AEROB MASHG‘ULOT - Muskullarning harakatli faoliyatini ta’minlash uchun kislorod asosiy quvvat manbayi sifatida xizmat qiladigan, past jadallikdagi har qanday jismoniy mashqlar turkumi. Bunday mashqlarni uzoq muddat davomida bajarish mumkin.
ALOHIDA START - Individual sport turlarining aksariyatida sportchilar muayyan vaqt oralig‘ida harakatini alohida boshlaydigan start turi. Bunday start yo‘lkalar torligi yoki start chizig‘iga yaqinroq bo‘lgan sportchilar orqadagilarga qaraganda katta ustunlikka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sport turlarida qo‘llanadi. Odatda biatlon, chang‘i, velosiped, mototsikl poygalarida qo‘llanadi. Alohida startlar texnik vositalar ishtirokidagi poygalarda sportchilar orasidagi jarohatlanishning oldini oladi. Ammo salbiy tomoni ham bor. Ob-havo sharoitining o‘zgarishi, masalan qor-yomg‘irning yog‘ishi avval start olgan sportchilarga ustunlik berishi mumkin yoki buning teskarisi. Chang‘i poygalari va biatlonda sportchilar 30 dan 60 sekundgacha interval bilan start olishadi. Eshkak eshishda sportchilar 10 dan 20 sekund oralig‘ida start olishadi. Avto va motosport turlarining qariyb barchasida startdagi o‘rinni aniqlash uchun kvalifikatsiya bosqichida alohida start qo‘llanadi.
ANAEROB MASHG‘ ULOT - Mushaklar maksimal darajada taranglashadigan yuqori jadallikda bajariladigan mashqlar turkumi. Bunda kerakli quvvat avval to‘plangan glyukoza parchalanishi evaziga ta’minlanadi. Bunday mashg‘ulotlarda glyukozaning kimyoviy parchalanishi kislorodsiz amalga oshadi.
BALAND START - Aso san uzoq va oʻrta masofalarga yugurishda qoʻllanadigan, sportchi turgan holatda boʻladigan va tizzasi yoʻlkaga tegmaydigan start turi. Bunda bitta oyoq oldinda, gavda qismi biroz egilgan, oldinga uzatilgan oyoqqa qarama-qarshi qoʻl oldinga choʻzilgan boʻladi.
BALANDLIKKA SAKRASH - Yugurib kelib muayyan balandlikda oʻrnatilgan toʻsiqdan sakrab oʻtishdan iborat, vertikal sakrashlar turkumiga kiradigan yengil atletika sport turi. Balandlikka sakrash qishki va yozgi mavsum o‘yinlarida o‘tkaziladi. 1896-yildan erkaklar o‘rtasinda olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1928-yildan esa ayollar ham olimpiya o‘yinlari doirasida balandlikka sakrashda bellashadilar.
BOSHLANG‘ICH VAZN - Og‘ir atletikachi o‘zining musobaqadagi birinchi urinishini boshlaydigan shtanga og‘irligi.
BOSQON - Bosqon uloqtirish sport turi jihozi boʻlib, tutqichga poʻlat sim bilan ulangan metall shar shakliga ega. Bosqon uzunligi erkaklarda 117–121,5 sm, umumiy vazni 7,257 kg (= 16 funt)ni tashkil etadi, ayollarda bosqon uzunligi 116–119,5 sm, umumiy vazni esa 4 kg ga teng.
BOSQON ULOQTIRISH - Tutqichga poʻlat sim bilan metall shar ulangan maxsus sport anjomi – bosqonni maxsus chizilgan doira ichida aylantirib uzoq masofaga uloqtirishdan iborat sport turi.
BOSQON ULOQTIRUVCHI - Bosqon uloqtirish sport turi bilan shug‘ullanadigan sportchi.
BRILLIANT LIGA - Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi shafeligida 2010-yildan Oltin liga o‘rniga har yili muntazam o‘kazib kelinadigan tijoriy musobaqalar turkumi. Yengil atletikachilar har bir dastur turida yetti marta musobaqalashadi, har bir uchrashuvda ochko jamg‘arib boriladi. Finalda to‘plangan ochkolar ikki baravar ko‘paytiriladi. Final Syurix yoki Bryusselda o‘tkaziladi. London Gran-prisi ikki kun davomida o‘tkazilib, bitta uchrashuv hisoblanadi. Ochkolar teng bo‘lib qolgan taqdirda g‘olib g‘alabalar soniga ko‘ra aniqlanadi, g‘alabalar soni teng bo‘lsa, final natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Brilliant liganing bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun sportchi finalda ishtirok etishi kerak.
BUTUNJAHON OG‘IR ATLETIKA FEDERATSIYASI [ingl. International Weightlifting Federation – IWF) - Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazadigan xalqaro sport federatsiyasi. Xalqaro federatsiyani tashkil etishga urinishlar XX asr boshlaridanoq amalga oshirilgan bo‘ lsa-da, 1920-yildagina Og‘ir atletikachilar xalqaro federatsiyasi tashkil etilgan (fr. Federation International Halterophile – FIH). 1949-yildan 1968-yilgacha uning nomi Og‘ir atletika va kulturizm xalqaro federatsiyasi bo‘lgan. Xalqaro bodibilding federatsiyasi alohida ajralib chiqqach, tashkilot eski nomiga qaytdi, 1972-yilda esa hozirgi IWF nomini oldi. Hozirda ushbu federatsiya 193 ta davlat federatsiyalarini birlashtiradi. O‘zbekiston unga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. IWF shtab-kvartirasi Lozannada joylashgan, tashkilotning rasmiy tillari – ingliz, fransuz, ispan va rus.
BUYURTMANI O‘ZGARTIRISH - Muayyan musobaqada ishtorok etayotgan og‘ir atletikachilarning musobaqa doirasida ko‘tarishni mo‘ljallab, hakamlar hay’atiga oldindan taqdim etgan og‘irlik buyurtmasini boshqasiga almashtirish. Bunda odatda qayta buyurtma og‘ir atletikachining murabbiylari tomonidan hakamlar ha’yatiga taqdim etiiladi. Og‘irlikni avval berilgan buyurtmadan kamroqqa o‘zgartirish mumkin emas, faqat ko‘paytirish mumkin.
