AKROBATIK YO‘LAKCHADA SAKRASH - Batutda sakrash sport turida bajariladigan mashq turi bo‘lib, bunda batutchi 25 metr uzunlikdagi akrobatik yo‘lakchada oyoqdan qo‘lga, qo‘ldan oyoqqa va oyoqdan oyoqqa tezkor va ritmik o‘tishdan iborat va oxirida matga qo‘nish kerak bo‘lgan akrobatik mashqlar majmuyi. 1998-yilgacha sport akrobatikasi turi bo‘lgan. Akrobatik yo‘lakchada sakrash musobaqalari dastlabki musobaqalardagi 2 ta va final musobaqalaridagi har birida 8 ta element bo‘lgan 2 ta erkin mashqdan iborat.
AKROBATIK YO‘LAKDA SAKRASH MASHQLARI '' - Akrobatik yo‘lakda sakrash mashqlar boshida avvaliga sportchi tezlashadi, so‘ngra itariladi. Harakatlarni bajarish tezligini o‘zgartirmasdan birin-ketin sakrashni amalga oshiradi. Akrobatning parvoz paytida tezligi bir soniyada 8-9 metrga yetadi. Mashqlar 25 metr uzunlikdagi maxsus yo‘lakda bajariladi, sportchi mashq oxirida qo‘nish gilamchasiga tushadi. Dastur uchun ajratilgan vaqt – 6 soniya bo‘lib, bu vaqt ichida atlet 8 ta elementini namoyish qilishi kerak.
AKROBATIKA [yun. ἀϰροβάτης – oyoq uchida yuruvchi yoki dorboz] - Chaqqonlik, kuch, egiluvchanlik, sakrash va muvozanat kabi koʻnikmalarni rivojlantiruvchi mashqlar majmuyidan iborat gimnastika turi.
AYLANISH - Batutda sakrash harakatlari shakllaridan biri. Tananing bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari atrofida aylanish amalga oshirilib, burmalar va burilishlar hosil qiladi.
AYOLLAR OʻRTASIDAGI MURAKKABLIK (DD) BOʻYICHA JAHON REKORDI - Samanta Smitning ayollar o‘rtasidagi jahon rekordi 16.20 ballni tashkil etadi. Eng yaxshi ayol atlet odatda 14.50 dan yuqori murakkablik (DD) bilan musobaqalashadi. 2007-yil 2-aprelda Leyk-Plasidda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida kanadalik Karen Kokbern va Rozan MakLennanning ayollar oʻrtasidagi sinxron batutda sakrash juftligi murakkablik (DD) boʻyicha 14.20 natija bilan yangi jahon rekordini oʻrnatdi.
BATUT [fr. batoude, ital. battuta – “zarba”] - To‘rtburchak shaklidagi metall karkasga prujinalar yordamida totilgan mustahkam setka shaklidagi sakrash va akrobatik mashqlar bajarishga mo‘ljallangan sport anjomi. Batutning uzunligi 5 metr, eni 1,5 metr, poldan balandligi 1,2 metrga teng. Undan akrobatlar, suvga sakrovchilar, gimnastlar, batutchilar foydalanishadi.
BATUT ANJOMI - Batut anjomi rezina yoki metall moslamalar yordamida metall ramkaga tortilgan yuqori quvvatli to‘qilgan to‘rdan iborat. Ular odatda og‘ir materiallardan ishlab chiqariladi va sakrash yuzasiga ega. Xavfsiz sakrash uchun batut yonidagi joy maxsus xavfsizlik chuqurcha bilan jihozlangan. Konstruktsiyasi tufayli batutlar kuchli, baland sakrashlarni ta’minlaydi.
BATUTCHI - Batutda sakrash sport turi bilan shug‘ullanadigan sportchi. 2008-yilgi Pekin olimpiadasida oʻzbekistonlik batutchi Yekaterina Xilko batutda sakrash boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.
BATUTDA SAKRASH - Batutda balandga ritmik sakrash jarayonida akrobatik maqshlar bajarishdan iborat olimpiya sport turi. Ushbu sport turida 4 ta koʻrinish mavjud: individual sakrash, akrobatik yoʻlakcha, sinxron sakrash va ikkilik minitramp. Batutda sakrash tarixi sirkdagi akrobatlar chiqishiga borib taqaladi. Keyinchalik fransuz uchuvchilar vestibulyar apparatini chiniqtirish uchun qoʻllay boshlagan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Amerikada kosmonavtlarni tayyyorlashda batutda sakrash mashqlaridan foydalanilgan. Sport turi sifatida XX asrning 60-yillaridan boshlab shakllandi. Birinchi milliy chempionat 1958-yilda Angliyada oʻtkazilgan boʻlsa, jahon chempionati 1964-yilda boʻlib oʻtdi. 1997-yildan beri batutda sakrash olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. O‘zbekistonda batutda sakrash 1972-yilda sport turi sifatida tan olingan.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA HAKAMLAR HAY’ATI TARKIBI - Batutda sakrash bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibiga quyidagilar kiradi: hakamlar hay’ati raisi, texnik hakamlar (3-5 kishi), parvoz davomiyligi hakami (faqat individual musobaqalarda), murakkablikni baholaydigan hakamlar, sinxron sakrash hakamlari (1-3 kishi), yordamchi hakamlar hay’ati raisi (sinxron chiqishlar paytida).
