Loyiha haqida

Mamlakatni dunyoga tanitadigan sohalardan biri – sportdir. Jahon hamjamiyati bugungi kunda sport sohasini millatlarni totuvlikka, hamjihatlikka, do‘stlikka, birdamlikka yetaklovchi eng maqbul yo‘l sifatida e’tirof etmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi sport sohasining ham jadal sur’atlarda rivojlanishini ta’minladi. Xususan, mustaqillik davrida boks, dzyudo, taekvondo, shaxmat, karate, badiiy gimnastika, futbol kabi bir qator sport turlari bo‘yicha jahon chempionlari yetishib chiqdi. Sportning barcha turlarini keng tatbiq qilish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar undagi yangi yo‘nalishlarning rivojlanishi, o‘z navbatida, sport terminologiyasining shakllanishiga ham olib keldi. Sportga doir yangi leksemalarning yangicha ma’nolar kasb etishi, iste’molga kirib kelishi, yangi terminlarning qo‘llanishi ayni shu ijobiy ta’sir natijasidir. Ammo, ta’kidlash joizki,  sport sohasidagi mazkur terminlar bir tizimga solinib, ularning aniq ilmiy ta’rifi, izohi shu vaqtga qadar ishlab chiqilgan emas.

Sport image 1
Sport image 2

Shuningdek, o‘zbek tilida sport terminlarini to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq muammolar, sport sharhlovchilari tomonidan terminlarning o‘zbek tilidagi muqobil variantlarini qo‘llay olmasliklari sport terminlarining ma’nolarini izohlab berish katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu loyihada O‘zbekistonda ommalashgan sport turlarining terminologik zaxirasini yaratish va izohlash, uning veb-sayti hamda mobil ilovalarini yaratish zarur va bu masala dolzarb muammolardan hisoblanadi.

O‘zR Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-sonli farmoniga muvofiq tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida sohaviy lug‘atlar tuzish bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan.

Biz taklif etilayotgan loyihaga qanday ehtiyoj mavjud?

1. Avvalo, O‘zR Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-sonli farmoniga muvofiq tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida sohaviy lug‘atlar tuzish bo‘yicha vazifalar belgilanganligini ta’kidlash lozim. Bugungi kunda jahonda sportning ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlari kabi o‘ziga xos o‘rni, auditoriyasi borligini isbotlab kelmoqda. Nafaqat, yurtimiz, balki jahonda sport mavzusida material tayyorlash ham manfaatli, ham ijtimoiy  ahamiyatga molik soha ekanligini e’tirof etilmoqda.

2. Mustaqillik davrida sportning barcha turlarini keng tatbiq qilish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar undagi yangi yo‘nalishlarning rivojlanishi, o‘z navbatida, sport terminologiyasining shakllanishiga ham olib keldi. Sportga doir yangi leksemalarning yangicha ma’nolar kasb etishi, iste’molga kirib kelishi, yangi terminlarning qo‘llanishi ayni shu ijobiy ta’sir natijasidir. Ammo, ta’kidlash joizki,  sport sohasidagi mazkur terminlar bir tizimga solinib, ularning aniq ilmiy ta’rifi, izohi shu vaqtga qadar ishlab chiqilgan emas.

3. Bugungi kunda  O‘zbekistonda ommalashgan va natijalarga erishilgan sport turlari bo‘yicha – futbol, shaxmat, badiiy gimnastika, karate, taekvondo, qilichbozlik, ot sport turi va h.k.ga doir terminlarning aniq ilmiy ta’rifini berishga, sinonim terminlarning to‘g‘ri muqobilini tanlashga  hamda o‘zlashma terminlarni o‘zbek tili imkoniyatlari vositasida ifodalash bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilmagan.

4. Loyihada ko‘tarilgan muammo shu kunga qadar jismoniy tarbiya va sport oliy o‘quv yurtlari, sport jurnalistikasi ta’lim yo‘nalishida hamda o‘zbek leksikografiyasida o‘z yechimini topgan emas.

5. Shuningdek, o‘zbek tilida sport terminlarini to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq muammolar, sport sharhlovchilari tomonidan terminlarning o‘zbek tilidagi muqobil variantlarini qo‘llay olmasliklari sport terminlarining ma’nolarini izohlab berish katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu loyihada O‘zbekistonda ommalashgan sport turlarining terminologik zaxirasini yaratish va izohlash,  uning veb-sayti hamda mobil ilovalarini yaratish zarur va bu masala dolzarb muammolardan hisoblanadi.