CHO‘KISH - Sportchining shtanga ostiga cho‘kkalagandan keyin pastlashishi.
CHO‘ZILUVCHAN BINT - Og‘ir atletikachilar bilaklari va tizzalarini bog‘laydigan maxsus cho‘ziladigan bog‘lam.
DAST KO‘ TARISH - Og‘ir atletika ikkikurashida ikkita mashqning dastlabgisi. Dast ko‘ tarish harakat, tezlik, kuch, muvozanat hamda egiluvchanlik kabilarni talab etuvchi texnik jihatdan murakkab harakatdir. Musobaqalarda dast ko‘ tarish mashqi birinchi bajariladi. Bunda sportchi bir butun yaxlit harakat bilan qo‘ llarining to‘liq uzunligida shtangani supachadan uzib, bosh uzra ko‘taradi. Shtanga ko‘ tarishni past cho‘kkalash, yarim cho‘kkalash holatida qayd qilish mumkin. Dast ko‘ tarish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: start, irg‘itish, ko‘tarilish.
DEPSINISH - Sakrashning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, bunda sportchining umumiy og‘irlik markazi tayanch aloqa yuzasidan uzoqlashadi va shu tariqa sportchi tanasining yuqoriga, oldinga harakati ta’minlanadi.
DISK [yun. δίσκος “diskos” – dumaloq idish] - Og‘ir atletikada shtanga vaznini o‘zgartirish uchun yassi po‘lat lappak. Shtangadagi har bir vazn yoki disk rangli kodlanishiga ko‘ ra bir-biridan farq qiladi. Qizil – 25 kg, ko‘ k – 20 kg, sariq – 15 kg, yashil – 10 kg, oq – 5 kg, qora – 2,5 kg, metalin – 2; 1,5; 1; 0,5 kg. Disklarni mahkamlash uchun har biri 2,5 kg og‘irlikdagi qulflar qo‘llaniladi.
DISK lappak -
DOIRA - Yadro, bosqon va lappak uloqtirish sport turlarida sportchi harakatini bajarishi kerak bo‘lgan aylana. Yadro va bosqon uloqtirishda doiraning ichki diametri 2,135 м (+/- 5 мм) ga, disk uloqtirishda 2,50 м (+/- 5 мм) ga teng.
EKIDEN [yap. 駅伝競走 ekiden-kyo:so] - Sportchilar shosse bo‘ylab marafon masofaga estafeta yuguradigan sport turi. 42 195 metrli masofa 6 bosqishda yuguriladi va bu bosqichlar quyidagicha taqsimlangan: 5 km, 10 km, 5 km, 10 km, 5 km, 7,195 km. Bu ekiden taqsimotining eng keng tarqalgan turi bo‘lib, aynan unda jahon rekordlari qayd etiladi. Ularning eng mashhuri Yaponiyaning Tibe shahrida o‘tkaziladigan Ekiden Tiba musobaqasi. Tarixan bir shahardan ikkinchi shaharga muhim xabarni yetkazish uchun bir aravaga qo‘shilgan bir nechta ot ekiden deb nomlangan. Ekidenning sport turi sifatidagi tarixi 1917-yilda boshlanadi. Aynan shu yili “Yomiuri simbun” gazetasi yordamida 23 ta bosqichdan iborat 516 km masofali poygalar uyushtirilgan. Ishtirokchilar Kiotoda start olgan bo‘lib, 3 kundan so‘ng Tokioda marraga yetib kelishgan. Bu poygalar 1920-yildan har yili o‘kazib kelinadi va faqat ikkinchi jahon urushi davrida o‘tkazilmay qolgan. Hozirda uning nomi Ekiden Xakone, chunki masofa Xakone qishlog‘i va Tokio oralig‘idan o‘tadi.
ESTAFETA [ital. staffa – uzangi] - Yugurish, suzish, biatlon kabi masofali sport turlarida masofa davomida navbatdagi ishtirokchiga shartli predmetni uzatib yoki qo‘li bilan tanasining bir qismiga tegish sharti bilan ishtirokchi almashinadigan jamoaviy musobaqa turi.
ESTAFETA TAYOQCHASI - Estafetali yugurish musobaqalarida yuguruvchi belgilangan masofani bosib o‘tgach, keyingi yuguruvchiga uzatishi kerak bo‘lgan maxsus sport anjomi. Tayoqcha silliq, ichi bo‘sh quvur ko‘rinishida ishlangan predmet bo‘lib, aylana kesimi diametri 3-4 sm bo‘lgan yog‘och materialdan, metall yoki boshqa qattiq materialdan yasalishi mumkin. Tayoqchaning uzunligi 28-30 sm, og‘irligi esa 50 grammni tashkil etadi. Tayoqcha keyingi 20 m li uzatish zonasida topshirilishi kerak. Estafetani qabul qilib olayotgan ishtirokchi yugurishni uzatish zonasi chegarasida boshlashi lozim, tayoqcha uni qabul qilib olayotgan sportchining qo‘liga o‘tgan lahzada uzatish nihoyasiga yetgan hisoblanadi. 200 m li va undan qisqa bosqichlarda alohida yo‘lkalar bo‘ylab yugurganda, estafetani qabul qilib oluvchilarga uzatish zonasidan 10 m beridan yugura boshlashga ruxsat etiladi.
FALSTART [ingl. false start – noto‘g‘ri boshlash] - Ishtirokchilardan biri startni boshlash haqida signal berilguniga qadar startni boshlagan holat. 2010-yildan beri rasmiy musobaqalarda falstartga yo‘l qo‘ygan sportchi musobaqadan chetlashtiriladi. Ungacha birinchi falstart jazolanmagan, ikkinchi marta falstart bo‘lgan holatda sportchi musobaqadan chetlashtirilgan.
FARTLEK [shved. fartlek – tezkor o‘yin] - Intervalli siklik mashg‘ulot turi bo‘lib, anaerob sprintdan tortib sekin aerob yurish va yo‘rg‘alashni o‘z ichiga olishi mumkin. Odatda fartlek yugurishda qo‘llanadi, ammo siklik sport turlari: velopoyga, eshkak eshish va suzishda ham qo‘llanishi mumkin.