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA HAKAMLIK - Hisob murakkablik va havoda o‘tkazilgan soniyalarning umumiy soniga bog‘liq. Yomon shakl va matning o‘rtasidan gorizontal siljish uchun ballar olib tashlanadi.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA ILK JAHON CHEMPIONATI - Asta-sekin musobaqa yanada tizimlashtirildi, shuning uchun 1950-yillarga kelib 10 ta sakrashni bajarish odatiy holga aylandi. Batutda sakrash bo‘yicha birinchi jahon chempionati Ted Bleyk tomonidan tashkil etilib, 1964-yilda Londonda bo‘lib o‘tdi. Batutda sakrash bo‘yicha birinchi jahon chempionlari amerikaliklar Den Millman va Judi Uills Klayn edi.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA INDIVIDUAL SAKRASHLARNING ILK MUSOBAQALARI - Batutda sakrash bo‘yicha individual sakrashlarning ilk musobaqalari AQShdagi kollej va maktablarda, keyin ese Yevropada o‘tkazildi. Tanlovning dastlabki yillarida aniq format yo‘q edi.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA JAHONDAGI YETAKCHI ATLETLAR - Amerikaliklar dastlab muvaffaqiyat qozonishdi, lekin tez orada yevropaliklar bu sohada ustunlik qila boshladilar. Yillar davomida Germaniya, Fransiya, Kanada davlatlarining batutda sakrash bo‘yicha atletlari jahonda yetakchi edilar. Batut olimpiya sport turiga aylanganidan beri Xitoy atletlari ham jahon miqyosidagi batut gimnastlarini qatoriga qo‘shilishdi. Xitoyliklar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi batutda sakrash bo‘yicha jahon chempionati oltin medallarni va 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlarida bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. Shundan beri ular jahon chempionatlari va bir necha bor Olimpiya o‘yinlari medallariga sazovor bo‘lishdi.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA MUSOBAQA TARTIBI - Batutda sakrash bo‘yicha musobaqalar odatda 3 bosqichda o‘tkaziladi. 1) dastlabki musobaqalar majburiy va erkin mashqlar; 2) majburiy mashqda umumiy ball bajarilish texnikasi, gorizontal harakat, parvoz vaqti va ixtiyoriy mashqda takrorlanmaydigan 10 elementdan 4 tasining murakkablik uchun bajarilgan harakat; 3) erkin mashqda ijro texnikasi, gorizontal harakat, parvoz vaqti va barcha 10 elementning murakkablik koeffitsiyenti uchun bajarilgan elementlardan iborat. Yarim final va final musobaqalari faqat erkin mashqdan iborat.
BATUTDA SAKRASH BO‘YICHA YOSH TOIFALARIDAGI ILK MUSOBAQA - 1973-yilda Ted Bleyk yangi ochilgan Picketts Lock sport markazida ilk bor yosh toifasidagi – World Age Group (WAG) musobaqasini tashkil qildi. Bleyk, shuningdek, Londondagi Bloomsbury mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Butunjahon Trampolin xavfsizligi konferentsiyasini o‘tkazdi.
BATUTDA SAKRASH HARAKATLARINING ASOSIY SHAKLLARI - Musobaqada harakatlar odatda quyidagi 3 ta asosiy shakldan birida bajarilishi kerak: tortilgan – qo‘llar ko‘kragiga bosilgan holat, pike – qo‘llar oyoqlarga tegib, qo‘l va oyoqlar tekis, getero – tanasi tik holatda, oyoqlari birga, qo‘llar yon tomonda.
BATUTDA SAKRASH SPORTINING KELIB CHIQISHI - Batutda sakrash sirk tomoshalaridan kelib chiqqan bo‘lib, akrobatlar batutlarda salto va boshqa akrobatik mashqlarni bajardilar. Keyinchalik fransuz uchuvchilari vestibulyar tizimni yaxshilash uchun batutda sakrashdan foydalana boshlashdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin amerikaliklar astronavtlarni tayyorlash uchun bu sport turidan foydalanganlar. 1930-yillarning boshlarida amerikalik gimnast va ixtirochi Jorj Nissen birinchi zamonaviy batutni yasadi va batutlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soldi. Keyinchalik bu sport turi ommalashib, Amerika Qo‘shma Shtatlarida maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga kiritildi. 2000-yilda esa, batutda sakrash Olimpiya sport turlari qatoriga qo‘shildi.
