - O‘yin maydonchasi uzunligi 40 metr va kengligi 20 metr bo‘lgan to‘rtburchaklar bo‘lib, ikkita darvoza maydonini va o‘yin maydonini o‘z ichiga oladi. Uzoq chegara chiziqlari yon chiziqlar, qisqa chiziqlar esa darvoza chiziqlari va tashqi darvoza chiziqlari deb ataladi. O‘yin maydonchasi atrofida xavfsizlik zonasi bo‘lishi kerak, uning kengligi yon chiziqlar bo'ylab kamida 1 metr va tashqi darvoza chiziqlari orqasida - 2 metr. O'yin maydonchasining xususiyatlarini o'yin davomida jamoalardan biri foydasiga o'zgartirish mumkin emas.
QO‘L TO‘PI, GANDBOL - Har biri yettita o‘yinchidan iborat ikkita jamoaning to‘pni raqib tomon darvozasiga asosan qo‘l bilan ko‘proq kiritishga harakat qilib, bir-biriga qarshi o‘ynaydigan sport turi. 1898-yilda Daniyada X.Nilson nomli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan ixtiro qilingan O‘yinning asosiy maqsadi raqib darvozasiga gol urishdir. O‘yin g'olibi ko'proq gol urgan jamoa bo'ladi. Agar o'yin durang bilan yakunlansa va g'olib aniqlanishi kerak bo'lsa, unda besh daqiqadan iborat 2 ta qo'shimcha bo'lim tayinlanadi. Ularning orasidagi tanaffus - bir daqiqa. Agar shundan keyin ham g'olib aniqlanmasa, jamoalar yetti metrlik zarbalarni bajarishlari kerak. 5 ta o'yinchi bu zarbalarni bajaradi. Agar g'olib aniqlanmasa, qo'shimcha 7 metrlik zarbalar jamoalardan biri bitta to'pda ustunlikka ega bo'lgunga qadar tayinlanadi. Gandbol qoidalarini buzganlik uchun o‘yinchilar sariq, qizil va ko‘k kartochkalar bilan jazolanishi mumkin. Qo‘l to‘pi o‘yini 30 daqiqali ikkita bo'lim va 10 daqiqalik tanaffusdan iborat. Ushbu sport turi, odatda, yopiq joylarda o'ynaladi, ammo ochiq havoda dala gandboli, Chexiya gandboli va plyaj gandboli kabi turlari ham mavjud.
QUR’A TASHLASH - Qaysi jamoa o'yinni birinchi bo'lib boshlashi yoki o'yin maydonchasini tanlash huquqiga ega ekanligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan harakat.
SARIQ KARTOCHKA - Hakam o'yinchini qo'pol o'yini haqida ogohlantiradigan belgi, sariq rangli karta.
TABLO HAKAMI - Jamoalar tomonidan kiritilgan gollarni qayd etuvchi hakam.
TAYANCH OYOQ - Yerga mustahkam bosib turilgan, qo‘l to‘pi zarbasini bajarishda barqarorlik va kuchni ta'minlaydigan oyoq. Ushbu oyoq o‘yinchi oldinga siljiganida unga to‘pni kuchli va aniq otish uchun tanadan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi.
TEZKOR HUJUM - Jamoa raqibning mudofaasini chetlab o'tib, gol urish uchun mudofaadan hujumga tez o'tishni maqsad qiluvchi strategiya. Bu jamoadan yaxshi jismoniy tayyorgarlik va harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladi.
TIRSAKBAND - Tirsak shikastlanishidan maxsus himoya vositasi.
TIZZABAND - O‘yin vaqtida tizza jarohatlaridan himoya qiluvchi maxsus vosita.
TO‘PNI OLIB QO‘YISH - Himoyadagi o‘yinchining to‘p uzatilgan vaqtda o‘zi to‘sib turgan hujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun keskin harakat qilib, uni egallashi. To‘pni olib qo‘yish himoya o‘yini texnikasi hisoblanib, bu bilan jamoaning qarshi hujumga o‘tishiga imkoniyat yaratiladi.
TO‘PNI TO‘SISH - Himoyachining qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtirgan holatda darvozaga yo‘naltirilgan to‘pga qarshilik ko‘rsatishidan iborat himoya o‘yini texnikasi. Bunda himoyachi hujumchini kuzatib, to‘p yo‘nalishini aniqlab olishi lozim. Agar to‘p yerdan sakratib otilsa, himoyachi bunday vaziyatda oyoqlarini bukkan holatda to‘pni to‘sishga hozirlanishi kerak.
TO‘PNI URIB CHIQARISH - Himoyachining to‘pni egallash maqsadida uni olib yurgan hujumchining qo‘lidan to‘pni urib chiqarishi; himoya o‘yini texnikasi.
YON CHIZIQ - Qo‘l to‘pi maydonchasining yon chegaralarini belgilaydigan chiziq. Ushbu chiziqlar o'yin maydonchasining chegaralarini aniqlash uchun muhimdir. Ushbu chiziqni to'p bilan kesib o'tish o'yinni to'xtatishga va keyinchalik to'p bilan harakatlanishni tark etish joyidan davom ettirishga olib keladi.
ZAXIRA O‘YINCHI - Istalgan vaqtda murabbiyning qarori bilan maydondagi o'yinchilardan birini almashtirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi.
ЁН ЧИЗИҚДАН ОТИШ - Yon chiziqdan otish to'p shiftga yoki shift tuzilmalariga teggani, to'p yon chiziqdan tashqariga uchib ketgani, to'p tashqi darvoza chizig'ini kesib o'tib, o'zini himoya qilayotgan jamoa o'yinchisiga teggani, yon chiziqdan otish yon chiziq va tashqi darvoza chizig'ining tutashgan joyidan amalga oshiriladi.