FOSBERI-FLOP [ingl. Fosbury flop – Fosberiday o‘zini tashlamoq] - Balandlikka sakrovchi amerikalik sportchi Dik Fosberi tomonidan ishlab chiqilgan va namoyish etilgan balandlikka sakrash texnikasi. Dik 1968-yilgi Meksikadagi yozgi olimpiya o‘yinlarida shu texnikani qo‘llab, 2,24 balandlikka sakragan va rekord o‘rnatgan; bu unga yakunda oltin medalni taqdim etgan. Texnika mohiyati quyidagilardan iborat: sportchi plankagacha bo‘lgan masofani tog‘ri chiziq yoki diagonal bo‘ylab tezkor bosib o‘tadi, so‘nggi uch yoki besh qadam masofani yoy bo‘ylab amalga oshirib, plankadan uzoqda turgan oyog‘i bilan qattiq itarilib, ikkinchi oyog‘i va qo‘llari bilan kuchli siltanib, boshi bilan oldinga, yelkasi bilan yerga qarab, xayoliy spiral bo‘ylab sirg‘alib, orqasini egib, tanasining asosiy vazni planka pastida qoladigan qilib planka ustidan oshib o‘tadi. Sakrashning yakunlovchi bosqichida planka ustida faqatgina oyoqlar qoladi, sportchi boshi pastda bo‘ladi va u qumga orqasi bilan tushadi. Hozirgi kunda ko‘pchilik balandlikka sakrovchilar shu usulni qo‘llaydilar.
FOTOFINISH - Musobaqa ishtirokchilari finish chizig‘ini bosib o‘tgan tartibni tasvirga tushiradigan va keyinchalik uni qayta ko‘rish imkonini beradigan dasturiy tizim. Bu tizim tirqishli tasvir tamoyiliga tayanadi. Tasvir tor tirqishdan kattalashtirib o‘tkaziladi, raqamli fotofinishda esa bir piksel enlikdagi chiziq fiksatsiya qilinadi. Natijada hosil bo‘ladigan tasvir gilamdagi naqsh kabi mana shu tasmalardan yig‘iladi. Zamonaviy fotofinish tizimlarining barchasi start signali bilan sinxronlashtirilgan taymerga ega. Bu nafqat finish tartibini, balki finish chizig‘ini kesib o‘tgan sportchilar sonini aniqlashtirish imkonini beradi.
GRANATA - Jangovar granata shaklida yog‘och, metalldan yasaladigan, uloqtirish uchun qo‘llanadigan sport anjomi. Granata og‘irlligi ayollar va o‘smirlar uchun 500 grammni, erkaklar uchun 700 grammni tashkil etadi.
GRANATA ULOQTIRISH - Qo‘l granatasi shaklidagi sport anjomini to‘g‘ridan yugurib kelib, yelkadan oshirib uzoqroq masofaga uloqtirishdan iborat yengil atletika sport turi.
GRIF - Og‘ir atletika shtangasidagi og‘irlik disklari kiydiriladigan po‘lat tayoq. Griflar uzunligi, diametri, og‘ irligi va shakliga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
ITARILISH (DEPSINISH) TAXTACHASI - Sakrash musobaqalarida yog‘ochdan yoki boshqa munosib xomashyodan kengligi 198-202 mm, uzunligi 1,21-1,22 m va maksimal qalinligi 100 mm qilib ishlangan, yuzi oq rang, tuproqqa sirti yugurib kelish yo‘lkachasi sathi bilan bir tekislikda yotadigan qilib mustahkam o‘rnatiladigan taxtacha.
JAHON YENGIL ATLETIKA FINALI (IAAF) - Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va 2003-yildan 2009-yilgacha har yili o‘tkazilgan yengil atletika musobaqalari. Birinchi yengil atletika finali 2003-yilda IAAF Gran-prisi o‘rniga o‘tkazilgan. 2009-yilda JYAF Brilliant ligaga o‘rnini bo‘shatib bergan. Musobaqalarda joriy sport mavsumi davomida eng ko‘p ball to‘plagan eng yaxshi sportchilar qatnashgan. Sportchilar uchta seriyada qatnashgan, jami bosqichlarning soni 25 ga teng bo‘lgan. Har bir bosqichda ochkolar jamg‘arib borilgan.
KAMAR - Og‘ir atletika va pauerliftingda qo‘llanadiga yuqori samarador sport anjomi. Kamar sportchining beliga taqiladi va belga tushadigan og‘irlikni ushlab turishga xizmat qiladi. Kamar umurtqani tik ushlashga va katta og‘irlik bilan bog‘liq jarohatlarning oldini olishga ko‘maklashadi.
KANIFOL KUKUNI - Shtangani ko‘ tarishda sirpanib ketmaslik uchun oyoq kiyim tagoga surtiladigan maxsus kukun.
KOʻPKURASH - Sportchilar bir necha sport turida bellashadigan sport turlarining umumlashma nomi. Koʻpkurash uchkurash, toʻrtkurash, beshkurash, oltikurash, yettikurash, oʻnkurash kabi turlarga boʻlinadi.
KROSS - Jiddiy toʻsiqlari, keskin koʻtarilish yoki nishabliklar boʻlmagan, nisbatan tekis va bir jinsli landshaft boʻylab yugurish. Kross davomida sportchi oʻzi uchun qulay sur‘atda yugurib, tekis joylarda tezlashib, murakkabroq qismlarda sekinlashib, tezligini nazorat qilib borishi mumkin. Kross yugurish uchun sportchidan yaxshi jimsoniy tayyorgarlik hamda bardoshlilik talab etiladi.
KUPER TESTI - 1968-yilda amerikalik shifokor Kennet Kuper tomonidan AQSh armiyasi uchun yaratilgan jismoniy tayyorgarlik testlarinining umumiy nomi. Ulardan eng mashhuri 12-daqiqalik yugurish bo‘lib, yugurilgan masofa qayd etilib, shu asosda sport yoki tibbiy maqsadda xulosalar qilinadi. Kennet Kuper 30dan ortiq test yaratgan bo‘lib, professional sportda aynan shunisi keng qo‘llanadi.
KVALIFIKATSIYA - Ayrim sport turlarida ishtirok etish uchun musobaqalargacha qayd etilishi lozim bo‘lgan rasmiy natija. Kvalifikatsiya eng yaxshi sportchi aniqlanadigan yirik musobaqalar – chempionat, olimpiadada qo‘llanadi.