BATUTDA SAKRASHDA MATGA QO‘NISHNING ASOSIY POZITSIYALARI - Musobaqalarda batut mashqlari 10 ta kontaktli birikmalardan iborat bo‘lib, turli aylanishlar, burilishlar va shakllarni to‘rtta pozitsiyadan birida uchish va qo‘nish bilan birlashtiradi. Bular 1) oyoqlar, 2)o‘rindiq, 3) oldinga, 4)orqaga. Mashq har doim oyoqlarda boshlanishi va tugashi kerak. Shuningdek, ularga matga qo‘nishni ta’minlashdan oldin mashq oxirida o‘z balandligini nazorat qilish uchun bir martagacha sakrashga ruxsat beriladi. Mashq so‘nggida atlet to‘liq to‘xtaganida, batut ham harakatsiz bo‘lishi kerak. Bunday harakatsiz holat 3 soniya davom etadi.
EKIPIROVKA - Batutda sakraydigan atletlarning ekipirovkasiga quyidagilar kiradi: erkaklar uchun to‘q rang bo‘lmagan gimnastika shimlari va ayollar uchun – yengli yoki yengsiz maxsus kostyumi; tor kombinezon yoki trikolar; maxsus poyafzal. Bir jamoaning sportchilari bir xil kiyinishlari kerak. Musobaqa ishtirokchilarining formasida o‘z hududlariga tegishli emblema bo‘ladi.
ELEMENTLARNING MURAKKABLIK DARAJASI (DD) - Elementlarning murakkablik darajasi har bir yarim burilish (yoki burilish) yoki chorak salto uchun koeffitsiyentni qo‘shish orqali hisoblanadi.
ERKAKLAR OʻRTASIDAGI MURAKKABLIK (DD) BOʻYICHA JAHON REKORDI - Erkaklar oʻrtasidagi murakkablik DD boʻyicha jahon rekordi 2010-yil 30-aprelda Avstraliyaning Melburn shahrida boʻlib oʻtgan Tinch okeani chempionatida oʻrnatildi. Kanadalik Jeyson Bernett tomonidan FIG ruxsat etilgan musobaqada erkaklar oʻrtasidagi DD boʻyicha rasmiy jahon rekordi 18.00 ni tashkil etdi. Bu bilan u 2007-yil 2-aprelda Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida erishgan 17.50 ballik oʻzining jahon rekordini yangiladi.
HAKAMLIK TIZIMI - Musobaqalar besh nafar hakam tomonidan baholanadi. 10 ballik tizimdagi baholanish jarayonida to‘liq bajarilmagan harakatlar yoki chiroyli bo‘lmagan shakl uchun ballar olib tashlanadi. Odatda eng yuqori va eng past ball hisobga olinmaydi. Amalga oshirilgan ko‘nikmalarning murakkabligiga qarab qo‘shimcha ball berilishi mumkin.
IKKILIK MINITRAMP - Batutda sakrash sport turidan biri. Bu turda akrobatika unsurlari ko‘proq bo‘lib, kelib chiqishi minitrampga bog‘liq. Gimnastikachi yugurib kelib, jihozga sakrab chiqadi, mashqni bajaradi va bajarib bo‘lgach, matga sakrab tushadi. Kuchli gimnastlar burilishli ikkilik va uchtalik saltolarni bajarishadi.
INDIVIDUAL SAKRASH - Batutda sakrash turkumiga kiruvchi sport turi bo‘lib, 2000-yildan Olmpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Batutda individual sakrashda 10 ta unsurdan iborat mashq bajariladi. Mashq unsurlari baland ritmik sakrashlar oralig‘ida oyoqdan oyoqqa, oyoqdan qoringa, oyoqdan orqaga yoki o‘tirgan holatga o‘tib, aylanishlar bilan bajariladi.
MINITRAMP - 1. Batutdan kichikroq, “uchish yo‘lakchasi” bo‘lgan sport anjomi. Batutda skarash va akrobatika unsurlarini qamrab olgan va ularning omuxtasi bo‘lgan, murakkab koordinatsiyani talab etuvchi sport turi.