6. Sport terminlari ilmiy adabiyotlarda turli variantlarda ishlatilyapti. Ayrim terminlarning o‘zbekcha muqobili bo‘lgan holda ruscha varianti ishlatilyapti. Ularni tartibga solish, o‘zbekcha muqobillarini yaratish lozimligi ham bunday lug‘atni tuzish dolzarb vazifa ekanligini ko‘rsatdi.

Loyihaning asosiy maqsadi sport terminlarining izohli lug‘atini tuzish orqali sohada yagona terminologik tizim yaratish, lug‘atning mobil ilovasi hamda veb-saytini yaratishdan iborat. O‘zbekistonda ommalashgan va natijalarga erishilgan sport turlari bo‘yicha terminlar zaxirasi yaratilib, ularning aniq ilmiy izohini berishga, sinonim terminlarning to‘g‘ri muqobilini tanlashga  hamda o‘zlashma terminlarni o‘zbek tili imkoniyatlari vositasida ifodalashga alohida e’tibor berildi.

Maqola

Mamlakatimizda sport sohasining rivojlanishi barobarida soha terminologiyasi ham yangi atamalar hisobiga boyib bormoqda. Yangi atamalarning kirib kelishi, hozirgi paytga qadar sport sohasiga oid ilmiy-texnik hujjatlar, reglamentlar, yo‘riqnoma va standartlarning rus tilida ekanligi va ularni davlat tilida ifodalash zarurati soha atamalarining yagona birligi va davlat tilidagi izohini yaratishni taqozo etmoqda. Sport terminlarining izohli lug‘atini yaratish sohaga oid atamalarni bir xil variantda qo‘llash, izohini tushuntirish, chalkashliklarning oldini olish va qolaversa, o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshirishga xizmat qiladi.   Qolaversa, loyiha natijalari sohaga oid atamalarni tartibga solishga, tegishli sohalar mutaxassislarining soha terminologiyasi bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirishga, bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid atamalarni, ularning izohini ona tilida mukammal egallashlariga yordam beradi.

Loyiha natijalari O‘zR Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-sonli, “Jismoniy tarbiya va sport yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi, 2020-yil 30-oktyabrdagi farmonlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi va quyidagilarga erishildi:

  • fan-texnika, xususan, sport sohasi jadal taraqqiy etayotgan davrda sohada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqei va nufuzini oshirish, sofligini saqlash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirildi;
  • sport sohasidagi atamalar to‘plandi, tartibga solindi, o‘zbek tilidagi muqobili topildi;
  • soha terminlarining yagona muqobil variantini taklif etish va amaliyotga kiritish orqali sport sohasiga oid ilmiy-texnik hujjatlar, reglamentlar, yo‘riqnoma va standartlarning davlat tilida sifatli ishlab chiqilishi ta’minlandi;
  • o‘zbek tilshunosligida sport sohasiga oid yangi paydo bo‘lgan lingvistik terminlar aniq ilmiy definitsiyaga ega bo‘ladi, unifikatsiya qilinadi hamda ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi;
  • sport terminlarining izohi yaratiladi va ularni o‘zbek adabiy tili me’yorlariga muvofiq tarzda lug‘atga kiritiladi va rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
  • “O‘zbek tilida sport atamlarining izohli lug‘ati” nashrga tayyorlandi.
  • lug‘atning dasturiy ta’minoti, ya’ni veb-sayti yaratildi.
  • Android uchun mobil ilova ishlab chiqilib, internet tarmog‘iga joylashtirildi.

Tuzilishi rejalashtirilayotgan lug‘at oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy tadqiqotchilar, sport mutaxassislari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, sport atamalariga o‘zbek tilida birinchi marta ilmiy ta’rif berildi, ularning qo‘llanish sohasi ko‘rsatildi hamda sinonim terminlarining asosiysi tanlab olindi. Lug‘atdan sport mutaxassislari, Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, doktorantlar, magistrantlar, sport sharhlovchilari, zamonaviy tilshunoslik masalalari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.  