LANGARCHOʻP - Tayanib sakrashda sportchilar yerdan yaxshiroq tayanib, ikkita ustunga o‘rnatilgan plankadan sakrab o‘tishda qo‘llaydigan, kompozit materialdan yasaladigan yuqori texnologik sport anjomi. Langarcho‘p uzunligi sportchi bo‘yi va og‘irligiga qarab tanlanadi. Masalan, 75-80 kg og‘irlikdagi sportchiga 4,9 metrli langarcho‘p mos keladi. Uzunroq langarcho‘pdan foydalanish balandroq masofaga sakrash imkonini bermaydi.
LANGARCHOʻP BILAN SAKRASH - Yugurib kelib, maxsus jihoz – langarchoʻpga tayanib muayyan balandlikda oʻrnatilgan gorizontal toʻsiqdan oshib oʻtishdan iborat vertikal sakrash turkumiga kiruvchi yengil atletika sport turi.
LAPPAK - Korpusi yog‘och yoki plastmassa, gardishi metalldan ishlangan, belgilangan og‘irlik va o‘lchamdagi maxsus sport jihozi. Erkaklarda lappak og‘irligi 2 kg, yuniorlarda 1,75 kg, yigitlarda 1,5 kg ga teng bo‘lsa, barcha toifadagi ayollarda lappakning og‘irligi 1 kg ga teng. Lappak diametri erkaklarda 219-221 mm, ayollarda esa 180-182 mm qilib belgilangan. Sportchilar lappakni diametri 2,5 m bo‘lgan doiradan 35 gradusli maxsus sektorga uloqtirishadi.
LAPPAK ULOQTIRISH - Maxsus sport jihozi – lappakni uzoqroq masofaga uloqtirishdan iborat yengil atletika sport turi. Ushbu sport turi texnik sport turkumlariga kirib, sportchidan kuch va harakatlar muvofiqligini talab qiladi. 1896-yilda erkaklar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan bo‘lsa, 1928-yildan ayollar o‘rtasida ham Olimpiada dasturidan o‘rin olgan.
MAGNEZIYA - Namlik va yog‘ larni shimadigan, yuza bilan tishlashishni ta’minlaydigan, magniy tuzlari asosidagi upa. Toshni ko‘ tarishdan oldin og‘ir atletikachilar qo‘llariga magneziya surtishadi.
MARAFON - 1. 42 km 195 m masofaga sportcha yugurishdan iborat musobaqa turi.
2. Uzoq masofaga amalga oshiriladigan har qanday musobaqa turi.
MARRA - Yugurish, sportcha yurish, chang‘i va velopoygalar, biatlon kabi masofa tezlikka bosib o‘tiladigan sport turlarida masofaning yakuniy nuqtasi.
MARRA CHIZIG‘I - Poyga musobaqalarida masofaning yakunini bildiradigan, odatda oq rangdagi chiziq.
MARRA TASMASI - Uzoq masofalarga yugurish, marafon kabi musobaqalarda marrani bildiruvsi maxsus tasma.
MASOFA - Siklik sport turlarida sport musobaqalari o‘tkaziladigan makon. Masofa uzunligi va turi sport turi va musobaqa qoidalari bilan belgilanadi.
NASHATIR SPIRTI - Og‘ir atletikachilar urinishga chiqishdan oldin tetiklanish uchun hidlaydigan suyuqlik. Nashatir spirtini hidlash taqiqlanmagan.
NAYZA - Tana qismi plastmassa yoki yog‘ochdan, uchi metalldan ishlangan yengil atletika sport turi jihozi. Nayza tana, metall poynak va o‘rama kabi uch qismdan iborat. O‘rama qalinligi 8 mm dan, eni esa 140–160 mm dan oshmasligi kerak. Erkaklarda nayzaning uzunligi 2,60–2,70 m ga, og‘irligi 800 g ga teng, ayollarda esa uzunligi – 2,20-2,30 m, og‘irligi esa 600 g bo‘ladi.
NAYZA ULOQTIRISH - Maxsus sport jihozi – nayzani uzoqroq masofaga irg‘itishdan iborat yengil atletika sport turi. Yengil atletkianing texnik sport turlariga kirib, sportchidan kuch, tezkorlik va uddaburonlikni talab etadi. Erkaklarda 1908-yildan, ayollarda esa 1932-yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan goda. Yengil atletikadagi ko‘pkurash tarkibiga ham kiradi.
OG‘IR ATLETIKA - Shtangani bosh uzra ko‘tarib, bir muddat muqim ushlab turishdan iborat olimpiya sport turi. Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda 2 ta mashq natijalari jamlanadi: dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish.
OG‘IR ATLETIKA VAZN TOIFASI - Sportchi jismoniy imkoniyatlari nuqtayi nazaridan o‘zi bilan teng sportchilar bilan musobaqalashishi uchun vazniga qoidalar bilan belgilangan talablar. Vazn toifalari og‘ir atletikada 1905-yilda joriy etilgan bo‘lib, bugunga qadar 9 marta o‘zgargan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining 2018-yil 5-iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan kongressida yangi vazn toifalari tizimi kiritildi. Unga ko‘ ra erkaklar uchun quyidagi vazn toifalari belgilandi: 55 kg gacha, 61 kg gacha, 73 kg gacha, 81 kg gacha, 89 kg gacha, 96 kg gacha, 102 kg gacha, 109 kg gacha, 109 kg dan yuqori. Ayollar uchun quyidagi vazn toifalari belgilangan: 45 kg gacha, 49 kg gacha, 55 kg gacha, 59 kg gacha, 64 kg gacha, 71 kg gacha, 76 кг ; 81 kg gacha, 87 kg gacha, 87 kg dan yuqori.
OG‘IR ATLETIKACHI - Shtanga ko‘tarish bilan shug‘ullanadigan professional sportchi. O‘zbekistonda olimpiada medallarini zabt etgan og‘ir atletikachilar bor. 2012-yilgi Olimpiada o‘yinlarida 5-o‘rinni egallagan og‘ir atletikachimiz Ivan Efremovga qayta tekshiruvlardan so‘ng, 8 yil o‘tib Olimpiadaning bronza medali topshirildi. 2016-yilgi Rio olimpiadasida o‘ g‘ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov oltin medalni qo‘lga kiritgan. Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev 2 karra olimpiada sovrindori bo‘lib, 2020-yilda oltin, 2024-yilda esa kumush medalni egalladi.