PARVOZ VAQTI KO‘RSATKICHI - Kattalar darajasidagi musobaqalarda 2010-yildan beri umumiy natijaga Parvoz vaqti ko‘rsatkichi (ToF) qo‘shildi. Mashqlarida balandlikni saqlab qola oladigan sportchilarga foyda keltiradi. “Parvoz vaqti” – sportchi gilamchadan chiqqan paytdan boshlab u batutga qo‘nishga qadar havoda o‘tkazgan vaqt bo‘lib, elektron xronometraj uskunasi yordamida o‘lchanadi. Bajarilgan barcha sakrashlarning soniyalardagi vaqt yig‘indisiga ko‘ra ball beriladi.
PIRUET [fr. pirouette, ital. piroetta – o‘z o‘qi atrofida aylanish] - Akrobatika va gimnastika sport turlarida sportchi tananing havoda to‘liq aylanishini bajara turib, tanasining bo‘ylama o‘qi bo‘ylab bir necha bor vintsimon harakatlanadigan unsur.
QO‘SHALOQ MINI BATUT - Qo‘shaloq mini batut oddiy musobaqa batutidan kichikroq. Uning qiya uchi va tekis asosi bor. Atletlar gilamchaga tushishdan oldin yugurib, egilgan uchiga sakrab, so‘ngra tekis qismga sakrab o‘tadilar. Ko‘nikmalar sakrash yoki tushish paytida mashq qilinadi.
QO‘SHALOQ MINI BATUTLARDA MUSOBAQALAR - Qo‘shaloq mini batutlarda musobaqalar ikki turdagi o‘tishdan iborat. Birida, sportchi qiyshaygan uchidan tekis batutga sakrashda bir mahoratni va tekis batutdan maydonchaga tushishda ikkinchi mahoratni bajaradi. Ikkinchisida sportchi balandlikka erishish uchun egilgan uchidan tekis yuzaga to‘g‘ri sakrashni amalga oshiradi, so‘ngra birinchi mahoratni bajarib, tekis yuzaga tushadi, so‘ngra ikkinchi marta tekis yuzaga qo‘nadi.
SHAYBA - Shayba batutda sakrash harakati shakllaridan biri. Pike va tortilgan shaklning gibridiga o‘xshaydi, chunki u ko‘pincha bir nechta burilishli saltolarda qo‘llaniladi va odatda “tortilish” o‘rniga ishlatiladi.
SINXRON SAKRASH - Batutda sakrash sportidagi musobaqa turi bo‘lib, bunda sportchilar mashqlarni juft bo‘lib bajaradi. Ayol va erkak juftliklar o‘rtasida alohida musobaqalar o‘tkaziladi. Sportchi bittagina sinxron jiftlikda ishtirok eta oladi. Sinxron sakrashdagi musobaqalar dastlabki musobaqalarda bajariladigan bitta majburiy mashq va final musobaqalaridagi bitta erkin mashqdan iborat. Juftlikdagi sportchilar bir paytda bir xil elementlarni ko‘rsatishi talab etiladi, mashqni boshlash chog‘ida ikkala sportchi bir tomonga qaragan bo‘lishi kerak. Sportchi sherigidan yarim elementdan ko‘pga ilgarilab ketmasligi kerak. Aylanish mashqlarini har xil tomonga bajarishga ruxsat etiladi.
TRAMPOLIN - q. Batutda sakrash.
TRAMPOLINCHI - q. Batutchi.
XALQARO TRAMPOLIN FEDERATSIYASI [ing.- International Trampoline Federation] - Xalqaro trampolin federatsiyasi 1964-yildan 1998-yilgacha batutda sakrash boʻyicha xalqaro boshqaruv organi boʻlgan. Tashkilot 1964-yilda sportning birinchi jahon chempionatidan so‘ng tashkil etilgan bo‘lib, unda mazkur sportning boshqaruv organi bo‘lmagan. Tashkilot oʻz faoliyati davomida batutda sakrash boʻyicha jahon chempionatiga homiylik qilgan. 1998-yil oxirida FIT tarqatib yuborildi va 1999-yilda batutda sakrash sport turi Xalqaro gimnastika federatsiyasiga qo‘shildi.
XAVFSIZLIK - Garchi batutda sakrash bo‘yicha atletlar xavfsizlikni yaxshi bilishsalar-da, ular baxtsiz hodisalar va yiqilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab harakatlarni bajarishga harakat qiliashdi. Musobaqalarda ishlatiladigan batutlarning prujinalari shikastlanish ehtimolini kamaytirish uchun maxsus yostiqchalar bilan qoplangan. Xalqaro musobaqa qoidalari, shuningdek, har bir batut atrofida 2 metr masofada polda 200 mm qalinlikdagi gilamchalar bo‘lishini va yiqilgan sportchining zarbasini ushlab turish yoki kamaytirishga harakat qiladigan to‘rt nafar yordamchilar bo‘lishini talab qilinadi.