Mamlakatimiz Prezidentining Davlat tilini rivojlantirishga oid farmonlari, nutqlarida chet tillaridan o‘zlashgan atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish  o‘zbek tilshunoslarining vazifalaridan biri ekanligi bir necha bor ta’kidlangan. Bu muammo  sport  terminlariga ham taalluqli. Hozir amal qilayotgan terminlarning aksariyati rus tilidan aynan olingan. Ularning o‘zbekcha muqobillarini yaratish chuqur nazariy bilimga ega, o‘zbek lug‘atshunosligi tamoyillari va muammolarini akademik darajada biladigan tilshunos va sport sohasi mutaxassislarini taqozo etadi. Loyiha qatnashchilari shu talabga to‘liq javob beradi. Ularning orasida 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning mualliflari, o‘zbek terminologiyasining muammolarini yaxshi biladigan va ularni ilmiy asosda hal qila oladigan, eng muhimi, sport sohasi mohiyatini  va uning ilmiy apparatini nazariy jihatdan asoslab bergan, bu borada maxsus lug‘atlar tuzgan mutaxassislar bor. Bu loyiha qatnashchilarining ilmiy salohiyati va tajribasi yetarli ekanligidan dalolat beradi.

Maqola

Ma’lumki, o‘zbek tilining eng muhim lug‘atlari Fanlar akdemiyasi olimlari tomonidan yaratib kelinmoqda. Prezidentimiz farmonlarida belgilangan qator lug‘atlarni yaratish ham O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari zimmasiga yuklandi. Institutda lug‘atchilik bo‘yicha katta tajriba yaratilgan.

Shu sababli “Sport atamalarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati”ni tuzish jiddiy va mas’uliyatli masalalardan biri hisoblanadi. Uning ijrosi aynan shu soha bilan shug‘ullanib kelayotgan  mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Loyiha qatnashchilari  faoliyati mana shu mezonlarga to‘liq javob beradi.

Milliy tilning rivoji va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashning asosi , albatta, uning terminologiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Keyingi yillarda yaratilayotgan tadqiqot va o‘quv qo‘llanmalarda milliy terminologiyaga oid terminlarni qo‘llashga e’tibor qaratilayotganligi ham bejiz emas. Prezidentimizning Davlat tilini rivojlantirishga oid farmonlari, qarorlari va bir qator nutqlarida o‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishini rivojlantirish, chet tillaridan o‘zlashgan atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish o‘zbek tilshunoslarining vazifalaridan biri ekanligi ko‘p bora ta’kidlangan. Biroq barcha fanlar va ularning tarmoqlarida soha mutaxassislari uchun maxsus lug‘atlarning mavjud emasligi sohadagi dolzarb muammolardan biridir. Shunga asosan, mazkur loyihaning asosiy maqsadi o‘zbek tilida sport atamalari lug‘atini  yaratish hamda har bir terminning o‘zbekcha muqobilini tanlash va unga aniq ilmiy ta’rif berishdan iborat. Sport sohasidagi mutaxassislarga ham sport terminlarining izohli lug‘ati zarur. Chunki sport yo‘nalishida qilinayotgan ilmiy ishlar, dissertatsiyalarda mazkur soha terminlarini  qo‘llashda va uning aniq mohiyatini izohlashda  xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etishda mazkur lug‘atning ahamiyati katta.

Loyihada ko‘tarilgan muammo shu kunga qadar jismoniy tarbiya va sport oliy o‘quv yurtlari, sport jurnalistikasi ta’lim yo‘nalishida hamda o‘zbek leksikografiyasida o‘z yechimini topgan emas.

Yaratilishi mo‘ljallangan mazkur lug‘at sport sohasidagi til bilan bog‘liq muammolarning chek qo‘yilishiga yordam beradi.

“Sport atamalarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati”ni hamda uning dasturiy ta’minoti, ya’ni veb-sayti, mobil ilovasi ishlab chiqilib, internet tarmog‘iga joylashtirildi. Natijada o‘zbek tilshunosligida sport sohasiga oid yangi paydo bo‘lgan lingvistik terminlar aniq ilmiy definitsiyaga ega bo‘ladi, unifikatsiya qilinadi hamda ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Umuman olganda, lotin-o‘zbek yozuvida nashr etilishi mo‘ljallangan sport atamalari lug‘ati hozirda iste’molda bo‘lgan so‘zlarni, sport sohasiga yangi kirib kelgan atamalarni o‘z ichiga olgan.

Telefonlar

Mobil ilova

SPORT ATAMALARI

YUKLAB OLISH UCHUN SKANERLANG

QR Kod