OG‘IRLIK BUYURTMASI - Muayyan musobaqada ishtorok etayotgan og‘ir atletikachilarning musobaqa doirasida ko‘taradigan vaznini hakamlar hay’atiga oldindan taqdim etishi.
OG‘IRLIKNI QAYD QILISH - Musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda bosh uzra tekis qo‘llar bilan ko‘tarilgan shtangani bir necha soniya ichida barqaror ushlab turish.
OLTIN LIGA - 1998-2009-yillar davomida Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi shafeligida har yili yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar turkumi. 6-7 bosqichdan iborat bo‘lgan “Oltin liga” musobaqalarida jahonning yetakchi yengil atletikachilari ishtirok etgan. “Oltin liga” musobaqalarining so‘nggi yillarida musobaqaning bosh sovrini 1 million AQSh dollariga teng jek-pot bo‘lgan. Jek-pot ulushiga ega bo‘lish uchun sportchi musobaqaning barcha bosqichlarida g‘alaba qozonib, “Jahon yengil atletika final”ida ishtirok etishi kerak bo‘lgan. “Oltin liga” musobaqalari uchun sport turlari IAAF tomonidan tanlangan. 2010-yilda “Oltin liga” “Brilliant liga”ga almashdi.
OQ CHIROQ - Vaznning ko‘ tarilganligini bildiruvchi hakamlar signali.
OYOQLARNI KERIB - Siltab ko‘ tarish mashqini bajarish usuli bo‘lib, bunda sportchi shtangani ko‘krakka ko‘targach, mashqning ikkinchi qismini bajarish uchun gavdasini yarim egik holatga keltirib, oyoqlarini yon tomonlarga keradi.
OʻRTA MASOFAGA YUGURISH - Qisqa masofadan uzoqroq, ammo uzoq masofadan qisqaroq masofalarga yugurish musobaqasi. 600 m, 800 m, 1000 m, 1500 m, 1 mil, 2000 m, 3000 m, to‘siqlar bilan 3000 yugurish musobaqalari o‘rta masofali yugurish musobaqalari hisoblanadi.
PAST START - Qisqa masofalarga yugurish, sprintda qo‘llanadigan start olish turi. Bunda sportchi oyoqlari ularni qulay holatga keltirish va itarilishi uchun platforma bo‘lib xizmat qiladigan maxsus qurilma – start kolodkalariga joylashtiradi, qo‘llari yerga teggan va gavda qismi oldinga ancha egilgan bo‘ladi. Bu maksimal tezlikni rivojlantirish imkonini beradi.
PAUERLIFTING [ing. powerlifting; power – “kuch”, lifting – “ ko‘ tarish”] - Og‘ir vaznlarni ko‘tarishdan iborat sport turi. Pauerlifting musobaqasi uchta mashqdan iborat: kurakda joylashgan shtanga bilan o‘ tirib-turish, yotgan holatda shtangani ko‘tarish va tik holatda shtangani ko‘tarish. 1972-yilning noyabr oyida Xalqaro pauerlifting federatsiyasi tuzilib, bir yildan so‘ ng, 1973-yilda Garrisbergda birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
PELOTON [fr. peloton – “o‘ram, g‘altak, uya”] - Uzoq masofaga yugurish, marafon, sport poygalarida yuguruvchi yoki poygachilarning asosiy guruhi. Boshqalarning aerodinamik soyasida harakatlanish evaziga pelotonda harakatlanish poygachilarga quvvatning asosiy qismini saqlab qolish imkonini beradi; umumiy guruhdagi havo qarshiligi ancha past, taxminan 40% gacha).
PLANKA - Balandlikda sakrash musobaqalarida zabt etiladigan balandlikka ikkita ustunchaga vertikal o‘rnatiladigan to‘sin. Sportchi plankadan sakrab o‘tib, hakamlar urinish ijobiy bajarilganligini bildiruvchi bayroqchani ko‘targuncha planka tushib ketmasligi kerak. Planka hakam bayroqchani ko‘targandan keyin tushib ketsa, urinish baribir hisobga olinadi. Planka uzunligi odatda 4 metrga teng bo‘ladi va sportchi ustiga tushib ketganida uni jarohatlamasligi uchun yengil shishatoladan tayyorlanadi. Shabadada siljib ketmasligi uchun planka uchlariga rezina kiydiriladi.
QAYCHI - Og‘ir atletika siltab ko‘tarishida shtangani ko‘krakdan yuqoriga ko‘tarish usuli. Bunda bir oyoq oldinga, ikkinchi oyoq orqaga yo‘ nalishda tashlanadi va shtanga bosh uzra ko‘tariladi. Qaychi usulidan ko‘ tarilib, sportchi oyoqlarini bir chiziqka qo‘ yadi va hakamlar ishorasini kutadi.
QAYCHI - Uzunlikda sakrashda qo‘llanadigan usul. Uning mohiyati shundaki, sportchi sakrashni amalga oshirganida, uchish davomida havoda 1,5, 2,5 yoki 3,5 odim tashlashda davom etadi va shu tariqa uzoqroq masofaga sakrashga erishadi.
QIZIL CHIROQ - Vaznning ko‘ tarilmaganligini bildiruvchi hakamlar signali.
QO‘ YGICHLAR - Og‘ir atletika mashqlarini bajarishda grifning yuqori joylashishini ta’minlash maqsadida shtanga qo‘yiladigan tagliklar.
QULF - Grifga o‘ rnatilgan og‘irlik disklarining tushib ketmasligi uchun maxsus qurilma. Bajaradigan vazifasi va talablarga qarab qulf uch xil bo‘ ladi: prujinali, gayka va silliq vtulkali.
QUYON - O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda muayyan vaqt oralig‘ida yetakchilik qiladigan va yugurish sur‘atini belgilab beradigan maxsus yuguruvchi sportchi.
SHOSSE BOʻYLAB YUGURISH - Asfalt qoplamli yoʻldan yugurishdan iborat musobaqa turi.
SHTANGA [nem. Stange – sim, o‘zak] - Og‘ir atletika hamda pauerlifting sport turlarida og‘irlik ko‘tarishga mo‘ljallangan sport anjomi. Yig‘ma shtanga grifi ikki uchida turli vazndagi disklarni mahkamlash uchun maxsus joy va qulflardan iborat. Erkaklar musobaqalarida shtanga grifi 20 kg ni, uzunasiga 2 metr 20 santimetrni, ayollar uchun shtanga grifi vazni 15 kg ni, uzunasiga 2 metr 10 santimetrni tashkil etadi.
SHVEDCHA ESTAFETA - Sportchilar turli masofalarni bosib oʻtadigan estafeta turkumiga kiruvchi har qanday sport turi. Masalan, yugurishda “100+200+300+400 m” va “800+400+200+100 m” masofalarga kabi shvedcha estafeta yuguriladi.
SHVUNG - Og‘ir atletika siltab ko‘tarishida shtangani ko‘krakdan yuqoriga ko‘tarish usuli. Bunda oyoqlar o‘z joyida qoladi (yoki yon tomonlarga biroz tashlanadi), sportchi shtanga tagiga yarim cho‘kkalagan yoki to‘liq cho‘kkalagan holatga o‘tadi. “Shvung” usulidan ko‘tarilib, sportchi oyoqlarni bir chiziqqa qo‘yadi va hakamlar ishorasini kutadi.
SILTAB KO‘ TARISH - Og‘ir atletika ikkikurashida ikkita mashqdan keyingisi. Bu mashq ikkita ayri harakatdan iborat bo‘ lib, sportchi shtangani ko‘krakka olish paytida uni supachadan uzib, taxminan son o‘rtasidan irg‘itadi va pastga cho‘kkalagan holda yoki yarim cho‘kkalashdan qaddini ko‘taradi. Sportchi ko‘ krakda ushlab turgan shtangani yuqoriga irg‘itib chiqarishga tayyorlanadi. Bunda erkin vaqt sarflanishi mumkin. Keyin esa siltanib, qo‘ llarini yuqoriga tekis qilib ko‘taradi.
SIQIB KO‘ TARISH - 1928-yildan 1972-yilga qadar og‘ir atletika musobaqalarida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bilan birga uchkurash tarkibiga kirgan mashq. Og‘ir atletikachilar uchta mashqda bellashgan. 1972-yilda mashqning to‘ g‘ri bajarilganligini baholashdagi qiyinchiliklar tufayli og‘ir atletika musobaqalaridan chiqarib yuborilgan. Siqib ko‘ tarish ikkita bosqichda bajarilgan: sportchi shtanga oldiga o‘tirib, uni poldan uzadi, so‘ng shtangani ko‘kragiga olib, o‘rnidan turadi. Ikkinchi bosqichda shtangani faqat qo‘ l kuchi yordamida tepaga siqib chiqarishi kerak va qo‘llar tog‘ri, bukilmagan bo‘lishi kerak.
SOQQA (Yadro) - Yengil atletikaning uloqtirish turkumiga kiruvchi sport turining birida qo‘llanadigan yumaloq, silliq yuzali metalldan ishlangan sport anjomi. Hozirgi kunda soqqa og‘irligi va diametri erkaklarda 7,260 kg va 120-129 mm, ayollarda – 4 kg va 100-109 mm bo‘lishi kerak.
SOQQA IRG‘ITISH - Maxsus sport anjomi, ya’ni, soqqani diametri 2,135 metrga teng doiradan uzoqroq masofaga uloqtirish talab etiladigan yengil atletika sport turi. Ushbu sport turi uloqtirish turkumiga kiradi va texnik sport turi hisoblanadi. Sport turi sifatida XIX asrda Angliyada shakllangan bo‘lib, dastlab 16 funt (7,257 kg) og‘irlikdagi soqqani 7 futli (2,134 m) doiradan otishgan. Olimpiada o‘yinlari dasturiga erkaklar orasida 1896-yildan kiritilgan bo‘lsa, ayollar 1948-yildan Olimpiadada bu sport turida bellashadilar. Yengil atletika ko‘pkurashi tarkibiga ham kiradi.
SPORTCHA YURISH - Sportchining oyoqlaridan biri doimiy ravishda yerga tegib turishi kerak boʻlgan olimpiya dasturiga kiruvchi sport turi. Sportcha yurishda sportchi gavdasi tik, oldinga tashlangan oyoq yerga tekkan ondan boshlab vertikalni bosib oʻtguncha tekis, yaʼni tizza bukilmagan boʻlishi kerak, shuning uchun yurish davomida sportchi tosi ikki tomonga chayqalib turadi. har bir qadamda tayaniladigan oyoqning tizzasi tana vertikal holatga kelganda toʻgʻrilanishi kerak; yurish oʻtkazilayotgan yoʻl sirtidan oyoq kaftlari uzilmasligi, yaʼni oldinga tashlangan oyoq ikkinchisi yoʻl sirtidan uzilmasdan ilgariroq yoʻl sirtiga qoʻyilishi kerak
SPRINT [ingl. sprint – qisqa masofaga yugurish] - Yugurish, changʻi, biatlon, konki kabi sport turlarida sportchilar qisqa masofada bellashadigan musobaqa turi.
SPURT [ingl. спурт – siltanish] - Tezlik muhim bo‘lgan sport turlarida (yugurish, eshkak eshish, velopoyga) harakat sur’atini birdan oshirishdan iborat taktik usul. Odatda marraga yaqin qolganda qo‘llanadi.
START [ingl. start – boshlanish] - Masofa tezlikka bosib o‘tiladigan sport turlarida (sportcha yurish, yugurish, chang‘i poygalari, biatlon, suzish, eshkak eshish) masofaning boshlang‘ish nuqtasi.
START KOLODKALARI yoki DASTGOHCHALARI - Qisqa masofaga yugurish yoki to‘siqlar osha yugurish musobaqalarida har ikkala oyoq bilan tiralib start olish uchun mo‘ljallangan maxsus sport anjomi. Start dastgohi uzunchoq allyuminiy yoki po‘lat korpusdan iborat. Dastgoh yerga ikkita metall shtir bilan mahkamlanadi. Dastgoh og‘irligi 3- 4 kg, uzunligi 600-700 mm, eni – 360 mm.
SUPACHA - Og‘ir atletikada musobaqa va mashg‘ulot o‘tkaziladigan to‘rtburchak shaklidagi maxsus jihoz. Og‘ir atletika supachalari shtanga tashlanganda maxsus amortizatorlik vazifasini bajaradigan va sirpanishni bartaraf etadigan qurilmalardir.
TAYANIB CHO‘ KKALASH - Cho‘kkalash fazasi bo‘lib, bunda oyoq qadamlari supaga tegadi.
TEKIS YUGURISH - Tekis, nishabliklar yoki balandliklar ko‘rinishidagi to‘siqlar bo‘lmagan yuza bo‘ylab yugurish.
TEZLASHISH - Dast ko‘ tarish va siltab ko‘tarishda belgacha ko‘tarish fazasidan so‘ng oyoqlar va gavdani faol yozish hisobiga sport snaryadining jadal harakati.
TORTISH ( CHO‘ ZISH) - Og‘irlikni cho‘kkalab turib ko‘krakka yoki to‘g‘rilangan qo‘llarda yuqoriga ko‘tarish.
TOʻSIQLAROSHA YUGURISH - Oson oshib oʻtiladigan va tegsa yiqiladigan toʻsiqlardan oshib yugurishdan iborat qisqa masofali yugurish turi.
TREYLRANNING - Nishabliklar va balandiklar, togʻ oʻzanlari va oʻrmonlar oralab boradigan murakkab marshrut boʻyicha yugurish musobaqasi. Treylranning masofasi uzunligi musobaqa dasturlariga bogʻliq. Musobaqa bir kunli yoki bir necha kunli boʻlishi mumkin. Bir necha kunli trey l ranningda sportchilar yuzlab km masofani bosib oʻtishlari kerak.
TRIATLON - Sportchilar yugurish, suzish va velopoygada bellashadigan sport turi. Olimpiada musobaqalariga kiritilgan triatlon tarkibiga 1500 m ga suzish, 40 km masofali velopoyga hamda 10 km ga yugurish kiradi. Triatlonning ayrim turlarida sportchilar boshqacha masofada ham bellashishi mumkin. Ulardan eng murakkabi Iron Man boʻlib, sportchilar 3860 m ga suzadilar, 180 km li velopoygada ishtirok etadi hamda marafon masofani bosib oʻtadilar.
TRIKO - Og‘ir atletikachining maxsus sport kiyimi.
UCH HATLAB SAKRASH - Gorizontal sakrash turkumiga kiruvchi yengil atletika sport turi. Ushbu sakrash texnik jihatdan uchta unsurdan tarkib topgan: “sаpchish” (bitta oyoqda itarilib sakrash va o‘sha oyoqda yerga tushish), “qadam tashlash” (bitta oyoqda tiralib ko‘tarilish va boshqasida yerga tushish), “sakrash” (itarilib sakrash va handaqdagi qumga tushish). Yuguruvchi maxsus yo‘ lkadan depsinish taxtachasigacha yugurib borib, undan itarilib sakrashni amalga oshiradi. Sakrashning uzunligini o‘ lchashda shu taxtacha boshlang‘ich nuqta sanaladi.
ULOQTIRISH SEKTORI - Yengil atletikada jihoz tushishi ruxsat etilgan maydon. Jihoz sektor tashqariga tushgan hollarda urinish hisoblanmaydi. Uloqtirish sektori doira yoki plankadan yon chiziqlar bilan ajratiladi . Soqqa, lappak va bosqon uloqtirishda sektor burchagi 60° ga teng, nayza uloqtirishda 29° qilib belgilangan.
UMUMIY START - Masofali sport turlarida barcha ishtirokchilar bir vaqtda harakatni boshlaydigan start. Masalan, uzoq masofalarga yugurish, marafon, treylranning kabi yugurish musobaqalarida , biatlondagi mass-start poygalarida sportchilar harakatini umumiy startdan boshlaydilar.
URINISH - Sportning ayrim turlarida sportchilar muayyan marta amalga oshiradigan chiqishlar. Urinishlar soni sport turi, musobaqa shakli va qoidalariga bog‘ liq. Masalan, balandlikka sakrash musobaqalarida har bir balandlikni zabt etish uchun sportchiga 3 ta urinishga imkoniyat beriladi. Og‘ir atletikachilar har bir og‘irlikni 3 ta urinishda ko‘tarishlari mumkin. Urinish hakamlar tomonidan qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin.
URINISH - Og‘ir atletika musobaqalarida har bir vaznni ko‘tarish uchun sportchiga beriladigan imkoniyat. Og‘ir atletikada har bir vazn uchun sportchiga 3 ta urinish beriladi. Urinishni hakamlar baholab boradi. Urinish ijobiy baholanishi uchun 3 ta hakamdan ikkitasi oq chirog‘ ini yoqishi kerak. Sportchilarning natijasi bir xil bo‘ lgan taqdirda, ijobiy urinishlar soni e’tiborga olinadi.
USHLASH KENGLIGI - Shtanga g‘ ildiragi va qo‘l kaftlari orasidagi masofa.
USTUNLAR - Mashg‘ ulotlar davomida o‘tirib turish, ko‘krakdan siltab ko‘tarish kabi mashqlarni bajarish uchun shtanganing yuqorida turishini ta’minlaydigan polga mahkamlangan vertikal po‘lat tayoqlar.
UZUNLIKKA SAKRASH - Sportchilardan sakrovchanlik va sprinterlik qobiliyatini talab etadigan, gorizontal sakrash turkumiga kiruvchi yengli atletika sport turi. Uzunlikka sakrash antik davrdagi Olimpiada musobaqalari tarkibiga kirgan. Zamonaviy olimpiada dasturlariga erkaklar orasinda 1896-yildan, ayollar oʻrtasida 1948-yildan kiritilgan.
VAZN O‘LCHASH - Sportchining vaznini aniqlash jarayoni. Sportchilar vazn toifalariga ajratilib bellashadigan sport turlarida bu juda muhim jarayon. 2024-yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarida 50 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida finalgacha yetib borgan hindistonlik kurashchi Vinesh Pxogat final oldidagi vazn o‘lchashda 100 ortiqcha vazn qayd etganligi uchun finaldan chetlatiladi.
YADRO Soqqa. -
YARIM CHO‘KKALASH - Oyoqlarni tizzalardan biroz bukkan holda (ko‘pi bilan 90° burchak ostida) cho‘kkalash.
YARIM FINAL - Sport musobaqalarida finaldan avval o‘tkaziladigan va final ishtirokchilarini aniqlab beradigan oraliq musobaqa bosqichi.
YARIM MARAFON - Marafon yugurish (42 km 195 m) dan ikki baravar kam masofa, yaʼni 21,0975 km masofaga yugurishdan iborat sport turi.
YARIM SILTASH - Cho‘kkalamasdan va shtangani qayd qilmasdan ko‘krakdan siltab ko‘tarish.
YENGIL ATLETIKA - Yugurish, yurish, sakrash, uloqtirishdan iborat olimpiya sport turi. Yengil atletika musobaqalari ilk Olimpiada oʻyinlarida 1986-yilda oʻtkazilgan. 1928-yilgacha, Amsterdam olimpiadasigacha yengil atletkiada faqat erkaklar bellashgan. Hozirgi kunda yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan 47 yengil atletika sport oʻyinlarida medallar oʻynaladi. Ulardan 24 tasi erkaklar oʻrtasida boʻlsa, 23 tasi erkaklar oʻrtasida. Yengil atletika sport turi haqli ravishda sport malikasi deb ataladi.
YENGIL ATLETIKA OLTIKURASHI - Ishtirokchilar yugurish, uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, toʻsiqlarosha yugurish, lappak uloqtirish va langarchoʻp bilan sakrash kabi sport turlarida ikki kun davomida bellashadigan sport koʻpkurashlaridan biri.
YENGIL ATLETIKA OʻNKURASH - Sportchilar 2 kun davomida yengil atletikaning 10 ta turida bellashadigan koʻpkurash turi. Musobaqalar 2 kun davomida har kuni 5 tadan oʻtkaziladi. Har bir sportchuning natijasi alohida turlardagi natijalariga qarab belgilanadi. Har bir turda alohida hisoblash tizimi mavjud. Bunda sportchi egallagan o‘ rin emas, ko‘rsatga natijasi hisobga olinadi. O‘ nkurash erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladi. O‘ nkurash 1912-yildan boshlab yozgi olimpiya dasturlaridan o‘rin egallagan. Birinchi kuni sportchilar tezkorligini namoyish etib, 100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, soqqa uloqtirish, balandlikka sakrash va 400 metrga yugurish musobaqalarida bellashadilar. Ikkinchi kuni sportchilardan bardosh va harakatlar koordinatsiyasi talab etiladi, zero bu kuni ular 110 metrga to‘ siqlarosha yugurish , lappak uloqtirish, langarcho‘p bilan sakrash , nayza uloqtirish va 1500 metrga yugurish musobaqalarida kuch sinashadi. Sport turlari orasidagi vaqt oralig‘ i kamida 30 daqiqa bo‘lishi kerak. Uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, yadro uloqtirishda sportchilar uchtadan urinishga ega bo‘ lishadi. Qolgan yugurish va texnik sport turlarida qoidalar asosiy qoidalardan farq qilmaydi.
YENGIL ATLETIKA TOʻQQIZKURASHI - Ishtirokchilar sprint, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, toʻsiqlarosha yugurish, disk uloqtirish, langarchoʻp bilan sakrash va oʻrta masofaga yugurish kabi sport turlarida ikki kun davomida bellashadigan sport koʻpkurashlaridan biri. Toʻqqizkurash erkaklar orasida oʻtkaziladi.
YENGIL ATLETIKA TOʻRTKURASH - Sportchilar yengil atletikaning 4 ta turida bellashadigan sport musobaqasi. Bunday musobaqalar odatda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Masalan, sportchilar suzish, qilichbozlik, yugurish va oʻq otishda bellashishi mumkin. Anʼanaviy koʻpkurashga 60 m ga yugurish, balandlikka yoki uzunlikka sakrash, toʻp uloqtirish va 500/600 m masofaga yugurish kiradi.
YENGIL ATLETIKA YETTIKURASHI - Yozgi mavsumda ayollar oʻrtasida, qishki mavsumda erkaklar oʻrtasida yengil atletikaning 7 ta turida oʻtkaziladigan sport turi. Yettikurash musobaqasi 2 kun davomida oʻtkazilib, ayollarda birinchi kuni 1 toʻsiqlarosha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200 metrga yugurish musobaqasi, 2-kuni uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish va 800 m ga yugurish musobaqalari oʻtkaziladi. Qishki yettikurashda erkaklar 1-kuni 60 m ga yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 2-kuni esa 60 m ga toʻsiqlarosha yugurish, langarchoʻp bilan sakrash, 1000 m ga yugurish musobaqalarida bellashadilar. Har bir turda ochkolarni jamgʻarish tizimi mavjud boʻlib, yakuniy natija uchun har bir turda olingan ochkolar qoʻshiladi.
YOZILISH - Tezlashishdan keyin gavda va oyoqlarni to‘g‘rilash.
YUGURISH - Belgilangan masofani tezroq bosib oʻtishdan iborat yengil atletikadagi musobaqa turi.
YUGURISH YOʻLKASI - Yengil atletikada yugurish, sportcha yurish musobaqalari va mashg‘ulotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan sport inshooti. Yengil atletika yugurish yo‘ lkalari odatda stadionlarda, gorizontal yuzada tashkil etiladi. Yugurish yo‘ lka chetlari yuzadan 3 sm balandlikdagi usti yoysimon chegara bilan maydondan ajratiladi. Yo‘ lka qoplamasi og‘irlikni ko‘tarishga qodir, zarbani yutish xususiyati yuqori, yuguruvchilarning oyoq kiyimi bilan yuqori ishqalanishini ta’minlashi va yuqori namlikda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydigan bo‘lishi kerak.
ZAMONAVIY BESHKURASH - Ishtirokchilar konkur, qilichbozlik, oʻq otish, yugurish va suzish kabi beshta sport turida bellashadigan sport koʻpkurashlaridan biri.